Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!  ( 366384 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 ... 72 B


Habib  28 Yanvar 2011, 17:02:01

Bizning qizalog'imizni ham tishlari chiqyapti InshaAlloh. 1 oycha avval pastki ilk ikki tishi chiqqan edi. Endi ularning yonidan, yana pastdan guruchlar ko'rinib qoldi. Ozgina isitmasi chiqib, g'ashlik qildi anu kunlari. Endi Alhamdulillah, yahshi.
Xodunokda oldin orqaga yurayotgan edi, endi oldinga yuryabdi.
Ko'tarsangiz qo'llarini orqaga qilib, oqqush bo'lib beradi.
Alloh hamma mo'minlarga nasib qilsin!

Qayd etilgan


Saliha  28 Yanvar 2011, 17:18:25

mani o'glim manga har kuni yahshi ko'rishini etadi.. :5   ;D


Bir kuni qizimi maktabdan olgani borsam..bir shirin bolakay keldide yonimga..sizdan bin narsa so'rasam maylim?-dedi
ha soray qol..
tashqarida sovuqmi issumi?-dedi.
man sovuq dedim..
nima deb o'yles ichimdan kalgotkimi kiysami kiymasammi dedi.. : )
man, kiy sovu eysan dedim..
off rosa eringandim dedide..ketdi..
keyin birozdan keyin onasi bn tahsqarida korib qoldim..hosh bolakay kyin kalgotkini kiydinmi..desam..ha dedide onasiga qarab..hijolat bolardi..
biram shirin qilib savol beradiki..hayron qoldim..rahmatam etib qo'yadi yana..

Qayd etilgan


Kamalak  28 Yanvar 2011, 17:46:34

    Yaqinda Samarqanddan qaytayotganimizda Samolyotda katta ug'lim (4,5 yosh) ukasi rosa yig'lasa (4-oylik) ukasiga qarab yig'lama Umarchik qurqyapsanmi qurqma hozir dadangni oldiga boramiz,men oldingdamanku nega qurqasan deydi.Yonimizdagi Hamrohimiz buni eshitib rosa kulib,sen uzing qurqmayapsanmi desa yuq men qurqmayman men endi katta bolamanku deydi rosa kulibmiz :7.Ukasini oldida uzini rosa katta bulganday hamma narsani biladigandek tutadi.

Qayd etilgan


Ansora  28 Yanvar 2011, 18:08:25

Dugonamni 4 yoshli o'g'li onasiga to'ymaydi. Chunki onasi ishlaydi. Bir kuni onasini ishxonasiga telefon qilib shunday debdi:

-Oyijon, qarang men kasalman. Orada yo'talibdi. Kasalga o'hshab kelyabdimi ovozim?...Endi ishdan tez kelasizmi?

Onalari ishlagan kichkina bolalarga yomon achinaman-da:(

Qayd etilgan


Ansora  28 Yanvar 2011, 19:13:22

Odatda qiz bolalar dadasini, o'g'il bolalar onasini yaxshi ko'radi degan gap yuradi.
Tunov kuni qo'shnimiz qizi va o'g'li bilan kelishgandi biznikiga, xabarilar bor:)
Qizi Merve 5 yoshda. Onasi:
-Qizim tug'ilganda dadasi judayam xursand bo'lgan, bazi otalarday o'g'il bo'lmaganiga hafa bo'lmagan, desa Merve:
-Dadam meni judayam yaxshi ko'radi, chunki har kuni menga "seni judayam yaxshi ko'raman, qizim deb bag'riga bosadi" dedi.

Ha bolaga uni qanchalik yaxshi ko'rishimizni tez tez aytib turishimiz kerak, deb o'ylanib qoldim...ana shunda uyda ko'rmagan, topa olmagan mehrini ko'chada-noto'g'ri insonlardan qidirmaydi...

Qayd etilgan


BelleQizcha  31 Yanvar 2011, 04:21:43

bu mavzuga kirmey ketmaganimgayam yilla bob kettibdi.. ko'rib rossa bahro dilim ochildi-yaa o'zi..
lekin zo'r manam yegib qoygan bitta-yu bitta jiyanim Yusufi silaga ulashmoqchiman...
Oldin yosh bolla hech yoqmasdi..
shu jiyanim tug'ulishi bilan isminiyam O'zim Yusuf qoyaman dib turvoganim uchun,.. juda yaxshi ko'raman.. gapirishi bilmasayam soatlab telfonda bir nimala dib o'ttirimiza ikklamiza..,..... babir yosh bolla beg'ubor g'amsiz boladi.... ikki uchga kesa bizanikida bayram bob ketadi.....
marhamat rasimlaari..

..

mardikorimiza..ishlab charchagan..

Qayd etilgan


Ansora  31 Yanvar 2011, 14:17:21

UzMuslim, jiyaningizni Alloh nazardan saqlasin. Ota-onasiga mehribon, hammadan duo oladigan qiz bo'lib yetishsinlar iloyim:)

Bellexon, Yusuf beyni mashallohlari bor-ku:) ko'z tegmasin. Toshkanni "krutoy" bolasi ekanliklari Kanadadayam sezilib turibdi ;D

Qayd etilgan


muxlisa  02 Fevral 2011, 17:18:20

Ajoyib jiyanim borde..:)

bugun ko'rgani kirgandim, sog'inib..
 oyisi yumshoq o'yinchoq obergan ekan. o'yinchog'ini o'ynab-o'ynab, ko'zini tushirib qo'yibdi. mani ko'rishi bilan darrov ayiqchasini ko'tarib chiqib: "qaren, oyim oberdila. faqat bir poy ko'zi tushib qoldi." - desa bo'ladimi.., rosa kulibman.. :)

bir poy ko'zimish:)

Qayd etilgan


Mirоlim  02 Fevral 2011, 17:25:32

:bsm:

 :as:

Onasini bolasi.

Bir bolakay onasi bilan buvisinikiga (ya'ni ona eshikka) borgan ekan.

Buvisi onasiga ish buyrisa, bola:

- "Buvi nega meni oyimga ish buyriyapsiz?, ana ikta keliniz turipti ashilarga buyuring, oyimgayam qaynonasi ish buyridida, siz ham ishlarni kelinlarizga buyuring, onam charchagan o'zi, dam olgani keldi buyetga" -dermish  :7

Qayd etilgan


Ansora  02 Fevral 2011, 17:47:50

Qaynotamni o'g'illarini (qizlari yo'q chunki) bolaliklarini gapirib berishlari judayam yoqadi:)
Kenja qaynim 8-9 yoshlarda ekan. Velosiped olib berishibdi. Uyda erka bo'lgani uchun unchalik epchil emas ekan qaynim:) velosiped hovlini burchagida turarkan bir kuni qo'shnini o'g'li ularnikiga kirib qolibdi.

-Voy Halil Ibrohim velosiped senikimi?
-Him meniki.
-Minishni o'rgandingmi?
-Yo'q:(

Qaynotam fursatni boy bermay:
-Halil Ibrohim, agar o'rganmaydigan bo'lsang qo'shnini og'liga hadiya qila qolay, debdilar....
- :(

Ertasi kuni bir qarashsa Halilboy velosipedni vizillatib minib yurganmishlar ;D

Qayd etilgan