Boshimdagi tojim - onam!  ( 92941 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 13 B


Robiya  04 May 2009, 13:41:42

  :bsm:

Yer yuzidagi barcha onalarga bag'ishlanadi.

 
      Onajonim...Onajonginam o'zimni... Tunlar bedor o'tgan kunlarida chekkan azoblariyu zahmatlariga bizning birgina tabbasumimizni almashgan, aksincha birgina tikan kirganda yuragi tilka-pora bo'ladigan onajonim...

  Ulkan daryolarning boshi qayerdan boshlanadi?

  Buloq qaysi joyda ko'z ochadi? Vatanni madh etgan qo'shiqlar alifbosini, shu yurtning odamlari qalbidan olinadimi, cho'llarning sukunatidanmi, bog'lardagi shitirlashlardanmi, tog'lardagi daryolarning toshqinlaridanmi, shaharlardagi shiddatdanmi, yigitlarning jasoratidanmi? Yo onalarning mehriyu, qizlarning husni - latofatidanmi? Mana shularni so'zga aylantirolmagan odam Vatanni madh etuvchi qo'shiqlar yoza oladimi? Mana shu alifboni o'rgangan odam shoir bo'ladimi?

   Men uchun Vatan onamning yuragidan boshlangan...


  Yurtimizning mashhur adiblardan biri Muhammad Ismoil onalar mehrini shunday ta'riflaydilar...





Blog uchun umumiy qoidalar:

1. Barcha forumdoshlar post qilishi mumkin.
2. Blogda onajonlarga oid maqola, she'r, hikoya, rasm, video, mp3, flash o'yinlar kiritib boriladi.
3. Kiritilgan postlar faqat onajonlar bilan bog'liq bo'lishi kerak. Boshqa mavzuda post qilmang.
4. O'z onajoningizning suratlari, ular hayotida bo'lib o'tgan qiziq voqealar, onajonlar bilan bog'liq mp3 va videolar joylanishi qo'llab-quvvatlanadi.
5. Forum etikasiga to'g'ri kelmaydigan postlar o'chiriladi.
6. Blog yuzasidan talab va takliflar, shikoyatlar mana bu Manzil da qabul qilinadi.
7. So'nggi va eng muhim shart - barcha postlar mana shu ko'rinishda bo'lishi shart. (Feruzarangda, jirniyda)

Qayd etilgan


Robiya  04 May 2009, 14:06:07

                                                                                 ***

   Onam qishning uzun kechalari oyog'ini sandalga tiqqancha, paxtani chigitdan sitib o'tirardi. Men esa onamning sochlariga turmaklangan Nikolay tangalarini o'ynab shildiratardim.

- Alhamdu, deginchi, - derdi onam.
- Alhamdu... - derdim men.
- Lillahi...
- Lillahi bu nima degani, - derdim, nima deyayotganimni tushunmay.
- Bu hamma bilishi kerak bo'lgan kalima. Payg'ambarimiz g'orda o'tirganlarida, farishta Jabroyil "O'qi" deb buyruq bergan.
- Farishta kim?
- U har bir odamning o'ng va chap yelkasida bo'ladi. Kim urushsa, so'kishsa, singillarini turtib o'tirsa chap yelkasidagi farishta, kim kattalarni ko'rganda "salom" bersa, molga xashak solsa, maktabdan "besh" olib kelsa, o'ng yelkasidagi farishta yozib o'tiradi. Keyin ikkivo hisoblab chiqadi. So'ng odam uzun arqon tortilgan dordan yurgiziladi. Kim yaxshi bola bo'lsa, dordan o'tib ketadi. Yomon bola esa dordan yiqilib, olovning ustiga tushadi...
- Hoy, Juman so'fining qizi, yosh bolani kechasi qo'rqtima, - derdi mudrab yotgan otam, u yoqdan bu yoqqa ag'darilarkan.
- Esi ko'p bola dordan o'tib, bir boqqa tushadi. Bu bog'da bir ariqda sut, bir ariqda asal oqib yotadi. Kim qancha xohlasa, shuncha ichadi.
- Sigirning sutimi? - derdim tamshanib.
- Undan ham shirin sut. Qani endi "Alhamdu" degin-chi!
-Alhamdu...
- Lillahi...
- Lillahi...
- Robbil a'lamiyn...
- Robbil a'lamiyn...

