Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!  ( 365746 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 ... 72 B


Oyshanur  01 Oktyabr 2010, 11:35:12

 :as:
Forumga kirmaganimga ham biroz vaqt bo'libdi.
Forumda baribir eng beg'ubor va men sevgan mavzu shu. :)
Hamma bolajonlar sog' bo'lishsin.
Meni egizaklarim yura boshlashdi.Qizim allaqachondan u uyga,bu uyga kirib pildirab yuribdi.Unim chaqqongina chiqdi.:)
O'g'lim 6-7 qadam tashlayapti.O'ziga qolsaku hali-veri yurmasdi ,shu sherigiga havas qilib yurishga harakat qilyapti.
Qizim yugurib ketadi,bechora o'g'lim anchagina og'irligiga,undan qolib ketadi.
Aytgancha,aksariyat bolalar "xodinok" da yurishni o'rgansa,menikilar "Pampers"ni koootta korobkasida o'rgandi  :D
Xodinokka nisbatan u yengilligigami,xodinok qolib,o'shani itarib ketaveradi.Oraliqlarga tiqilib qolsa,bir yonboshiga bitta uradida,"roli"ni to'g'irlab,vizillab ketadi  ;D
Ana sizga ekonom.Bolayizga xodinok olib o'tirmang-da,katta korobka berib qo'ying.Ham tekin,ham ishga yaraydi.  ::)
Qizim dadasi kelsa dadadada!!! Iyyuv! deb baqirib,quchoqlariga yuguradi.O'glim esa qizg'anib,yig'lashga tushadi.(o'zi yetib borolmay orqada qoladi-da)
O'g'limchi,arazlashni o'rganvogan.Qattiqroq gapirsam,labini shunaqayam buradiki....Lab burilgandan keyin qaramasangiz,1-2 minut keyin yig'lashga tushadi.Yig'laguncha qarashga ulgurib qolsangiz,burilgan lablar kulguga ayalanadi  :)
Shuyam,shumlikni biladi deb qo'yaman.
Stulchaga o'xshagan o'yinchog'i bor,o'shanisi muzika chalsa,ushlab turvolib,ikkovi qilpillab raqsgayam tushib qo'yadi.Hayronman,qaydan o'rganishgan (hech buni o'rgatmaganman)  :5
Ikkalasini kirmagan teshigi qolmadi hisob.
Haaaa,qiliqlarini aytaversam hech tugamaydi.Huddi har kuni yangi-yangi asar o'qiyotgandek bo'laman o'ziyam.
Allohni bergan ne'matlari ichida eng shirini  shu jajjichalar bo'lsa kerak.
Alhamdulillah.

Qayd etilgan


Margiloniy  01 Oktyabr 2010, 12:00:40

Alloh umrlarini ziyoda qilsin, ko'z tegmasin iloyim. judayam yaxshi ko'raman egizaklarni..

Shu o'rinda bir voqea esimga tushdi...Litseyda o'qiyotganimda, Hasan Husan kursdoshlarimiz bo'lardi. Hamma havas qilardi ularni bir biriga bo'lgan mehr oqibatiga. Menga esa ularni kuzatish yoqardi, ikkita bir xil odam, yuz kurinishi, bo'y basti kiyimi birxil hatto harakteriyam judayam bir biriga yaqin edi. Ba;zi uqituvchilarimiz ular bo'yi past bo'lgani uchun, huddi bolakaylardek shiringina bo'lishgani uchun "Bolajonlar" deyishardi. Yigitlar orasidayam ular "Bolajonlar" edi. Ularni umuman tanimaydiganlar hech ikkilanmasdan  maktab o'quvchisi deb o'ylashlari aniq.
Xullas,bitirganimizdan keyin kursdoshlarimizdan biri uylanish arafasida uchrashdik. Hasan Husanlar o'sha o'sha. O'tirishimiz nihoyasiga yetgandan so'ng, hammamiz tarqaldik. "Bolajonlar"ni avtobusidan oldin bizni marshurut oldinroq keldi xayrlashib chiqdik. Shundoq chiqib joylashishimni bilaman. Bir 40 yosh atroflaridagi ayol 19 yashar Hasan Husanlarni ko'rib: "Voy mana bu bolachalarni shirinligini qaranglar" deb butun marshurutdagilarga gapirib qolsa deng  ;D

Hasan Husanlar ko'payaversin...

Qayd etilgan


Shokir  01 Oktyabr 2010, 21:50:33

 ;) jiyanim birga to'lmagandi shu suratni olganimda,hozir to'p tepib yuribdi uydakilarni aytishicha

[вложение удалено Администратором]

Qayd etilgan


Shukrona  07 Oktyabr 2010, 08:58:51

Assalomu alaykum.Mani "Hola" nomiga sazovor qilgan jiyanlarim:

Qayd etilgan


Shukrona  07 Oktyabr 2010, 08:59:58

Hamma bolajonlar baxtimizga sog' bo'lishsin :amn:

