Niyat, Orzu, Armon, Dard (Nasr, Nazm)  ( 11339 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


AbdurRohman  27 Aprel 2009, 10:53:39

:bs1:
:as:

Ushbu blogni ochishimga sabab, otasi tashlab ketib, ota mehriga to'ymagan qiz bilan bo'lgan suhbat va undan eshitgan she'rlarim bo'ldi!

Qayd etilgan


AbdurRohman  27 Aprel 2009, 10:55:54

Mayli meni uyg'otmang, ona...

Jonajon qishlog'imiz, tong sahar palla,
Otajonim hovlimizda kuymalanmoqda.
O'n yildirki, shu manzara takrordir, yana,
Tush bo'lsa-da, mayli meni uyg'otmang, ona.
MEN OTAMNING VASLIGA TO'YAY...

Chinor bobo, yolvoraman, dardkashim bo'lgin,
Manov tog'lar yuki botar armonlarimga.
Otajonim kirib kelar, har sahar, har kun,
Tush bo'lsa-da mayli meni uyg'otmang, ona,
NURJAHONIM DIYDORIGA TO'YAY...

"Erka qizim, mehribonim, oyim derdingiz,
Uch og'asin egachisi doim, derdingiz,
To'yim kuni baxtim tilab keldingiz...yana,
Tush bo'lsa-da, mayli meni uyg'otmang, ona,
PADARIMNING DUOSIN OLAY...

Bugun yana sizni qo'msab, ketdim uyquga
Pok niyatlar haqqi, orzum bo'lgay ijobat.
Tush ham visol, shukr o'sha oliy tuyg'uga
Armonlarim ortda qoldi, topdim halovat
MAYLI, MAYLI, ENDI MENI UYG'OTING, ONA...!

Qayd etilgan


AbdurRohman  27 Aprel 2009, 10:58:16

"Otaning qizining to'yidan oldingi nolasi..."

Ne deyin, ne deyin, men ne ham deyin,
Qizim ostonamdan oyoq uzatar chog'.
Xonadon huvillab qolgandan keyin,
Qushini uchirib yuborarkan bog'.
Men seni yer-u ko'kka ishonarmidim?
Qizning chin baxti bu, taqdir ishi bu.
Mayli, yuragingga kirgan mardning,
Boshiga qo'ngan, ketmas humo qushi bo'l.
Yoshliging o'tdi xush, xandon otib,
Murg'ak yurakginang ozor chekmayin.
Olmadek birovga uzatayotib,
Ne uchun ko'zimdan yoshlar to'kmayin?
Xatodek tuyular menga ushbu xat,
Ushbu taqdir, qalbga sanchma tig'ingni.
Men hech o'ylabmidim shunday oz fursat?
Qizim, o'z onangga mehmonligingni.
O'ylaring yo'qmidi mendan yashirin?
Tuyg'ularing g'amdan yonmaganmidi?
Tushuntira olmay menga goh siring,
Yostiqqa ko'z yoshing tommaganmidi?
Bo'lmaganmi aytgin sen norizo payt,
Bag'rimizda kechgan quvonch, munglardan?
Sen ayt bolajonim, rozimisan ayt?
Otang uyidagi o'tgan kunlardan?
Tilayotgan ko'zim senga tikaman,
Quchog'imdan seni oldi-ku taqdir.
Bu taqdirga qandoq men ko'nikaman?
Bilmam kunim sensiz qandoq o'tadi?
Mayli sen borar bog' endi ko'rmay kam,
Tol'e mening mehrim shu boqqa solsin.
Men ola bildimmi ko'nglingni bilmam,
Bolam, borar joying ko'nglingni olsin!

Qayd etilgan


AbdurRohman  27 Aprel 2009, 11:05:13

Xayrulla Hamidovning she'rlarini juda maroq bilan o'qiyman. Ayrimlarini o'qiganimda Allohga hamd aytaman, ayrimlarini o'qiganimda xursand bo'laman, ayrimlarini o'qiganimda xafa bo'laman, ayrimlarini o'qiganimda jahlim chiqadi, ayrimlarini o'qiganimda alam qiladi.

