Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!  ( 365631 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 ... 72 B


Mahdiyah  21 Yanvar 2010, 06:58:24

Ishxonamga bir o'quvchi bola keladi.
Geografiyani yaxshi ko'radimi har doim kartani rasmini chiqarib ketadi  :)
Dushanba kuni ham kelgandi.
Buni chiqarib berin, uni chiqarib berin didi, hammasini skaner qilib etganidek chiqarib berdim.
Narsalarini yig'ishtirdida bir manga bir honadoshimga qaridi, sekin bildirmay kuzatib turdim, nimadandur bezovta  :D
O'zi 2000 so'mlik narsa chiqardi. 1000 so'm bo'ladi disam
Cho'chib "Ha, ho'p" didiyu sir boy bergisi yo'q

Honadoshim kulib yubordi, "Ha nimaga kulasiz?" disam "Yo'q, o'zi shunchaki" didi

Bolani bezovtaligini, puli kamligini bildim, shunchaki nima qilarkin dib qiziqdim  :)
Keyin hijolat qilmay didimda "Puliz kammidi, ha mayli qancha bor?" dib so'radim
Sekingina 500 so'mlikni chiqardi
"Ha bo'ldi man roziman" didim, bola hursaaaaaaaaaaaand.

Keyin bolakay ketganidan keyin xonadoshim etib berdi:
"kecha siz ishlamaganizdayam kelgandi, kartalar chiqardide, keyin "qancha bo'ladi pulim kamrog'idi" didi.
Man a shuncha-shuncha bo'ladi disam, hijolat turibdi.
"Ha ukam qancha pulin boridi" disam 200 so'mni ko'rsatdi.
Kulvordimde, "ha mayli uyinga nimada ketasan?" dib so'radim.
"Avtobusda" didi. "Shu pulga zvachka oginde avtobusda chaynaaaab ketgin ertaga kesez ko'proq pul ob kegin" digandim, shunga 500 so'm ob kebdi dib rosa kuldi honadoshim ham.

Bola ajoyibda... o'ylariyam... fikrlariyam... o'ziyam

Qayd etilgan


siddiqa  22 Yanvar 2010, 08:14:17

Bolalarning uyatchan bo'lishi, ularning kelajakda yahshi fe'l-atvor sohibi bo'lishidan hushhabardir".
Imom G'azolliy

Qayd etilgan


Mahdiyah  23 Yanvar 2010, 06:47:44

Bolalarning uyatchan bo'lishi, ularning kelajakda yahshi fe'l-atvor sohibi bo'lishidan hushhabardir".
Imom G'azolliy


Afsus har doim ham emas.
Ko'pincha yoshligida yuvosh bo'lgan bola, katta bo'lgani sari uning teskarisi bo'lib chiqadi.

Qayd etilgan


Abdullоh  24 Yanvar 2010, 00:05:20

Uyga borganda jiyanchalarni ko'rdim. Rosa sog'ingan ekanman. Ularni ko'rmaganimga 6 oydan oshgandi... Hatto bittasini tanimabman ham. To'g'risi shunday, men o'qishga ketayotganimda u 5 oyligu yana qanchadir kunlik bo'lgan edi. Borganimda esa 1 yoshga yaqinlashib qolgan. Juda tez o'zgarar ekan bolachalar.

Qayd etilgan


Akbarjоn  24 Yanvar 2010, 02:12:22

Bolalarni jannatning rayhonlari degandi kattalarimiz :)

sizlar xam bir sinab ko'ringlarda, yosh bolani qolizga olib bir hidlab ko'ring  undan jannatning hidi keladi (menimcha shunday)

Alloh bizga xam shunday Ne'matlardan nasib qilsin

Qayd etilgan


Muhammad Amin  25 Yanvar 2010, 07:01:22

2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning bilishi kerak bo‘lgan savol javoblar

Robbingiz kim ? — Olloh
Sizni kim yaratgan? — Olloh
Payg‘ambaringiz kim  — Muhammad sallollohu alayhi vasallam
Musulmonmisiz (guvohingiz bormi) ? — Alhamdulilloh, ashhadu alla ilaha illallohu vaashhadu anna muhammadan abduhu va rasuluh.
Diningiz nima? — Islom dini
Musulmonlar kalimasi nechta? — 6 ta
Ovqatni qaysi qo‘lingiz bilan yeysiz? — O’ng qo‘l bilan Ovqatdan oldin aytiladigan duo  — Allohumma bariklana fima razaqtana va qina azabannar
Ovqatdan keyin aytiladigan duo — Alhamdulillahillazi at-amana vasaqana vajaalna minal muslimiyn
Musulmonlarning salomi qanday ? — Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatuh
Kimni yaxshi ko‘rasiz? — Allohni
Eng kuchli, qudratli zot? — Alloh

Islomiy she’r aytib bering:

Sizni bizni yaratgan
Bulbul qilib sayratgan
Yakka yagona Alloh
La ilaha illalloh

Qo‘lda Qur’onimiz bor
Dilda iymonimiz bor
Yaxshi ko‘radi Alloh
La ilaha illalloh

Kim o‘qisa qur’onni
Gapirmasa yolg‘onni
Yaxshi ko‘radi Alloh
La ilaha illalloh!


