Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!  ( 365684 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 72 B


AbdulAziz  01 May 2009, 08:24:08

"SAHOBALARNING BOLALIKLARI" turkumidan

Jasur o’g’lon

Hazrati Umar ibn Xattob (r.a.) yo’l bo’yida o’ynayotgan bolalar yonidan o’tib ketayotgan edilar. Bolalar mo’minlar amirining salobatidan qo’rquvga tushishdi. Shu bois yo’lidan chetlashishdi. Lekin bir bolakay o’z joyida sobit turaverdi. Undan boshqa hech kim qolmadi. Mo’minlar amiri uning oldiga keldilar-da, tabassum qilib:
-Nima uchun sen qochmading?-deb so’radilar.
Bola Hazrati Umarga (r.a.):
-Yo’l tor emas, sizga bo’shatay desam, gunohkor ham emasman, sizdan qo’rqay desam,- deya mag’rur javob qildi.
Bolaning shijoatidan Hazrati Umar (r.a.) xursand bo’ldilar. Kelajakda ulug’ inson bo’lishiga umid bo’gladilar.
Yillar o’tib bu umid haqiqatga aylandi. Bola ulg’ayib, zamonaning ulug’laridan biri-Abdulloh ibn Zubayr (r.a.) nomi bilan tanilgan sarkarda bo’lib yetishdi.

Qayd etilgan


Muhyiddin  01 May 2009, 10:02:19



Sizlarga bitta voqeachani aytib beraymi "¦ :)

Bu o’tgan yili yozda bo’lgandi... Jiyanchalarimni rosa yaxshi ko’raman. Uyga borganimda ularni gapga solib, suhbatlashib o’tirishni yaxshi ko’raman. Ba’zan ular bilan birga miriqib o’ynayman, ba’zan yonimga o’tqazvolib har xil o’zim to’qigan ertaklardan ham aytib beraman.
Bir kuni deng, ular uydaligida, ichkari uydan ularni qiy-chuvlari eshitilib qoldi. Ichkariga kirsam, ular uyni ichida oyoq kiyimchalari bilan kirvolib o’ynashyotgan ekan. Men:
- Iye ana bularni qaranglar"¦, "œqxa" qilasizlar-ku to’shaklarni"¦ — desam (kir qilasizlar demoqchiydim), bitta shumtaka og’il bola jiyanim nima deydi deng:
- "œQxa" dimay "œyomon" diyovring, tushunamiz, niniqmasmiz"¦ — desa bo’ladimi!  :5
Ey, hayratdan qotib qoldim. 3-4 yashar jajji jiyanchamdan bunday hayrotomuz javobni kutmagandim, chamasi. Hayratim ichimga sig’maganidan tashqariga - polso’rida o’tirgan uydagilarni oldiga otildim"¦
- Aya, aya, nevarangiz hozir nima dedi deng!.. - deb nima bo'lganini aytib bersam, uydagilar ham rosa kulishdi"¦ : )

Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 12:50:58

 :as:

Alloh rozi bo'lsin AbdulAziz aka! Juda ajoyib blog bo'libdi. Alloh bardavom qilsin...

Qayd etilgan


Abdullоh  01 May 2009, 17:28:56

Esimga bir voqea tushib ketdi.

U paytlari men tuman markazidagi gimnaziyada o'qir edim va haftada har shanba kuni uyga kelardim. Bir kun kelsam, katta akamning qizi yonimga yugurib keldi va menga qarab: "Bitta quyon aytib bering". dedi. Men hayron bo'ldim. Keyin bilsam, o'tgan haftada jiyanimga uydagilar ertak to'qib berishgan ekan va unin asosiy qahramoni "bitta quyon" ekan. Har bir to'qima ertak "Bitta quyon..." deb boshlangani uchun, jiyanim ham shuni yodlab olgan ekan.

O'sha men uyga kelgan paytda, uydagilar jiyanimga: "Ana, akang keldi. U senga "Bitta quyon" aytib beradi" degan ekan.