Cho'chqalar...

Cho'chqa bosib ketdi mening bog'imni,
Bir-biridan oq, semiz cho'chqalar,
Non so'rab yalaydi hamma yog'imni,
Hech to'ydim demaydi, bu go'rso'xtalar.

Yerlarga yumalab, chinqirar hurram,
Payhon qilib chaman-gulzorlarimni,
Buzadi, ter to'kib men neki qursam,
Kezadi muqaddas minorlarimni.

Qanday olishayin cho'chqalar bilan,
Ularning ajdarlar bilan eti bir,
Ularning tusi bir bo'chkalar bilan,
Ularning kallasi bilan keti bir.

Cho'chqa bosib ketdi mening bog'imni,
Bir-biridan oq, semiz cho'chqalar,
Ko'ppakdek talaydi hamma yog'imni,
Hech to'ydim demaydi bu go'rso'xtalar.

Bechora maxluq deb rahmim kelgandi,
Yomonlik yo'q edi aslo dilimda,
Bog'imniku vayron qilgandi ammo,
Hurrillab gapir ber mening tilimda.

Ey, voh! Cho'chqalardan bezorman bu kun,
Alam gulxanida yonmoqda ichim,
Alloh! Alloh! O'zing bir chora qilgin,
Mening cho'chqalarga yetmaydi kuchim...

Qayd etilgan


AbdurRohman  29 Aprel 2009, 18:11:45

SADA bilan suhbat...
Bugun subhidamda tush ko'rdim...Tushimda bulutlar orasidan kelgan SADO bilan suhbat quribman...

"Savollaringga javob olish uchun keldingmi?" dedi SADO
"Ha keldim javob istab, vaqting bormi?" dedim
Sado ozginba sukutdan keyin dedi:
"Heh, mening vaqtim cheksiz, toabad"

"Qanaqa savollar seni qiynaydi?"
"Bandalardagi qaysi holat seni taajjubga soladi...hayron qolasan?"
SADO og'ir ovozda dedi:

"Yoshlikdan zerikib tezroq katta bo'lishga oshiqishadi...
...katta bo'lgandan keyin esa yana yoshlikni orzu qilishadi..."
"Ular davlat topaman deb sog'likni yo'qotishadida...
...keyin yo'qotilganb sog'likni topaman deb davlatidan ayrilishadi..."

"Ertangi kun haqida shunchalik ko'p o'ylashadiki...
...bugun ham kecha uchun erta bo'lganini unutishadi..."
"...Oqibat na bugunda, va na ertada yashay olishadi"
"Bir umr o'limni tan olmay yashashadida...
...O'lim eshik qoqqanda, hech qachon
yashamaganday jon berishadi..."

Issiq shamol yuragimga sekin urildi,
Tushunarsiz his chulg'ab, butun vujudim
SADOni yonimda ekanini sezdi...
Shunda so'radim...

"Ota-ona sifatida o'z farzandlaringga nimani maslahat berarding...?"
"Shuni bilishsinki, hech bir insonni sizni sevishga majbur qilib bo'lmas..."
"Bor yog'i sevimli inson bo'lishlari mumkin..."
"Shuni bilishsinki, o'zgani o'ziz bilan qiyoslash yaxshimas..."

"Kechirimli bo'lishsin..."
"Kechirim so'rab inson kamayib qolmas,
Ammo kechirgan insonni qalbi daryo bo'lar..."

"Shuni bilishsinki, ko'ngilga yaqin insonlarga
ozor berish oson..."
"Ammo singan ko'ngilni yupatish uchun yillar kerak bo'ladi..."

"Bilishsinki, boylik kimda ko'pligiga qarab emas,
Kim kamiga qanoat qilishlik bilan o'lchanadi..."

