Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!  ( 366225 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 ... 72 B


Akbarjоn  16 Aprel 2010, 17:11:42

:as:

 :vslm:

hush kelibsiz Mufazala opa :)
ziyouzdagi qadamlariz muborak bo'lsin

Qayd etilgan


Mufazzala  17 Aprel 2010, 01:25:22

 :as:

Hush bo'ldik Akbarjon, tashakkurlar!


Qizim berkinib olib akasidan iltimos qilyapti:

-Akaaaa, meni topib oling, shkafdamaaan :)

Qayd etilgan


Jamila  17 Aprel 2010, 06:20:07

Mufazzala opa sizni gaplarizni o'qib kichikligim yodimga tushib ketdi.

Man ham amakilarim bilan o'yin o'ynardim bekinmacho o'ynili desam yo'q o'ynamiymiz derdi aa desam voy ho'p ho'p deb o'ynashardi man bekinardim ular topishadi, har doim ko'zini yumishardida man har doim hondi tagiga berkinardim man bo'ldim honi tagini qaramelar derdim  ;D rosa ajoyib vaqtlar edi ...

Buvam,amam kelinoyilarim kulishardi :D


Alloh bollarngizni umrini uzoq qilsin...

Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  18 Aprel 2010, 10:29:13

МашаАллоҳ, Муфаззала опамизни бурдада ксриб турганимиздан мамнунмиз. Аллоҳ ҳайрли урлу қилсин :)

Qayd etilgan


Ziyovuddin  19 Aprel 2010, 19:32:32

 :as:
Ko'pincha ishxonamda ish ko'pligida va kayfiyat yo'qligida qo'l telefonimga bir qizcha adashib qo'ng'iroq qiladi. Telefonni olib "alo" deyishim bilan, qizaloq "adajon" deb gap boshlab bir nimalarni "manga u opkeling, bu opkeling" deb buyurtma berib qoladi. Manam ataylab eshitiiiib turaman avvaliga. Keyin boshqa joyga telefon qilganini bilganidan so'ng indamaygina qo'yib qo'ya qoladi.

Vey odam boshqacha bo'p ketarkan :D

Qayd etilgan


Ansora  19 Aprel 2010, 22:38:26

Uyga qo'shnilarim kelishgandi. Qo'shnilarimdan birini o'g'li 1 yosh, 2 oylik. Shunaqangi to'palonchi asti qo'yaverasiz.

Qo'liga nima tushsa har tarafga qarab otgani otgan. Burchakka samovarda choy damlagandim. "Samovarni uhslaymaaaan", deb dodladi. Qo'lidan ushlab, issiq, dedim qara. Biroz issiqni sezishi bilan barmog'ini darrov tortib oldi. Endi yaqinlashmasa kerak, deb hotirjam bo'lib turgandim, qarasam bolakay qo'liga olgan mobilniy telefonni samovarni nishonga olib otmoqchi bo'lsa bo'ladimi, qo'rqib ketdim ;D

Qo'lidan telefonni olib, samovardan uzoqlashtirdik, bir payt yana stulni orqasidan tirjayiiiib turibdi shumtaka : )

Qayd etilgan


Muzayyana  29 Aprel 2010, 15:21:13

Farruh uch yoshda.
-Bo'ldi Farruh uhla!
-Adajon chiroqni o'chirmang, ko'zimga qorong'u kirib ketadi!
-------------------------------------------------------------------------------

Doniyor uch yarim yoshda
_Adajon! Men katta bo'lsam, sizga o'xshagan bo'laman-a?
-Albatta-da, ota-o'g'il! Qayoqdan bildingiz?
-Ayajon aytdilar! Katta bo'lsang sen ham adangga o'xshagan ahmoq bo'lasan, dedilar!
-----------------------------------------------------------------------------
Dilorom besh yoshda.
-Jivachkangdan Shohruhga ham berdingmi, Dilish?
-Berdim.
-Nechtasini berding?
-Hammasini, qog'ozini!

O'tkir Hoshimov "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"

Qayd etilgan


Akbarjоn  29 Aprel 2010, 18:08:30

Yaqinda 10 oylik jiyanimga qarab turdim, kompiyuterda ishim ko'pligi uchun bir qo'limda bola bir qo'limda klaviatura bilan ishladim
injiqlik qilayotgan jiyanim xar xar zamon ekranga qarab kulib qo'yadida qo'lini ko'tarib qo'yadi (oldinlari bunaqa qo'l ko'tarishni "ayva" dyishardi :) )
oldin e'tibor bermadim, takrorolanaverganiga e'tibor berib qarasam
mishkaning strelkasi qo'lga o'xshab turganida (link ustiga olib borsangiz kaft shakliga keladiku) menga qo'l ko'taryabdi deb o'ylagan bo'lsa kerak, shu "qo'l" ga javoban qo'l ko'tarayotgan ekan
Juda chiroyli xolat,10 oylik bola kompiyuterdagi mishkani qo'l shaklidagi znachogini taniganiga xayron qoldim    :)

Qayd etilgan


Ansora  02 May 2010, 21:22:54

Tunov kuni marketda yursam bir ayol o'g'lini chaqirib qoldi:

"Ayyub Sulton kel, tez bo'l" : )

Bu ismni bu shaklda birinchi marta eshitishim hayron qoldim, lekin juda yoqdi...

Qayd etilgan


Muzayyana  06 May 2010, 11:55:38

Qaynisinglimni 2 yoshli qizchasi bor, bir martta dadasi ko'targanda "Yo, Alloh" deb ko'targan shundan beri, "mani ko'tar" demiy, ayasiga qarab nuqul "Yo, Alloh" qiling deyaveradi, ajoyibda bu bolalar....

Qayd etilgan