Muallif Mavzu: Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!  ( 252919 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 4 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Chustiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1743
  • -oldi: 4001
  • Xabarlar: 2433
  • Jins: Erkak
  • "Namoz mo'minning me'rojidir"
    • www.hilol.com
Re: Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!
« Javob #30 : 06 May 2009, 01:48:14 »
Muslim va muslima bolajonlar!




OFF: Bu bolajonlar, qarindoshiz, jiyanlarizmasmi?
Kuni kecha islom.uz tanlovigayam qo'yilgandi.

ON: Bloglar moro bo'sin taqsir. 



"Duo ibodat mag'zidir"

siddiqa

  • shunday dardlar borki,tasallisi faqat iymondadir .
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1879
  • -oldi: 2405
  • Xabarlar: 1798
  • Allohim hulqimizni chiroyli qil !!!!
Re: Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!
« Javob #31 : 06 May 2009, 04:36:30 »
bu savollarni yosh bolajonlarga tez tez berishadi .
kimni ko'proq yahshi ko'rasan ?
ayangnimi yoki dadajoningnimi ?
ayammi.
dadajoningnichi ?
dadamiyam .
qaysi birini ko'proq ?
ayammiyam ,dadajomiyam.
« So'nggi tahrir: 31 Avgust 2009, 05:46:36 muallifi AbdulAziz »

G_u_l_i

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2575
  • -oldi: 1137
  • Xabarlar: 848
  • Jins: Ayol
Re: Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!
« Javob #32 : 06 May 2009, 09:02:50 »
Alloh taologa chin tavakkal qilgan kishi Alloh taolo unga taqdir va taqsim qilgan narsaga rozi bo'lgan kishidir. (Bishr Xofiy)

Munavvara

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 371
  • -oldi: 426
  • Xabarlar: 844
  • Jins: Ayol
  • Alhamdulillah!
Re: Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!
« Javob #33 : 07 May 2009, 15:39:40 »
Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

AbdulAziz aka baraka toping judayam zo'r blog ochibsiz Alloh rozi bo'lsin.

Bu dunyoda chaqaloqlardek beg'ubor odamlar bo'lmasa kerak. Ularning har bir qilgan qiliqlari odamni quvontirib yuboradi. Bolali uyda agar sezgan bo'lsangiz alla qandaydur fayz bo'ladi. Hamma chaqaloqlar bilan ovora dardlarini ham unutib yuboradilar. Haqiqatdan ham Jannatning hidi bolalardan kelib turar ekan, bolalarning hididek shirinroq hid bo'lmasa kerak Vallohu a'lam...



Mani shirintoy jiyanim Sabriddin (uning ba'zi sur'atlarini forumga joylagandim)



Katta bo'lib oliy hammelarga ko'rsatib qo'yaman

Ovqatimni berilar qornim ochdi...


Qornim to'ydi endi multik ko'raman : )


Endi man uxliman...  ::)
 

Bu shirintoy amakimning nabiralari Sabriddin 4 oyligidagi rasmlari hali tili chiqmagan  ;) commentlarni o'zim yozdim offlar bo'lmasin!..
« So'nggi tahrir: 07 May 2009, 15:47:25 muallifi Munavvara »
Panoh tilab, to`kilsa edi ko`z yoshlarim,
Robbim ishqida ketsa edi bardoshlarim,
Ahli din, ko`paysa edi safdoshlarim,
Qalbim shod etuvchi iymonim bo`lsaydi.


Munavvara

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 371
  • -oldi: 426
  • Xabarlar: 844
  • Jins: Ayol
  • Alhamdulillah!
Re: Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!
« Javob #34 : 07 May 2009, 16:01:44 »






Bu shirintoy: Ammamning nabiralari Muxriddin uni rasmga olganimizda hali 1 oylik ham emasdi  ::)
Panoh tilab, to`kilsa edi ko`z yoshlarim,
Robbim ishqida ketsa edi bardoshlarim,
Ahli din, ko`paysa edi safdoshlarim,
Qalbim shod etuvchi iymonim bo`lsaydi.


Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!
« Javob #35 : 07 May 2009, 17:37:54 »
 :as:

Mana bu ham asal singiljonimiz tomonidan taqdim qilingan. Menga juda yoqdi, Sizlarga ham ilindim:

<a href="http://www.youtube.com/watch?v=yKu4rvTgyGQ" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=yKu4rvTgyGQ</a>
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!
« Javob #36 : 08 May 2009, 08:48:15 »
:as:

Mana bu ham asal singiljonimiz tomonidan taqdim qilingan. Menga juda yoqdi, Sizlarga ham ilindim:

<a href="http://www.youtube.com/watch?v=yKu4rvTgyGQ" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=yKu4rvTgyGQ</a>
:ms: Juda go'zal suhbat bo'libdi.
Youtube ko'pchilikda ochmasligi mumkin.
Robiya, o'sha suhbatning text ko'rinishini ham ilova qilsangiz.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!
« Javob #37 : 09 May 2009, 09:29:52 »
RASULULLOH (SAV)NING BOLALARNING ORQASIDAN KO‘ZYOSH TO‘KISHLARI

Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) Allohning taqdiriga doimo rozi bo‘lganlari shubhasiz. o‘g‘illari Qosim vafot etganida qayg‘uga botib, qabristonga olib ketarkanlar, Kuaykian tog‘iga qarab:
- Ey tog‘! Mening o‘rnimda sen bo‘lganingda yiqilar eding, - degan edilar.
Qizlari Zaynabni o‘z qo‘llari bilan qabrga qo‘ydilar. Qabrga qo‘yarkan qayg‘uli edilar. Qabr ichida biroz turgandan keyin sevinib chiqdilar va:
- Zaynabning zaifligini o‘ylab, unga qabr azobi va qabrning siqishini yengillatishi uchun Allohga duo qildim. U ham duoyimni qabul qilib, yengillatdi, -dedilar.
Qizlari Ummu Gulsumning janoza namozini o‘qigan va ko‘zlari yoshga to‘lib qabrning boshiga o‘tirgan edilar. Qayg‘udan qabrga tusha olmay, boshqasini tushirgan edilar. o‘g‘li Ibrohim vafot etayotganda uni quchog‘lariga olib, ko‘z yoshi to‘ka boshladilar. Abdurahmon ibn Avf:
- Siz ham yig‘layapsizmi, ey Rasululloh? Bunday yig‘lashni xalqqa siz man qilgan edingizku, - degach, Rasululloh:
- Ey Avf o‘g‘li! Bu bir marhamat ifodasidir. Men faqat unda bo‘lmagan xislatlarni sanab, o‘lik uchun baqirib-chaqirib yig‘lashni man qildim. Rahm qilmaganga rahm qilinmaydi. Ko‘z yig‘laydi, qalb g‘am chekadi, bir buyuk Rabbimizning rozi bo‘ladigan so‘zdan boshqasini aytmaymiz. Ey Ibrohim biz sendan ayrilganimizga juda xafamiz.
Ibrohim mening o‘g‘limdir. U ko‘krak emadigan chog‘ida o‘lgan bir qo‘zig‘ochdir. Jannatda uning emiziklik muddatini tamomlash uchun ikki ona tayinlangan.
Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) bola tug‘ilar-tug‘ilmas u bilan qiziqar edilar. Bir qulog‘iga azon, bir qulog‘iga iqomat o‘qirdilar. Ularga chiroyli ism qo‘yardilar. Xurmo chaynab, bolaning tomoqlariga surtar edilar.
Payg‘ambarimiz bolalarni tug‘ilganligi haqida xabar olib keluvchilarga hadya berar edilar. o‘g‘li Ibrohimning tug‘ilganini aytgan Rofiyga bir qul bergan edilar.


"Baxtli oila" risolasidan.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!
« Javob #38 : 12 May 2009, 11:20:36 »
Mehr

Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bolalarga sevgi va shafqat ko’rsatmaganlarni xush ko’rmas edilar. Bolalarga nisbatan marhamatli bo’lmaganlarni qattiq qoralardilar.
Bir odam Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga: “Yo Rasululloh! Siz bolalalarni o’pasizmi? Biz bolalarimizni o’pmaymiz”, dedi.
Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ul odamga tikilib qaradilar va: “Marhamat etmagan (rahmdil bo’lmagan) kimsaga marhamat bo’lmaydi”, dedilar.
Yana bir kun Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga Tamim qabilasining kattalaridan biro dam keldi. Shu payt Hazrat Ali va Hazrat Fotima volidamizning o’g’illari, Payg’ambar sollallohu alayhi vasallam Janobimizning nabiralari Hazrat Hasan roziyallohu anhu ham shu yerga keldi. Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam nabirasi Hasanni erkaladi, quchoqlab o’pdilar.
Ul odam buni ko’rgach: “Yo Rasululloh! Mening o’nta o’g’lim bor, shu paytgacha hech birini o’pmaganman”, dedi.
Unga javoban Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
- Alloh sening qalbingdan marhamatni chiqarib yuborgan bo’lsa, men nima qilay, - dedilar.
Yusuf Tovasliyning “Hikmatlar xazinasi” kitobidan

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!
« Javob #39 : 12 May 2009, 11:23:04 »
Rasululloh sollalohu alayhi vasallamning bolalar bilan hazillari

Anas roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga “Hoy ikki quloqlik”, deb hitob qildilar”, deydi.
Imomi Abu Dovud rivoyati

Abu Hurayra roziyallohu anhudan: “Payg’ambar alayhissalom Hasan ibn Aliga tilini chiqarar, bola uni qizilligini ko’rib kular edi”.

