Muallif Mavzu: Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!  ( 252744 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 2 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

As-Samarqandiy

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 548
  • -oldi: 664
  • Xabarlar: 527
  • Jins: Erkak
Re: Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!
« Javob #195 : 16 Yanvar 2010, 19:45:57 »
Bissmillohir rohmanir rohiym!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!

Bu yerdagi qiziqarli ma'lumotlarni o'qiy turib, esimga bir juda ham qiziqarli voqea tushib ketdi. Va ushbu voqeani e'tiborlaringizga havola etishni joiz deb topdim.
  
      O'shanda maktabni bitirish arafasida edim. Bilasizlar har bir maktabda bayram tadbirlari uyushtiriladi. Maktabimiz hovlisida 8 -mart Xotin - qizlar bayrami munosabati bilan katta tadbir tashkil etildi. Har bir sinf o'quvchilari murabbiylarga atab she'rlar, sahna ko'rinishlar yoki shunga o'xshash narsalar tayyorlab kelishdi.
      Odatga ko'ra, avval boshlang'ich sinf o'quvchilari o'z chiqishlari bilan hammani tabriklab chiqishardi. Bir boshlang'ich sinf o'quvchisi, o'ziyam kichkina, lekin juda gapga chechan ekan, o'z sinfi nomidan chiqib quyidagi she'rni baland ovozda aytsa bo'ladimi. Eshiting:
                     Sakkizinchi mart,
                     Xotiningni sot,
                     Xotiningni puliga,
                     Aroq ichib yot.
     Endi bo'ldi kulgi, asti qo'yaversiz. O'quvchilar bu yoqda qolib, o'qituvchilar ham qotib qolishdi. Katta yoshli bola aytganda, odobsizlik qilding desa bo'ladi, ammo bu zumrashani qilgan qilig'iga nima deysiz. Bilmadim kim o'rgatgan ekan, menimcha o'qituvchisi o'rgatmasa kerak. Nima bo'lganda ham hammani bopladi. Ayniqsa onda sonda otib turadigan o'qituvchilarga zo'r sovg'a bo'ldi. Zora o'rnak olishsa!
Bolajonlarimiz omon bo'lishsin, haqqini oldirmaydigan pishiq - puxta bo'lib o'lg'ayishsin! Eshitgan bo'lsalaringiz kerak. " Bola ... ma'lum! " degan naql bejizga aytilmagan.

Shumtaka bolajonlarimiz uylaringiz to'rlarini to'ldirib yurishsin, Ilohim!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!

siddiqa

  • shunday dardlar borki,tasallisi faqat iymondadir .
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1879
  • -oldi: 2405
  • Xabarlar: 1798
  • Allohim hulqimizni chiroyli qil !!!!
Re: Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!
« Javob #196 : 17 Yanvar 2010, 00:13:35 »
 :as:
kecha yo'lda ikkita bolachani ko'rib qoldim ,suhbatlarini eshitiib ketib rosa kuldim .
tischalariaym kemshik  :D


-kaktusni bilsanmi?

-ha ,bilaman zo'r mashina a?

-ey jinni mashinamas u anu matluba holmikida turadiyu u o'sha ,

-qaysi ?

- anu tikonlari borchi ? 

- qo'lini chaqvoladi esladingmi ?????????? :D :D







-

siddiqa

  • shunday dardlar borki,tasallisi faqat iymondadir .
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1879
  • -oldi: 2405
  • Xabarlar: 1798
  • Allohim hulqimizni chiroyli qil !!!!
Re: Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!
« Javob #197 : 17 Yanvar 2010, 01:45:55 »
uni doim bildirmasdan rasmlarga olishni yahshi ko'raman .
dvordagi bolalar o'yingohida
 

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!
« Javob #198 : 17 Yanvar 2010, 15:30:10 »
1-2 kun oldin yonimizdagi eng katta marketlardan biriga borgandim. Magazin 4 qavatli, eng tepadagi qavatida ovqatlanadigan joy, mebel, ayollar-erkaklar masjidi va bolajonlar uchun eng sevimli joy, Kichkinagina Luna-park qismi bor.

