"O'zbekiston mayizi"
Abdulaziz Ensar oshxonaga kirdimi, o'zini darrov taftishchiday tuta boshlaydi. Shkaflarga tirmashib, ochishga harakat qiladi, tortmalarni tortib ichidagi narsalarni birma bir ko'zdan kechirib, yerga ota boshlaydi. "Himmm bu mazaliga o'hsaydi, bir tatib ko'raylikchi, eee yo'q adashibman, mazasi yo'q ekan", "tap" yerga:)
Bir necha kundan beri injiq bo'lgani uchun etagimga yopishdi qoldi. Xatto eng yaxshi ko'rgan reklamalari ham foyda bermay qo'ydi. Bir ko'zi bilan meni poylab turadi, bir qadam xonadan tashqari otay, darrov "dooood"...
Bugun yana oshxonadamiz, nonushta tayyorlayabman. "Taftishchi" keldilar yana tortmalarni yoniga. Birdan....kichkina piyolani ichida o'ralgan mayizni topib oldilar. "Ahaaa, qiziq narsaga o'hshaydi", yerga piyolani tashlab, darrov o'tirdilar, avvalo yaxshilab sochib, keyin birma bir totib ko'ra boshladilar kichkina to'palonchi.
Nonushtani tayyorlab bo'lib, chaqirdim Ensarni, odatda chaqirishga hojat qolmasdan "a-a-a" deb yig'lamsirab kelardi, bugun ovoz yo'q:)
Chaqirdim, yo'q:) nonushtani xonaga qo'yib qaytib kelsam, mayizlarni shimib o'tiribdi:) yur, dedim, orqamdan biroz kelib, darrov orqaga qaytdi:) kuzatsam, yana mayizni yegani o'tiribdi:)
Piyolaga solib, xonaga olib keldim, bir xursand bo'ldi, yana sochdi, keyin yeyishga boshladi:)
"Voy- bo'" dedim, oson ekan-u seni aldash, demak mayizni yaxshi ko'ribdi, yana pishiq, suvini shimib, qattiq yerini "tup" deb tashqariga chiqarib qo'yadi:)
Ha, onajonimni jo'natgan mayizlaridan qolgan bir siqimi ham kunimga yaradi