Yana bir voqea. O'tgan yili o'qishdan uyga 4 oydan ortiqroq vaqtda borgan edim. O'sha jiyanim "Akajon, endi ketmaysiz-a, men sizni rosa sog'indim" degandi, to'g'risini aytsam yig'lab yuboray dedim.  :)

Yana bir voqea. Oilamizda mendan 3 yosh katta akam bor. O'sha jiyanim yoshligida ikkimizni ham bir ism bilan, ya'ni akamning ismlari bilan chaqirar edi. Odatda men o'qishda bo'lardim va akam bilan meni bir paytda kam uchratgani ushun shekilli, shunday chaqirardi. Bir kuni shunday desa bo'ladimi: "I-ya, sizlar ikkitamisizlar, men sizlarni bitta derkanman. Siz falonchi aka, siz pistonchi aka bo'lsiz-a" deb asl ismimiz bilan atasa bo'ladimi. Oilamizdagi hamma hayron qoldi.  :D

P.S. Jiyanlarimni juda sog'indim. Ayniqsa ularning, aka, tog'a deb chqirishi juda shirin bo'lardi.

Qayd etilgan


Muzayyana  02 May 2009, 14:21:16

Muslim va muslima bolajonlar!




[вложение удалено Администратором]

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 May 2009, 08:47:51

BOLAJONLAR NUTQI. 2-QISM

Hammani sansiraydigan o'sha jiyanim yana bir so'zni o'rganib olibdi. Ko'ngliga nima yoqmasa, shuni gapiradigan bo'libdi.
Bir kuni unga muzqaymoq olib berdim. Uni yeb bo'lganidan so'ng, yana olib ber, deya harhasha qildi. Havo biroz sovuq bo'lgani uchun, shamollab qolmasin deb, haliroq olib berishni aytsam, u asta men tomon burildi-da:
- Man sandan hapaman, - dedi. : )
 
* * *

Kecha avtobusda 4 yashar Mohinurxon bilan gaplashib ketdim. Avvaliga uyalib, yuzini to'sib oldi. : ) Keyin chiqishib ketdik. : )
U bilan suhbatdan:
- Kotta bo'sen kim bo'lasan?
- Kelin bo'laman!
- Qachon kelin bo'lasan?
- Yozda kelin bo'laman.
- Kelin ko'ylegin bormi?
- Bor, oppoq!
- Yana nimang bor?
- Tufligim bor...

Qayd etilgan


Muzayyana  05 May 2009, 12:18:24

Qisqacha tarjimasi:

Alhamdulillah, Allohimga Hamdlar Bo'lsin!
Men Allohdan Kuch So'radim...
...U meni kuchli qilish uchun Sinovlar berdi

Men Allohdan Aql So'radim...
...U menga yechish uchun Muammolar berdi.

Men Allohdan Jasorat So'radim...
...U menga yengib o'tishlik uchun To'siqlar berdi.

Men Allohdan Muhabbat So'radim...
...U men yordam qilishim uchun qiynalgan bandalarni berdi.

Men Allohdan Marhamatni So'radim...
...U menga Imkoniyatlarni berdi.

"Balkim men xoxlaganlarimdan hech birini olmadim, lekin menga keraklilardan hammasini oldim"
 

Qayd etilgan


Hadija  05 May 2009, 13:02:49

 :as:

InshaAlloh, oz emas, ko'p emas atiga 3 oydan so'ng sog'inib kutsyotgan Ramazon oyimiz ham kirib keladi. Shu o'rinda eng kichik ammo 2 marta miriqib o'qigan bir bola tilidan yozilgan RAMAZONNI sevuvchi qizaloqning gaplarini joylashni lozim topdim, o'qib ko'ring balki sizlarga ham manzur kelar...

Ramazonning 1-kuni

Bugun uyumiz boshqacha.
Hamma jimgina o'qishga, ishga otlandi.
Oyim: "Dildora kel, senga nonushta tayyorlayapman" dedilar.
Hech kim ovqat emadi, su ham ichmadi.
Hattoki opam ham.


Ramazonning 5-kuni

Oldiniga parhez qilishyapdi deb o'yladim.
Hammaligini tamosha qildim.
Kechga borib hammaligi jim bo'lib qolishadi.
Dasturxonni bezab azon aytilishini kutishadi.
Ularni bunday ko'rib xursand bo'laman.
Boshqa payt og'zi tinmaydigan opamning bu holi meni ich-ichimdan kulduryapdi.
Ammo kulishga jasorat qilolmayman.