Luna-parkni yonidan o'tib ketayotib qarasam, bugun har doimgidan ancha gavjum, ma'lum bo'lishicha Boxcha bolalari kelishibdi. Boxcha opa 20-30 taga yaqin bolani tartibga solmoqchi bo'lib qichqiryabdi:

Yulduzchalar- o'ng tarafga o'tinglar!  : )

Qo'ng'izchalar -esa chap tarafga tizilsin!  : )

Quyonchalar -esa o'rtada qolsin!  : )


Boxha opa bechora o'ta jiddiy, charchagan ko'rinadi, eee osonmas shuncha bolani tartibga solish.

Men esa uning gaplarini eshitib behosdan jilmaydim : )

« So'nggi tahrir: 17 Yanvar 2010, 15:43:01 muallifi Kapalak »

Nurzoda

  • Sen ani inson atagil beriyo,Kim ishidir sabr ila shukru hayo
  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 1065
  • -oldi: 247
  • Xabarlar: 141
Re: Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!
« Javob #199 : 18 Yanvar 2010, 16:43:02 »
Yaqindagina 4 yoshga to'lgan sinimdan kotta sinim so'rabdi
Zuhra adamni oyilari kim bilasanmi?dibdi
Ha bilaman dibdi kim disa oyimlaku dirmish i qanaqasiga oyimla bo'sin buvumlaku adamni oyilari disa yo'oo oyimla dib tortisharmush sinimla o'rgatishi holab yo' san noto'ri etvosan adamni oyilari buvim bo'ladi disa yana yo' adamni oyila oyim dib yig'larmush eshtib rosa kulimman  :)
Dildagi tikonning nashtari so'zingdadur,
Tilingdagi yolg'onning daftari ko'zingdadur.
Javdar ekib,bug'doy kutsang,nodon demishlar,
Baridan to'kilganning bil,bari izingdadir.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!
« Javob #200 : 21 Yanvar 2010, 06:58:24 »
Ishxonamga bir o'quvchi bola keladi.
Geografiyani yaxshi ko'radimi har doim kartani rasmini chiqarib ketadi  :)
Dushanba kuni ham kelgandi.
Buni chiqarib berin, uni chiqarib berin didi, hammasini skaner qilib etganidek chiqarib berdim.
Narsalarini yig'ishtirdida bir manga bir honadoshimga qaridi, sekin bildirmay kuzatib turdim, nimadandur bezovta  :D
O'zi 2000 so'mlik narsa chiqardi. 1000 so'm bo'ladi disam
Cho'chib "Ha, ho'p" didiyu sir boy bergisi yo'q

Honadoshim kulib yubordi, "Ha nimaga kulasiz?" disam "Yo'q, o'zi shunchaki" didi

Bolani bezovtaligini, puli kamligini bildim, shunchaki nima qilarkin dib qiziqdim  :)
Keyin hijolat qilmay didimda "Puliz kammidi, ha mayli qancha bor?" dib so'radim
Sekingina 500 so'mlikni chiqardi
"Ha bo'ldi man roziman" didim, bola hursaaaaaaaaaaaand.

Keyin bolakay ketganidan keyin xonadoshim etib berdi:
"kecha siz ishlamaganizdayam kelgandi, kartalar chiqardide, keyin "qancha bo'ladi pulim kamrog'idi" didi.
Man a shuncha-shuncha bo'ladi disam, hijolat turibdi.
"Ha ukam qancha pulin boridi" disam 200 so'mni ko'rsatdi.
Kulvordimde, "ha mayli uyinga nimada ketasan?" dib so'radim.
"Avtobusda" didi. "Shu pulga zvachka oginde avtobusda chaynaaaab ketgin ertaga kesez ko'proq pul ob kegin" digandim, shunga 500 so'm ob kebdi dib rosa kuldi honadoshim ham.

Bola ajoyibda... o'ylariyam... fikrlariyam... o'ziyam

siddiqa

  • shunday dardlar borki,tasallisi faqat iymondadir .
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1879
  • -oldi: 2405
  • Xabarlar: 1798
  • Allohim hulqimizni chiroyli qil !!!!
Re: Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!
« Javob #201 : 22 Yanvar 2010, 08:14:17 »
Bolalarning uyatchan bo'lishi, ularning kelajakda yahshi fe'l-atvor sohibi bo'lishidan hushhabardir".
Imom G'azolliy

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!
« Javob #202 : 23 Yanvar 2010, 06:47:44 »
Bolalarning uyatchan bo'lishi, ularning kelajakda yahshi fe'l-atvor sohibi bo'lishidan hushhabardir".
Imom G'azolliy


Afsus har doim ham emas.
Ko'pincha yoshligida yuvosh bo'lgan bola, katta bo'lgani sari uning teskarisi bo'lib chiqadi.

