Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!  ( 365686 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 ... 72 B


siddiqa  15 Yanvar 2010, 08:48:34


Qanday o'tdi bu yillar

U dunyoga kelganida ulgurishim kerak bo'lgan samolyot va ko'paytirishim kerak bo'lgan aksiyalar bilan mashg'ul edim. Uzoqlarda ekanman, u atak-chechak yurishni, shirin-shirin gapirishni o'rgandi.
Biroz o'sgandan keyin esa: «Men sizga o'xshashni istayman, adajon..." deya boshladi. "œMen katta bo'lsam sizga o'xshayman".
Doimo ish joyimga qo'ng'iroq qilib: "œAdajon, uyga qachon kelasiz?", deb so'rardi.
"œQachon kelishimni bilmayman, o'g'lim. Ammo kelganimda rosa mazza qilib o'ynaymiz..."
Yillar shu kabi o'tdi. O'g'lim o'n yoshga kirdi. Unga bir to'p sovg'a qildim.
"œRahmat, ada. Yuring, men bilan biroz o'ynang", dedi.
"œShu haftaning ichida bitirishim kerak bo'lgan ishlarim bor, o'g'lim. Dam olish kuni o'ynaymiz, ho'pmi?"
"œHo'p", dedi faqat yuzidagi shodlikdan asar ham qolmagandi. "œKatta bo'lsam men ham siz kabi bo'laman..."     
Umr guyo oqar suv, kechdi-yu ketdi. O'g'lim avval maktabni so'ng oliygohni tugatdi. Bunday hollarda otaning o'g'liga qilgan nasihatlarini berish uchun: "œO'g'lim, men sen bilan juda fahrlanaman. Kel, biroz o'tirib suhbatlashaylik, senga bir-ikki og'iz gapim bor".
U esa sekin kulimsirab: "œDo'stlarim bilan uchrashishga va'dalashgandik. Ada, mashinangizni berib tura olasizmi? Keyin gaplasharmiz...", dedi.
Yana yillar o'tdi. Men endi nafaqaga chiqdim, vaqt serob. O'g'lim esa boshqa shaharda ishlar va o'sha yerda yashardi. Bir kuni unga qo'ng'iroq qilib: "œDam olish kunlari bizni kelib ziyorat qilib ketsang bo'larmidi?!", dedim.
"œHo'p, ada. Faqat ishlarim ko'proq ammo vaqt topib borishga harakat qilaman. Men ham sizlarni juda sog'inganman".
"œHo'p, endi qachon kelasan, o'g'lim?"
"œBilmadim, ada. Hozir bir uchrashuvim bor shunga shoshib turibman. Ammo kelganimda mazza qilib suhbatlashamiz".Shu so'zlar bilan telefon go'shagini qo'ygan o'g'limning bolalik orzusini ro'yobga chiqarganini tushundim.
O'rnak olgan otasiga o'xshaganini... ayni otasi kabi ulg'ayganini...   
 
Madina.

Qayd etilgan


siddiqa  15 Yanvar 2010, 08:50:27

 "Farzandlaringizga tilini tiyishni o'rgating. Gaplashishni o'zi ham o'rganib oladi".

 Benjamin Franklin. 

Qayd etilgan


Ansora  15 Yanvar 2010, 18:54:49



Rasmdagi qizaloq men uchun juda qadrli, qizaloqning rasmini 1998 chi yildan beri yonimda olib yuraman. Bu rasmni rasmGA olib bu yerga joylaganim uchun hiraroq chiqqan uzr. İshning eng qiziq tarafi qizning ismini ham, kim ekanligini ham bilmayman. 1998 chi yili Demir firmasining "Mir Foto" sida ishlar ekanman, O'zbekistondagi taniqli gazeta va jurnallarda suratlari chiqib turadigan mashhur fotograf Rustam Sharipov bizga sovg'a etgandilar. Rustam aka bir bolalar bog'chasidagi "utrennik"ni suratga tushirgani borganlarida bir chekkada o'ziga berilgan rolning vaqtini masumgina kutib turgan qizaloq diqqatlarini tortibdi. Qizaloq shu darajada ma'sumki, bizga ham juda yoqqandi va suratlarning hajmini ko'rsatish uchun (9X13, 10X15 vhk) kichikdan-kattaga qarab chiqardik va ramkalarga joylab fotostudiyaga osdik....

Qizaloh adashmasam xozir (o'sha paytda 3-4 yoshlarda desak) oradan 12 yil o'tganligi uchun 15-16 yoshlarda. Vaqt rosa tez o'tibdi. Qayerda bo'lsa ham sog'-salomat bo'lsin..

Qayd etilgan


Ansora  15 Yanvar 2010, 19:03:07



Bu qizaloq esa yaqin oila do'stlarimizdan birining qizlari Fatimaxon. Xozir 3 sinfga boryabdi:) Juda aqlli, lekin meni ko'rganda uyaladi:) Ko'zlari mos-moviy, mashalloh. Bu rasmni ham necha yillardan beri yonimda saqlayman:)

Qayd etilgan


Robiya  16 Yanvar 2010, 15:20:29

Assalamu alaykum!

