Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!  ( 365498 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 ... 72 B


AbdulAziz  31 Dekabr 2009, 11:11:57

Mening jiyanlarim





Marg'ilon
27.12.2009

Qayd etilgan


Mahdiyah  05 Yanvar 2010, 07:05:12

Siz ham shunaqa yozganmisiz bolalikda?  :D
Testlarni mazmunini ajoyibligiga qarang?  ;D

(bu xoynaxoy bolakayning chyornavoy daftari bo'lsa kerak, yana bilmadim  :) )








Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Yanvar 2010, 16:26:07

RASULULLOH (SAV) va NABIRALARI

Baro’ ibn Ozib (raziyallohu anhu) aytdi: Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning yelkasiga Hasan ibn Aliy (raziyallohu anhu)ni o‘tqazib: «Allohim, men uni yaxshi ko‘raman, Sen ham uni yaxshi ko‘r!» deyayotganlarini ko‘rdim (Imom Buxoriy, hadis â„– 3749).

Abu Qatoda (raziyallohu anhu) aytdi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bizning oldimizga chiqqanlarida Umoma Abu Os qizi yelkalarida edi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam namoz o‘qidilar va ruku’ qilganlarida uni (erga) qo‘yar, (ikkinchi rakaatga boshlarini) ko‘targanlarida ko‘tarib olar edilar (Imom Buxoriy «Sahih», hadis â„– 5996).

Qayd etilgan


siddiqa  11 Yanvar 2010, 03:35:58

Bolani  toza Islom fitratida o'stirishi uchun ilk tadbir uni halol luqma bilan taomlantirmoqdir".
Imomi G'azzoliy 

Qayd etilgan


siddiqa  11 Yanvar 2010, 03:45:08

Rasululloh sav vafotlaridan bir necha kecha o'tgach,
Abu bakr ra va Ali kv asr namozidan chiqib ,yo'lda o'ynayotgan bolajonlarni ko'rishdi ,
ular orasida Hasan ra bor edilar ,Abu Bakr siddiq ra uni yelkalariga oldi va
Otam fido bu nabiyga o'hshashdur ,
Otasi aliga o'hshamasdur ,
deb uni quchdi ,Ali ra kulib qo'yardilar .

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Yanvar 2010, 14:20:37

BOLALAR NUTQI. 9-QISM

Jiyanim Orifjon (3 yosh)ning otga mehri bo'lakcha. Doim "Ot opkebering" deydi. Bir-ikkita o'yinchoq otlarni taklif qilgandim, ko'nmadi. "Chuh, chuh qiladigonidan" dedi.
Bo'lmadi, bir-ikki parkka oborib mindirdim. Shu-shu keladi-da, "ot obering, ot opkemapsizu, mani otim qani"dan boshlaydi. Oxiri bo'lmadi, o'zimni ot bo'lishga majbur qildi. "Chiqildaqa cho'" dedi-da, yoting dedi. Asta otga chiqdilar. So'ng "Yur!" degan buyruq bo'ldi. Nihoyat ot charchadi va ayyorlik yo'liga o'tdi:
- Ot charchadi, endi unga qaqa berish kerak.
Chavandoz ham bo'sh kelmay, archilgan olma po'choqlarini ko'rsatib:
- Mana, manuni yeyo'rin.
- Bo'meydi. Otga qaqa yoki shikalat berish kere, bo'masa yurmeydi.
Shu payt boshqa jiyanim Muhammad Azim (7 yosh) kelib qoldi. Cho'ntagiga shokoladi bor ekan. Yarmini berdi. So'ng otga ikkovlashib minishdi. Ot yana o'zini charchaganga soldi. Biroz dam olib, aytdi:
- Bo'ldi, mani ot bo'ganim yetadi. Orifi endi siz ot bo'lasiz, man minaman.
- Hoooo, otka minishtan oldin unga qaqa beyadi. Qani qaqez... :)

* * *

Qaqa olish va "ot minish" keyinga qoldi. Yana ot bo'ldik. Biroz tezlagach, chavandozdan xavotirda so'radim:
- Yaxshilab mani achom qivolin, bo'masa otdan yiqilib tushasiz.
3 yoshli chavandoz esa jemferimning yoqasidan qattiq ushlab deyapti:
- Otti ipidan ushavoganman, yeqilmiman. :)

