Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!  ( 366249 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 ... 72 B


Ansora  02 Fevral 2011, 19:10:09

Navbatdagi xotira:

Ho'jayinim 3-sinfda, qaynim esa 1-sinfda ekan. Qishloqni kichkinagina maktabi...Qaynatam o'qituvchilar. Maktab o'quvchilari orasidan sport sohasida yetakchi saylanadigan bo'libdi. Nomzodlarni ichida ho'jayinimni ham ismi bor ekan. Butun o'quvchilar ovoz berib bo'lgandan keyin g'olib bo'lgan ism aniqlanibdi. Ho'jayinim qarasalar u kishiga faqat birgina ovoz berilgan yani o'zlarini ovozlari ;D
hech bo'lmasa 2 ovoz olaman, deb o'ylagan ekanlar, chunki ukalariyam bor. Qarasalar qaynim kemshik tishlari bilan qiyshayiiib kulib turganmish, "bopladimmi" deganday ;D   uyda rosa janjal bo'lgan ekan o'sha kuni ;D

Qayd etilgan


Ansora  05 Fevral 2011, 13:23:01

Abdulaziz Ensarni xozirgi kungacha tushungan so'zlari:

-Abdulazizni biladi, Ensarni unchalikmas.

-Babası, baba(dadasi) desak dadasi uyda bo'lsa dadasiga, yo'q bo'lsa koridordan eshikka qaraydi.

-Ma (ol) bir narsa yedirganimda "ma" deyman, og'zini ochadi asosan:)

-Al (ol) qo'lini uzatadi.

-Gel (kel) desak quchog'ini ochadi.

Buvisini (qaynonam) judayam yaxshi taniydi. Chunki buvisi tinmay erkalab, o'ynatadilar:)

Uyga birinchi marta kelgan mehmonlarga yomon qovoq uyadi, 1-2 soatdan keyin qiziqib qaraydi. Ertasi kuni yana ko'rsa kulimsiraydi:) lekin qo'liga olsa "dod" soladi:)

Qayd etilgan


Ansora  05 Fevral 2011, 13:36:26

Bolani hislari hammamiznikidan kuchli aslida:)
Qo'liga olishi ta'qiqlangan narsalarga ko'proq qiziqadi, payt poylab birdan sakraydi bu narsalarni ustiga:) masalan pul't. Yashiraverib charchadik. Ohiri qaynotam eski pul't olib kelib, tselofanga o'rab berdilar. 1-2 marta qiziqdi, keyin yuzigayam qaramadi:) haliyam haqiqiy ishlaydigan pul'tda ko'zi. Qo'liga tushib qolsa xursaaand, bir pul'tga, bir televizorga qaraydi.

Bolada rostdan ham teskari psixologiya bor. Qilma, degan narsani qiladi, kompyuterdan uzoq tutishga harakat qilganimiz sari bo'ynini egib bo'lsa ham qaragani qaragan. Ayniqsa o'zini rasmi turgan bo'lsa, tanib qolib kulaveradi. O'zini videolarini ko'rsatsak yerida tura olmay, har xil ovoz chiqarib, sakraydi:)

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Fevral 2011, 13:42:40

Mashaalloh!
Bu jiyanimiz jaa sho'x chiqib qoldi-yu :)
O'zbekcha gaplardanam hech kim yo'qligida o'rgatib turing :)

Videolarini biz ham ko'rsak bo'ladimi?
Yosh bolalar haqidagi videolarga juda qiziqaman :)

Qayd etilgan


Ansora  05 Fevral 2011, 13:46:28

İnshalloh sal tili chiqsin, boshlaymiz O'zbekchaga:)
Videolari ko'p, lekin hech internetda joylamaganman. Video joylashni o'rganyabman haliyam, o'rganib bo'lay joylayman inshalloh bu mavzuda.

Yarimi O'zbek-shuning uchun sho'x deyishadi. Dadasini o'rtoqlari: qarab turgin 3 yoshga kirganda otga minib kamon otadi, deyisharkan:) O'rta Osiyoni shunday xayol qilishadi haliyam ;D

Qayd etilgan


Nurdinboy  05 Fevral 2011, 15:06:05

     Bolalar 2 yoshligida taqlidchilikning cho'qqisida bo'lar ekanlar. Qilgan ishingiz, qiliqlarinigiz, aygan hamma gaplaringizni o'rnida qaytarishlarini kecha jiyanim Nozaninda ko'rib bildim. Shu kungacha unversitetda "Yosh bolalar psixologiyasi"ni o'tganimizda bu haqda seminarlada gapirib 4-5 baholarini olgandik. Lekin amalda ko'rsanggina bilarkansan. Nozanin o'ynayotgan har bir harakatimni mendan ko'z uzmasdan takrarlaganiga qoyil qoldim. Mimikani o'zgartirishim bilan u ham (qiynalib, tushunib-tushunmay) o'zgartirdi.

Qayd etilgan


Nurdinboy  05 Fevral 2011, 20:36:48

Mana hozir shu jiyanim oyisiga taqlid qilib ukasining beshigini tebratmoqda.



Naqadar ajoib

Qayd etilgan


Nurdinboy  05 Fevral 2011, 20:39:22

Hatto chaqaloqlarga ham taqlid qiladi


Qayd etilgan


As-Samarqandiy  05 Fevral 2011, 20:44:10

 :bsm:

Beshikni kurib bir arsa esimga tushub ketdi. Ota-onam bola beshikka yotmasa qishshiq usadi, quli, oyoqlarini qiyshiq bulib qoladi desa chipppa chin ishonibman. Yaqingacha ham shunga ishonim kelgan edim. Qishloqdan sal beriroqqa chiqsam beshiksiz ham chaqaloqlar katta bularkan. Odamzot naqadar ishonuvchaney!!!

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  05 Fevral 2011, 20:48:05

     Bolalar 2 yoshligida taqlidchilikning cho'qqisida bo'lar ekanlar. Qilgan ishingiz, qiliqlarinigiz, aygan hamma gaplaringizni o'rnida qaytarishlarini kecha jiyanim Nozaninda ko'rib bildim. Shu kungacha unversitetda "Yosh bolalar psixologiyasi"ni o'tganimizda bu haqda seminarlada gapirib 4-5 baholarini olgandik. Lekin amalda ko'rsanggina bilarkansan. Nozanin o'ynayotgan har bir harakatimni mendan ko'z uzmasdan takrarlaganiga qoyil qoldim. Mimikani o'zgartirishim bilan u ham (qiynalib, tushunib-tushunmay) o'zgartirdi.

 :bsm:

Endi Nuriddinboy aka, kap-katta odamlar, esini tanigan odamlar taqlid qilib yotishibdiyu, bolalarnikiga ajablanmasak ham buladi. Bekorga halqimiz og'zida "Qush uyasida kurganini qiladi" degan naql yurmiydi. Bolalarning taqlidi beg'ubor. Ular podshodurlar.

Qayd etilgan