Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!  ( 255685 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 72 B


Chin_Muslima  23 May 2009, 12:56:14

2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning bilishi kerak bo‘lgan savol javoblar

Robbingiz kim ? — Olloh
Sizni kim yaratgan? — Olloh
Payg‘ambaringiz kim  — Muhammad sallollohu alayhi vasallam
Musulmonmisiz (guvohingiz bormi) ? — Alhamdulilloh, ashhadu alla ilaha illallohu vaashhadu anna muhammadan abduhu va rasuluh.
Diningiz nima? — Islom dini
Musulmonlar kalimasi nechta? — 6 ta
Ovqatni qaysi qo‘lingiz bilan yeysiz? — O’ng qo‘l bilan
Ovqatdan oldin aytiladigan duo  — Allohumma bariklana fima razaqtana va qina azabannar
Ovqatdan keyin aytiladigan duo — Alhamdulillahillazi at-amana vasaqana vajaalna minal muslimiyn
Musulmonlarning salomi qanday ? — Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatuh
Kimni yaxshi ko‘rasiz? — Allohni
Eng kuchli, qudratli zot? — Alloh

Islomiy she’r aytib bering:

Sizni bizni yaratgan
Bulbul qilib sayratgan
Yakka yagona Alloh
La ilaha illalloh

Qo‘lda Qur’onimiz bor
Dilda iymonimiz bor
Yaxshi ko‘radi Alloh
La ilaha illalloh

Kim o‘qisa qur’onni
Gapirmasa yolg‘onni
Yaxshi ko‘radi Alloh
La ilaha illalloh!


Qur’on (sura) o‘qib bering — Ixlos surasi
Aksa urganda nima deymiz ? — Alhamdulillah
Esnaganda nima deymiz ? — Astag‘firulillah
Shayton yomonmi yoki yaxshimi ? — Yomon, Olloh la’natlagan

Bu odamni yaratgan yolg‘iz Ollohdir
Yeru-osmon, tog‘u-tosh unga guvohdir
Xohi dehqon, hohi olim, hohi podshohdir
Tanimasa ollohni nodon, gumrohdir
Xoliq yaratuvchimdan kimki ogohdir
Robbim unga do‘stdir, hamrohdir


Kim farzandini tarbiyalab, unga kichikligidan "œLa ilaha illalloh" ni o‘rgatsa, Olloh ta’olo u insonlarni hisob va savol-javob qilishga tortmaydi.
Assalomu alaykum. Meni jiyanim bor 2yoshda. Ismi Muhammadsodiq. Alhamdulillah, savollarni hammasiga bo'lmasada ba;zilariga javob beradi. Dinimizni, kitobimizni, payg'ambarimizni, Robbimizni (yana boshqa narsalarniyam) aytadi. Savol o'rnini almashtirib chalg'itib so'rasak ham to'g'ri javob beradi  :)  Yana bir necha suralarni yoddan aytadi, alhamdulillah. Men bilmayman lekin u suralarni  :2   Niyatlari bor jiyanimni. Kelajakda kim bo'lasan desak "Makkada imom bo'laman" deydi.

Qayd etilgan


Chin_Muslima  23 May 2009, 17:06:38

Alloh rozi bo'lsin bu blogni ochganlardan, maza qilib kuldim. Bolalar beg'ubor bo'ladida :)

Bitta jiyanim qora bo'lgani uchun siz qorasiz desam "yo'q men oppoqman" demoqchi bo'lib, "Men qoppoqman" degandi. Shu-shu "ha qoppoq" deb erkalataman :)

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 May 2009, 08:17:17

RASULULLOH (s.a.v.)NING BOLALARGA MEHRIBONLIKLARI. 1-qism

Ummu Xolid binti Xolid ibn Sa’id raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Men otam birlan birga Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga keldim, (shu vaqtda men yosh qizcha bo‘lib), bir sariq ko‘ylak(cha) kiyib olgan erdim. Janob Rasululloh (ko‘ylakchamga qarab): «Sanah, sanah!»— dedilar. (Bu so‘z) habashcha bo‘lib, «(Qanday) chiroyli, (qanday) yaxshi!» deganidur. Keyin, men Janob Rasulullohning (ikki kuraklari orasidagi) payg‘ambarlik muhrini o‘ynay boshlagan erdim, otam baqirib urishib berdilar. Shunda ul zot (otamga): «Uni o‘z holiga quy, (uynayversin!)» — dedilar. So‘ng, ul zot (menga): «Eskitib-chiritib kiygil, so‘ng eskitib-chiritib kiygil, so‘ng eskitib-chiritib kiygil! («ya’ni, «Olloh taolo umringni daroz qilsin, bunday kuylaklardan juda ko‘pini kiygil!») — deb duo qildilar».

Ummu Xolid binti Xolid raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Men Habashiston yeridan (mamlakatidan) keldim. Shunda men bir qizaloq bo‘lib, Rasululloh sallallohu alayhi vasallam menga bir gulli ko‘ylakchani kiygizib qo‘ydilar-da, gullarini qo‘llari birlan silab turib: «(Biram) chiroyli, (biram) chiroyli!» — dedilar».


Buxoriy rivoyati. “Al-jome’ as-sahih”dan.

