Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!  ( 365658 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 ... 72 B


Ansora  12 Iyul 2010, 01:13:16

Sulton Abdulaziz Ensarbek uhlayabdilar. Bugun kunduz cho'miltirgandim, yaxshiyam yoz,issiqqina.Tez tez cho'milsa bola sog'lom bo'lib, bo'ychan bo'ladi, dedilar qaynonam. Shu sabab har kuni cho'm cho'm qilyabdi bolajon.
Suvni juda yaxshi ko'radi, hech yig'lamaydi.
Suvni ta'siri bilan 4-5 soat oraliqsiz uhlaydi, mashalloh.

Lekin bi tarafi yomon bu kecha ham oyoqda o'tkazamiz shekilli kechani:)

Mana qachon turarkan podishoh, deb kutiiib o'tiribman : )

Bo'lmasa bu soatda forumda nima ishim bor ;D

Qayd etilgan


Lu`lu`  12 Iyul 2010, 01:30:30

Keling,Qur`on o`qib beraman-siz tekshirasiz

[вложение удалено Администратором]

Qayd etilgan


Oyshanur  12 Iyul 2010, 05:04:45

Assalomu alayku.
Shunday beg'ubor mavzu borligini ko'rmagan ekanman.
Meni ham egizak farzandlarim bor.(1 o'g'il,1 qiz).Yaqinda 8 oylik bo'lishadi.
Ikkaloviyam emaklashni boshlagan.Qizim ilgariroq emaklagani uchunmi,juda tez emaklab ketadi.O'g'lim uni orqasidan qolmaydi.Qizim o'zi yurib ketadi-da,sekin orqasiga qarab qo'yadi,kelyaptimikin deb.
Ikkalovi bir-biri bilan o'ynaydigan bo'lib qolgan.Bir-biriga qarab ba'zan qiyqirishib kulaveradi.Nimaga kulyaptiykin deb hayron bo'laman.O'zlaricha u bu qiziq qiliq qilishsa kerakda.:)
Ikkalovi ham yaqindan beri men bilan AJI-AJI o'ynaydigan bo'lishgan.Eshikni orqasidan turvolib Aji desam shunaqayam hursand bo'lishadiki.:).Kechagi kuni ustimga ko'rpani yopib olib,ayajon qani desam,ikkalovi jiiim,meni qidiryapti.Yana ovoz chiqarib qo'yaman,yana jiiim.Keyin qizim yig'lashga tushdi.Ko'rpani ichidan chiqsam,ikkalasi ham quchog'imga kirvolib,biram quchoqlashdiki,erib ketdim.Shular ham yo'qotib qo'ysa qayg'urarkanda dedim,o'zimga.
EHHHHH!!!,bu momoqaymoqlarni shirin qiliqlari bilan uyimiz to'la.Alhamdulillah.

Qayd etilgan


JaviK  13 Iyul 2010, 20:41:41

Kecha uyimga jiyanim kelgandi, Ichkarida rosa o`ynashayotgan edi, birdan aya aya deb jiyancham chiqib qoldi. Hammamiz yugurib borsek devolga urib oldim deb ayasiga peshanisini tutyapti. Peshanasidan o`pib qo`ygandi yugurib yana kirib ketdi. Opamdan so`rasam har yiqilganda yupatish uchun o`pib, bo`ldi tuzalib qoldi deb yupatar ekan, shunga urib olishiga onasini oldiga yugurib kelibdi.

Qayd etilgan


Akbarjоn  14 Iyul 2010, 10:48:02

Assalomu alayku.
Shunday beg'ubor mavzu borligini ko'rmagan ekanman.
Meni ham egizak farzandlarim bor.(1 o'g'il,1 qiz).Yaqinda 8 oylik bo'lishadi.
Ikkaloviyam emaklashni boshlagan.Qizim ilgariroq emaklagani uchunmi,juda tez emaklab ketadi.O'g'lim uni orqasidan qolmaydi.Qizim o'zi yurib ketadi-da,sekin orqasiga qarab qo'yadi,kelyaptimikin deb.
Ikkalovi bir-biri bilan o'ynaydigan bo'lib qolgan.Bir-biriga qarab ba'zan qiyqirishib kulaveradi.Nimaga kulyaptiykin deb hayron bo'laman.O'zlaricha u bu qiziq qiliq qilishsa kerakda.:)
Ikkalovi ham yaqindan beri men bilan AJI-AJI o'ynaydigan bo'lishgan.Eshikni orqasidan turvolib Aji desam shunaqayam hursand bo'lishadiki.:).Kechagi kuni ustimga ko'rpani yopib olib,ayajon qani desam,ikkalovi jiiim,meni qidiryapti.Yana ovoz chiqarib qo'yaman,yana jiiim.Keyin qizim yig'lashga tushdi.Ko'rpani ichidan chiqsam,ikkalasi ham quchog'imga kirvolib,biram quchoqlashdiki,erib ketdim.Shular ham yo'qotib qo'ysa qayg'urarkanda dedim,o'zimga.
EHHHHH!!!,bu momoqaymoqlarni shirin qiliqlari bilan uyimiz to'la.Alhamdulillah.


juda juda ta'sirlandim, duo qiling opa bizga ham shunaqa bahtning kluminatsion onlari nasib qilsin :)