"Shuni bilishsinki ularni sevuvchi insonlar bor..."
"Faqat ular o'z sevgi izhorlarini qilishga o'rganishmagan..."

"Bilishsinki, do'stni kechirish yetarli emas..."
"Eng avvalo o'zlarini o'zlari kechirishlari kerak"

"Bergan saboqlaring uchun rahmat" dedim
oddiygina kulib...

Xayrlashib bir so'z degim keldi...

DEYDILAR, AGAR HAYOTINGIZDA QISSA YAXSHILIK BILAN TUGAMASA
DEMAK HALI BU QISSANI OXIRI EMAS, HAYOTDAGI XAR BIR QISSANI
OXIRI EZGULIK BILAN YAKUN TOPISHI LOZIM...

SHUNI HAYOTNI INSONLARGA TAQDIM ETGAN ADOLATI DEB TUSHUNILADI...

Qayd etilgan


Muzayyana  02 May 2009, 12:47:50

Xayrulla Hamidovning she'rlarini juda maroq bilan o'qiyman. Ayrimlarini o'qiganimda Allohga hamd aytaman, ayrimlarini o'qiganimda xursand bo'laman, ayrimlarini o'qiganimda xafa bo'laman, ayrimlarini o'qiganimda jahlim chiqadi, ayrimlarini o'qiganimda alam qiladi.

Cho'chqalar...

Cho'chqa bosib ketdi mening bog'imni,
Bir-biridan oq, semiz cho'chqalar,
Non so'rab yalaydi hamma yog'imni,
Hech to'ydim demaydi, bu go'rso'xtalar.

Yerlarga yumalab, chinqirar hurram,
Payhon qilib chaman-gulzorlarimni,
Buzadi, ter to'kib men neki qursam,
Kezadi muqaddas minorlarimni.

Qanday olishayin cho'chqalar bilan,
Ularning ajdarlar bilan eti bir,
Ularning tusi bir bo'chkalar bilan,
Ularning kallasi bilan keti bir.

Cho'chqa bosib ketdi mening bog'imni,
Bir-biridan oq, semiz cho'chqalar,
Ko'ppakdek talaydi hamma yog'imni,
Hech to'ydim demaydi bu go'rso'xtalar.

Bechora maxluq deb rahmim kelgandi,
Yomonlik yo'q edi aslo dilimda,
Bog'imniku vayron qilgandi ammo,
Hurrillab gapir ber mening tilimda.

Ey, voh! Cho'chqalardan bezorman bu kun,
Alam gulxanida yonmoqda ichim,
Alloh! Alloh! O'zing bir chora qilgin,
Mening cho'chqalarga yetmaydi kuchim...
:as:
Shu she'rni juda yaxshi ko'raman.
Ayniqsa Hayrulla Hamidov o'qisalar.
O'xshatish juda kuchli berilgan.
AbdurRohman Alloh rozi bo'lsin!



