Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!  ( 365441 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 ... 72 B


Ansora  15 Fevral 2011, 16:29:51

Аллоҳга беҳисоб ҳамду санолар бслсин.
Аллоҳ берганимиз - қизимиз смаклай бошладилар. "Даддда, Айййс, Баббба, Акккка " дейишни ҳам срганиб олдилар. Турли хил ширин қилиқлар чиқариб, одамни ҳайратини оширмоқда. Аллоҳ ҳаммага насиб қилсин!  :amn:

 :ms: :ms: :ms:
Shirinani lug'atlaridan "akka"ni tushunmadim:)

Ассалому Алайкум
Абдулазиз А­нсар бей тузалиб, сна форумга қайтганингиздан бошимиз кскка етди. Ўрнингиз билинди.
Ака ссзини ҳам айтаспти шекилли, иккига бслиб, ак-ка деспти.
 :)




Valaykum assalom. So'rashimni sababi qaynim endigina tili chiqqanda oyoq kiyimiga (ayakkabı) "akka" der ekan-da : )
o'hshashlik bo'libdi:)

Qayd etilgan


Aqoid  16 Fevral 2011, 03:13:44

Qizim yuziga gilosdan maska qilibdi.Yoz oylari.

Qayd etilgan


Aqoid  16 Fevral 2011, 03:34:59

Opasini qilig'idan jahli chiqib turibdi O'g'limizning(Abdulboriy)

Qayd etilgan


Ansora  16 Fevral 2011, 18:23:21

O'g'lim kuni kecha 8 oyni to'ldirib 9-oyga kirdi alhamdulillah.

1 donagina tishi bilan qo'liga kirgan hamma narsani tishlashga harakat qilmoqda:)

Televizorga juda ishqiboz bo'ldi bu oralar. Odatda u qaray olmaydigan shaklda o'tirgizyabzmiz. Lekin yana 2 dona reklama chiqqanida boshini ko'tarib qaraydi. Reklamalardan biri bolalar tagligini reklamasi. Kichkintoy bolalarni ko'rib judayam hayajonlanadi. Keyingi reklama esa "Evkur" degan magazin reklamasi, adashmasam u yerdagi odamni ovozi diqqatini tortyabdi, chunki faqat yozuvlar bor:)

Andijondan xabar kelgandi, 3 oylik jiyanim ag'darila boshlabdi. Uydagilarga aytgandim, hammamiz rosa kuldik, Abdulaziz Ensar rostdan ham juda dangasa ekansan-u deb, chunki u faqat 6 oylik bo'lgandagina ag'darila boshlagandi:)

Jonlari sog' bo'lsin yetarki...

Abdulboriyni ko'zlari fotoapparat ob'yektiviga qaragani uchun shunaqa chiqqan, men ham o'g'limni  yaqindan olsam ko'zlari qiziq chiqadi:)

Qayd etilgan


muxlisa  16 Fevral 2011, 19:11:03

 :as:

 Jiyanim uydagi stulni itarib, yiqitgan ekan. yerga ag'darilib o'tiradigan taxtasi ko'chibdi. Stulni ko'rsatib aytarmish: "oyi qaren, stulimiz jarohatlandi".

3 yoshli bola bunaqa so'zlani qaerdan o'rganar ekana:)

Qayd etilgan


MSJON  16 Fevral 2011, 20:00:57



Hayvonot bog'ida aylanib yurib adashib qolgan jiyanjam.
Atayin adashtirilgan rasmga tushirish uchun

Qayd etilgan


Solihatun  17 Fevral 2011, 13:38:04

Yuziga gilosli maska qilgan qizchaning ko`zlari huddi ko`zmunchoqqa o`xshidi... Ismlari nima?

Qayd etilgan


Solihatun  17 Fevral 2011, 13:44:55

Hozirgi bolachalar kattalardan ham aqlli go`yo :D

Bu kishim ko`zlariga yorug` tushsa uhlolmas emishlar, o`shanchun ko`zlarini berikitib uhlaydilar :D


Qayd etilgan


Ansora  17 Fevral 2011, 13:55:34

Kecha qaynatamni 2-sinfdagi o'quvchi qizlaridan biri so'rabdi:

-Ustoz, biz namoq o'qiyotganimizda esnasak og'zimizni ichiga shayton kirib ketadimi?

Qaynotam savolni eshitib hayratlanibdilar, lekin qizaloqqa yotig'i bilan "shayton namoz o'qigan insonni yoniga yaqinlasha olmaydi", deb tushintiribdilar:)

Qayd etilgan


Ansora  17 Fevral 2011, 14:33:56

Kichkina bolalarni "shayton" mavzusi juda qiziqtiradi va qo'rqitadi...

4-4.5 yosli jiyanimga  :bs1: demasang ovqatingga sherik bo'ladi, degandik.

Har ovqatdan oldin Bismillah...derdi, yeb bo'lgach esa "shayton och qoldimi endi" derdi:)

Uygayam Bismillah... deb kirib, eshikni mahkamladi va "shayton ko'chada qoldi" deganida rosa hayron bo'lgandim...

Qayd etilgan