Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!  ( 257834 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 72 B


Chustiy  06 May 2009, 01:48:14

Muslim va muslima bolajonlar!




OFF: Bu bolajonlar, qarindoshiz, jiyanlarizmasmi?
Kuni kecha islom.uz tanlovigayam qo'yilgandi.

ON: Bloglar moro bo'sin taqsir. 



"Duo ibodat mag'zidir"

Qayd etilgan


siddiqa  06 May 2009, 04:36:30

bu savollarni yosh bolajonlarga tez tez berishadi .
kimni ko'proq yahshi ko'rasan ?
ayangnimi yoki dadajoningnimi ?
ayammi.
dadajoningnichi ?
dadamiyam .
qaysi birini ko'proq ?
ayammiyam ,dadajomiyam.

Qayd etilgan


G_u_l_i  06 May 2009, 09:02:50


Qayd etilgan


Munavvara  07 May 2009, 15:39:40

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

AbdulAziz aka baraka toping judayam zo'r blog ochibsiz Alloh rozi bo'lsin.

Bu dunyoda chaqaloqlardek beg'ubor odamlar bo'lmasa kerak. Ularning har bir qilgan qiliqlari odamni quvontirib yuboradi. Bolali uyda agar sezgan bo'lsangiz alla qandaydur fayz bo'ladi. Hamma chaqaloqlar bilan ovora dardlarini ham unutib yuboradilar. Haqiqatdan ham Jannatning hidi bolalardan kelib turar ekan, bolalarning hididek shirinroq hid bo'lmasa kerak Vallohu a'lam...



Mani shirintoy jiyanim Sabriddin (uning ba'zi sur'atlarini forumga joylagandim)



Katta bo'lib oliy hammelarga ko'rsatib qo'yaman

Ovqatimni berilar qornim ochdi...


Qornim to'ydi endi multik ko'raman : )


Endi man uxliman...  ::)
 

Bu shirintoy amakimning nabiralari Sabriddin 4 oyligidagi rasmlari hali tili chiqmagan  ;) commentlarni o'zim yozdim offlar bo'lmasin!..

Qayd etilgan


Munavvara  07 May 2009, 16:01:44







Bu shirintoy: Ammamning nabiralari Muxriddin uni rasmga olganimizda hali 1 oylik ham emasdi  ::)

Qayd etilgan


Robiya  07 May 2009, 17:37:54

 :as:

Mana bu ham asal singiljonimiz tomonidan taqdim qilingan. Menga juda yoqdi, Sizlarga ham ilindim:

<a href="http://www.youtube.com/watch?v=yKu4rvTgyGQ" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=yKu4rvTgyGQ</a>

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 May 2009, 08:48:15

:as:

Mana bu ham asal singiljonimiz tomonidan taqdim qilingan. Menga juda yoqdi, Sizlarga ham ilindim:

<a href="http://www.youtube.com/watch?v=yKu4rvTgyGQ" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=yKu4rvTgyGQ</a>
:ms: Juda go'zal suhbat bo'libdi.
Youtube ko'pchilikda ochmasligi mumkin.
Robiya, o'sha suhbatning text ko'rinishini ham ilova qilsangiz.