Qur’on (sura) o‘qib bering — Ixlos surasiAksa urganda nima deymiz ? — Alhamdulillah
Esnaganda nima deymiz ? — Astag‘firulillah
Shayton yomonmi yoki yaxshimi ? — Yomon, Olloh la’natlagan

Bu odamni yaratgan yolg‘iz Ollohdir
Yeru-osmon, tog‘u-tosh unga guvohdir
Xohi dehqon, hohi olim, hohi podshohdir
Tanimasa ollohni nodon, gumrohdir
Xoliq yaratuvchimdan kimki ogohdir
Robbim unga do‘stdir, hamrohdir

Kim farzandini tarbiyalab, unga kichikligidan "œLa ilaha illalloh" ni o‘rgatsa, Olloh ta’olo u insonlarni hisob va savol-javob qilishga tortmaydi

Qayd etilgan


Robiya  25 Yanvar 2010, 14:28:15

 :as:

Yaqinda taqvimda bir maqola o'qib qolgandim,shuni qisman kiritaman...

Bog'chadan maktab yoshiga yetgan bolalarni maktabda so'rov bilan qabul qilishadi, bilasiz. Bir bolaning ham maktab yoshi yetib, boradigan vaqti kelibdi...

Maktabdagi so'rovda o'qituvchilar hali quyon, hali toshbaqaning rasmini ko'rsatishib bu nima, bu nima deb so'rashibdi. Oxirgi savollariga kelganda bola javob bermabdi. O'qituvchilar nega javob bermaysan deyishsa,mendan bularni so'ramang, yaxshisi Muhammad salallohu alayhi vasallam haqlarida, islom dini haqida so'rang aytib beraman degan ekan...

Bolaning aqli yetgan narsaga o'qituvchilarning aqli ojizlik qilganini qarang...

Bu o'rinda bolasiga shunday tarbiya bergan oila boshlig'i hamda muslimasi haqiga duo qilsak, oddiy savollar (aslida bu savol deyishga ham arzimaydi)ga javob izlab, asosiy masalada esa oqsaydigan o'qituvchi uchun ham duo qilamiz:

Allohim, mana shunday komili axloq ila tarbiyalangan dini islomda tolib bo'lgan yoshlar ko'paysin! Ularning ota-onalarini ajrlar ila mukofotlasin!..


Qayd etilgan


shoir  25 Yanvar 2010, 16:46:43

Bolalarning uyatchan bo'lishi, ularning kelajakda yahshi fe'l-atvor sohibi bo'lishidan hushhabardir".
Imom G'azolliy


Afsus har doim ham emas.
Ko'pincha yoshligida yuvosh bo'lgan bola, katta bo'lgani sari uning teskarisi bo'lib chiqadi.


Bu yerda hazrat G'azzoliy boshqacha uyalishni nazarda tutganlar.
G'azzoliy aytgan ota-onadan yuqqan haqiqiy islomiy hayo bilan bola, albatta kelakakda ham xayrli bola bo'ladi.

Qayd etilgan


Abdullоh  25 Yanvar 2010, 23:37:28

Bolalarni jannatning rayhonlari degandi kattalarimiz :)

sizlar xam bir sinab ko'ringlarda, yosh bolani qolizga olib bir hidlab ko'ring  undan jannatning hidi keladi (menimcha shunday)

Alloh bizga xam shunday Ne'matlardan nasib qilsin
Gapingizga qo'shilaman, bir kuni dadam bolalardan 7 yoshigacha jannatning hidi kelib turarkan, degandilar.

Qayd etilgan


siddiqa  26 Yanvar 2010, 08:22:00

Bolalarni jannatning rayhonlari degandi kattalarimiz :)

sizlar xam bir sinab ko'ringlarda, yosh bolani qolizga olib bir hidlab ko'ring  undan jannatning hidi keladi (menimcha shunday)

Alloh bizga xam shunday Ne'matlardan nasib qilsin
Gapingizga qo'shilaman, bir kuni dadam bolalardan 7 yoshigacha jannatning hidi kelib turarkan, degandilar.
bolajonlarning boyinchalari eng shirin bo'ladi :D :D ayniqsa qavat qavat bo'yinchalarida marjonchalar paydo bo'pqoladi .

Qayd etilgan