Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!  ( 365628 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 72 B


mutaallimah  28 Aprel 2009, 09:25:06

Tog'amni o'g'illari hammani nomiga yashaydigan joyini qo'shib gapirarkan kim haqida gapirayotganini tushunishi uchun. Masalan xolamni "Qo'qon ammajon" derkan.
Misrda yashaganimizda ayam haqida gapirmoqchi bo'lsa Misr deyishga tili kelishmay "Musr ammajon" der ekan :o :o
Aytib berishsa rosa kulardik..

Qayd etilgan


Muhseena  28 Aprel 2009, 18:04:24

 
:bsm:
Choychaqa

O'smir qilgan ishi qariyani xursand etishini avvaldanoq bilardi.U yo'l chetida yig'lab turgan to'rt-besh yoshlaridagi bolaning adashib qolganini sezib,uyini surishtirdi va taksiga minib,taxmin etilgan manzilga olib keldi.Biroq ishlar u o'ylaganidek bo'lmadi.U ko'rishni xohlagan dang'illama hovli o'rnida,xarobgina bir uy turibdi.Ustiga ustak,eshikni bolakayning otasi yoki onasi emas,bobosi ochdi.Ko'zida yosh bilan nevarasini bir oz bag'riga bosib turgach,yonidan bir  necha tanga chiqarib,o'smirning cho'ntagiga solib qo'ydi va:
-Alloh sendan rozi bo'lsin bolam.Meni ko'p sevintirding.Shu arzimas hadyamni olsang,yanada mamnun bo'lardim,-dedi.
O'smir o'zaro suhbatdan bolakayning ota-onasi avtohalokatdan vafot etganlar,bola bobosi qo'lida qolganini bildi.Qariyaning yig'iga ovora bo'lganidan foydalanib,cho'ntagiga solingan tangalarni qo'li bilan chamaladi.Cho'ntakning bir burchagida uch-to'rtta mayda pul...
Hovlining ahvoli ham qariyaning holatini aytib turibdi.Lekin hech bo'lmaganida taksi pulini berishi kerak ediku?O'smirning ichida bir narsa g'imirlay boshladi."Nahot inson shunchalik baxil bo'lsa.Qariyaga shunday dars berish kerekki,to bir umr...." Shunday xayollar bilan o'smir qo'lini cho'ntagiga tiqdi-da,tangalarni chiqarib,bolakayning oyoqlari ostiga otdi:
-Bunga qand-pand olarsan.Saxiylikni o'rgan,mard bo'l,jiyan!
Bola sochilib ketgan tangalarni terib olayotganida,o'smirning ko'zi qinidan chiqayozdi.Bolakayning jajji qo'llarida tilla tangalar yaltirar edi.
Akmal Avaz
Hidoyat jurnalidan