Abdullоh

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 355
  • -oldi: 743
  • Xabarlar: 1885
  • Jins: Erkak
Re: Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!
« Javob #203 : 24 Yanvar 2010, 00:05:20 »
Uyga borganda jiyanchalarni ko'rdim. Rosa sog'ingan ekanman. Ularni ko'rmaganimga 6 oydan oshgandi... Hatto bittasini tanimabman ham. To'g'risi shunday, men o'qishga ketayotganimda u 5 oyligu yana qanchadir kunlik bo'lgan edi. Borganimda esa 1 yoshga yaqinlashib qolgan. Juda tez o'zgarar ekan bolachalar.

Akbarjоn

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 669
  • -oldi: 1299
  • Xabarlar: 797
  • Jins: Erkak
  • Форумнинг эски одамларидан бири
    • islom.uz
Re: Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!
« Javob #204 : 24 Yanvar 2010, 02:12:22 »
Bolalarni jannatning rayhonlari degandi kattalarimiz :)

sizlar xam bir sinab ko'ringlarda, yosh bolani qolizga olib bir hidlab ko'ring  undan jannatning hidi keladi (menimcha shunday)

Alloh bizga xam shunday Ne'matlardan nasib qilsin

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!
« Javob #205 : 25 Yanvar 2010, 07:01:22 »
2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning bilishi kerak bo‘lgan savol javoblar

Robbingiz kim ? – Olloh
Sizni kim yaratgan? – Olloh
Payg‘ambaringiz kim  – Muhammad sallollohu alayhi vasallam
Musulmonmisiz (guvohingiz bormi) ? – Alhamdulilloh, ashhadu alla ilaha illallohu vaashhadu anna muhammadan abduhu va rasuluh.
Diningiz nima? – Islom dini
Musulmonlar kalimasi nechta? – 6 ta
Ovqatni qaysi qo‘lingiz bilan yeysiz? – O’ng qo‘l bilan Ovqatdan oldin aytiladigan duo  – Allohumma bariklana fima razaqtana va qina azabannar
Ovqatdan keyin aytiladigan duo – Alhamdulillahillazi at-amana vasaqana vajaalna minal muslimiyn
Musulmonlarning salomi qanday ? – Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatuh
Kimni yaxshi ko‘rasiz? – Allohni
Eng kuchli, qudratli zot? – Alloh

Islomiy she’r aytib bering:

Sizni bizni yaratgan
Bulbul qilib sayratgan
Yakka yagona Alloh
La ilaha illalloh

Qo‘lda Qur’onimiz bor
Dilda iymonimiz bor
Yaxshi ko‘radi Alloh
La ilaha illalloh

Kim o‘qisa qur’onni
Gapirmasa yolg‘onni
Yaxshi ko‘radi Alloh
La ilaha illalloh!


Qur’on (sura) o‘qib bering – Ixlos surasiAksa urganda nima deymiz ? – Alhamdulillah
Esnaganda nima deymiz ? – Astag‘firulillah
Shayton yomonmi yoki yaxshimi ? – Yomon, Olloh la’natlagan

Bu odamni yaratgan yolg‘iz Ollohdir
Yeru-osmon, tog‘u-tosh unga guvohdir
Xohi dehqon, hohi olim, hohi podshohdir
Tanimasa ollohni nodon, gumrohdir
Xoliq yaratuvchimdan kimki ogohdir
Robbim unga do‘stdir, hamrohdir

Kim farzandini tarbiyalab, unga kichikligidan “La ilaha illalloh” ni o‘rgatsa, Olloh ta’olo u insonlarni hisob va savol-javob qilishga tortmaydi
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!
« Javob #206 : 25 Yanvar 2010, 14:28:15 »
 :as:

Yaqinda taqvimda bir maqola o'qib qolgandim,shuni qisman kiritaman...

Bog'chadan maktab yoshiga yetgan bolalarni maktabda so'rov bilan qabul qilishadi, bilasiz. Bir bolaning ham maktab yoshi yetib, boradigan vaqti kelibdi...