Qayd etilgan


Ansora  08 Oktyabr 2010, 14:31:21

Xabaringiz bor, Abdulaziz Ensarga belanchak qurdik. Uyqusi kelganida juda qattiq yig'laydi, demak deyman, uyqu uni behol qilganini anglay olmay, g'ashlik qilyabdi. Belanchakka yotqizganimda 5 daqqiqalik "konsert" davom  etadi, ketidan ovozi allaga aylanadi:) yani o'ziga o'zi alla aytadi:)
Sekin-asta qo'llari bilan ko'zini ishqalaydi, ha deyman demak uxlaydi bu safar:) chunki ko'pincha "yolg'onchi uyqu" keladi-da:)
Keyin orom ola boshlaydi, xonasidan belanchakni devorga bog'langan ipini g'irch-g'irch ovozi, Ensarni pish-pish sasi va albatta onasini klaviaturasini ovozlarigina eshtiladi:) (huddi xozirgiday)
Uni uxlatish juda qiyin 10-15 daqiqada bir meni "tekshiradi" shu yerdami onam, deb. Tekshirish ham shunday qizarib:"i-i-i" deydi:) darrov voy mana mana deb tebrataman:) Agar ish bilan boshqa joylarda bo'lsam darrov uyg'onadi, shuning uchun boshida "qorovulman" :) fursatdan foydalanib forumga yozyabman-da:)

Qayd etilgan


Robiya  11 Oktyabr 2010, 16:55:29

:as:

Hoz kelishda marshrutkada bir ayol qizchalari bilan hamroh bo'lishdi. Qizaloqning ismi Madina ekan. Onasiga Oyi, hoz Sevara opam bilan uxlab kelyapman. Uyga borib yana uxlayman deb qoldi. Qiziquvchan emasmanmi qizaloqni savolga tutdim..

- Kechqurun nima qilasiz?
- Dars qilaman.
- Iye, maktab borasizmi? Nechanchi sinf?
- 1 sinf
- Qaysi fanlarni yaxshi ko'rasiz?
Uzooq o'ylab aytgan javobidan hayratda qoldim..
- Etika :)
- Bu fan haqida gapirib beringchi..
- Yo'q! :)
ha mayli, She'r ham yodlaganmisiz?
- Ha..
- Aytingchi..

Suhbatga onasi aralashadilar, u rus sinfida o'qiydi o'zbekcha bilmaydi..

- Можно и на русском, мс‹ понимаем..deyman.

Qizaloq bir necha she'rlarni aytguncha endi qanday savol bersam deb o'ylanaman..

- Madinaxon katta bo'lsalar kim bo'lmoqchilar?
- Doktor
- Qanaqa doktor? Tish doktorimi?

- Yo'q, plastik xirurg.. Yana hayratda qoldirib javob qiladi..
Odamlarni chiroyli qilaman. Do'mboq do'mboq qilaman.. :D

Shu yerda suhbatimiz uzildi. Men manzilga yetib kelgandim.. Ko'rishguncha deb xayrlashdik jajji qizaloq bilan..

Qayd etilgan


Ansora  16 Oktyabr 2010, 15:26:49

Abdulaziz Ensarni holatiga qarab bergan laqablarimiz:

Kulib turganda-quyoncha, asalari, dengiz ko'pigi, qushcha, chumoli...

Yig'lab g'ashlik qilganda- ho'tikcha, novvoscha, yomg'ir (ko'z yoshi uchun)

Uydagilar bilan unga O'zbek tilida cho'zib "chum-chuq" deganimiz sari kulgani kulgan. Keyin jo'jalar haqidagi suhbat ham uni rosa kuldiradi.
Dadasi, "O'g'lim menga jo'jalar har kuni shikoyat qilishyabdi, ularni tishlabsan, hamma yoqlarida bint bor", deydilar xazillashib, bunga hadeb kulaveradi :D

Qayd etilgan


Ansora  22 Oktyabr 2010, 15:06:43

Ah meni to'palonchi o'g'lim, uyqularimni "o'g'riladi":) o'zlari sulton, belanchakda mazza qilib tebrangani tebrangan. Mayli tinmay tebratishga roziman, lekin to'htamay gapirib, alla aytishimni kutganiga nima deysiz:) Bolalar 3 yoshgacha ota-onalari tashlab ketishlaridan juda qo'rqisharkan:( shuning uchunmi meni doimo ko'rinib turishimni, hech bo'lmasa ovozimni eshitib turishni hoxlayabdi...
Belanchak to'htab qolganda esa "tebrat" deganday jahl ham qilib qo'yadi ;D
Mayli joni sog' bo'lib, katta bo'lsin.
Men ham 6 oy uxlamagan ekanman:) ayam ertalabgacha beshikni tepasida ekanlar...Qarzimni to'layabman shekilli:)

Qayd etilgan


UmmatiY_MuhammadiY  22 Oktyabr 2010, 15:50:51

Ah meni to'palonchi o'g'lim, uyqularimni "o'g'riladi":) o'zlari sulton, belanchakda mazza qilib tebrangani tebrangan. Mayli tinmay tebratishga roziman, lekin to'htamay gapirib, alla aytishimni kutganiga nima deysiz:) Bolalar 3 yoshgacha ota-onalari tashlab ketishlaridan juda qo'rqisharkan:( shuning uchunmi meni doimo ko'rinib turishimni, hech bo'lmasa ovozimni eshitib turishni hoxlayabdi...
Belanchak to'htab qolganda esa "tebrat" deganday jahl ham qilib qo'yadi ;D
Mayli joni sog' bo'lib, katta bo'lsin.
Men ham 6 oy uxlamagan ekanman:) ayam ertalabgacha beshikni tepasida ekanlar...Qarzimni to'layabman shekilli:)

:bsm:

:as:

Kapalak qaytar dunyo ekan. Alloh sabr bersin.

Qayd etilgan