Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!  ( 366112 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 ... 72 B


Nоdirbek  24 Iyun 2010, 15:09:36

Taxminan 3 yoshlar atrofida bo'lgan paytim, ko'chada akam bilan ketib tursak, qo'shnimiz Mavlonxon akani iti bizni quvlabdi.
Keyin Mavlonxon aka bilan dadam sal nariroqda gaplashib turgan ekanlar, men akam bilan ularni oldilariga borgan ekanmiz, akam, Dada, Mavlonxon amakini itlari bizni quvdi desalar, men, Dada, Mavyonxon it bishni quvdi degan ekanman... :D :D :D

Qayd etilgan


AbdulAziz  25 Iyun 2010, 16:27:07

Mening qaqajonlarim


Qayd etilgan


Habib  29 Iyun 2010, 14:42:18

                                                Allohim menga bergan ne'mat-qizim



Qayd etilgan


Ansora  29 Iyun 2010, 15:51:41

Mashalloh Habibjon, Rabbim ota-onasiga bag'ishlasin inshalloh. 2 oylik bo'lganga o'hshaydi:)

Bizni kichkintoy ham xozirdan juda "aqillilik" qilyabdi, xozirdan shunday bo'lsa Xudo menga keyingi oylarda yordam bersin... : )

Kichkintoyni uhlatdim, orada tez tez xabar olib turaman. 1 soat o'tgandan keyin xonasiga kirsam, qizarib yig'lash uchun tayyorgarliklarga boshlabdi. Egilib: "O'g'liiiim, Abdulaziz", desam yuzimga jiddiy qarab, yig'lashdan voz kechsa hayron qoldim : )

Tez tez kulimsirayabdi uyqusida. Bu yerda: "Farishtalarni ko'ryabdi", deyishadi.

O'zi hali malak, tabiiki ko'rgani ham malak bo'ladi-da : )

Rabbim barcha "malaklarimizni" qo'risin inshalloh...

Qayd etilgan


SiDDiQ  30 Iyun 2010, 02:36:16

Assalomu Alaykum !

Man hali uylanmaganligim uchun eng kichik jiyanimni judayam yaxshi ko'raman.
Unga man o'z qizimga qo'ymoqchi bo'lib niyat qilib yutgan ismni qo'yishgan.

Uni ismi Rayona, man bu jiyanimmi o'z qizimde ko'raman.))) u endi  inshaAlloh 1 yoshka to'ladi.

Allohim barchamizani ota - ona bo'lish baxtiga yetkazsin !

Qayd etilgan


Nоdirbek  04 Iyul 2010, 00:01:45

Maktabda 3 yo 4-sinfda o'qir edim. Dadamni bir do'stlari bor edi. Ba'zi paytlarda uyimizga tashrif buyurib, mehmon bo'lardilar. Bir kuni shu inson qo'lida shisha ko'tarib kelganini ko'rib qoldim va hayron bo'ldim. Ketishda dadamga uy telefon nomerlarini aytayotganlarini eshitib qoldim va eslab qoldim. Keyin uyda hech kim bo'lmagan paytda qo'shimiz bilan boyagi nomerga telefon qildik, telefonni ayollari ko'targan bo'lsa kerak, meni jahlim chqib turgandi: Allo bu aroqxo'rlarni uyimi dedim, shunda haligi ayol bechora rosa duoibad qilgandi,  voy juvonmarg qayerga telefon qilyapsan.... :D :D :D

Qayd etilgan


BelleQizcha  04 Iyul 2010, 00:10:54

Mening qaqajonlarim

butulkani teskari ushavolib turgan bollaa munchaaa shirrin

Qayd etilgan


Nоdirbek  05 Iyul 2010, 21:36:24


Bu bolani kunduzi uxlatish sal qiyinroq lekin moshinga o'tqazib qo'ysangiz yoki tomiga chiqazib qo'ysangizam uxlayveradi :)

Qayd etilgan


Nоdirbek  05 Iyul 2010, 21:42:09

Bolaligimda peshindan keyin onajonim bilan birga uxlardik. Men har doim onamni uxlatib qo'yib, ko'chaga surib qolardim.
Bir kuni onam uxlaganliklariga ishonch hosil qilgach, navbatdagi kashfiyotni boshladim.
Alyumin simni olib, o'rtasidan buklab, elektrga tiqib ko'ripman, shunda qandaydir portlash ovozi eshitildimiye...
Ko'chaga surib qolgandim, yaxshiyam simni ustida izolyatsiyasi bo'lgan ekan.

Qayd etilgan


Nоdirbek  07 Iyul 2010, 10:35:56


2 yil oldingi rasm. Moshinada uzoqroqqa borishgan ekan. Qo'shnilariyam birga bo'lishgan ekan, moshinadan tushishda qo'shni qizchaga gap otgan shekilli, moshinadan itarib yuboripti...

Qayd etilgan