Ikki do`st arosat yalangligida qolishdi. Ulardan biri jannat tomon yana biri do`zax tomoniga ketishi zarur negaki ular o`z savoblaridan 2 paysasini bir birlariga hadya etishmoqda shu sababli ham ular o`rtasida bahs ketmoqda, bahs so`ngida esa:
Yigit: Ahvolimni tushun, sen ham, bahaqqi imon,
Sen olasan mendan o`sha ikki paysani,
Do`st: Aslo! Aslo! Sen olasan!
Yigit:Yo`q,yo`q, mutlaqo!
Do`st: Sen olasan!Sen olasan! Oxirgi so`zim!
Yigit:Tingla, do`stim kelayotir qandaydir sado!
Birga o`sdik, mayli birga topaylik to`zim.
Sado:Volidayu padarlarga qulluq va rahmat!
Tashakkurlar bo`lsin nurli inson zotiga.
Fikringizni lekin bu yon buring bir fursat.
Zehn soling gapning asl tafsilotiga.
Ikki do`stning sadoqati, mehri, himmati
Koinotning qadridan ham turgaydir baland.
Hech ne bilan o`lchanmaydi do`stlik qimmati,
Qulatgay sarhadlarni qudrati bilan.
Hikoyadan murodim shulkim, ulug`, muhtaram
Do`sti sodiq nasib etsin har kimga har on.
Jannat ato qilajakman ikkingizga ham,
Jannat yo`li mana, sizga ochiq, charog`on.
Atrof birdan yorishib ketadi.
Abdulla Oripov "Jannatga yo`l"dramatik doston