Qayd etilgan


siddiqa  03 Iyun 2009, 06:13:06

Bu jiyanimni hicham koyib bo'lmaydi ,ubu ishkalchiligini qilib qo'yib shunaqangi qariydiki  :D :D 

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Iyun 2009, 00:43:52

RASULULLOH (s.a.v.)NING BOLALARGA MEHRIBONLIKLARI. 2-qism

Nabiy sallallohu alayhi va sallamning jufti halollari bo‘lmish Oisha onamiz Urva ibn az-Zubayrga bunday deb aytgan erkanlar: «Bir ayol ikki qizalog‘ini yetaklagan holda huzurimga tilamchilik qilib keldi. Uyoq-buyoqni qarab bir dona xurmodan bo‘lak hech narsa topolmadim. O’sha xurmoni unga berib erdim, o‘zi yemay ikki qizalog‘iga bo‘lib berdi. So‘ng, o‘rnidan turib chiqib ketdi. Shu asnoda Nabiy sallallohu alayhi va sallam kirib kelgan erdilar, bo‘lgan voqeani aytib berdim. Janob Rasululloh: «Kimki ana shunday qizaloqlarga muruvvat qo‘lini cho‘zg‘aydir, ular uni do‘zax otashidan parda bo‘lib to‘sib turg‘aydirlar», — dedilar».

Abu Qatoda rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Umoma binti Abu-al-Osni yelkalariga mindirib olganlaricha bizning huzurimizga chiqib keldilarda, namoz o‘qidilar. Ruku’ qilganlarida uni yelkalaridan tushirib qo‘yar, qiyomga turganlarida ersa yana mindirib olar erdilar».


Buxoriy rivoyati. "œAl-jome’ as-sahih"dan.

Qayd etilgan


Mahdiyah  10 Iyun 2009, 17:30:37

Qo'shni qizaloq Hosiyatxon








Qayd etilgan


Mahdiyah  10 Iyun 2009, 17:31:53

Mahalla shumtakalari









Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Iyun 2009, 18:31:05

RASULULLOH (s.a.v.)NING BOLALARGA MEHRIBONLIKLARI. 3-qism

Nabiy sallallohu alayhi va sallamning jufti halollari bo‘lmish Oisha onamiz Urva ibn az-Zubayrga bunday deb aytgan erkanlar: «Bir ayol ikki qizalog‘ini yetaklagan holda huzurimga tilamchilik qilib keldi. Uyoq-buyoqni qarab bir dona xurmodan bo‘lak hech narsa topolmadim. O’sha xurmoni unga berib erdim, o‘zi yemay ikki qizalog‘iga bo‘lib berdi. So‘ng, o‘rnidan turib chiqib ketdi. Shu asnoda Nabiy sallallohu alayhi va sallam kirib kelgan erdilar, bo‘lgan voqeani aytib berdim. Janob Rasululloh: «Kimki ana shunday qizaloqlarga muruvvat qo‘lini cho‘zg‘aydir, ular uni do‘zax otashidan parda bo‘lib to‘sib turg‘aydirlar», — dedilar».

Abu Qatoda rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Umoma binti Abu-al-Osni yelkalariga mindirib olganlaricha bizning huzurimizga chiqib keldilarda, namoz o‘qidilar. Ruku’ qilganlarida uni yelkalaridan tushirib qo‘yar, qiyomga turganlarida ersa yana mindirib olar erdilar».


Buxoriy rivoyati. "œAl-jome’ as-sahih"dan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Iyun 2009, 05:22:24

RASULULLOH (s.a.v.)NING BOLALARGA MEHRIBONLIKLARI. 4-qism

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hazrat Alining o‘g‘illari — Hasanni o‘pdilar. Shunda o‘sha yerda o‘ltirgan Aqra’ ibn Hobis at-Taymiy: «Mening o‘nta bolam bor, ularning brortasini ham o‘pmagandirmen», — dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga bir nigoh tashlab qo‘ydilarda, so‘ng: «Kim mehribonlik qilmas erkan, mehribonlik ko‘rmag‘aydir!» — deb aytdilar»,

Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Bir a’robiy (badaviy) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Sizlar bolalarni o‘par erkansizlar, bizlar ersak o‘pmag‘aymiz», — dedi. Rasululloh sallallohu alayhi za sallam unga javoban: «Olloh taolo qalbingdan rahm-shafqatni sug‘urib olgan bo‘lsa, qandayin men uni bag‘rimga olgum?!» — deb aytdilar».


Buxoriy rivoyati. "œAl-jome’ as-sahih"dan.

Qayd etilgan


Muzayyana  20 Iyun 2009, 11:46:43

Bir jiyanim bor, 13 yoshda, rus bog'chada, so'ngra mana xozir ham rus maktabda tarbiya oladi. Oila ham shunga moyilroq. Bir kuni mehmonga kelishdi. Hovlida edim, kelishgandan ken, ular bilan salomlashmay uyga yugurdimda, ro'molni o'rab chiqdim. Chiqsam qovog'lari soliq, ho'mrayib olibdi.
-Ha, tinchlimi, bira to'la qovog'larizi osiltirib kepsiz-, dsam.
-Mani kelganimi ko'rib, so'rashishni o'rniga uyga yugurdiz a?
-Ro'molni o'rab chiqdim, ko'rmadingmi?
-Ukezzi oldida ro'molsiz yurasku?!
-Ukam manga mahram, san esa nomahramsan-, shu gapni gapirganimni bilaman, darrov ketamanga tushdi. Ayam ruhsat berganlaridan so'ng ketti, yarim soatlar o'tar o'tmas telefon jiringlab, holam telefon qildilar.
Qizig'ini qarangki, jiyanim "nomahram" degan tushunchani bilmas ekan.
Uyga borib, opam mani haqorat qildilar debdi, holam shuni bilishga qo'ng'iroq qilibdilar, tushuntirsam qotib-qotib kuldilar.
Shu-shu  o'sha jiyanim mani "nomahram opa" deb chaqiradi.
Haqiqatdan bolalar ajoyib dunyoda!

Qayd etilgan