Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!  ( 366118 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 ... 72 B


Usmon  12 Sentyabr 2011, 11:03:43

...
Usmonjon, bizdagilar xunuk Shrekniyam chiroyli yasashibdimi ;D

O'zbekona shrekda bu. Balla qo'qmasin deyishgande  :7

Qayd etilgan


Humayro  12 Sentyabr 2011, 11:43:00

Mani Shukriya jiyanim Soradan 1 kun katta ekan 13 iyunda 1ni to'ldirdi, ammo hali eplab yurolmaydi.

Ammo ayyor, so'ragan narsasini berishmasa qo'lchalari bilan ko'zlarini bekitib yolg'ondakam yigl'aydi, sekin barmoqlarini orasida esa qani berishyaptimikin deb kuzatib turadi. Agar so'raganini bersangiz qo'lini yuzidan olib 4 dona tishini ko'rsatib jilmayib qo'yadi
Mana:
bu 1 yoshga to'lmay turib

bunisi esa yaqinda tushgan rasmi

Qayd etilgan


Ansora  12 Sentyabr 2011, 11:45:21

Mashalloh. O'smalari tushib qolsin:) Ko'zlari qora zaytun a:) Alloh butun bolajonlarni yomon ko'zdan asrasin iloyim...

Qayd etilgan


Ansora  12 Sentyabr 2011, 12:33:32



Hayit kunlari yonimizdagi 15 gektarlik devday parkka borgandik. Park rostdan ham juda katta, 5-6 dona kirish eshigi bor har tarafda. U boshidan bu boshiga yurguncha soatlab vaqt ketadi. Abdulaziz Ensar na qo'limizda turadi, na kolyaskasida o'tiradi, katta yo'l, bir u tarafga yuguradi, bir bu tarafga:) birdan yo'lda bir bolakayni buvasi bilan ko'rib qoldi. Bola Abdulaziz Ensardan 1 oylik kichkina, 13 oylik ekan. Judayam yaramaz. Abdulazizga qo'l ko'targan ilk bola bo'ldi, bizniki esa hayron edi, nimalar bo'lyabdi, bu nima harakat ha, deganday hech narsa qila olmadi. Bolani ismi Salohiddin.

Salohiddin: Hey bola, urishasanmi?

Abdulaziz Ensar: Hayit kunlari urishmayman men ;D

Qayd etilgan


Lobar AZIZ  12 Sentyabr 2011, 15:47:21

Mani Shahinam ham katta qiz bo`lib qoldi:) 2 sentyabrda bir yoshga to`ldi. Bir necha oylik vaqtidan musiqa eshitib uxlashga odatlangan, "Devdas" fil'midagi "Maar dala" qo`shig`i - Shahinani "alla"si:) Shu qo`shiqni qo`yib, yostiqqa yotqizib tebratib o`tirsangizgina uxlaydilar :) Hozir musiqa ovoziga qo`llarini ko`tarib o`ynaydigan bo`lgan, mana bunday:

 :D

Qayd etilgan


Ansora  12 Sentyabr 2011, 15:51:58

Qarayabman-da butun bolalarda bir xil tarzdaki velosiped-a:) bizdayam bor, och yashil rangdagisidan. Dadasi birdan qaror berib, shoshilib olib kelgandilar, chunki qo'shni bolani kattakon velosipedini ko'rishi bilan dod deyaverdi to'palonchi.
Magazinda velosiped tanlashimiz ham qiziq bo'lgandi, avval to'q ko'k rangdagisini tanladik, Abdulaziz Ensarni o'tqizaman, desam qo'rqdi:) keyin och yashilni ko'rsatsam kuldi:) darrov yaxshi ko'rgandi. Demak, ranglar ham bolani ta'siri ostiga olarkan mushtdayligidan:)

Qayd etilgan


Ummu Muslima  12 Sentyabr 2011, 18:58:47

Kapalakhon  AbdulAziz Ensar rosa tartiblik,ozoda bola bo'ptilar,ko'z tegmasin
uncha muncha bola  oshxo'rak taqishga ko'nmaydi.

AbdilAziz Ensar: oyii bo'lar endi oshho'rak taqqanimmm ;D

Qayd etilgan


Ansora  13 Sentyabr 2011, 10:37:44

Kapalakhon  AbdulAziz Ensar rosa tartiblik,ozoda bola bo'ptilar,ko'z tegmasin
uncha muncha bola  oshxo'rak taqishga ko'nmaydi.

AbdilAziz Ensar: oyii bo'lar endi oshho'rak taqqanimmm ;D

Assalomu alaykum. Opa, o'zi qo'shnilarim ham ko'p aytib qolishdi keyingi paytda, hamma narsaga aqli yetyabdi, oshxo'rakka tag'inam indamayabdikan:) Abdulaziz Ensar tushundimi bilmadim, kunda 1-2 marta oshxo'ragidan tortib yig'lab qo'yyabdi. Majburman taqishga, chunki rosa oziq tishlari qashinib, chiqayotgan paytdamiz:) birpas taqmadimmi, bo'ynini tagidan boshlaydi ho'llashni.

Ertalablari nonushtasini patnisda tayyorlab olib kelaman, o'rganibdi shekilli, bugun patnisni ko'rishi bilan, o'zini ovqat yeydigan stulini tortqilay boshladi, ha dedim ochiqibdi:)

Qayd etilgan


Akbarjоn  13 Sentyabr 2011, 11:50:00

2 yoshdan o'tgan jiyanim ertalab akasi bilan urusib qolbdi

tili chiqqan, bir chirouli gapiradi

nonushtadan keyin qolini ochib duo qilyabdi:

- Omin, Dadam sog' bo'lsin, Ayam sog' bo'lsin, akam kasal bo'lsin ...

:)

Qayd etilgan


Ansora  15 Sentyabr 2011, 15:54:24

Yarim kecha. Abdulaziz Ensar birdan uyqusidan uyg'ondi, xuddi ertalabday ko'zlari katta ochiq. Ha turdi shekilli, deb belanchagidan pastga tushirdim. Uyqusirab soatga qarasam soat 03.10....o'g'lim, dedim ko'zimdan uyqu to'kilib, nima bor bu vaqtda....
Pitirlab koridorga chiqdi, orqasidan uyqusirab kelyabman, o'yinchoqlari turadigan xonaga kirdi to'ppa to'g'ri, birdan xursand ovozi eshitildi, ketidan "buvvvv, buuuuuuv" tovushi....Avvaliga uyqusirab turganim uchun tushunmadim, keyin qarasam 1 oydan beri ko'rmagan kichkina kamazini o'ynayotganini ko'rdim. Ha-ya, kecha kechqurun doimo parkka olib borib, qum bilan o'ynaydigan kamazini yuvib xonasiga qo'ygandim, shu:) dedim. Bola-da kechani uchi, demasdan buvvvvillab o'ynayabdi...uxlaguncha 1.5 soat uyqusiragan tomoshabin bo'ldim tepasida ;D

Qayd etilgan