Qayd etilgan


Muhseena  28 Aprel 2009, 21:24:03



 
Go'dak hidi

Homilador bo'lganimdan sevinmadim.Erimga,uydagilarga sezdirgim kelmasdi.Bilganlarida ham aytganimni qiladigan darajada qaysar edim.Ammo bir-ikki oy o'tib,doktorlar oldiga borsam,vaqt o'tibdi,endi mumkin emas,deyishdi.Uni yo'q qilishning boshqa yo'llarini qidirdim.Bo'lar-bo'lmasga og'ir yuklar ko'tardim,uy jihozlarini u yoqdan bu yoqqa surdim...
Bular foyda bermagach,endi dorilar ichdim,ukollar qildim.Ammo homila kun sayin ulg'ayib borardi.Ko'zim yorishiga yaqin qolgan kezlar havotirdan boshqa chora izlay olmadim.Endi tirnoqqa zor biror oilaga berib yuborishni mo'ljalladim.Bir ayolni topdim,kelishib oldik.Nihoyat,o'zimni biroz yengil his qildim.
Oy-kunim yetib,qiz ko'rdim.Qutulib qolganimga shukr qildim.Ammo...chaqaloqni ilk bor beg'rimga berishganida,ich-ichimdan allanechuk tuyg'u otilib chiqdi.Ko'ksimdan sut oqdi...
Hamshiralar chaqaloqni emizishim uchun oldimga olib kelishganida o'zimda shu paytgacha ko'rinmagan bir mehr bilan ko'krak tutdim.Qorni to'ydi,shekilli,shiringina bo'lib uxlab qoldi.U ko'ksimda yotardi.Go'dakning shirin hidi dimog'imga urildi.Ko'zlarimga yoshkeldi.Men shu jajjigina vujud chaqaloqni o'ldirmoqchi bo'ldimmi???Qilgan ishlarimni o'ylab,qattiq iztirobda qoldim.Chaqaloqqa qaraymanu ich-ichimdan yig'i kelaveradi.O'zimni hech bosolmadim.Hamshiralarga chaqaloqni bir muddat olib chiqib ketishlarini iltimos qildim.Palatadagilar hayron.Ular chaqalog'imga qilgan zug'umlarimni bilishmasdi...
Muattar
Hidoyat jurnalidan

Qayd etilgan


ZUBAIR  28 Aprel 2009, 21:33:14

:as:

Laughing baby
:)
<a href="http://www.youtube.com/watch?v=5P6UU6m3cqk" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=5P6UU6m3cqk</a>

<a href="http://www.youtube.com/watch?v=cXXm696UbKY" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=cXXm696UbKY</a>

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Aprel 2009, 10:09:13

PAYG'AMBAR :sw:NING BOLALARI

Payg'ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallamning ikki o‘g‘il va to‘rt qizlari bo'lgan. Tartib bilan:

1) Qosim. U Islomdan avval Makkada tug‘ilib, "asahh" (eng sahih) qavlga binoan o‘n yetti oy yashab, olamdan o‘tgan;
2) Zaynab. Ko‘pchilik olimlar: "Zaynab Payg‘ambarimizning katta qizlari bo‘lib, u zot 30 yoshga to‘lganlarida tug‘ilgan va hijratning 8-yili vafot etgan", deyishadi;
3) Ruqayya. U Payg‘ambarimiz 33 yoshga kirganlarida tug‘ilgan;
4) Ummu Gulsum. Hazrati Usmon roziyallohu anhu avval Ruqayyaga, uning vafotidan keyin Ummu Gulsumga uylanganlar va "Zunnurayn" (ikki nur egasi) laqabini olganlar;
5) Fotima. Fotimai zahro Payg‘ambarimiz 41 yoshga kirganlarida tug‘ilgan. Darvoqe’, Xadicha roziyallohu anhoning onalari ismi ham Fotima bo‘lgan. Payg‘ambarimizning ota tomondan buvilarining ismi ham Fotima bo‘lgan;
6) Abdulloh. Nasl-nasab bilan shug‘ullanuvchi ko‘pchilik olimlarning gaplariga qaraganda, Abdulloh toza va yoqimli bo‘lgani uchun, unga Tohir va Toyyib laqablari berilgan. Muhammad alayhissalomga payg‘ambarlik kelganidan keyin Makkada tug‘ilgan va o‘sha yerda go‘dakligidayoq olamdan o‘tgan. (Mazkur ma’lumotlarni Mulla Aliyyul Qori Hanafiy "Al-fiqhul akbar" sharhida va Alloma Muhammad Sulaymon Mansurfuriy "Rahmatun lil olamiyn" kitobi 2-juz’ "Payg‘ambarning avlodi" bobida chuqur tahlil etib, xulosasini bayon qilganlar.)