Qayd etilgan


Kumush  01 Iyun 2009, 13:27:35

Bir donish kundaligidan....
Quloq soling azizlarim baxtsizliklar odamga boylik olib keladi Bilimsizlikdan odam yashashni urganadi Uylamay ish qilaverib odam tinkasini quritadi.Odamzotning butun hayoti ikkita so'zga bo'linadi.Tilak va imkon.Lekin bu ikovidan tashqari bir aqida bor bu bilish.Tilak bizni kuydiradi imkon vayron qiladi.Bilish esa bizning zaif vujudimizni abadiy sokinlikka yetaklaydi.Fikriy tafakkur kishini hammadan ustun qiladi.Demak tilakni istakni mening fikrlarim o'ldirib yuborgan.Men vujudimning ehtiyojlariga qarab ish qilaman va qudratli bo'laman.Hullas ko'ngil ko'chasiga kirib yashamadim,ko'ngil odamni xarob qiladi.Hissiyotlarimga ishonib ham yashamadim.Chunki hissiyotlar o'tmaslashib qoladi.Men aqlimga qarab yashadim.Aql esa hech qachon eskirmaydi!Men butun dunyoni ko'rdimMen hamma halqlarni tilini o'rgandim.Xullas men hamma narsaga erishdim.Chunki hech narsani (dunyo molini)pisand qilmadim.Dunyoni kurish bilimlarni egallash orzuim edi .Bullar hammasi dunyoni anglash emasmi?Hamma narsani bilish ko'ngil uchun lazzat emasmi?Hayotni tub mohiyatini kashf etish unga chuqur kirib borish tuyiqsiz rohat emasmi?Moddiy narsalarni to'plashdan nima qoladi.?Hech nima!Bu dunyoda faqat g'oya qoladi.O'ylab ko'ring tafakkurida butun borliqni aks ettira oladigan va baht manbalarini o'z qalbiga ko'chira oladigan,ularni turmushning iflosliklaridan tozalab olam olam lazzat ola biladigan ma'naviyatli odamning hayoti qanday go'zal bo'ladi.Tafakkur barcha xazinalarning kaliti.Xullas men arshi aloda yurardim barcha lazzatlarim ruhiy shodliklardan iborat edi.Men boy edim.Jahonga dovruq solgan multimilionerlarni sariq chaqaga olmasdim.Men hech narsa tilamasdim xech narsa suramasdim faqat kuzatardim.Dunyoyi dunning kundalik holatini uzimcha miyig'ida sokin turib kuzatardim.Men hammadan ustun ekanligimni his qilardim chunki kunglimda uzga bir olam yarata bilgandim.Vaqt va makonning toliqtiruvchi kishanlarisiz harakat qilib cheksiz lazzatlanish borliqni aslicha ko'rish afzal emasmi?Sizlarning ijtimoiy g'oyalaringiz,hoyu havaslaringiz ochko'zligingiz sizlarni ado qiluvchi shodliklaringiz,yurakni hovuchlab yashashga majbur etuvchi qayg'u hasratlaringiz hammasidan qulimni yuvib qo'ltiqqa urganim mening eng katta yutuqim bo'ldi.Jismoniy dunyoning qittay hafagarchiligi ham odamni tinimsiz jarohatlaydi,hayolingdagi dunyoni ravshan nurlari esa rohat farog'at bag'ishlaydi.Lazzat qaerda dardga aylanadiyu dard qaerda lazzatligicha qoladi?Chegarasini Kim biladi deysiz?!Donolik bilimdan keladi.Tentaklik esa tilaklarning yoki kuch qudratning tiyiqsizligidan kelib chiqadi.Umuman yer yuzi va odamlari geografik keng;liklarga moslashgan.Evropada hammani qoyil qoldiradigan narsa Osiyoda qoralanadi.Dunyoni u chekkasida zarurat deb hisoblangan narsa bu chekkasida illat hisoblanadi.Ha er yuzida puhta narsani uzi yuq Faqat shartlilik bor holos.Baht nimada ?Bu hayotimizni yemiradigan kuchli hayajon,yohud hayotni yahshi sozlangan ingliz mehanizmiga aylantiruvchi bir maromdagi mashg'ulot holos.Chinakam baht esa har birimizni yuragimizda tafakkurimizda .!Hullas men hayolimda dunyoga hukmronlik qilaman Dunyo esa menga zarracha hukmini o'tkazolmaydi.Hullas tafakkur orqali men ikki dunyo saodatiga va tangriga qovushdim.

