Kecha jiyan-singillarim bolalari bilan kelishgan ekan. Kichikroq, endigina tili chiqqan Shohruxmirzoni olib, asta suhbat qura boshladim. Ba’zi narsalarni ko’rsatib, xususiyatini aytib, “Bu nima?” deb so’ray boshladim. Uning lug’atida bo’lgan jajji so’zlar bilan tanishing:

Joynamoz - Ollo (namoz o’qilishiga ishora)
Yostiq - Alla (yostiqda yotib alla aytilishiga ishora)
Telefon - Allo (telefonda “Allo” deyilishiga ishora)
Soat - Chiq (soatning chiqillashiga ishora)
Ko’l portreti - Baliq (ko’lda baliq bo’lishiga ishora)
Televizor - tuzo’
Yangi oyoq kiyim - lalo
Burun - buun
Tog’a - bobo (amakim biroz semiz bo’lgani uchun)
Mushuk - muu
It - bo’
Sigir - mo’
Qo’y - baa