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o‘g‘il farzandlari go‘daklik yoshlarida hayotdan ko‘z yumishgan. Qizlari esa, Islom davriga yetib, musulmon bo‘lishgan. Hijrat qilishgan, lekin Payg‘ambarimizning hayot paytlarida olamdan o‘tib ketishgan. Faqat eng sevimli qizlari Fotima roziyallohu anho Payg‘ambarimizdan olti oy keyin vafot etganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning avlodlari faqat Fotimaning Hasan va Husayn o‘g‘illaridan tarqagan.

Payg‘ambarimiz: "(Qizim) Fotima mening bir bo‘lagimdir, kim uni yomon ko‘rsa, meni ham yomon ko‘ribdi", deganlar. (Buxoriy va Muslim rivoyatlari.)

Boshqa bir hadislarida: "(Ey Fotima), siz mo‘minlar ayollarining sayyidasi bo‘lganingizdan rozi emasmisiz?!" deganlar. (Buxoriy va Muslim rivoyatlari.)


Abdulazim Ziyovuddinning "Siz Payg'ambarni ko'rganmisiz?" risolasidan

Qayd etilgan


siddiqa  30 Aprel 2009, 06:25:48

Sizu bizni yaratgan,
Bulbul qilib sayratgan.
Yakka yagona Alloh,
Laa ilaaha illallooh.

Bizga Qur'onni bergan,
Qaymog'u nonni bergan,
Mehribonimiz Alloh,
Laa ilaaha illallooh.

Kim o’qisa Qur'onni,
Gapirmasa yolg’onni,
Yaxshi ko’radi Alloh,
Laa ilaaha illallooh.

Qo’lda Qur'onimiz bor,
Dilda iymonimiz bor,
Bizni asraydi Alloh,
Laa ilaaha illallooh.

Bolalar kelaqoling,
Qur'onni yodlab oling.
Qachon Qur’on o’qilsa,
O’tirib quloq soling

Qayd etilgan


G_u_l_i  30 Aprel 2009, 08:18:39

 :as:
Jiyanim b-n qidirib-qidirib uydagi mani eski o`yinchoqlarimdan topdik!Bu rasmda o`zini "kelin" bo`lgan deb o`ylayapti, chunki hali yangi yil bayrami nimalagini bilmaydi! ;D
Jiyanim Roziya:
-Assalamu alaykum, manam kelin bo`laman!,
 Guli xolam kulib tur, diganlariga kulib turibman-da!




Qayd etilgan


G_u_l_i  30 Aprel 2009, 08:38:05

"Kelin"imiz kiyimlarini tomosha qilyapti.



Qayd etilgan


ZUBAIR  30 Aprel 2009, 21:55:17

Tog'amni o'g'liga, yangi gapirishni boshlagan vaqtida muloyim ovoz bilan chiroylik qilib "jinnisan-a" desa "ha" deb javob berardi. Keyin qo'pol ovozda do'q aralash "yaxshisan" desa "o'zing yaxshisan" deb rosa urushardi :) : ) :7

:as:
Jiyanim b-n qidirib-qidirib uydagi mani eski o`yinchoqlarimdan topdik!Bu rasmda o`zini "kelin" bo`lgan deb o`ylayapti, chunki hali yangi yil bayrami nimalagini bilmaydi! ;D
Jiyanim Roziya:
-Assalamu alaykum, manam kelin bo`laman!,
 Guli xolam kulib tur, diganlariga kulib turibman-da!

Mashaaloh : )

Qayd etilgan


Afruza  01 May 2009, 00:01:43

:as:
U ayamni "gap sotmasin" degan gaplarini qanaqa aytishni bilmayotgan ekan. :D

Yaxshi "لا تبيع" deb tarjima qilmabdi :lool

ON: Xolamni qizchasi shakar choyni tatar choy deyishini eshitib rosa kulgandim =)


Tatar choy mayliku, yaxshi mani jiyanimga o'xshab, qo'shininikidan azgina ukrob so'rab chiq diyishsa, borib "azgina mikrob berib turarkansiz" demabdiku  :)

Qayd etilgan