Toshkentliklarga savollar  ( 91873 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 15 B


Habib  14 Aprel 2010, 10:45:49

Savol: Toshkentda kuyov bola jo'ralariga to'y kuni osh yediradi-ku o'shani asl maqsadi nima va tartibi qanday? (agar "jo'ralarimga ham nasib qilsin" deb bo'lsa ularning orasida uylanganlari ham bo'ladi)

Bunday udumning asl maqsadi kuyovning do'stlari,qarindosh urug'laridan uylanmagani bo'lsa, kuyov bo'lish nasib qilsin degan umid,havas bilan osh "otadi" kuyov bola. Hat luqma osh yegan bolaga 2 tadan shirinlik beradi jo'ra. Hamma oshdan bir oshamdan yeb bo'lgach, kuyov bola osh to'la laganni ustiga panjasini bosadi. Negaligini manam bilmayman.
;)

Qayd etilgan


Nurilla  14 Aprel 2010, 21:56:00

Shu odat g'irt bo'lmag'ur udum. Bitta oshli qo'lini bittasini og'ziga tiqadi, keyin boshqasiga, ishqilib 40-50 ta odamni og'ziga tiqadi. Keyin ohirida panjasini oshga botirib, kelinga bervorishadi. Kelin ham mazza qilib erkeladan qolgan oshni yeydi. Farosati bor kelin undan ko'ra qozondan 1 kosa suzdirib yeydi.

Qayd etilgan


Nurilla  14 Aprel 2010, 21:57:52

Keyin anu. Uyga kirishi bilan, to'rdagi pardani yirtishi ham g'alati va bo'lmag'ur odat. Buni ma'nosini ko'p odam tushunsa kerak.

Qayd etilgan


BelleQizcha  15 Aprel 2010, 01:41:35

Osha osh bervotgan kiyovi oziyam bilmiydi.. nimaga osh bervotganni urf odaddee

Qayd etilgan


Habib  15 Aprel 2010, 08:39:43

Osha osh bervotgan kiyovi oziyam bilmiydi.. nimaga osh bervotganni urf odaddee

Nega bilmas ekan? Biladi.Juda yahshi biladi. Do'stlarim,ukalarim ham mendek KUYOVLIK MARTABASIga yetishsin degan niyat bilan o'z qo'li bilan osh yediradi. Alloh hamma yigitlarni kuyov bo'lishini nasibi ro'za aylasin!

Qayd etilgan


Habib  15 Aprel 2010, 08:47:48

Shu odat g'irt bo'lmag'ur udum. Bitta oshli qo'lini bittasini og'ziga tiqadi, keyin boshqasiga, ishqilib 40-50 ta odamni og'ziga tiqadi. Keyin ohirida panjasini oshga botirib, kelinga bervorishadi. Kelin ham mazza qilib erkeladan qolgan oshni yeydi. Farosati bor kelin undan ko'ra qozondan 1 kosa suzdirib yeydi.
Bo'lmag'ur udum deyishga shoshilmaylik. Bunga yetganlar bor,yetmaganlar bor. Hamma narsadan hikmat izlash kerak. Kufrona ishmasku bu?
Qo'lini og'ziga tiqmaydi,qo'lidan yeyishadi kuyov bolani. Kelinni o'sha oshni yeyishi esa amrimahol. Chunki kelin shu paytda video,rasmga tushish bilan band bo'ladi.(ko'pincha)

Qayd etilgan


Habib  15 Aprel 2010, 08:53:58

Keyin anu. Uyga kirishi bilan, to'rdagi pardani yirtishi ham g'alati va bo'lmag'ur odat. Buni ma'nosini ko'p odam tushunsa kerak.
Bu menimcha nikohning POK  ish ekanligiga ishora.
Meni fikrim.

Qayd etilgan


Nurilla  15 Aprel 2010, 11:27:55

Bular mani shaxsiy fikrim. Manga umuman yoqmaydi. Baribir jinni odat bular. Kim nima desa desin.

Qayd etilgan


Ansora  15 Aprel 2010, 21:39:23

O'z urf-odalarini kamsitish yaxshi narsa emas. Chunki bu odatlar bir-ikki yilda emas, necha yuz yillar davomida paydo bo'lib, rivojlangan.

Har bir millatning o'ziga yarasha taraflari bor. Xozirgi "kompyuterlashgan" davrda insonlar biroz bo'lsa-da lirik chekinish qilgan holda tabiat quchog'iga, Xalqining urf-odatlariga qaytayotgan paytda bizday insonlar urf-odatlarimizni ustidan har xil gap qilsak, yarashmasov....

Yoqmasligi mumkin, mayli, kuyov bo'lganingizda shunday qadri bilinadiki bularni, bir narsani unutmaylik: Nimani xor qilsang, shunga zor bo'lasan....

Bilmadim menga Toshkanni to'ylari, urf-odatlari juda yoqadi.

Biroz chiqimli lekin bir marta kelin-kuyov bo'ladigan har bir yosh uchun esda qolarli narsalar hammasi. Yosh o'tgan sari inson eslab, hayajonlanadi...

Qayd etilgan


Nurilla  15 Aprel 2010, 23:07:22

Kim nima desa desin. InshaAlloh to'yimda unaqalar (parda yirtish, 11ta PRADO, oshatish, ishtala kishtang) bo'lmaydi, kimdur shunga harakat qilsa ham unga yo'l qo'ymiman.
 Bittasi shu parda yirtish odatini yomon ko'rar ekan. Singlisini uzatishvotganda kuyovnavkar kevotganida uyga kirib, pardani obtashabdi. Kuyov yugurib kirib pardani yirtaman dsa parda yo'q. Orqasidan yugurib kirgan kamerachi ham mandraj, honani hamma burchagini videoga obchiqibdi yo'q parda. Bu bo'gan voqea.

Qayd etilgan