   Men, onam menga alla aytganlarini eslolmayman. Chaqaloq bo'lganim uchundir, onam aytgan allalar esimda qolmagan. Yuqoridagi so'zlar, xotiram sahifasiga yozilgan birinchi so'zlardir.  Muhammad Ismoil

Qayd etilgan


Robiya  04 May 2009, 14:30:05

ONAJON

Muhammad Yusuf

Topmoq - yo‘qotmoqdir,
Yo‘qotmoq — topmoq,
Sen so‘lib,
Men yashab,
To‘lishimga boq.
Sensiz topganimdan
Ko‘proq yo‘qotdim —
Sen meni yupatding,
Seni yig‘latdim,
Sen meni yaratding,
Seni tugatdim.
Uyalmay ONA deb,
Kelishimga boq!..
Sog‘inch haqda she’rlar
Yozdim o‘zimcha,
Mendan peshonangda
Dog‘lar tizimcha.
O‘g‘il bo‘lmay o‘lay,
Attangb ming attang.
Qiz tug‘sang netardi,
Ko‘proq qiz tug‘sang!..
Tirgak bo‘lolmadim
Bitta qizingga
Uyalmay shoirman
Deyishimga boq.
Joningdan aylanay,
Turgil jonajon,
Yo‘l qarab bo‘ldimi
Jigarginang qon?
Boqma, ko‘zlarimga
Bemajol, xasta,
Mening topganlarim
Gulmi bir dasta,
Yo‘qotganim senmi
Endi ONAJON?..
O‘z etimni o‘zim
Yeyishimga boq.
Bilsang yuragimni
Bir alam elar.
Buyursang qo‘limdan
Kelmaydi nelar,
Ayt,
Pichan yig‘aymi,
O‘tin yoraymi,
Yerni haydayinmi,
Ko‘k ag‘daraymi?..
Itdek oyog‘ingga
Suykalgim kelar —
Uchib-uchib, mana
Qo‘nishimga boq.
Hech narsa kerakmas,
Bolam, hech deysan.
Endi kech deysan-da,
Endi kech deysan.
Yuzimni bosaman
Muzday yuzingga,
ONAJON,
Zor qilib ketma izingga!
O‘lim oldida ham
G‘amimni yeysan,
Men-chi, jim, taqdirga
Ko‘nishimga boq.
She’rim bitdi,
Xayr,
Do‘stlar xush qoling.
Bedil yashamakka
O‘rganmang menday
Boring,
Volidangiz
Ko‘nglini oling,
Ertaga
Kech qolib
O‘rtanmang menday.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  04 May 2009, 16:45:31

Blogning ochilish marosimi

Assalomu alaykum.

Mana uzoq kutilgan voqea ro'y berdi. Forumchilar blogi bo'limida Forumimizning eng faol userkalaridan biri Robiyaxonning blogi ochildi.
Avvalambor ushbu blogning ochilish marosimida yig'ilgan ekanmiz, tadbirimizni ochish uchun so'zni adminimiz AbdulAziz akaga bersam.

AbdulAziz aka blog egasiga o'zining samimiy tilaklarini bildirib o'tdi va blog faoliyatining muvaffaqiyatli chiqishi uchun uzundan-uzoq duo qildilar. Omin! Aytgancha adminimiz so'zlarini oxirida o'zlari bilan olib kelgan kitobni ularga xamir uchidan patir (Patir ham Buxorocha ekan) sifatida taqdim etdilar

AbdulAziz aka tabrigidan keyin Ozodbek Nazarbekov o'zlarining diltortar kuylari bilan o'tirganlarni Xushnud etdi! (Voy, men ham bor ekanman)

Ajoyib va ko'ngilochar ashuladan so'ng so'z navbatini Chustiy domla oldilar. Ular garchi Robiyaning blogi o'zlarining blogiga asosiy raqib bo'lsa ham baribir ularga chin dildan omad tilashlarini istar-istamay aytdilar. To'yga to'yona bilan deganday (kechirasizlar, bu kimni to'yi o'zi?) Chustiy domla ham Onalar surati tushirilgan katta tortni Robiyaxonga taqdim etdilar.