Mahmud ibn Rabi’ roziyallohu anhu dedi: “Men 5 yoshda edim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hovlimizdagi quduqdan chelakda suv olib, yuzimga bir hovuch sepganlarini hotirlayman”.
Buxoriy va Muslim rivoyatlari

Muzayyana

  • muslima
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 269
  • -oldi: 756
  • Xabarlar: 1010
  • Jins: Ayol
  • Alhamdulillah Ya Rabbil A'lamiyn!
Re: Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!
« Javob #40 : 12 May 2009, 11:54:30 »
Kecha o'qishdan qaytayotgan edim.
Marshutga hijobli bir opamiz chiqdilar. Yonlarida 3-4 yoshli qizaloq.
Biram shiriney, yana ro'mollarini aytmaysizlarmi, rossa o'ziga yarashgan.
O'ynab ketayotgan o'yinchog'i qo'lidan tushib ketti-da, mani oyoqlarimni tagiga kelib to'xtadi. Keyin sekin oldimda qo'liga tutqazdim.
Oyisi unga opaga nima deyish kerak dedilar. Qizchadan "raxmat" deyishini kutib tursam, shirin tillari bilan:
-Alloh rozi bushin, opajon!
desa bo'ladimi. Qizchani shundoqqina yuzlaridan o'pib olib, :
-Sizdan ham shakarim!-debman.
qalamlar ko'tarilgan...sahifalar qurigan...


Y_U_R_I_S_T

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1285
  • -oldi: 1505
  • Xabarlar: 3161
  • Jins: Erkak
  • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
    • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
Re: Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!
« Javob #41 : 12 May 2009, 15:15:12 »
Bog'cha hangomalari:

Bog'chada o'tgan 2 kunim mobaynida juda ko'plab qiziqarli voqealarga duch keldim. Burro tilli bolalar shunaqa ajoyib suhbotdosh edilarki, ularni fikrlashini ko'rib hayron qolasiz.

Diyora ismli bir qizcha mendan so'rab qoldi:
- Bizni bog'chaga nega keldilar?
Unga bolalarcha javob qaytaray deb:
- Sizlar bilan o'ynagani, - deb javob bersam, nima deydi deng:
- Kap-katta bollar, uyalmisilarmi biz bilan o'ynagani, -  deydi.  :7

* * *

Telefonimda ularni rasmga tushirayotsam, mendan bir qizaloq so'rab qoldi:
- Aka, bu telefoniz NOKIAmi?
- Ha.
- Meni oyimda ham NOKIA.
- Juda yaxshi.
- NOKIA telefoni bunaqa semiz, katta bo'lmasdiku. Sizniki nega bunaqa semiz?
- Meni telefonim ko'p ovqat yeydida, shunga shunaqa.
- Iye, kimni aldayapsiz? Qani og'zini ko'rsatingchi, unda...  :7
Xushnudbek taqdim etadi:
Hamma mavzu haqida blog - asosan huquqshunoslik haqida
http://xushnudbek.blogspot.com/

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!
« Javob #42 : 12 May 2009, 15:28:37 »
:as:

Mana bu ham asal singiljonimiz tomonidan taqdim qilingan. Menga juda yoqdi, Sizlarga ham ilindim:

<a href="http://www.youtube.com/watch?v=yKu4rvTgyGQ" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=yKu4rvTgyGQ</a>
:ms: Juda go'zal suhbat bo'libdi.
Youtube ko'pchilikda ochmasligi mumkin.
Robiya, o'sha suhbatning text ko'rinishini ham ilova qilsangiz.

 :as:

Suhbatning yozma ko'rinishi:


Assalamu alaykum.
Assalamu alaykum.

Qalaysiz?
Yaxshi, alhamdulillah

Robbing kim?
Olloh

Dining?
Islom

Kitobing?
Qur’on

Payg’ambaring?
Muhammad sallallohu alayhi vasallam

Millating?
Ibrohim Halilulloh

Sani kim yaratgan?
Olloh yaratgan mani

Nima uchun yaratgan?
O’ziga ibodat qilish uchun yaratgan.