Kecha uyga borsam, amakimni qizlari kichkina o'g'ilchalarini olib kelgan ekanlar. Jajjigina,ko'rsangiz judayam jajji, hali 2 ga kirmagan. U bilan gaplashishga urindim, yo'q, unchalik qo'shilmagandek bo'ldi, begona qildida baribir. Xullas, oz vaqt o'tgach or'gana boshladi, keyin esa opa-ukadek bo'ldik, baribir qon tortadi-da :)

Barmoqchasini ko'rsam, tirnog'i ko'chib tushgan ekan. Nima qildi desam, "taqa-tuq" dedi... :D :D

Voy bu taqa-tuqi nima ekan desam, oyisi tushuntirib ketdilar:

"E, kecha uyda otasi bilan gilamni devorga qoqamiz degandik, shuni qarab turgandi.." Bugun to'qmoqni izladik,topolmadik.. Qarasak, Mirali (o'g'illarini ismi shunaqa) oborib, g'ishtda qo'lini qo'yib, taqa-tuq deb turgan ekan, tooo oldini olgunimzicha 2-3 marta barmoqchasini taqqillatdi :)

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  16 Yanvar 2010, 19:45:57

Bissmillohir rohmanir rohiym!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!

Bu yerdagi qiziqarli ma'lumotlarni o'qiy turib, esimga bir juda ham qiziqarli voqea tushib ketdi. Va ushbu voqeani e'tiborlaringizga havola etishni joiz deb topdim.
  
      O'shanda maktabni bitirish arafasida edim. Bilasizlar har bir maktabda bayram tadbirlari uyushtiriladi. Maktabimiz hovlisida 8 -mart Xotin - qizlar bayrami munosabati bilan katta tadbir tashkil etildi. Har bir sinf o'quvchilari murabbiylarga atab she'rlar, sahna ko'rinishlar yoki shunga o'xshash narsalar tayyorlab kelishdi.
      Odatga ko'ra, avval boshlang'ich sinf o'quvchilari o'z chiqishlari bilan hammani tabriklab chiqishardi. Bir boshlang'ich sinf o'quvchisi, o'ziyam kichkina, lekin juda gapga chechan ekan, o'z sinfi nomidan chiqib quyidagi she'rni baland ovozda aytsa bo'ladimi. Eshiting:
                     Sakkizinchi mart,
                     Xotiningni sot,
                     Xotiningni puliga,
                     Aroq ichib yot.
     Endi bo'ldi kulgi, asti qo'yaversiz. O'quvchilar bu yoqda qolib, o'qituvchilar ham qotib qolishdi. Katta yoshli bola aytganda, odobsizlik qilding desa bo'ladi, ammo bu zumrashani qilgan qilig'iga nima deysiz. Bilmadim kim o'rgatgan ekan, menimcha o'qituvchisi o'rgatmasa kerak. Nima bo'lganda ham hammani bopladi. Ayniqsa onda sonda otib turadigan o'qituvchilarga zo'r sovg'a bo'ldi. Zora o'rnak olishsa!
Bolajonlarimiz omon bo'lishsin, haqqini oldirmaydigan pishiq - puxta bo'lib o'lg'ayishsin! Eshitgan bo'lsalaringiz kerak. " Bola ... ma'lum! " degan naql bejizga aytilmagan.

Shumtaka bolajonlarimiz uylaringiz to'rlarini to'ldirib yurishsin, Ilohim!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!

Qayd etilgan


siddiqa  17 Yanvar 2010, 00:13:35

 :as:
kecha yo'lda ikkita bolachani ko'rib qoldim ,suhbatlarini eshitiib ketib rosa kuldim .
tischalariaym kemshik  :D


-kaktusni bilsanmi?

-ha ,bilaman zo'r mashina a?

-ey jinni mashinamas u anu matluba holmikida turadiyu u o'sha ,

-qaysi ?

- anu tikonlari borchi ? 

- qo'lini chaqvoladi esladingmi ?????????? :D :D







-

Qayd etilgan


siddiqa  17 Yanvar 2010, 01:45:55

uni doim bildirmasdan rasmlarga olishni yahshi ko'raman .
dvordagi bolalar o'yingohida
 

Qayd etilgan


Ansora  17 Yanvar 2010, 15:30:10

1-2 kun oldin yonimizdagi eng katta marketlardan biriga borgandim. Magazin 4 qavatli, eng tepadagi qavatida ovqatlanadigan joy, mebel, ayollar-erkaklar masjidi va bolajonlar uchun eng sevimli joy, Kichkinagina Luna-park qismi bor.

Luna-parkni yonidan o'tib ketayotib qarasam, bugun har doimgidan ancha gavjum, ma'lum bo'lishicha Boxcha bolalari kelishibdi. Boxcha opa 20-30 taga yaqin bolani tartibga solmoqchi bo'lib qichqiryabdi:

Yulduzchalar- o'ng tarafga o'tinglar!  : )

Qo'ng'izchalar -esa chap tarafga tizilsin!  : )

Quyonchalar -esa o'rtada qolsin!  : )


Boxha opa bechora o'ta jiddiy, charchagan ko'rinadi, eee osonmas shuncha bolani tartibga solish.

Men esa uning gaplarini eshitib behosdan jilmaydim : )


Qayd etilgan


Nurzoda  18 Yanvar 2010, 16:43:02

Yaqindagina 4 yoshga to'lgan sinimdan kotta sinim so'rabdi
Zuhra adamni oyilari kim bilasanmi?dibdi
Ha bilaman dibdi kim disa oyimlaku dirmish i qanaqasiga oyimla bo'sin buvumlaku adamni oyilari disa yo'oo oyimla dib tortisharmush sinimla o'rgatishi holab yo' san noto'ri etvosan adamni oyilari buvim bo'ladi disa yana yo' adamni oyila oyim dib yig'larmush eshtib rosa kulimman  :)

Qayd etilgan