Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!  ( 366215 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 B


AbdulAziz  11 Yanvar 2012, 11:41:18

BOLALAR NUTQI. 16-QISM

Onasi AbdulAziz bilan qaynonamnikiga borgan edi. Opasining bolalari ham kelishibdi.
Ikki yashar Oyazimxon onasiga (Abdulazizga ishora qilib):
- Aya jijini uyga opketamiz-a? (jiji - chaqaloq) - desa, uning 4 yoshli akasi:
- Yo'q opketmiymiz!
- A nega?
- Qara burni oqarkan  : )

* * *

Singlim yo'lda bir qizaloq bilan gaplashib ketibdi:
- Ismiz nima?
- Maptuna.
- Ukez ham bormi?
- Yo'o', ayam uka opkeberaman diyaptilaru, man o'ylanib qolyapman.
- Iye, nimaga?
- Agar uka kesa, dadam mani quchoqlab o'pmay qo'yadilar-da!  : )

Qayd etilgan


Ansora  13 Yanvar 2012, 13:51:43

 :asl3:

Xayrli Jum'alar...

Rabbim farzandlarimizga ham nasib qilsin iloyim:

<a href="http://www.youtube.com/watch?v=wougcakutiI" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=wougcakutiI</a>

Qayd etilgan


Ansora  13 Yanvar 2012, 17:13:20

O'glim poyezdini judayam yaxshi ko'radi, tezda sovub qolmasin deb, dadasi bir narsa o'ylab topdilar. Poyezdni qutisiga solib: "endi uxlasin, ho'pmi o'g'lim", deb shkafga solib qo'ya boshladilar. Ensar ham xursand, uni "uxlatishga" olib boradi, men hayronman:)

Ertalab ko'zini ochar-ochmaz 2 so'zni aytadi: Ba-ba, dıg'ı-dıg'ı (poyezd) qo'llariniyam ochib, ko'zlarini katta ochib aytadi bu so'zlarni:)

Kecha iplarimni olgandi, majburan berdim, bir payt qarasam qutisiga chiroyli qilib solib, ustini silayabdi, "e-e-e" o'zicha alla aytyabdi, demak uni ham uxlatgisi kelibdi :D

Qayd etilgan


Ansora  13 Yanvar 2012, 17:16:39

Ozgina oldin uyqudan turdi, suv idishini odatda qo'liga bermayman, chunki suvini mashinalarini ustiga to'kadi:)
 
Qo'limdan olib qochib, mashinasini "suvlay" boshladi, men hafa bo'ldim, hech narsa demadim, bir payt o'zi suvini olib kelib, stolni ustiga qo'ydi, anneee, anneee, go'yo, mendan hafa bo'lmang, mana suvni olib keldim, deganday qaradi ko'zimga : )

Qayd etilgan


Habib  26 Yanvar 2012, 00:21:53

Ассалому Алайкум
Бу йил ИншаАллоҳ снг схши суратчи номинаяиссини манга берасизларов....)))
Ҳиндистонлик мактаб сқувчилари
Инфо: Бу ерда School Bus'лар болалар учун алоҳида ташкил стилган скан. Йсллар тирбанд, авто ксплигидан бир автобусдан туриб иккинчи автобусдагиларни бемалол суратга оласиз.


Qayd etilgan


Ansora  26 Yanvar 2012, 13:26:25

  :asl3:

Bola, bola deymiz, lekin ular aslida bizdan aqlli:) hali miyalariga uncha narsa kirmagan, o'zlariga kerakli narsalarnigina bilishadi, lekin yaxshi bilishadi:)

ozgina oldin og'lim o'yinchog'i bilan o'ynab yurgandi, men oglim qayerdasan, deb qarashim bilan, birdan "aji" (achidi) dedi, qovogini solib, yonimga keldi va qolini optirdi:)

Qayd etilgan


Muhammad Sanjar  03 Fevral 2012, 22:31:15

Bolalarni shaytonlardan qo'rqitmangiz,
Bobov keldi, deb ko'rpaga berkitmangiz,
To ulg'ayib, duch kelganda "bobov"larga,
O'xshamasin itdan qo'rqqan soqovlarga.

Bolalarni shaddodlikka o'rgatmangiz,
Rahmsizlik, bedodlikka o'rgatmangiz.
To ulg'ayib, duch kelganda insonlarga,
O'xshamasin andishasiz shaytonlarga.

Erkin Vohidov

Qayd etilgan


Shuhrat_  04 Fevral 2012, 00:07:32


jiyan bilan o`gi`lcha la

Qayd etilgan


Shuhrat_  04 Fevral 2012, 00:35:09



Qayd etilgan


Secret  04 Fevral 2012, 01:13:35



       

Qayd etilgan