Maktabdagi so'rovda o'qituvchilar hali quyon, hali toshbaqaning rasmini ko'rsatishib bu nima, bu nima deb so'rashibdi. Oxirgi savollariga kelganda bola javob bermabdi. O'qituvchilar nega javob bermaysan deyishsa,mendan bularni so'ramang, yaxshisi Muhammad salallohu alayhi vasallam haqlarida, islom dini haqida so'rang aytib beraman degan ekan...

Bolaning aqli yetgan narsaga o'qituvchilarning aqli ojizlik qilganini qarang...

Bu o'rinda bolasiga shunday tarbiya bergan oila boshlig'i hamda muslimasi haqiga duo qilsak, oddiy savollar (aslida bu savol deyishga ham arzimaydi)ga javob izlab, asosiy masalada esa oqsaydigan o'qituvchi uchun ham duo qilamiz:

Allohim, mana shunday komili axloq ila tarbiyalangan dini islomda tolib bo'lgan yoshlar ko'paysin! Ularning ota-onalarini ajrlar ila mukofotlasin!..

«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!
« Javob #207 : 25 Yanvar 2010, 16:46:43 »
Bolalarning uyatchan bo'lishi, ularning kelajakda yahshi fe'l-atvor sohibi bo'lishidan hushhabardir".
Imom G'azolliy


Afsus har doim ham emas.
Ko'pincha yoshligida yuvosh bo'lgan bola, katta bo'lgani sari uning teskarisi bo'lib chiqadi.


Bu yerda hazrat G'azzoliy boshqacha uyalishni nazarda tutganlar.
G'azzoliy aytgan ota-onadan yuqqan haqiqiy islomiy hayo bilan bola, albatta kelakakda ham xayrli bola bo'ladi.

Abdullоh

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 355
  • -oldi: 743
  • Xabarlar: 1885
  • Jins: Erkak
Re: Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!
« Javob #208 : 25 Yanvar 2010, 23:37:28 »
Bolalarni jannatning rayhonlari degandi kattalarimiz :)

sizlar xam bir sinab ko'ringlarda, yosh bolani qolizga olib bir hidlab ko'ring  undan jannatning hidi keladi (menimcha shunday)

Alloh bizga xam shunday Ne'matlardan nasib qilsin
Gapingizga qo'shilaman, bir kuni dadam bolalardan 7 yoshigacha jannatning hidi kelib turarkan, degandilar.

siddiqa

  • shunday dardlar borki,tasallisi faqat iymondadir .
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1879
  • -oldi: 2405
  • Xabarlar: 1798
  • Allohim hulqimizni chiroyli qil !!!!
Re: Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!
« Javob #209 : 26 Yanvar 2010, 08:22:00 »
Bolalarni jannatning rayhonlari degandi kattalarimiz :)

sizlar xam bir sinab ko'ringlarda, yosh bolani qolizga olib bir hidlab ko'ring  undan jannatning hidi keladi (menimcha shunday)

Alloh bizga xam shunday Ne'matlardan nasib qilsin
Gapingizga qo'shilaman, bir kuni dadam bolalardan 7 yoshigacha jannatning hidi kelib turarkan, degandilar.
bolajonlarning boyinchalari eng shirin bo'ladi :D :D ayniqsa qavat qavat bo'yinchalarida marjonchalar paydo bo'pqoladi .

 

Quddus amakining saboqlari (bolajonlar uchun)

Muallif NaqshbandiyBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 60
Ko'rilgan: 61772
So'nggi javob 02 Dekabr 2007, 01:21:15
muallifi AbdulAziz
Bolajonlar uchun! (flash)

Muallif RukhiyaBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 28
Ko'rilgan: 11752
So'nggi javob 03 Aprel 2009, 23:23:19
muallifi ZUBAIR
Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)

Muallif ZUBAIRBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 188
Ko'rilgan: 63450
So'nggi javob 17 Mart 2009, 00:10:56
muallifi ZUBAIR
Bolajonlar uchun "pancho" modellari

Muallif AnsoraBo'lim Tikuvchilik

Javoblar: 15
Ko'rilgan: 16687
So'nggi javob 26 Yanvar 2011, 16:51:59
muallifi Ansora
Bolajonlar uchun o'yinchoq tikish yoki to'qish

Muallif AnsoraBo'lim Tikuvchilik

Javoblar: 13
Ko'rilgan: 23640
So'nggi javob 15 Oktyabr 2012, 10:19:17
muallifi Mahdiyah