Ramazonning 9-kuni

'Nega bunday qilishyapdi' deb opamdan so'radim, 'Katta bo'lsang tushunasan' dedilar.
Boshqa nima ham derdi.
Oyimdan so'radim, Ramazon dedilar.
Dadamdan so'radim, Ro'za dedilar.


Ramazonning 11-kuni

Bu Ramazon amaki va Ro'za xola degan kishilar bizanikilarga eyish-ichishni man qilgan bo'lsa kerak.
Dugonam Nilufardan so'radim.
Uning oilasi kunduz kunlari ovqat emas,suv ichmas ekan.



Ramazonning 14-kuni

Kechasi qoshiq-vilka ovozlarini, kimningdir gaplashganini eshitdim.
O'rnimdan turdim.
Dadamga habar berish uchun yugurdim, dadam yotog'ida yo'qlar!
Chorasiz qolganimdan opamning xonasiga yugurdim.
U ham yo'q!
Qo'rqmadim, Man bu o'g'rilarni ta'zirini beraman dedim.
Qo'limga "Shvabra"ni olib, to'satdan oshxona eshigini ochdim.
Shvabrani yuqori ko'targan holda qotib qoldim.
Bizanikilar ovqat eyishyapdi!
Voy ayyorlar-e.
Kunduzu Ro'za xola va Ramazon amakidan qo'rqib kechasi ovqat eyishyapdi.
Bu ham etmaganidek, ustimdan kulishyapdi...
Qo'rqoqlar.


Ramazonning 17-kuni

Oldiniga Ramazon amaki va Ro'za xolani topib shikoyat qilishni o'yladim.
Faqat opamni ovqat emagani sari, pahtadek yumshaganini sezdim.
Dadam va oyim ham endi tortishmayapdilar.
Bunday bo'lsa davom etaversin.
Demak Ramazon amaki bilan Ro'za xolalar yaxshi ko'ngilli odamlar.


Ramazonning 19-kuni

Harkuni bizanikiga oq hijobli xolalar kelishyabdi.
O'tirib birgalashib Quron o'qishyapdi.
Har doimgidek mebel, qaynona, kelin haqida gaplashmayapdilar.
Qo'llarini fotihaga ochib hammani duo qilishyapdi.
Sevara xola ham ro'mol o'rabdilar.
Ularga juda yarashibdi.



Ramazonning 22-kuni

Hamma narsa bir hilda davom etyapdi.
Televizorlar ham Ramazon amaki va Ro'za xola haqida gapirishyapdi.
Hamma kanallar shom a'zonini aytishyapdi.
Iftor Iftor deb, butun shaxar ovqat eyishni boshlayapdi.
Naqadar yoqimli.


Ramazonning 24-kuni

Ro'za xola qanaqa ekanlar deb juda qiziqyapman.
Anu kuni Karima xolam Oyim bilan gaplashyotgandi.
Bunday bunday qilsang Ro'zaga to'g'ri kelmaydi.
Shunday bo'lsa Ro'zaga zarar etadi.
Demak, Ro'za xola xassos inson.
Insonlar yomon narsa qilsa hafa bo'ladi.
Yomonlikni ko'rsalar ularga zarar etadi.
Endi Ro'za xola va Ramazon amakilarga juda qiziqdim.
Qaniydi ular bilan tezda tanishsam.



Ramazonning 25-kuni

Bu kunlarda hamma Qadr kechasi haqida gapiryapdi.
Shu paytgacha kechasi bo'lgan odam ko'rmadim.
Bu Qadr deganlari kim bo'ldikin?
Uning ming oydan hayrliroq kechasi bor ekan.
U kechada uxlamaslik , namoz o'qish va Quron o'qish muhim ekan.



Ramazonning 26-kuni

Iftor menga juda yoqdi.
Kechqurun ovqat eyishni Iftor deydilar.
Kechasi ovqat eyishning nomi Saharlik
Iftordan keyin aylangani chiqamiz.
Dadam bizani masjidlarga olib boradilar.
Hamma ko'chalarda, masjidlarda xursand xolatda.



