SHAHINANING KUNDALIGIBugun xolamni ko`rgani keldim. Ular mani yana emaklatmoqchi bo`ldilar. Uf-f, doim shu ahvol!
Mana, mani talpinib harakat qilsin deb oldimga sotkani qo`yib qo`ydilar. Yosh bolaga ham sotka beradimi? Voy bu kattalar-e...
ana, amallab sotkaniyam olaman, lekin baribir emaklamayman! "Alo, bu bolalarni huquqini himoya qilish jamiyatimi?!"
Charchab ketdimeee! Nima? Fotosessiyani hovlid davom ettiramiz? Urree!
"Buni hidlab tur, rasmga olaman"mish... Nima bo`ldi bu? Xidi g`alati ekanmi?
Mazasini ko`rsak bo`ladimi?
Ona yurtning baaag`ridan, zuvolaaasi,
Toshkent piyolasi-ii-i...
Reklamnaya pauza:
Kim aytdi liboslar bir-birga mos kelishi kerak deb?!(Pikovit)
))
Bo`ldi. Uyqim keldi, soskam qani?!