Qayd etilgan


Ansora  15 Iyul 2010, 16:11:34


Qayd etilgan


Ansora  07 Avgust 2010, 21:31:28

Дмитрий КУЗМИА

ЛИАОА ГА


Яхши бола ҳар тонгда тиниқ сув, гулларга тикилади. Ўриндиқ устига стендлар қсйилган. Китоб жавонининг юқори полкаларидан гултувакларни олиш учун бола шиппаги, пайпоқларни ечиб, сриндиқ устига қсйди. Шундан сснгина сриндиқ устидаги стендларни полга қсйди-да, сриндиққа чиқди.
Амон бола ҳар тонгда снги спорт кийимини кисди, кечаги тунда полдами, кроват остидами ётибди.
Яхши бола ҳар куни тонгда музлаткични очиб ксради, керакли егуликларни йслда олиб қайтади.
Амон бола ҳар замонда ширин сузма олиб келади-да, музлаткичнинг ичига кириб олади —нима қолган-қолмаганини билиш учун титкилаб ксради. Лакетдаги ёзувларни сқиб ксриш билан вақтини стказади. Ксзларида уларнинг муддати стиб кетганми-йсқми деган истеҳзо сезилади.
Яхши бола сиз истаган жойларга сиз билан боради. У ҳамма нарсага қизиқади.
Амон боланинг ҳи-ҳилаши ҳам ёқимсиз. Сиз нима учун сшаспсиз, вақтингизни нималарга сарфласпсиз дес кулади ҳатто!
Кечки пайт компьютер ёнига келиб, ишлайман десангиз, схши бола оҳиста келади-да, бошини елкангизга қссди.
Амон бола иш пайтида остонада пайдо бслади-да, снги почта келганми-йсқми текшириб ксришни талаб қилади. Унга сиз ёзаётган мақоланинг мутлақо қизиғи йсқ.
Яхши бола сиз унга қараб снгашганингизни ксриб, ҳасжонга тушади. «Сиз бунча схшисиз!» дейди.
Амон бола дилни хира қиладиган сйинларни компьютердан топиб беришингизни ссрайверади, вақтингизни олади, жиғингизга тегади.
Яхши бола тиззангизга стириб олади-да, сизни схши ксришини айтади.
Бироқ ёмон боланинг қарашлари бежо. Кеч тушдими, тамом, ҳаммаёққа аланглайди. Аимани истайди, нимани истамайди, сзи ҳам биламайди. Фақат олис тунларнинг бирида илк бор балиқ шсрва ва гулкарамни сиз учун тайёрлайди. Таом тузсиз ва таьмсиз бслса-да, сизга ёқади. Шунда у туни бсйи бағрингиздан чиқмайди, изтироб ичида бсзлай-бсзлай ухлаб қолади"¦


Qayd etilgan


AbdulAziz  12 Avgust 2010, 09:38:08

Бола, чснтак харажатлари учун дадасидан олган пулларини вақтидан аввал еб қсйди. Яқинда таътил бошланади. Маза қилмайди. Йслини топиш керак. Қслига тушган журналда, ҳар бир хизмат учун ҳақ тсланиши лозимлигини сқиб, ксзлари чарақлаб кетди. Бу мантиққа ксра, оиласи учун қилган ишларининг ҳар бирига ҳақ олиши керак! Дскондан нон келтиришни беш юз ссмга, аҳлат тскишни минг ссмга, онаси билан бозорга бориб келишини 3000 ссмга баҳоласа, қимматга тушмайдигандек сди.
Худди шундай қилди. Бир вараққа ой давомида бажарган ишларини ёзиб нарх қсйди. Умумий сумма 100000 ссмни ташкил стди. Хатни секингина онасининг ёнига солиб қсйди. Бойиш йслини топганидан боши осмонда!
А­рталаб дарс столи устидан 100000 ссм пул ва бир снлик хатча топди:
«Сени слим билан олишиб дунёга келтирганим, йиллар бсйи устингни тоза тутганим, минг бир азоб билан сстираётганимнинг ҳақи — фақат севгинг ва ёноғингдан олганим биргина спичдир! Ишлаб топган пулингни сйнаб-кулиб ишлат, болажоним!..»

Qayd etilgan


Zamiraxon  12 Avgust 2010, 10:25:49

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.
Men bolajonlarni judayam sevaman. Farqi yöq u begona böladimi, murg'ak qalb egalarining multirabgina qarashlari har qanday tosh yuraklarni yumshatishga qodir, deb öylayman, Vallahu A'lam.
Men xolamning ikkala bolalariniyam 4aqaloqliklaridan katta qilishda kömaklashganman. Ikkalasining ham öziga yarasha "shaxsiy" qiliqlari bor edi.
Madina soska emayotgan paytida albatta qölida doka bölish kerak edi. Dokasiz soskani og'ziga olmasdi. Dokani berib qöysak, ushlaaab uxlab qolardi :-)
Javohir bosh barmog'ini og'ziga solib uxlardi. Shu bilan kifoyalansayam mayli edi, uxlashi uchun qölidan tashqari yonida yotgan odamning yengidan ushlaaab yotib uxlardi. Agar köylagingizning materiali unga yoqmaydigan bölsa bormiii...oxxo ana janjal mana janjal!
Ikkalasiyam ulg'aydi. Ösha kunlarni eslab ularga aytib berganimda, yana nimalar qilganmiz, aytib bering, aytib bering, deb xarxasha qilishadi. Xolam "Zamira opalaring pelyonkalaringni yuvgan, xafa qilmanglar" deyishsa, hamma kelgan mehmonlarga aytib berishadi ;-):-)  

Qayd etilgan


Ansora  15 Avgust 2010, 16:03:03

Abdulaziz Ensar asosan uyqusida kulardi. Yaqinda yana u bilan "gaplashib" o'tirgandik. Birdan azon o'qila boshlandi. Men o'g'limga: "O'g'lim, bu azon, sen ham katta bo'lsang o'qiysan, inshalloh, men ham orqangda namoz o'qiyman, ho'p" dedim. Abdulaziz birdan yuzimga qarab kulsa bo'ladimi : ) : ) : )
Xursandligimdan ko'zimga yosh keldi...

Qayd etilgan