Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!  ( 366159 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 ... 72 B


Kamalak  25 Yanvar 2011, 13:44:40



Abdulaziz Ensar kecha birinchi marta marketimizni yuqori qismidagi bolalar maydonchasiga bordi. Hamma narsaga qiziqish bilan qarab, bazan kulimsirar, bazan esa ko'zlarini katta-katta ochib qo'rqib ham qo'yardi:)
Kapalak kuz tegmasin Abdulaziz Ensar ham kotta yigit bulib qolibdi.Mani ug'lim 4-yarim yosh bu rasmni kurib aya men  chaqaloq bulganimda tushganmanmi deydi. : )

Qayd etilgan


Ansora  25 Yanvar 2011, 14:31:03

 :as:

Oy mashalloh Kamalak:) Rabbim yomon ko'zlardan asrasin iloyim:) Jajjigina, Abdulaziz Ensar endi o'zicha aka bo'libdi-da:) Lekin haliyam tishimiz chiqmadi:)
Emaklashga kelsak, qorni joyida turaveradi, atrofida aylangani aylangan:) orqaga qarab ketyabdi bazan:)
Ustimizdagi qo'shnimizni o'g'li o'g'limdan 1 hafta katta, uni 2 tishi chiqibdi pastdagilar, ust tishi ham yorilibdi, juda yaxshi emaklayabdi ekan:) bularni dadamizga aytsam, Abdulaziz Ensar to'palon qilganidi "Tishing ham yo'q, emaklamayabsan tambalsan lekin to'palonda birinchisan seni qara" deb kuldilar ;D

Qayd etilgan


Kamalak  25 Yanvar 2011, 15:00:49

Sut tishlar 6-7 oylikdan chiqa boshlaydi lekin kechroq chiqqani ham yaxshi. Umar rosa tupolonchi quldan quysak boshlaydi ashulasini hozir qorincha yotib oladi bittaa quli ostida qolib ketadi chiqarishga harakat qiladi chiqaraolmasa baqiradi akasidan yordam suraydi qulda kutarib faqat unga gapirib utirish kerak uhlaganda ish qilmasam uyg'onganda umuman oldidan ketmaslik kerak. :5

Qayd etilgan


Ansora  25 Yanvar 2011, 15:47:29

Abdulaziz Ensar 6.5 oylik edi, uyga mehmonlar keladigandi. O'g'limdan 1 oylik kichkina qizlari bor, ismi Zaynab:) Biz dadamiz bilan kelishib oldik, qani Abdulaziz qizg'onishni bilarkanmi, sinab ko'ramiz. Men Zaynabni oldim, Ensarni esa Zaynabni onasiga berdim. Hech kutmagandim to'g'risi:) birdan lablari burildi, ichidan yig'i portlab chiqdi:( butun ovozi bilan dod solsa bo'ladimi...Darrov qo'limga oldim, boshini yelkamga qo'yib, bir ko'zi bilan Zaynabga qarardi:)

Oradan biroz o'tib ikkalasini yonma yon o'tirg'izdik, o'rtalariga esa o'yinchoq berdik, aslida Abdulaziz bu o'yinchog'ini yoqtirmasdi, mehmon qizga esa yoqdi, tortqilab o'ynay boshladi...Birdan Abdulaziz o'yinchoqni bor kuchi bilan o'ziga tortdi, qizga qarab bo'ynini cho'zib "xo'rozlansa" bo'ladimi:) kichkinagina mushti bilan qizni yelkasini bir turtdi::)  Zaynab esa dod soldi, darrov uzoqlashtirdik bolalarni...
Buni ko'rib "jinni" bo'lib qoldik....Biz o'zimizcha  o'g'limizni juda nozik deb o'ylardik, qayerdaaa. Uyini, onasini, o'yinchoqlarini birdan qizg'ondi mittigina yuragi bilan....

Qayd etilgan


Ansora  25 Yanvar 2011, 18:16:29



Meni "qizg'onchiq" o'g'lim....

Abdulaziz Ensar: Bu qo'shni bola qachon uyiga ketarkan-a...

