Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!  ( 366325 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 ... 72 B


Ansora  28 Fevral 2010, 22:20:17



Kurshatjon chanqadi:=)

Qayd etilgan


Ansora  28 Fevral 2010, 22:24:01







Bo'yi yetsa nimalarni qorishtirgan bo'lardi ;D

Qayd etilgan


ZUBAIR  28 Fevral 2010, 23:40:26



Yangi avlod kompyuter bilan birga katta bo'lyabdi : )

MashAlloh.. O'glizmilar?

Qayd etilgan


Ansora  28 Fevral 2010, 23:45:18

Oila do'stimizni o'g'li. Oldingi sahifalarda 2 oy oldingi rasmlari ham bor. Mashalloh, Rabbim bizlarga ham nasib etsin inshalloh....

Qayd etilgan


Ansora  02 Mart 2010, 21:56:40

Ho'jayinimni bolalik xotiralaridan:

"8-9 yoshlardaman, bir kuni esdalik daftar yozishga qaror berdim.

Daftar ham oldim. Birinchi sahifasiga esa sarlavha qo'ydim:

"Mening hayotim"

Xozir eslab kulaman, endigina 8 yoshdasan, huddi qarib qolganday "mening hayotim" deyishga balo bormidi"  ;D

Yana bir kuni men 5 yoshlardaman ukam Tamer esa 3.5 yosharda. Hovlida begona mushukni ushlab oldik. Men o'ylab-o'ylab mushukni operatsiya qilishga ahd qildim ;D Ukamga mushukni so'yish uchun bir narsa olib kel, deb buyruq berdim. Ukam esa choy qoshig'i olib kelibdi  ;D

Birdan jahlim chiqdi, qoshiq bilan qanday qilib mushukni so'yamiz, dedim, ukam boshini sarak-sarak qildi. "Eeee",  dedim va mushukni ozod etdim  ;D

Qayd etilgan


Hadija  07 Mart 2010, 16:43:38

Bo'lajak forum a'zosi  ::) (jiyanim)






Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Mart 2010, 08:58:55

BOLALAR NUTQI. 11-QISM


Jiyanim Orifjon so'rayapti:
- Anu oshmondegi naysalar nima?
- Yulduzlar.
- Obeyin. :)

* * *

Orifjonni chaqiryapman:
- Qani qo'zichog'im, keling-chi manga!
- Ee, man qo'jichag'basman.
- A, nimasiz unda?
- Sheyman! :)

Qayd etilgan


Muzayyana  25 Mart 2010, 14:59:06

Ziyoda 6 yosh

-Ziyodahon nok yeysanmi shokoladmi a?

-Nokalad!!!

Qayd etilgan


Akbarjоn  25 Mart 2010, 18:14:36

Aslidin 4 yosh
- Aslidin isming nima
- Yo'o'o'q!
- nima birov seni xafa qildimi
- Yo'o'o'q!
- Senga nima olib beray
- Yo'o'o'q!
- nimaga xadeb yo'q deyabsan
- Yo'o'o'q!
:D

Qayd etilgan


Muslima_Abubakr  25 Mart 2010, 20:43:14

2yoshli jiyanim Akbar bilan suhbatlashvomman:
-Akbar Alloh degin
-Oyyoh
-Bismillah degin
-Bismiyyoh
-La ilaha ilallah Muhammadur Rasululloh degin
-Ya iyaha iyyayoh.............
-Muhammadur Rasululloh de
-Muhammaduy...............
-Rasululloh de
-Rasuyuyyoh

Allohim shu so'zla bilan kotta bo'lib shular bn jon berishini nasib aylasin ilohim!

Qayd etilgan