Ramazonning 28-kuni

Qiziqib kutyotganda uxlab qolibman
Qadr, kechasi bilan kelib ketibdi.
Man ko'rmadim.
Tushunmadim.
Shunga akamni juda sog'indim.
Opamdan savol so'rasam ustibdan qotib-qotib kuladi.
Keyin dugonalariga etib, birgalashib kulishadi.
Jahlim chiqadi.
Akam uzoq shaxarda universitetda o'qiydi.
Akam qachon keladilar deb oyimdan so'rayman.
Hayit kelganda u ham keladi dedilar oyim.
Ro'za xola, Ramazon amaki, Kechasi keladigan Qadr, endi bo'lsa Hayitvoy aka!..
"Hayit" kim deb so'rolmadim.
Nega u kelmasdan , akam kelolmaydi.
Balki akamning do'stidir.
Juda sog'indim akamni.
Hayitvoy akani ham olib kelsin, tanishamiz.



Ramazonning 29-kuni/ Arafa
Ohirida bir ayol ismini eshitdim.
Arafa mi ey? Arofat bo'lsa kerak.
Nega Arafa?
'Arofat' bo'lishi kerak emasmi?
Kenoyimning ismi kabi..
'Arafa kelyapdi, hali uylarni tozalashga ulgurmadik' deydi Oyim.
Demak Arofat xola juda ozoda.
Yaxshigina hayajonlanishdi.
Bir Hayit deyishadi, Bir Arafa deyishadi, berilib tayyorlanishyabdi.
Tozalik qilinyapdi.
Ovqat , pishiriqlar tayyorlanyapdi.
Oyimga 'Hayit aka qachon keladilar' desam, 'Arafadan keyin' dedilar.
Demak Hayit oka bilan Arofat xola er-xotin emaslar.
Qarindosh ham emaslar.
Boshim qotib qoldi, tushunmadim.
Olim akam kelsaydi, hammasini menga tushunturib berardi.



Va nihoyat Hayit keldi
Ertalab tursam , hamma nonushta qilyapdi
Ro'za hola o'lib qolganga o'xshaydi deb o'yladim.
Olim akam kechasi kelgan ekanlar.
Sevinchimdan qiyqirdim.
Bir-birimizni juda sog'inibmiz.
Hammasini boshidan-oyog'igacha akamga gapirib berdim
Yuzumga qaraganlarida, miyig'ida kulardilar.
Yaxshi ham opamdan so'ramabman.
Akam ozgina kulgan joylarida, opam qotib kulardilar.
Akam bilan arazlagandek bo'ldim, darrov ko'nglimni oldilar.
Manga hammasini bir boshdan gapirib berdilar, bu safar kulish navbati menda edi.



Akam vada qildilar.
Hech kimga aytmaydilar, ammo gaplashganlarimizni yozish uchun ruhsat so'radilar.
Ruhsat berdim.
Ramazon kundaligi shu usulda dunyoga keldi.
Akamga ishonaman.
Opamga ko'ra 4 yoshdaman,
Oyim 5 yoshdaligimni aytadilar.
Bu mavzuga hali aqlim yetmaydi.

Hayitni juda yoqtirdim.
Ammo opam yana oldingi asabiy holatiga yana qaytadi deb hafa bo'ldim.

Qaniydi, biza uchun har kuni Ramazon bo'lsaydi!..
Zo'r bo'lardi! ...


Qayd etilgan


ZUBAIR  05 May 2009, 19:26:14

Muslim va muslima bolajonlar!

Chiroyli rasmlar ekanu, lekin arab bolaga rostakam iqol (boshidagi qora chambarak) topilmagani chatoq bo'libdida =)

Offtop bo'lmasin =)


Qayd etilgan


Muhseena  05 May 2009, 20:37:39

 :as:
Bir dugonamni uyiga borgandik.Shu payt dugonam 3 yashar jiyani bilan tanishtirdi.Sekin qulog'imga "Undan katta bo'lsen kim bo'lasan deb so'ragin"dedi.Keyin man undan so'radim:
-Katta bo'lseng kim bo'lmoqchisan.
-Manmi?Man chiroyli kelin bo'laman.
-Iye kuyov yo'qku hali.
-Bor,hali kemadide.
-San uni ko'rganmisan?
-Ha ko'rganman.
-U qanaqa.
-Shkafde.

 :D


Qayd etilgan