Endi so'z navbatini Abdurahmon va Mr.Twister boshchiligidagi Buxorodan tashrif buyurgan bir guruh userlar olishdi. (To'g'risini aytsam ular so'zga chiqadiganlar ro'yxatiga kirmay qolgan ekan, Abdurahmon kelib shunaqa janjal qildiki... "Robiyaxon ozib-yozib bir blog ochsa-yu, biz tabriklamaymizmi?" dedilar. Tsss... Tag'in o'zlari eshitib qolmasin)
Xullas, ular davraga chiqib keldilar. Ana, Munavvara va Hadija Robiyaxonga atalgan sovg'alarini olib chiqdilar. (Sovg'a chiroyli qilib o'ralgani uchun ichida nima borligini bilolmadim)
Keyin esa o'zlarini tilaklarini aytib o'tdilar. (Barcha Buxoroliklar tojikcha gapirganlari uchun nima deganlarini umuman tushunmadim)


Yana musiqiy tanaffus... Ilhom Farmonov ijrosida "Onajoning rozi qil" qo'shig'ini tingladik. Meni hayron qoldirgan narsa, bu og'ir qo'shiq bo'lsa ham, ammo ZUBAIR va Abdullah ikkalovi davraga chiqib biram chiroyli qilib raqsga tushishdiki asti qo'yaverasiz.

Ana endi davraga Muslima bo'limining qizlari nomidan Munira xonim, mutaallimah, Mahdiyah so'zga chiqdilar. Ular ham shirindan-shakar tilaklarni tilab, blog yuritish bilan bog'liq faoliyatda Robiyaxonga omadlar tiladi. Ayniqsa Munira opamiz shunaqa ta'sirli gapirdilarki, ta'sirlanganimdan ko'zimga yosh keldi. (Hech kim ko'rib qolmadimi ishqilib...)

Davraga Robiyaxonni tabriklash uchun "Dutorchi qizlar" ansambli va ular bilan birga ikbaljohn hamda ChehMik chiqib keldilar. Keyin nima bo'lganini aniq eslolmayman... Faqat bir qaraganimda ikbaljohn bilan ChehMik bitta dutorni talashayotgan edi.

Tadbir oxirida Robiyaxonning o'zlari davraga chiqib, barchaga o'zining cheksiz minnatdorchiligini izhor qildi. Ochgan bloglarini barcha uchun foydalimanzilga aylantirishga va go'zal blog sifatida faoliyat olib borishiga va'da berdilar. Ular o'z minnatdorchiligini bildirar ekanlar, ko'zlarida miltirab turgan yosh xuddi erta  tongda maysa ustida nimjongina jon saqlab turgan shudring misoli shundoqqina ko'rinib turardi. (Yomonam o'xshatish bo'ldimi?)

Tadbir so'ngida Robiyaxon Forumning yangi userlariga dastxat berdilar...


P/S: Mana, sizga bergan va'damni bajardim...

P/S-2: Bu g'irt offpost bo'lgani uchun rangini o'zgartirib o'tirmadim.

Qayd etilgan


Robiya  06 May 2009, 09:37:26

Bir kuni muharrir do’stlarimdan biri: "œOnangiz haqida chiroyli bir asar yozib bering", - deb qoldi. Xo’p dedimu, qo’limdan kelmaydigan ishga va’da berib yuborganimni keyinroq, onam haqida yozishni boshlaganimdan so’ng bilib qoldim. O’ylab qarasam onam haqida ko’p joyda interv’yu beribmanu, lekin biron jo’yaliroq asar yozmaga ekanman. Keyinchalik, negaligini o’ylab qarasam bu juda qiyin ish bo’lgani, kichkinagina hikoyalar yozib yurgan havaskordan roman yozishni, shabadadan bo’ron bo’lishni, musichadan burgutday uchishni, ariqdagi oy askidan olamni yoritishni, ninachini ko’zlarida yosh ko’rishni talab qilishday gap ekan.