Ibodat degani nima?
Ibodat degani Allohni aytganini qilish, qaytarganlaridan qaytish

Borakalloh
Iymon kalimasini aytchi.
La ilaha illalloh, Muhammadur Rasululloh. Bu iymon kalimasi

Nima degani bu?
Alloh bitta, Allohdan o’zga iloh yo’q. Muhammad Allohning elchisidir.

Bizga kim rizq beradi?
Alloh rizq beradi.

Kim o’ldiradi?
Alloh o’ldiradi.

Kim tiriltiradi?
Alloh tiriltiradi.

Nima uchun tiriltiradi.
Hisob-kitob qilish uchun tiriltiradi.

Qachon tiriltiradi?
Qiyomat kuni tiriltiradi.

Hisob – kitob qilgandan keyin nima qiladi?
Mo’minlarni jannatga kiritadi.

Kofirlarnichi?
Kofirlarni do’zaxga tashlaydi.

Do’zaxda nima bor?
Bitmas – tuganmas azob bor.

Jannatdachi?
Rohat – farog’at bor.

Nashida bilasanmi?..
Ha

Aytchi… La ilaha illalloh…
La ilaha illalloh Muhammadun rasululloh… Bu iymon kalimasi

Nashida, nashida aytchi…

Nashida...

Borakalloh
Kimni yaxshi ko’rasan?

Allohni yaxshi ko’raman
Keyinchi?

Rasulullohni yaxshi ko’raman.
Keyinchi?

Mo’minlarni yaxshi ko’raman
Borakalloh.

Dada, bu kim?
Bu san... :)

Allohu akbar!

PS.: bu savol-javobdagi qizaloqning "Jannatda nima bor?" degan savolga bolalarcha til bilan "Lohat-falog'at bor" deganini eshitganimda boshqacha bo'pketdim. O'zi bu suhbatning o'zi juda ibratli chiqqan...

«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Y_U_R_I_S_T

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1285
  • -oldi: 1505
  • Xabarlar: 3161
  • Jins: Erkak
  • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
    • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
Re: Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!
« Javob #43 : 12 May 2009, 15:31:50 »
Eng qiziq voqealardan biri bolalarga Yo'l Patrul xizmati xodimlarini chaqirib chorrahada qanday harakat qilish kerakligini o'rgatayotganda sodir bo'ldi.
Militsioner akamiz bollarga qizil tayoqchasini ko'rsatib:
- Bu qizil tayoq nima deyiladi?
Bitta Omil degan bola o'ylanib turib:
- POMIDOR!, - desa bo'ladimi.  :7
Xushnudbek taqdim etadi:
Hamma mavzu haqida blog - asosan huquqshunoslik haqida
http://xushnudbek.blogspot.com/

Y_U_R_I_S_T

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1285
  • -oldi: 1505
  • Xabarlar: 3161
  • Jins: Erkak
  • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
    • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
Re: Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!
« Javob #44 : 12 May 2009, 16:06:35 »
Iqtibos
PS.: bu savol-javobdagi qizaloqning "Jannatda nima bor?" degan savolga bolalarcha til bilan "Lohat-falog'at bor" deganini eshitganimda boshqacha bo'pketdim. O'zi bu suhbatning o'zi juda ibratli chiqqan...

Haqiqatdan juda ajoyib suhbat bo'lgan ekan. Eshitib mazza qildim. Ushbu singlimizdan ham , ularning ota-onalaridan ham Olloh rozi bo'lsin.

Sizga ham rahmat, shunday ajoyib material uchun!
Xushnudbek taqdim etadi:
Hamma mavzu haqida blog - asosan huquqshunoslik haqida
http://xushnudbek.blogspot.com/

 

Quddus amakining saboqlari (bolajonlar uchun)

Muallif NaqshbandiyBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 60
Ko'rilgan: 61816
So'nggi javob 02 Dekabr 2007, 01:21:15
muallifi AbdulAziz
Bolajonlar uchun! (flash)

Muallif RukhiyaBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 28
Ko'rilgan: 11757
So'nggi javob 03 Aprel 2009, 23:23:19
muallifi ZUBAIR
Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)

Muallif ZUBAIRBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 188
Ko'rilgan: 63536
So'nggi javob 17 Mart 2009, 00:10:56
muallifi ZUBAIR
Bolajonlar uchun "pancho" modellari

Muallif AnsoraBo'lim Tikuvchilik

Javoblar: 15
Ko'rilgan: 16695
So'nggi javob 26 Yanvar 2011, 16:51:59
muallifi Ansora
Bolajonlar uchun o'yinchoq tikish yoki to'qish

Muallif AnsoraBo'lim Tikuvchilik

Javoblar: 13
Ko'rilgan: 23665
So'nggi javob 15 Oktyabr 2012, 10:19:17
muallifi Mahdiyah