Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!  ( 260658 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 72 B


AbdulAziz  27 Aprel 2009, 12:44:16

:bsm:


 :7 Ushbu blog bolajonlar va ularni sevuvchilarga bag'ishlanadi. :7


DEBOCHA

Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) bolalarni juda yaxshi ko‘rganlar, bolalarni tuyalariga mindirib, ularni behad sevintirardilar. Ularga salom berardilar.

Bir kun Xolid ibn Said ismli sahoba (r.a.) kichik qizi bilan payg‘ambarimizni (s.a.v.) ziyorat qilishga keldi. Qiz Habashistonda tug‘ilgani uchun Payg‘ambarimiz (s.a.v.) unga Habash tilida "Go‘zal qiz" deb, yonlariga olganlar, qizim u bilan o‘ynashib, ikki kurak suyagi orasidagi "Payg‘ambarlik muhri"ni o‘ynashga ruxsat berganlar. o‘zlariga hadya qilingan matoni bu qizga berganlar.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday deganlar:
"Alloh kimlargadir bolalarni sevdiradi, ular sevsalar olovdan qutuladilar".



Blog uchun umumiy qoidalar:
1. Barcha forumdoshlar post qilishi mumkin.
2. Blogda bolajonlarga oid maqola, she'r, hikoya, rasm, video, mp3, flash o'yinlar kiritib boriladi.
3. Kiritilgan postlar faqatgina bolajonlar bilan bog'liq bo'lishi kerak. Boshqa mavzudagi postlar qilmang.
4. O'z farzandlaringiz yoxud yaqinlaringizning bolajonlari suratlari, ular hayotida bo'lib o'tgan qiziq voqealar, mp3 va videolar joylanishi qo'llab-quvvatlanadi.
5. Forum etikasiga to'g'ri kelmaydigan postlar o'chiriladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Aprel 2009, 12:52:27

RASULULLOH :sw:NING BOLALARNI SEVISHLARI

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) namoz o‘qiyotgan paytlarida yig‘layotgan bola ovozi kelsa, bola va onasi qayg‘u chekmasin, deb namozni qisqa qilardilar. Rasululloh (s.a.v.) qo‘llaridagi mevalarni avval bolalarga berib, ularni quchoqlab o‘pardilar. Bir kuni bolalarni quchoqlariga olib turgan paytlarida bir badaviy kelib:
- Siz bolalarni shunday yaxshi ko‘rasizmi? Mening o‘n nevaram bor, haligacha birontasini quchog‘imga olmaganman? - degan edi. Keyin Rasululloh (s.a.v.):
- Unday bo‘lsa, Alloh seni shafqat tuyg‘usidan mahrum qilibdi, - dedilar.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Madinaga kelganlarida Ansor qizlari qarshi olishga chiqqanlar, sevinch va maqtov ifoda etadigan qo‘shiqlar aytgan edilar. Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) bu bolalarning boshlarini siladilar va so‘radilar:
- Sizlar meni yaxshi ko‘rasizmi? Hammasi bir ovozdan:
- Ha yaxshi ko‘ramiz, - deganlarida Rasululloh (s.a.v.):
- Men ham sizlarni hammalaringizni yaxshi ko‘raman, - dedilar.

Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) faqat o‘z bolalarini va musulmonlarni bolalarini emas, musulmon bo‘lmagan bolalarni yaxshi ko‘rib, ular bilan qiziqar edilar. Kasal bo‘lgan bir yahudiyning bolasini ziyorat qilganlari ma’lum.

Bir urushda ikkita harbiy bo‘lim orasida qolgan bir necha bola o‘lgan edi. Keyin buni eshitgan Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) juda xafa bo‘lganlar. Buni ko‘rgan sahobalar:
- Ey, Allohni Rasuli? Nimaga buncha xafa bo‘lasiz? Axir ular kofirlarning bolalari emasmi? - dedilar.
- "Bu bolalar Allohga sherik qo‘shgan kofirlarning bolalari bo‘lsa ham, sizdan yaxshidirlar. Diqqat qilinglar, bolalarni o‘ldirmanglar, bolalarni aslo o‘ldirmanglar. Har tug‘ilgan bola Islom xulq-atvori bilan tug‘iladi".


"œBaxtli oila" risolasidan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Aprel 2009, 13:34:28

AMMA SURASINI O'QIYOTGAN BOLAKAY

Youtubedan bir video topdim. O'zbek bolakayga o'xshadi. 3-4 yosh atrofida. Amma surasini qiroat, ham tajviud bilan shunday o'qidi...  :7. Xavas qildim. Ota-onasiga rahmat! Kelgusida qorioyi murattab bo'lishlik nasib etsin.

Men ham niyat qilib qo'ydim...  :7


<a href="http://www.youtube.com/watch?v=bkH9OgPAkfg" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=bkH9OgPAkfg</a>

Telefoningizga saqlab oling (3gp formatda):
http://www.ziyouz.com/video/Bolakay_Amma_surasi.3gp

Qayd etilgan


mutaallimah  27 Aprel 2009, 16:11:16

:as:

Bloglar muborak bo'lsin!
Bu mavzuda ham juda ko'p foydali, qiziqarli hadislar va voqealardan xabardor bo'lamiz deb umid qilib qolamiz InshaAlloh..