   Men, Amerikda bor — yo’g’i o’n besh kun bo’lib, Amerika haqida kitob yozgan odam, Yevropa, Afrika, Osiyo davlatlari, Xitoy, Hindiston, Afg’oniston, Indoneziya, Yangi Gvineyada bo’lib, shunchaki taassurotlar tufayli o’nlab badialar yozgan odam, har bir o’y-xayolim, fikrlarim, tuyg’ularim tutashib ketgan, jonu jahonim bo’lgan onam haqida rostdan ham shu paytgacha hech narsa yozmagandim. Meni o’lim bo’sag’asiga yetaklab borgan, yana o’zi shafqat qilib qaytarib kelgan va hali — hanuzgacha yuragi men uchun sirliligicha qolgan bir dilafgorni madh etib o’nlab she’rlar yozdimu, meni hamisha himoya qiluvchi farishtaday bo’lgan onamni madh etib, ikki qator she’r yozmabman. Hamisha notinch, sarosimali, ertangi kuni jumboq bo’lgan alg’ov — dalg’ov hayotim haqida, o’zim haqimda o’nlab asarlar yozibman — u , lekin meni tetapoya qilgan, yiqilganimda suyangan, yurganimda yo’ldosh bo’lgan, quvonganimda alqagan, o’zimdan ham, o’zidan ham meni ko’proq suygan onam haqida hech narsa yozmabman. Nega?  Muhammad Ismoil


Qayd etilgan


Robiya  06 May 2009, 09:38:22

80 — yillar Afg’onistonga harbiy xizmatga chaqirishganda, onamning ko’z yoshlari to’kilmasin deb, vokzaldan qaytmaganmidim. Besh yillik viza berib, Amerikaga ishga chaqirishganda onamni sog’inib qolaman deb, yo’ldan qaytgan men emasmidim?! Bir umrlik orzum bo’lgan Moskvadagi Jahon adabiyoti instituti eshiklaridan qaytib, u yerda o’qigandan ko’ra keksa onamning duolarini olib qolay degan odam menmasmidim?! Qirq yil yashab, hayotda biron marta so’zini qaytarmaganim, ko’ziga tik qaramaganim, qilcha shodligimni ham, qilcha qayg’uimni ham qirqqa bo’lib ko’rsatganim, qirq bor xabardor qilgan, qirq bor qayg’urtirib, qirq bor quvontirganim, bolalarimga bermaganimni berganim, yaxshidan yaxshi, yakka-yu yagona insonim bo’lgan onam haqida yozishim uchun, nega o’zimda kuch, qudrat topolmayman. Qachongacha topolmayman?!

   Hayot menga abadiy berib qo’yilganmi? Qirqqa kirganimda kirmagan aqlim qachon kiradi?

   Do’stimga biron bahonani ro’kach qilarman. Ammo o’zimga qanday bahona topaman? O’zimni qanday aldayman. O’zimning vijdonim yo’qmi? O’zimni o’zim aldasam, dunyoda mendan ham razilroq odam bo’ladimi?!

   O’ylab ko’rsam, o’zimni o’zim shu paytgacha aldamagan ekanman. Shu paytgacha buyuk odamlar haqida buyuk asarlar yozish kerak, degan o’yda bu mavzularga qo’l urmagan, chetlab yurgan ekanman. Muhammad Ismoil

Qayd etilgan


Robiya  06 May 2009, 09:40:16

Bu safar esa, yurak yutib, shu mavzuga qo’l urayapman, yozgandan ko’ra, yopzmagan yaxshi deyuvchilar uchun oldindan, bir hikoyatni aytib beramanki, meni yozishim ham xuddi mana shu chumoli haqidagi hikoyatga o’xshaydi:

   "¦Odamlar yo’lda ketayotsa, bir chumoli qarshisida turgan tog’ning toshlarini yelkasiga ortib, chetga chiqarayotgan emish. Undan nega bunday qilayotganini so’rashibdi.

-   Tog’ning narigi yog’ida onam bor. Onamning oldiga borib — kelishim uchun tog’ning o’rtasini yorib, o’zimga yo’l qilyapman, - debdi.

Odamlar:

-  Bu sening qo’lingdan kelmaydi-ku, - deyishsa:
- Qo’limdan kelmaslik bahona bo’lolmaydi, - degan ekan.

