Agar kimsasiz orolga tushib qolsam men ham Robinzon Kruzoday o'zim ekin-tikin qilib, kunimni o'tkazardim. Bolaligimdan shu kinoni ko'rib ko'p marotaba o'zimni yakka yolg'iz orolda xayol qilganman
Kitoblarga kelsak:
1. Qur'oni Karim va tarjimasi. Chunki inson tanho qolganida yana ham Allohga yaqin bo'ladi, deb o'ylayman.
2. Yusuf Qandehlevining "U (S.A.V)ning go'zal ahloqi" kitobi.
3. Alisher Navoiyning : "Lisonut tayr" asarini
4. Yusuf Qandehlaviyning yana : "Asri saodatda ko'rilgan İlohiy yordamlar" kitobini.
5. O'tkir Hoshimovning : "İkki eshik orasi" romanlarini yonimda bo'lishini hoxlardim.