* * *

"Ot-ot" nihoyasiga yetdi. Chavandozning endigi istaklari "champutey cho'yish (ko'rish)" bo'ldi. Yana o'sha pillay (fillar) va sheylar (sherlar) haqidagi film bo'ldi.
Orifjon filmi ko'rib turib, ovqatlanayotgan fillarni va ular yaqinida boshlovchilik qilayotgan jurnalistni ko'rib:
- Davyon acha, dadasija oqat bermasakan - dedi.
- Iye, ana dadasiyam ovqatlanyaptiyu.
- Yoo', dadasi ana japiyyapti (gapiryapti) :)

Qayd etilgan


Ansora  11 Yanvar 2010, 14:33:39



Xozirgi bolalarni hammasi kompyuterni juda yaxshi, ko'rishadi rostdan ham : )

Dugonamning qizi Tuana, katta qiz bo'lib qoldi mashalloh. İlgari ham fotogallereyaga rasmlaridan joylagandim. Ko'zimizni oldida katta bo'lyabdi Tuana tushmagur:)

Garchi "boshqani bolasi tez katta bo'ladi", deyishadi-yu  : )

Qayd etilgan


Ansora  11 Yanvar 2010, 14:35:13




Bola psixologiyasi juda qiziq-da, oynani qarshisiga o'tvolib ham o'yin o'ynagani o'ynagan  : )

Qayd etilgan


siddiqa  12 Yanvar 2010, 08:56:21

MEHR
"œQahrni daraht yaproqlariga yozmoq istardim, kuz kelib qurisin deya.Nafratni qorlarga yozmoq istardim, yomg'ir yog'sin yo'q bo'lsin deya. Janjalni bulutlarga yozmoq istardim, quyosh chiqib oydinlatsin deya. Va sevgi-do'stlikni bolalarning ko'zlariga yozmoq istardim, ular o'sib, butun dunyoni burkasin deya".  Mehrni his etmoq insondagi zaruriy ehtiyojdir. Bolalarga bu o'rinda ayricha e'tibor berilmog'i kerak. Ota-onaning farzandiga o'z muhabbatlarini ko'rsatishlari lozim. Uni ichdan sevmoq etarli emas. Bolaning moddiy o'sishi uchun sut qanday muhim bo'lsa, maanaviy o'sishi uchun sevgi huddi shunday muhimdir. Afsuski, hozirda ko'p farzandlarimizning me'dasi to'q, ammo ruhi ochdir.
 Zhunayd Suaviyning "œSevgi" nomli bu maqolasi mavzumizga go'zal bir o'rnakdir:           
Kichik qiz onasi bilan yurib borar ekan, birdan to'htadi. Yomg'ir tomchilaridan ho'l bo'lgan ko'zoynagini yechib qaragan narsa otasi bilan velosipedda ketayotgan boshqa bir qizcha edi. Velosipedning orqasida o'tirgan qiz, yiqilib tushmaslik uchun otasini quchoqlab olgan va sovuqdan muzlagan yonoqlarini uning orqasiga tayagandi. Otasi ora sira yoniga qarab qizga bir narsalar so'zlar, kichik qiz esa qiqir-qiqir kulardi.           
Yo'lakdagi qiz ularning ortidan boqar ekan, onasi uning turib qolganini ko'rib:
  - Huddiki, uyda velosiped yo'qdek, ko'zingni uzmaysan, - deya tanbeh berdi, - agar shunaqasi senga yoqqan bo'lsa, adang bunisidan ham olib beradi.           
  Kichik qiz yumshoq ovoz bilan:
  - Vilosepedga emas, qizga qaragandim, - dedi, - otasi u bilan gaplashib ketayapti-da...
Buning zamirida nima yotganini anglamagan ona, qizining muynali shapkasini tug'irlab:
  - Do'stlaring bu havoda piyoda maktabga keladilar. Lekin adang sen uchun bir necha daqiqa vaqtini ayirib mersedesida maktabga olib keladi.
Ammo qiz ko'zini velosipeddan uzmasdi.
   - Istasang, adang ham seni velosipedda olib keladilar. Shunaka qilsak bo'ladimi?
Kichik qiz inju donalari kabi sizib chiqayatgan ko'z yoshlarini onasidan yashirishga harakat qilarkan:
   -Juda istardim, - deya javob berdi, - balki, shunda otamni quchoqlarman.     

Madina.

Qayd etilgan


Akbarjоn  12 Yanvar 2010, 09:52:54

shuni yaqinda o'qigandim, juda, juda ta'sirli chiqqan

Qayd etilgan