Men uchun ham xuddi shunday. Onam haqida buyuk asar yozishga harakat qilaman. Buyuk asar yozolmasam, buyuk mehr — muhabbat bilan yozishga harakat qilaman. Mehr — muhabbatimni bor bo’yicha izhor qilolmasam, yaxshi yoritolmasam ham, baribir yozaman. Yaxshi yozolmasligim endi bahona bo’lolmaydi. Muhammad Ismoil 

Qayd etilgan


Robiya  06 May 2009, 09:42:36

                                                                             ***

G’amgusorim, xokisorgina onajonim"¦

   Mana, necha oydirkim men — bebosh farzandingizni deb qiynalasiz, unsiz yig’laysiz"¦ bildirmaysiz menga, men beboshga"¦

   Nega bunchalar mehribonsiz?! Shuncha mehrni qaydan olasiz?! Yana mendek farzand — beboshga"¦

   Onajonim, o’zimni volidam,"¦sizni ta’riflashga hatto qalam ham ojizlik qilmoqda,"¦to’xtab-to’xtab qolmoqda"¦ Lekin, lekin sizning duoingiz hecham to’xtamaydi — "œQayerda bo’lsang ham, Alloh baxtingni bersin, qizim!..".

    Yana ko’zim yoshlanadi, Sizni ko’zingizni yoshlatgan qaysar yuragim endi Siz uchun qayg’ura boshlaydi"¦ Ehh, bebosh yurak, qaysar dil, endi nega ezilasan?! Onajonimning dilini poralab bo’ldingku"¦ O’zimni o’zim koyiy boshlayman. Shunda beixtiyor Sizning siniq tovushingiz eshitiladi: "œQizalog’im, issiqqina non yopdim, yeysanmi?..". Endi yanada qattiqroq azoblanaman"¦ Ammo bu — men to’kayotgan yosh Sizning menga bag’ishlagan bir tuningizga ham arzimaydi onajonim"¦

   Ehh, yuragi mehrga limmo — lim onajonima, onajonginam"¦ Meni bergan azoblarimga iliq taftingiz ila javob qilib, men beboshni ilgarigidan-da ziyoda erkalatyapsiza?.. Sizga,.. Sizga oltinu kumushlardan haykal qo’ysa ham, ko’zingizda kulib turgan quvonchni, ne-ne azoblarni ko’rgan bo’lsa-da, boshqalardan halovatini ayirmaydigan saxiy yuragingizni, mehrga to'la qalbingizni ifoda etishga ojizlik qiladi... Necha -—necha shoirlar qo’liga qalam olishiga sabab bo’lgan onalar mehri — muhabbati Sizga kelganda yozmay qolishi tayin"¦ Yoki hamma onalar bir xilmikin?! Yo’q!!! Siz boshqachasiz!!! Go'zal Ahliddin qizi
[/b]