Qayd etilgan


Huseyn  07 Sentyabr 2009, 07:29:05

Қишлоқ

Оз смас, ксп смас нақд уч йил деганда у сзига қадрдон қишлоққа қайтганди. Ўзга юртнинг тсрт тарафидан тараққиёт сиқиб ташлаган, ипидан игнасига кадар техниканинг иси уфурадиган кунларидан топмаган файзни қишлоғига қадам босган илк дакикаларданоқ ҳис қила бошлади. Йсқ-йсқ, ҳали қишлоғига қадам босмаган сди сшанда. Юз қадамлар-ча қолганди-ёв. Шунчаки, "œҚоровул қишлоғи" ёзуви илинган симёғочни ксрганди у юраги гупиллаб ура бошлаган кезда. Симёғоч ҳам бундан сттиз йиллар аввал колхоз идорасига тортилган қишлоқдаги сгона телефон сими учун кокилганди. Уч йиллар аввал миснинг нархи осмон булиб колган ғалати кезларда кайсидир қсли сгрилар томонидан шу сим ҳам сғирланди-ю, симёғоч пати юлинган товукдек мунгайиб колаверди. Ўғрини топишга участкавой деганлари бир-икки уринди-ю шу билан "œқсй, бслди" қилишди. Қаердан ҳам топишарди. Янги сим тортишга сса ҳеч кимнинг хафсаласи булмади. Аввалгидек, колхоз булса-ку, майли сди. А аис бир чиранарди, икки кунда снги сим тортиларди. Хозир-чи, бир колхознинг срнида снта фермер. Идора срнида сса қишлоқ фуқаролар йиғини. Оқсоқол сим торттир деб у фермерга айтди, бу фермерга айтди — ҳаммаёқ сонсалорчилик. Бир ҳисобда снди шу телефон деганлари ҳам керакмасдек. Ҳамманинг қслида сотка. Фермерларда сзлари айтгаларидек, "œсмпетри" сқийдиганидан. Қолганларда ҳам камида "œбизга шунакаси булаверади" хили — "œкитайскиси"дан бор сди. Ҳатто, аёлларда ҳам. А­ри А оссисга кетган Сорагулнинг қслида ҳам қайсидир куни сотка. Йиғлаб оқсоқолнинг олдига келибди:
-А ажаб бува, сримни А оссисдан келтириб беринг....
-Аима гап, пул жунатмасптими?
-Йук, ойни бошида 200 жунатувди... Телефон ол, гаплашиб турайлик деганларига телефон олувдим... А­нди сса.... — Сорагул пикиллаб юборди.
-Ха, нима булди, гапирсанг-чи, - деди оқсоқол носини хона бурчагига туфлаб.
-Билмасам, телефон килсам, бир киз олспти. Хизмат доирасидан ташкарида сканлар.
-Оббо, зангарей, хизматни куйиб кизлар билан юрибди дегин? А­ринг унака смасди-ёв... Маматни хотинимисан узи? Кани телефон кил-чи, узим бир гаплашай...
Махалладан справка керак булгани учун А ажаб фермернинг институтга тайёрланаётган сғли келиб қолмаганида аҳвол бундан-да кулгили давом стармиди, буниси снди номаълум?! Аима ҳақида гапираёгандик.... Ҳа, симёғоч, тсғрироғи, симсизёғоч ҳақида. Хуллас, у кераксиз бслиб қолгани йсқ. А­нди у бағрига қокилган шу — қишлоқ номи битилган тунука учун тураверарди.
"œQorovul qishlog’i"..... Шу бир жуфт ссз ксзларини чақнатди йигитнинг. Занглаб кетган тунукага сқиндагина қайсидир савобни тагида қолгур аввалги саргайиб кетган криллчасининг урнидан оҳак билан сгри-бугри қилиб лотинчада ёзиб қсйибди.
Йигитнинг ксз олдига сзга юрт шаҳару шаҳарчаларнинг номи бахайбат килиб битилган, рангоранг чирокчалар билан безатилган, санъат даражасига етган "œширокоформатний" баннерлари келди. Аммо, ҳозир шу саргайган тунука дунёдаги снг катта санъат асари сди у учун....