Sefa: Ooo Abdulazizni o'yinchoqlari yaxshiykan-u:)

Qo'shnimni qizi 5 yoshida-ismi Merve, o'g'li Abdulaziz Ensarni tengdoshi ismi Sefa.
Hajdagi 2 tog'ni isimi berishgan, mashalloh...

Qayd etilgan


yoqutxon  25 Yanvar 2011, 22:07:23

 :as:
 Bu rasmni jiyanim chizgan birinchi ko'rsatganida o'zim ham nima ekanligini tushunmabman.Nima bu desam televizor diydi.Anavi Ikkita boshlovchini o'rtasidagi, yarimi bo'yalgan to'rtburchak nima desam, telvizorni ovozini chiqaryapti diydi  : ). Rosa kulibmiz o'ziyam  ;D Sizlar ham "shedevrdan" bahra olinglar dedim  :D




Qayd etilgan


Ansora  26 Yanvar 2011, 12:26:24

Yoqutxon rasm uchun rahmat. Bolani chizgan har bir chizig'ida uninng ruh holini, kayfiyatini ko'rsatadigan sirlar bor ekan. Yaqinda tv-da bolalar psixologi bu haqda gapirgandi. Bolalar rasmlarida hamma narsa joy-joyida, odamlarni yuzlari kulayotgan, quyosh charaqlab chiqibi uyni tomidan tutunlar chiqayotgan bo'lsa demak bolangiz baxtli, teskarisi bo'lsa ayniqda chiziqlar qalin chizilgan bo'lsa bola uyda siqilayotganini xatto ota-onasi uni urayotganini aniqlash mumkin ekan:(
Bola ich kechinmalarini rasmga to'karkan...

Qayd etilgan


Ansora  28 Yanvar 2011, 15:51:58

O'g'lim 7.5 oylik bo'ldi alhamdulillah.
Xozirgi kunlarda eng yoqtirgan joylari: muzlatgichni yoni-chunki ustida xilma xil magnitli rasmlar bor. Muzlatgichga yaqinlashgani sari hayajoni orta boshlaydi. Qo'llarini uzatib, shakllarni olmoqchi bo'ladi. Keyin pardalarni ham yaxshi ko'radi. Lekin osilib turganini-orqasiga yuzini yashirib: "aji" desak qahqaha otib kuladi:)
Nima uchun osilib turgan parda dedim, chunki deraza pardasini yoniga olib bergandim, qiziqmadiyam:) demak yuqoridan osilgan narsalar ko'proq e'tiborini tortyabdi.
Uyqusini olgan bo'lsa faqat bir marta "eee" deydi, xonasiga kelgunimcha meni sabr bilan kutadi. Uyqusini ololmagan bo'lsa tinmay yig'laydi, ko'zini ham ocholmaydi:)

Qayd etilgan


Ummu Muslima  28 Yanvar 2011, 16:29:17



Meni "qizg'onchiq" o'g'lim....

Abdulaziz Ensar: Bu qo'shni bola qachon uyiga ketarkan-a...

Sefa: Ooo Abdulazizni o'yinchoqlari yaxshiykan-u:)

Qo'shnimni qizi 5 yoshida-ismi Merve, o'g'li Abdulaziz Ensarni tengdoshi ismi Sefa.
Hajdagi 2 tog'ni isimi berishgan, mashalloh...
jiyanimizni hadeb qizgontiravermangda ayasi ;)
hali ko'rasizda ,kelajakda inshaALLOH  hech kimdan narsasini qizgonmaydigan Qo'li ochiq sahiy boylardan  bo'lsinlar.

Qayd etilgan


Ansora  28 Yanvar 2011, 16:37:48

Marg'iloniy, bilib bo'lmas, Alloh sizgayam nasib qilsa egizaklardan:)

Kecha bir tanishimiz shunday xabar berib qoldi. Farzand kutishayotgandi, doktorga borib bolani jinsiyatini bilishibdi.
-Qizimiz bo'larkan.
-Juda yaxshi, Alloh hayrlik qilsin iloyim.
-Lekin yana bir narsa-qizimiz yolg'iz kelmay, deb yonida qardoshi bilan birga kelyabdi ekan ;D

Quvonchimiz "egizak" bo'ldi  : ) :7

Qayd etilgan