Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!  ( 365775 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 ... 72 B


muhibb  06 May 2010, 15:32:57

qizcham to'rt oyligida birinchi aniq va ravon so'z aytgan edi: "Alloh!" yana ikki kun boshqa vaziyatda, boshqa holatda, boshqa odamlar orasida.

Hozir esa, normal holat. Dasturxon atrofida buvim duo qilsalar, ukammi, yoki boshqasimi, qo'lini duoga ochmasa, borib, qo'lini ko'tartirib, keyin joyiga o'tirib, o'ziyam omin qiladi.

"Omina, sani kim yaratgan?" desangiz, ikkilanmasdan: "Alloh!" deydi.

Qayd etilgan


muhibb  06 May 2010, 15:35:36

Qizim salkam 2 yoshga to'lishiga qaramay, haliyam beshikda yotadi.
Beshikka yotish marosimidan lavha:
-Omina yaxshi yotib tur, xo'pmi?
-xo'p.
-yaxshi tushla ko'rgin, xo'pmi?
-xo'p.
-tushingda mani ko'rgin xo'pmi.
-yo'q.
-tushingda kimmi ko'rasan?
-aya)))))
(oldinlari ada der edi :( )

Qayd etilgan


muhibb  06 May 2010, 15:36:47

Bugun ishga ketishdan oldin, oyoq kiyimimni kiyishga o'tirsam, yonimga keldi. Qo'lida bir kitob. Ertak kitobi.
-Ada, o'qi, ada O'Q.
o'rtasidanolib o'qisam, baqiradi:
-yo'o'o'o'q, mammettan!

Qayd etilgan


Ansora  07 May 2010, 14:14:43

Tuxumni qaynatib pishirib, archiyotganimda bolaligimdagi voqealar esimga tushadi orada:

Katta dasturxon atrofida 5-6 bola, pishgan tuxumni bir-birimizni tuxumimiz bilan to'qishtirardik, yoki ukalarimizni peshonasiga urib pachog'lardik ;D

Tabiiki dasturxon boshida dadam yo'qliklarida qilardik bu sho'xliklarni, ayam bo'lsalar bizga dasturxonni tayyorlab, o'zlari qachon qarasak kech kelardilar yonimizga.

Bizdan keyin dasturxonga o'tirib, endigina bir luqma olganlarida qorni to'ygan biz bolalar boshlardik bir-birimizni turtkilashga. Ayam shunda: "Shuni yeb kuchli bo'lib olay, kelyabman, mana",  derdilar. Biz bilardikki ayam shunchaki po'pisa qilyabdilar, narigi xonaga qochib yana boshlardik sho'xliklarimizga...

Bola uchun hamma narsa o'yin, yotsayam tursayam o'yinni o'yladi-da...

Qayd etilgan


siddiqa  07 May 2010, 23:43:25

 :as:

Munisamiz shirinlik yeyaverib o'ziyam shirin bo'pketgan ......

bo'ldi boshqa yema desak

" iytimossssss biiiiiiita beling " deb odamni eritvoradi .

Qayd etilgan


zahro_o  11 May 2010, 22:56:37

5 yoshli jiyanim muslima adamla va oyimla kiyinib ketishvotganini korib:
,,Vooy shumtakalayeey diydi,, :D :D

Qayd etilgan


Mufazzala  13 May 2010, 02:06:14

 :as:

O'g'lim 4 yosh edi.

-Men katta bo'lsam zo'r jip olaman. Men:
-O'ho', meni o'g'lim jip olarkan, meni ham chiqarasanmi mashinanga?
- Ha, chiqaraman.
-Oldigami?
-Yo'q, orqasiga.
-Voy, nega orqasiga chiqarasan meni?
-Oldida kelin o'tiradi-da.


Qarang-a, xozirdan xotinini o'ylayapti ;)
Ishqilib yomon qaynona bo'lmayda.

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 May 2010, 09:12:37

Shumtaka jiyanimning qiliqlari
(hozirgina olingan rasmlar)




Qayd etilgan


AbdulAziz  15 May 2010, 09:13:03


Qayd etilgan


AbdulAziz  15 May 2010, 13:04:37


Qayd etilgan