Bolalarni tarjima qilish "san'ati" juda ajoyib-da..
Kecha singlim dugonasi bilan o'ynab o'tirgan ekan. Ayam kichnika singlimga bor opangga ayt gap sotmasdan ishlarini qilib darsini qilsin dedilar.
Endi eshikni ochmoqchi bo'lsa u yoqdan narigi singlim kirib keldi unga qarab (arabchada) "o'tirilar, gaplashmelar. " deydi.. Rosa kulibmiz..
U ayamni "gap sotmasin" degan gaplarini qanaqa aytishni bilmayotgan ekan. :D

Qayd etilgan


Abdullоh  27 Aprel 2009, 16:19:26

Dadamlar aytgandilar: "Yosh bolalardan 7 yoshgacha jannatning hidi kelib turadi". Shuning uchun yosh bollar juda shirin bo'larkan.

Qayd etilgan


ZUBAIR  27 Aprel 2009, 20:31:42

:as:
U ayamni "gap sotmasin" degan gaplarini qanaqa aytishni bilmayotgan ekan. :D

Yaxshi "لا تبيع" deb tarjima qilmabdi :lool

ON: Xolamni qizchasi shakar choyni tatar choy deyishini eshitib rosa kulgandim =)


Qayd etilgan


siddiqa  28 Aprel 2009, 07:56:44

2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning bilishi kerak bo‘lgan savol javoblar

Robbingiz kim ? – Olloh
Sizni kim yaratgan? – Olloh
Payg‘ambaringiz kim  – Muhammad sallollohu alayhi vasallam
Musulmonmisiz (guvohingiz bormi) ? – Alhamdulilloh, ashhadu alla ilaha illallohu vaashhadu anna muhammadan abduhu va rasuluh.
Diningiz nima? – Islom dini
Musulmonlar kalimasi nechta? – 6 ta
Ovqatni qaysi qo‘lingiz bilan yeysiz? – O’ng qo‘l bilan
Ovqatdan oldin aytiladigan duo  – Allohumma bariklana fima razaqtana va qina azabannar
Ovqatdan keyin aytiladigan duo – Alhamdulillahillazi at-amana vasaqana vajaalna minal muslimiyn
Musulmonlarning salomi qanday ? – Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatuh
Kimni yaxshi ko‘rasiz? – Allohni
Eng kuchli, qudratli zot? – Alloh

Islomiy she’r aytib bering:

Sizni bizni yaratgan
Bulbul qilib sayratgan
Yakka yagona Alloh
La ilaha illalloh

Qo‘lda Qur’onimiz bor
Dilda iymonimiz bor
Yaxshi ko‘radi Alloh
La ilaha illalloh

Kim o‘qisa qur’onni
Gapirmasa yolg‘onni
Yaxshi ko‘radi Alloh
La ilaha illalloh!


Qur’on (sura) o‘qib bering – Ixlos surasi
Aksa urganda nima deymiz ? – Alhamdulillah
Esnaganda nima deymiz ? – Astag‘firulillah
Shayton yomonmi yoki yaxshimi ? – Yomon, Olloh la’natlagan

Bu odamni yaratgan yolg‘iz Ollohdir
Yeru-osmon, tog‘u-tosh unga guvohdir
Xohi dehqon, hohi olim, hohi podshohdir
Tanimasa ollohni nodon, gumrohdir
Xoliq yaratuvchimdan kimki ogohdir
Robbim unga do‘stdir, hamrohdir


Kim farzandini tarbiyalab, unga kichikligidan “La ilaha illalloh” ni o‘rgatsa, Olloh ta’olo u insonlarni hisob va savol-javob qilishga tortmaydi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Aprel 2009, 08:01:07

BOLALAR NUTQI. 1-QISM

Bir jiyanim televizordanmi yoki ayollar suhbatidanmi "balo" degan so'zni o'rganib olibdi-da, keyin bir kuni kelinoyimga (amakimning xotiniga) murojaat qilayotganmish:
- Hey, Balo, manga qara... (negadir, bu jiyanim hammani sansiraydi.)

* * *

Bir tanishimning qizchasini oyisi ertalab bog'chaga uyg'otsa turmasmish. Keyin borib do'stim - dadasining yoniga borib yotib olibdi. Bog'chaga kech qolmasin deya oyisi yana uyg'otib turg'izayotsa, 3 yoshli qizcha dermish:
- "Hammalarin jonimga tegib kettilaring!"
Kulaverib qotib qolishibdi.
 :7

Qayd etilgan


G_u_l_i  28 Aprel 2009, 08:19:10

 

Qayd etilgan


mutaallimah  28 Aprel 2009, 09:20:42

:as:
U ayamni "gap sotmasin" degan gaplarini qanaqa aytishni bilmayotgan ekan. :D

Yaxshi "لا تبيع" deb tarjima qilmabdi :lool


O'zi ما ترغيييش و شوفي شغلك deyishi kerak edi, uni bunga aqli yetmasdan: اقعدوا, ما تكلموش deydi.. :D
Bu so'zlarni o'zbekchaga tarjima qilganda unchalik kulgilimasakan, lekin arabchada dumalab qolibmiz.. :)


Qayd etilgan