Jiyanlarimning bir ishini eshitib rossa kuldim... Eshitib ko'ring a...
Tog'amni iki farzandlari bor: O'lmas va Istoda... Biri 3-sinfda o'qiydi ikkinchisi esa hali maktab bormaydi singlisi. Xullas, oyisi shor'danak olib kelib beribdilar. Akasi o'zinikini tez-tez chaqib yeb tugatibdida, keyin singlisiga hujumga o'tishga harakat qilibdi
-Uka,uka, kel man kuchuk bo'laman. Sanga qarab vovvulaganimda og'zimga bittadan danak solasan.
- Davay, o'ynaymiz unda, debdi Istodaxon ham...
Kuchuk bo'lib bir ikki vovvulagan ekan, "Kuchukjon, qorniz och qoldimi? Danak beraymi?" debdi Istoda. "Ha", desa, danakni otvorib, huuuu ana, borib ol........
Bolalarni aqli ko'p narsaga yetmaydi deymizu, lekin bunaqa holatlarda aqliga qoyil qolmay iloj yo'q...
Allohimning O'zi hamma bolalarga aql-u tavfiq bersin!