Assalomu alaykum!
Blog nima? degan savol ko'pchi9likni qiziqtirishi mumkin.
Xullas, blog so‘zi inglizcha "web log" so‘zidan kelib chiqqan. "Web log" — "veb jurnal", "veb kundalik daftar" kabi ma'nolarni beradi. Ya'ni, blog yurituvchi odam(lar) turli xildagi hayotida bo‘layotgan voqealar, rasmlar, videolarni o‘z blogida chop etib boraverishadi. Bundan tashqari, blog yuritishning mikroblog turi ham keng ommalashdi, bunda, o‘zingizning hozirda nima bilan mashg‘ulligingizni oddiy matn bilan yozib qoldirasiz. Do‘stlaringiz esa, siz qoldirgan xabarlarni ko‘raverishadi.
Forumdagi blog ham xuddi shunday bo'ladi. Unda nimalar kiritilishi mumkin?
- kundalik mulohzalar
- ijodiy ishlaringiz
- o'zingiz olgan suratlar
- sizni qiziqtirgan maqola
- turli qiziq rasmlar
- istasangiz tarjimai holingiz va rasmingiz
- siz kimgadir ravo ko'rgan audio yoki video ma'lumotlar
Xullasi kalom, blog bu sizning shaxsiy sahifangiz. Uni o'zingiz yuritasiz va boshqalar ham kirib sizning sahifangizga baho berishi, undagi ma'lumotlardan foydalanishi mumkin.
(matn muallifi--Abdulaziz)