Abdulaziz Ensar 6.5 oylik edi, uyga mehmonlar keladigandi. O'g'limdan 1 oylik kichkina qizlari bor, ismi Zaynab:) Biz dadamiz bilan kelishib oldik, qani Abdulaziz qizg'onishni bilarkanmi, sinab ko'ramiz. Men Zaynabni oldim, Ensarni esa Zaynabni onasiga berdim. Hech kutmagandim to'g'risi:) birdan lablari burildi, ichidan yig'i portlab chiqdi:( butun ovozi bilan dod solsa bo'ladimi...Darrov qo'limga oldim, boshini yelkamga qo'yib, bir ko'zi bilan Zaynabga qarardi:)
Oradan biroz o'tib ikkalasini yonma yon o'tirg'izdik, o'rtalariga esa o'yinchoq berdik, aslida Abdulaziz bu o'yinchog'ini yoqtirmasdi, mehmon qizga esa yoqdi, tortqilab o'ynay boshladi...Birdan Abdulaziz o'yinchoqni bor kuchi bilan o'ziga tortdi, qizga qarab bo'ynini cho'zib "xo'rozlansa" bo'ladimi:) kichkinagina mushti bilan qizni yelkasini bir turtdi:
Zaynab esa dod soldi, darrov uzoqlashtirdik bolalarni...
Buni ko'rib "jinni" bo'lib qoldik....Biz o'zimizcha o'g'limizni juda nozik deb o'ylardik, qayerdaaa. Uyini, onasini, o'yinchoqlarini birdan qizg'ondi mittigina yuragi bilan....