Qayd etilgan


Robiya  06 May 2009, 09:47:31

                                            * * *   
 
   Mana, bugun yana o’qishda kech qoldim. Sim qoqishni boshladingiz: "œQizim, qizginam salomatmisan?".. E’tiborsiz "œHa" deb qo’ya oldim,xolos. Siz esa o’sha — o’sha mehribonlik bilan gapirdingiz: "œKech qolganingga xavotir oldim-da bolajonim""¦ Men bebosh, noshud farzandingiz esa yana o’sha bemehrlik bilan so’z qotdim: "œBoraman yarim soatlarda". Bilmadim, aniqrog’i qadriga yetmadim so’zlaringiz"¦ Tashvishlanishingiz meni sira tashvishlantirmadi o’sha damda"¦ Hecham o’ylamadim qalbingiz og’rishini"¦ Uyga kirib borganimda hovlida kutardi nigoron ko’zlaringiz men — bebosh farzandni"¦ Meni soyamni ko’rar — ko’rmas, porlab ketdi ular, tilingiz ham qanddek so’zlay boshladi: "œAsal qizim, shakar qizim, o’qimishli qizim mani, yaxshi keldingmi? Qani bir onajoningni bag’riga kelchi"¦". Men-chi,men, men — noshud qizingiz salomini yoqar — yoqmas berib, "œonajon, qo’ysangizchi, yosh bolamasmanku meni erkalasangiz", deya uyga kirib ketdim"¦ Manmanlik, kibru havoni bor ana do’stingga qil, dugonangga qil, seni dunyoga keltirishda hayotini garovga qo’ygan, dunyoga kelganingdan keyin ham tahlikali davrdan seni sog’-salomat olib chiqqan, yoshing katta bo’laversa-da, hamon yosh go’dakdek ko’radigan ONAngga shunaqa qilasanmi"¦ deyishni o’rniga, indamasdangina kirib, ovqatlarni suzib chiqdingiz, yana o’sha yuzda tabassum, ko’tarinki kayfiyat bilan: "œQizim, o’qishing yaxshi o’tdimi? Charchab qolmadingmi?".. "œYo’q, ona, hammasi yaxshi rahmat, juda charchadim, shundoq ovqatni yeymanu uxlayman". Tamom!!! Bir kunlik xavotir evaziga topganingiz mana shu 2 kalima so’z bo’ldi, xolos.. Ehh, onajonima, shundayam kulib turdingiz: "œXo’p,qizim, ovqatlanib, uxla,damingni ol, ertaga yana o’qishga borishing kerak"¦". Shunday suhbat (agar buni suhbat deyish mumkin bo’lsa) asnosida kechki ovqat ham tanovul qilindi. Men esa aytganim — uxlashga chog’lanaman"¦ Yotibman mana, miyada har xil xayol, fikr — diplom ishimni yozish kerak, testni yodlashim kerak, dugonam bozor chiqamiz degandi, unga vaqt topish kerak, shuncha ishga qanaqa ulguraman"¦ Shu xayollar bilan uxlab qolganimni ham bilmay qolaman ba’zan"¦

   "œTuraqol, qizim, tur, o’qishga kechga qolasan. Ovqatingni tayyorlab qo’ydim, darrov yuvinib kel, aks holda nonushtaga ulgurmaysan bo’talog’im".

    Erinibgina bosh ko’taraman"¦ Yana o’sha — o’sha kundalik turmushg davom etaveradi"¦ Ularda bir umumiylik bor — ONAJONIM menga hamma vaqt, hamisha mehribon, men — bebosh farzand esa"¦ Go'zal Ahliddin qizi

Qayd etilgan


Robiya  06 May 2009, 09:49:20

                                          * * *

     Yana yoza boshlayman"¦ Ko’zda yoshim to’xtamaydi. Hatto ular ham Sizning tarafingizni oladiya, onajonim"¦ Butun tanam Sizning mehringizdan qonib turganda ham tan olgim kelmay, yurakka bo’yin egmayman go’yo"¦

Qayoqqa ham borarding Go’zal?! Seni bu injiqliklaring-u, qaysarligingni ma’sum onajoningdan bo’lak kim ham ko’tarardi?! Kim???

     Hech kim, bildingmi, hech kim Sening bemehrligingga bardosh berolmaydi. Vale, ONA QALBI, ONA MEHRI — onajoningning shiori, tug’i yanglig’ porlab turadi mudom, doimo. Bemehrligingi mehri tafti ila isitmoqchi bo’ladi, shunda ham unga azob berasan, bir quchoqlab, o’pishga yaramaysan. Seni bu o’qiganlaring ONAngga dunyoni olib berarmidi?! Seni kutib uxlamagan ko’zlarining nurini qaytarib berarmidi?! Yoki unga biror mukofotu maqtovlarni keltirarmidi a? Ayt!!! Javob berolmaysan-a? Albatta, berolmaysanda, sababi tushunib turibsan o’zing ham nohaqligingni, kimga kimga — ONAJONingga-ya???

   Aqling kirguncha kech bo’lmasmikin?! Endi bu qolgan umrida Onangni rozi qila olarmikinsan?.. Yana istehzoli kulasan, "œOnam mendan hamma vaqt rozi bo’lganlar" deysan-da, to’g’ri qilasan ham. Seni onang — bu seni onang! Farzandiga hayot beribdimi, uni jahannamda kuyishiga jim qarab turarmidi, noshud, bebosh qiz??? Yana ko’nglingni xotirjam qilib yurmoqchi bo’lsang, adashasan, endi o’zing xohlasang ham, butun vujuding onang tomon talpinadi. Istamasangda onangni visoliga shohshadi endi"¦ Buni men — QALBing aytyapman"¦  Go'zal Ahliddin qizi

Qayd etilgan