Ахир, тушларига кириб чикмадими шу қишлоқ. Аллақачон бузилиб, урнидан снгиси бунёд стилган бслса-да, лойсувок мактабида неча бор хаёлан кезди. Ҳатто, стган-қайтганга ҳам тош отаверадиган Машраб тракторчининг девона углини ҳам бир гал роса ксргиси келганди... Майсасидан осмонига қадар соғинганди қишлоғини у. Азувнинг олдида тсхтади. Барисини ҳамқишлоқларига айтиб беради... Барчасини согинганини, барчасини схши ксришини.....
-Илхомбой, хой, Илхомбой сзингмисан? — симёғочдан сал нарироқда, йсл четидаги бутканинг бир ксзли деразасидан сартарош А ашид амакининг боши ксринди. — И-е, ростдан ҳам Илхомбой. Каранглар, Илхомбой кепти... Ўзимизнинг Олим малимнинг сгли-ку!!!
Ичкаридан кимдир қайси Илхомлигини суради шекилли, сартарош жавоб берган-ча ташкарига чикди.. Қучоклашиб ксришишди... Қссрда қсймай йигитни хонасига олиб кирди.
-Оббо, Илхомбой, кеп копсан-да.... Аима қилардинг, келиб-а?!
Йигит хайрон тикилди. Шу қишлоғига келишни сонислаб кутганди-ку. Сартарош мижозини ҳам унутиб, деразадан ташқарига тикилганча, йигитга ҳасрат қила бошлади...
-Яна кетасанми, ишкилиб? Калланг бслса, бу ерларга келма... Бу ерда нима бор?
Мол-хол, чанг-тузон, дала — бошқа ҳеч нарса йсқ!!! Хайронман, неча йил бслди кетганингга? Уч йил? А­нди уч йил бслибди-ку, дарров соғиндингми-а? Ана, Маматни Маскопга кетганига уже 6 йил бслспти. Келай демайди... Юрибти-ку сшалар ҳам чидаб, тем болс, сен уларникидан схши жойга кетувдинг. Каресмиди? О, Тангем! Жанг Бого! Хоним-хоним!!! Юн Хи, Қиш сонатаси.... Ахмок скансан, шу ёкларни ташлаб келиб стирибсан-а....
-Ака, сочимни тезрок оласизми? — мижознинг слинганнамо овози сартарошнинг гапини бслди.
- И-е, Илхомбой кетиб қолдими? —сартарош хонада йигитнинг кетиб қолганини ксриб хайрон ссради. Будка деразасидан ташқарига синчков тикилди. Будкадан узоқлашиб бораётган йигитга қараб овозини баландлатди:
- Ҳов, Илхомбой, қаёкка кетспсан... Канча пул ишлаб келганингни айтмадинг-ку?!! Бизага бирон нарса обкелмадингми? Ҳеч бслмаса, карисларни овкат ейдиган таёқчасидан бордир....
Йигит индамасдан кетиб борарди. У сартарошга бошида сзга юртда бир-икки сартарошга кирганини, қуртдек долларларни санаб берганини айтмокчи сди. Уч-турт ссм тежай деб баъзан ойнага караб сочини сзи қирқанини, орқа тарафини сса хамхоналарига слиниб, қирқтириб юрганларини айтмоқчи сди. Шундай кезлар қадрдон сартарошининг қадри билинганини айтмоқчи сди - бари ичида қолиб кетди.
Қишлоқ асли йигитнинг холаси — рус тили сқитувчиси Санамгулнинг ховлисидан бошланади деса ҳам бславеради. Қишлоққа кираверишда илк шуларнинг ховлиси ксзга ташланарди. Санамгул бирозгина тажангроқ аёл бслса-да, ҳарна маданистли сди. Уйининг атрофини ҳар доим синка қсшиб охаклатарди. А­ри билан неча йилдир-ки, қишлоқ мактабида ишларди. Илхомбойни ксрган хола бирдан шошиб колди. Аммо, бу шошиш овозидаги сктамликка таъсир қилмади:
-И-е, Илхомбой, сзингмисан. Келаман деб огохлантирмабсан-да... — хола йигитнинг пешвозига чикди, пешонасидан спди. —Сурприз қилай дебсан-да. Амонсан, ёмон.
Йигит хол-ахвол ссради. Холасининг дастурхон ёзишига унамади. Кейинрок келишга ваъда берди.
-И-е, шунаками, кечкурунга кел бслмасам, поччанг билан кутамиз-а... Мен ҳам катта танаффусда сигирдан хабар олай деб чиқувдим сзи. Ўлсин, бсғоз, бир ҳафта олдин туғиши керак сди, ҳеч шошай демайди, жонивор. Майли, сеникилар ҳам сигирсиз қолишганди. Кана чақибми сқинда слиб қолди. А­нди сен келдинг, олишар. Лекин, бекор келибсан, мен сенга айтсам, юравермайсанми, сна уч-тсрт йил. Одамлар кетолмай юрибди-ю, сен бслсанг.
Йигит индамай хайрлашди. Дарвозасини ичкаридан тамбалар скан хола бирдан муҳим нарсани ссрамагани ссига тушди. Дарвозани сна очди-ю, йигитнинг узоққа кетганини ксриб, ссрашга улгурмай қолганидан лабини тишлади. Ўзига-сзи деди:
-Қанча ишлаб келганини ссрамабман-ку.... Менга нима олиб келган скан-а? Уни десам, ёнида биттагина сумка. Унда кийимидан бошка нима ҳам бсларди?!!
Йигит алланечук ғаш бслди. Холасининг снтикиб-снтикиб кутиб олишини тасаввур қилганди. Бсйларидан силаб, бағрига босишини кутганди. Турмуш ташвишлари шунчалар бефарқ қилиб қсйибдими-а. Согинганини айтолмади. Ўзга юртдаги слчихонада хужжатларини русчада тсғри тслдиролмагани учун котиба қизга соатлаб слинганларини айтолмади. А ус тили сқитувчисининг қадрига етмаганини, вақтида срганмаганидан пушаймонлигини айтолмади.
Хуллас, айтолмаслик бошланди. У ҳаммага нимадир дейишни нист қилганди. Хатто, уч ёшли жиснчасига ҳам атаган гаплари бор сди.Корес ксчаларида бир жиннининг бир кечада сн икки нафар одамни слдирганини Машраб тракторчига айта олмади. Аслида, унинг девона угли дунёдаги жинниларнинг снг мехрибони сканлигини айтмокчи сди. Гап бошлай деганида тракторчи илиб кетди.
-У ёкларда ҳам тракторчилар бор сканми-а? Канча ойлик олар скан? Танишларинг бслса, мени ҳам олиб кетасанми-а... Ўзи қанча ойлигинг? Бу дейман, уч йилдан буён уйингдагилар бирон каттарок харид ҳам килмади. Уй-жой, мошин-пошин деганларидаек... ё ишнинг мазаси бслмадими, сширма айтавер?
Йигит снсаси котганча, ҳайрни ҳам насис килиб жснаб колди. Гаплари ичида қолиб кетди.
Аиҳост қадрдон уйига кириб келди. Ҳеч нарса сзгармаган. Фақатгина сшик-дераза ромларини снди оққа бссшибди. Акаси пулни асган шекилли, ромларнинг сски кск рангги ҳамон билиниб турарди. Томга шифер ёпишибди. Йигит ксз олдида қотиб қолган уйининг сски қиёфасини жонлантиришга ҳаракат қилди. Уй ҳам назарида сал жиддий тортгандек сди.
Лешвозига акаси чиқди. Кейин, снгалар... Қаердандир қслида ток қайчи билан отаси пайдо бслди. Қайчисини қсймасдан туриб, сғли билан қучоқлашди. Тик оёқ устида ссрашди-да:
