Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!  ( 366374 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 ... 72 B


Jamila  16 May 2010, 04:01:11

Abdulaziz aka itlardan jiyaniz qo'qmidimi?  :5 daxshatichiskiy...

Man  avval itlardan qo'qardim lekin hozir ular mandan qo'qishadi  ::) .

Kichikligimda uyimizni oldida bir qo'shnimiz bo'lardi otaisi rus edi uzbekcha gapirishni ham bilardi mandan ancha katta qiz edi o'ynurardi man bilan, uyiga chiqishga man qo'rqardim u manikiga chiqardi eshini oldida o'ynardi it vovo qilsa  ana vovo deb qochardim rosa kulardi o'rtogimam :1 .

Bir kun katta amakim bilan magazinga chiqib ketvotudi it vovo qilgandi ana vovo deb qochudim amakim kulgandi voy qo'qa deb  :5.

Qayd etilgan


Ansora  16 May 2010, 12:18:56

Bir necha kundan beri forumga kira olmaganimni sababi İstambuldan O'zbek dugonam qizi bilan mehmonga kelgandi. Qizchasi 3 yoshga to'ladi yaqinda, ismi Asal. Dadasi Turkiyalik. Dunyo go'zali, ismi jismiga monand mashalloh:)
Ankaradagi O'zbek dugonalarimizdan birini ham chaqirdik, uniyam 2.5 yosh, Zaynab-Zeliha isimli qizi bor. Uniyam dadasi Turkiyalik:)
Qizlar ilgari ham bir oraga kelishganda boshda o'ynab, keyin janjallashgan ekan, bu safar katta bo'lib qolishgandir, deb bemalol edi onalari. Qayerdaaaa:)
Boshda o'ynashdi, oradan yarim soat o'tmasdan yana boshlashdi, ur-to'palonni:)

Sababi o'yinchoq talashi:=)

Kap-katta odamlarni ham hech o'tirtirishmadi, tushmagurlar:)
Ohiri Zelihalar uyga ketadigan bo'lishdi, eshik ochilishi bilan Asal bu safar:

"Kardeeeesh" deb yig'lay boshlasa bo'ladi-mi ;D

Shuning uchun ham aytishar ekan-da bolani o'rtasiga tushmang, ular yarashadi, siz yomon bo'lib qolasiz, deb : )

Qayd etilgan


Muslima.bgm  17 May 2010, 15:24:10

:as:

Munisamiz shirinlik yeyaverib o'ziyam shirin bo'pketgan ......

bo'ldi boshqa yema desak

" iytimossssss biiiiiiita beling " deb odamni eritvoradi .


Bizni Munisa ham har gal ohirgisi deb bersam yana 1ta esak bo'ldi deb turadi.
Uni beshikdan erga yotishga o'rgatganimda avval oyog'imga yostiq qo'yib ustida uxlatar edim. Anchadan beri o'zi yotar edi negadir yana chaqaloqlik payti esiga  tushib ketdimi 2 haftadan beri oyog'izda yotamaan deydi. Kecha ovqat qilayotsam yonimga kelib oyijon endi ovqat qilayotganizda ko'taring qozonni ko'raman,  oyog'izda yotaman demiman, man kotta qiz bo'ldim dedi. Hursand bo'lib kechki payt uxlatishga olib borsam oyog'izda 1ta yotsam bo'ldi oyijon ertaga o'zim yotaman deydida.... Rosa kulibmiz ;D







Qayd etilgan


Nоdirbek  30 May 2010, 22:45:23


Bu mani to'polonchi jiyanim, bog'imizda to'polon qilyapti :D

Qayd etilgan


Nоdirbek  02 Iyun 2010, 09:56:24


Qayd etilgan


Nоdirbek  02 Iyun 2010, 09:57:16

Dehqon bobo:

:D

Qayd etilgan


Robiya  16 Iyun 2010, 11:31:30

 :as:

Kech tushdi deguncha qo'shnimiznikiga chopaman... Hasan va Husanlarni ko'rib kelgani :)




Hasan



Husan





Qishloqda ham jiyanlardan kamimiz yo'q, alahmdulillah...
Borishim bilan quchog'imga o'tirvolib, hech qayoqqa ketmaysiz deydigan Istodaxon.

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Iyun 2010, 14:36:24

BOLALAR NUTQI. 13-QISM

Mahalladagi bir bolakaydan so'rayapman:
- Nechchigacha sanashni bilasiz?
- 10 jacha.
- Sananag-chi?
- Biy, ichchi, uch, to'y, besh, yetti, shachchiz, o'n.
- Malades. Qo'lizda 2 ta olma bor edi. Keyin dadez kelib, sizga yana bitta olma berdi. Sizda jami nechta oloma bo'ldi?
- Cho'pchina : )

* * *

Jiyanim Orifjonga ham shunday savol bilan murojaat qildim:
- Orifi, qo'lizda ikkita olma turibdi-a?
- Ha.
- Endi qaren, manashu ikkita olmangizga ayangiz kelib, yana 2 ta olma berdilar. Sizda nechta olma bo'ldi?
- Ayam olma beyjanlayi yo'q : )

Qayd etilgan


Muzayyana  24 Iyun 2010, 14:26:52

Jahongir 6 yashar:
-Ayajon, Nega dadajonning sochlar yo'q?
-Dadajoning ko'p o'ylaydilarda, o'g'lim. Dadajon aqllilar!
-Bo'lmasa, nega sizning sochingiz ko'p?
- O'chir ovozingni zumrasha!!! :)

Qayd etilgan


Muzayyana  24 Iyun 2010, 14:30:14

Dilorom 5 yashar.
-Jevachkangdan Shoxruxgayam berdingmi, Dilish?
- Berdim.
-Nechtasini?
-Hammasini. Qog'ozini!


* * *

(Yig'lab):

-Humoyunning choyi qantimni yeb qo'ydi!


O'tkir Hoshimov "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"dan

Qayd etilgan