Qayd etilgan


AbdulAziz  09 May 2009, 09:29:52

RASULULLOH (SAV)NING BOLALARNING ORQASIDAN KO‘ZYOSH TO‘KISHLARI

Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) Allohning taqdiriga doimo rozi bo‘lganlari shubhasiz. o‘g‘illari Qosim vafot etganida qayg‘uga botib, qabristonga olib ketarkanlar, Kuaykian tog‘iga qarab:
- Ey tog‘! Mening o‘rnimda sen bo‘lganingda yiqilar eding, - degan edilar.
Qizlari Zaynabni o‘z qo‘llari bilan qabrga qo‘ydilar. Qabrga qo‘yarkan qayg‘uli edilar. Qabr ichida biroz turgandan keyin sevinib chiqdilar va:
- Zaynabning zaifligini o‘ylab, unga qabr azobi va qabrning siqishini yengillatishi uchun Allohga duo qildim. U ham duoyimni qabul qilib, yengillatdi, -dedilar.
Qizlari Ummu Gulsumning janoza namozini o‘qigan va ko‘zlari yoshga to‘lib qabrning boshiga o‘tirgan edilar. Qayg‘udan qabrga tusha olmay, boshqasini tushirgan edilar. o‘g‘li Ibrohim vafot etayotganda uni quchog‘lariga olib, ko‘z yoshi to‘ka boshladilar. Abdurahmon ibn Avf:
- Siz ham yig‘layapsizmi, ey Rasululloh? Bunday yig‘lashni xalqqa siz man qilgan edingizku, - degach, Rasululloh:
- Ey Avf o‘g‘li! Bu bir marhamat ifodasidir. Men faqat unda bo‘lmagan xislatlarni sanab, o‘lik uchun baqirib-chaqirib yig‘lashni man qildim. Rahm qilmaganga rahm qilinmaydi. Ko‘z yig‘laydi, qalb g‘am chekadi, bir buyuk Rabbimizning rozi bo‘ladigan so‘zdan boshqasini aytmaymiz. Ey Ibrohim biz sendan ayrilganimizga juda xafamiz.
Ibrohim mening o‘g‘limdir. U ko‘krak emadigan chog‘ida o‘lgan bir qo‘zig‘ochdir. Jannatda uning emiziklik muddatini tamomlash uchun ikki ona tayinlangan.
Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) bola tug‘ilar-tug‘ilmas u bilan qiziqar edilar. Bir qulog‘iga azon, bir qulog‘iga iqomat o‘qirdilar. Ularga chiroyli ism qo‘yardilar. Xurmo chaynab, bolaning tomoqlariga surtar edilar.
Payg‘ambarimiz bolalarni tug‘ilganligi haqida xabar olib keluvchilarga hadya berar edilar. o‘g‘li Ibrohimning tug‘ilganini aytgan Rofiyga bir qul bergan edilar.


"Baxtli oila" risolasidan.

Qayd etilgan


Mahdiyah  12 May 2009, 11:20:36

Mehr

Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bolalarga sevgi va shafqat ko’rsatmaganlarni xush ko’rmas edilar. Bolalarga nisbatan marhamatli bo’lmaganlarni qattiq qoralardilar.
Bir odam Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga: "œYo Rasululloh! Siz bolalalarni o’pasizmi? Biz bolalarimizni o’pmaymiz", dedi.
Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ul odamga tikilib qaradilar va: "œMarhamat etmagan (rahmdil bo’lmagan) kimsaga marhamat bo’lmaydi", dedilar.
Yana bir kun Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga Tamim qabilasining kattalaridan biro dam keldi. Shu payt Hazrat Ali va Hazrat Fotima volidamizning o’g’illari, Payg’ambar sollallohu alayhi vasallam Janobimizning nabiralari Hazrat Hasan roziyallohu anhu ham shu yerga keldi. Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam nabirasi Hasanni erkaladi, quchoqlab o’pdilar.
Ul odam buni ko’rgach: "œYo Rasululloh! Mening o’nta o’g’lim bor, shu paytgacha hech birini o’pmaganman", dedi.
Unga javoban Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
- Alloh sening qalbingdan marhamatni chiqarib yuborgan bo’lsa, men nima qilay, - dedilar.
Yusuf Tovasliyning "œHikmatlar xazinasi" kitobidan

Qayd etilgan


Mahdiyah  12 May 2009, 11:23:04

Rasululloh sollalohu alayhi vasallamning bolalar bilan hazillari

Anas roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda: "œRasululloh sollallohu alayhi vasallam menga "œHoy ikki quloqlik", deb hitob qildilar", deydi.
Imomi Abu Dovud rivoyati

Abu Hurayra roziyallohu anhudan: "œPayg’ambar alayhissalom Hasan ibn Aliga tilini chiqarar, bola uni qizilligini ko’rib kular edi".

Mahmud ibn Rabi’ roziyallohu anhu dedi: "œMen 5 yoshda edim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hovlimizdagi quduqdan chelakda suv olib, yuzimga bir hovuch sepganlarini hotirlayman".
Buxoriy va Muslim rivoyatlari

Qayd etilgan