-Уйга кираверинглар-чи, ҳозир, бир-икки минутлик ишим қолганди — деганча токзор томон юриб кетди.
Далада куймаланиб юрган онаси хансираб югуриб келди. Йиғлаган-ча, сғлининг бағрига отилди. Шундагина, йигит қишлоғига кирганида бошланган кснгил ғашликларидан бирровга қутулгандек бслди. Яна-да чскиб қолган онасини маҳкам қучоқлар скан, ксзларига ёш келди. Қанчалар соғинганини ҳис қилди.
Хонтахта атрофида жамулжам стиришди. Отанинг қиёфаси тунд сди.
-Ўғлим, ҳа бу кутилмаганда келиш? Ҳайдашдими?
Онаси шартта гапини бслди.
- Вой, бу нима деганингиз? Келади-да, келса сз уйи-ку...
Сал сабр қилса, сғил сзи тилга кирарди. Аақадар соғинганини, кечалар ксп бора тушларига кириб чикишганини, шунга ота-онасини бир қувонтирай деб кутилмаганда кириб келишни ксзлаганини айтар сди. Аммо, бу тахлит мурожаатдан сснг алланечук илхоми қайтди. Қуруққина қилиб, меҳнат шартномаси муддати тугаганини айтди. Ака ксз таги билан қараб, тилга кирди:
-Шартнома тугаганидан кейин ҳам қолмабсан-да, одамлар то қслга тушганча нелегалний чикиб, ишлар скан-ку. Йсқ, сан шу қонунда нима бслса, шунака қилишинг керакда-а. А­нди-снди уч-тсрт ссм орттиришни бошлагандинг сзи.
Йигит чарчаганини айтиб, хонасига кирди. Ухлашга харакат килди. У бошқача тасаввур қилганди. Ундан сзга юртдаги ҳаётини ссрашларини кутганди. Ўзга юртдаги гсзал ҳаётдан қишлоғидаги одми ҳаёт минг чандон гсзаллигини айтмоқчи сди. Аега ссрашмади? Хадемай, тумонат одам йиғилади. Ҳамманинг ичию сиртида бир савол: Ойлигинг қанча сди? Қанча ишлаб келдинг? Уч йиллик айрилиқдан сснг ссрашга арзирлик савол фақат шумикан? Йигитни хона деворлари тсрт тарафдан қиса бошлади. Беихтиёр ишхонасини, хамхоналарини сслай бошлади.
Аариги хонадан снгасининг акасига пичирлаган овози сшитилди.
-Канча ишлаб келганларини ссрадингизми? Келганларига худойи-пудойи қилармиз ҳали... кичкинангизни суннатини шунга қсшворсак-чи?
* * *
Кишлоқда Илхомнинг келганидан бир хафта- сн кун стмай сна Коресга кетгани ҳақида миш-миш тарқалди.

 Манба - http://uforum.uz/showthread.php?t=6376

Qayd etilgan


Ansora  19 Sentyabr 2009, 01:46:07

Haaa, Huseyn ukam, to'g'ri gaplarni yozibsiz. Men ham "Horijda o'qish" mavzusidagi sahifalardan birida, Turkiyaga o'qishga kelgan bo'lsam ham qo'ni-qo'shni, qarindoshlarning oilamdan "qizingiz oyda qancha pul jo'naytyabdi,", deb so'rashlarini yozgandim.
Har doim sevib o'qilgan hikoya, romanlar xalqdan olinib xalqqa berilganlaridir. Yuqorida keltirilgan manbadan qolgan hikoyalarni ham o'qishga harakat qilaman. İjodingizda omad tilayman.

Qayd etilgan


siddiqa  01 Mart 2010, 07:42:59

yetimxona derazasidan qarayotgan mungli ko'zlardan o'qish mumkin bo'lgan so'zlar ...........


oynaga termuladi bu g'amgin ko'zlar ,

devorga aytiladi bu dardli so'zlar ,

"jon onajonimmm ,bir kelmaysizmi ,

guldek bo'ylarimni ko'rmaysizmi?!!!!!!!!!"

Qayd etilgan