O'g'lim kuni kecha 8 oyni to'ldirib 9-oyga kirdi alhamdulillah.
1 donagina tishi bilan qo'liga kirgan hamma narsani tishlashga harakat qilmoqda:)
Televizorga juda ishqiboz bo'ldi bu oralar. Odatda u qaray olmaydigan shaklda o'tirgizyabzmiz. Lekin yana 2 dona reklama chiqqanida boshini ko'tarib qaraydi. Reklamalardan biri bolalar tagligini reklamasi. Kichkintoy bolalarni ko'rib judayam hayajonlanadi. Keyingi reklama esa "Evkur" degan magazin reklamasi, adashmasam u yerdagi odamni ovozi diqqatini tortyabdi, chunki faqat yozuvlar bor:)
Andijondan xabar kelgandi, 3 oylik jiyanim ag'darila boshlabdi. Uydagilarga aytgandim, hammamiz rosa kuldik, Abdulaziz Ensar rostdan ham juda dangasa ekansan-u deb, chunki u faqat 6 oylik bo'lgandagina ag'darila boshlagandi:)
Jonlari sog' bo'lsin yetarki...
Abdulboriyni ko'zlari fotoapparat ob'yektiviga qaragani uchun shunaqa chiqqan, men ham o'g'limni yaqindan olsam ko'zlari qiziq chiqadi:)