Boshimdagi tojim - onam!  ( 92828 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 13 B


Fatima  12 May 2009, 12:19:13

                Allalaring sog`indim, ONA!!!

Dunyo rutubatning maskani ekan,
Dam qora mehnatning maskani ekan,
Qayg`u va g`urbatning maskani ekan,
Sokin allalaring sog`indim... ONA!

Oromimga hasrat beshik, taroshlar,
Shafaqqa qizarib, botdi quyoshlar.
Bir muddat ko`ksingga qo`yayin boshlar,
Sokin allalaring sog`indim... ONA!

Ko`nglim buzar yashash shovqin, suroni
Qayg`uli, g`urbatli o`tgan har oni.
Shu kezlar yuragimning dardli darmoni
Sokin allalaring sog`indim... ONA!

Ne baxtki, yuragi tilka bolangman,
Qarimay qartaygan erta bolangman.
Lek, seni hali ham erka bolangman,
Sokin allalaring sog`indim... ONA!

Kecha ochgan eding, erkalab quchoq
Bugunchi beshigim bo`lmoqda tuproq.
Ko`zimni bosganda manguga mudroq,
SOKIN ALLALARING SOG`INDIM... ONA!!!


PS: postni rangini 3 marta tuzatibman-a?

Qayd etilgan


Robiya  12 May 2009, 17:33:53

Assalamu alaykum!

Mana bu savol ham ota-onaga taalluqli bo'lgani sababli kiritishni joiz deb topdim.

<a href="http://www.youtube.com/watch?v=XpliCAXDkp8" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=XpliCAXDkp8</a>

Савол: "¦ Золимлардан қсрқув бор. Буни уйдагилар ҳам айтиб туришар сди. Шунинг учун чет слга кетишга қарор қилган сдим. Ота-онам рози бслмайди деб уларга айтмасдан кетдим. Куфр юрти бслгани билан бу ерга масжид ёнида сшаш учун келганман. Бу ерда ишчи бслиб келаётган сзбеклар ксп. "œҲеч бслмаса шуларга чет слда туриб тушунтиришимиз керак" деб ҳам ксп сзбекистонлик биродарлар бу ердан кетишмаспти. Бу ерда интернетдан фойдаланиш жуда қулай. Ўзбекча исломий китобларни керак бслса чоп стиб скшанба кунлари сқишга ҳаракат қиламиз. Лекин бошқа кунлар ҳамма сзи билан сзи овора. Ота-онам рози ҳам бслишган сди. Лекин ҳозиргача қайтишимизни хоҳлашади.

Абдуллоҳ. www.islomovozi.com

Qayd etilgan


Robiya  12 May 2009, 18:10:09

Baxtimiz — Onajon!

Tunlari yozibman kimgadur she’rlar,
Kimgadur o‘zimni bag‘ishlab har on.
Muhabbat desalar berardimku jon,
O‘shanda unutdim sizni Onajon.

Do‘stimga ishonib sirim ham aytdim,
Dushmanni hamma vaqt do‘stim deb bildim.
Yomonlik, razillik barchasin qildim,
Sizni o‘ylamadim bir dam Onajon.

Do‘st sirimni olamga yoyib ham bo‘ldi,
Ishonganim ustimdan kulib ham bo‘ldi.
Nahotki quvonib yig‘lagan chog‘da,
Sizni o‘ylamadim bir dam Onajon.

***

Yuz o‘girdi hatto o‘z do‘stim,
Va‘dasin unutdi bevafolar ham.
Boshimga tushdiku malomat toshi,
Yolg‘iz boshginamda yig‘ladi Onam.

Ko‘zimni ochib qarasam shu choq
Yig‘lab turar munis bir inson.
Ko‘zlaridan tutib so‘rayman
Gunohkor o‘g‘lingni kechir ONAJON!..

www.uzforum.com dan olindi.

Qayd etilgan


Fatima  13 May 2009, 16:25:32

ONAga talpinib...

Bir mehring olamni to'ldirib turar,
Bag’ringdan hayotga talpinib keldim.
Bir dunyo bolalik sho’xliklarimni,
Onajon, qoshingga etaklab keldim"¦

Kitobni ushlatib, maktabga eltding,
Maktabdan har kuni uy tomon yeldim.
Gohida bir maqtov, gohida tanbeh,
Onajon, qarshingga yetaklab keldim"¦

Faxr-la, g’urur-la oq yo’l tilading,
Ilm deb eng katta shaharga keldim.
Har safar "œDunyoda sendan ulug’ zot,
Onajon, also yo’q!", demak-la keldim...

Fashist-la kurashib, qo’ldan ayrildim,
Afg’onda oyoqning qadrini bildim.
Bir nidong doimo chorladi meni -
Onajon, huzringga emaklab keldim"¦

Qayd etilgan


siddiqa  14 May 2009, 05:58:17

Onaizor
Ko`nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham,
Qolar bo`lsam bir kun axir tildan ham"¦
Agar bir zot yig`lasa chin dildan ham -
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u"¦

Sig`may qolsam shunday keng bu jahona,
Osmonlarga ruhim bo`lsa ravona,
Jonsiz tanim ustida ham parvona -
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u"¦

Tonar bo`lsa qo`limdagi tor, dunyo,
Uch kun o`tmay unutgay do`st-yor, dunyo.
Yeru ko`kni titratib zor-zor, dunyo -
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u"¦

Gulday kulib yurmasmidi, o`g`lim deb,
Ko`rib ko`nglim to`lmasmidi, o`g`lim deb,
Onang o`lsa bo`lmasmidi, o`glim deb
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u"¦

Ko`nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham,
Qolar bo`lsam bir kun axir tildan ham"¦
Agar bir zot yig`lasa chin dildan ham -
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u"¦

M.Yusuf

Qayd etilgan


mutaallimah  15 May 2009, 13:36:28


Bloglar muborak bo'lsin opajon  :)

<a href="http://www.youtube.com/watch?v=PdfmQ6prs1Y" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=PdfmQ6prs1Y</a>

Qayd etilgan


Zamiraxon  10 Iyun 2009, 12:33:27

 :as:


Yer yuzidagi barcha tiriklik, chumolidan tortib filgacha, ona mehrisiz yashay olmaydi.

Qayd etilgan


Robiya  15 Iyun 2009, 15:22:51

    Onam haqida gapirishim kerak bo’lganda, xuddi yuragimdagi sirlarni birma — bir oshkor qilayotganday, ko’nglim qa’ridagi hammadan yashirgan asrorlarni avra — astarini chiqarib, yoyayotganday bo’laveraman. Ishoning, bu men uchun og’riqli hodisa. Xuddi birovlar meni majburlab, yuragimni yorib, operatsiya qilayotganday bu o’z ixtiyorimdagi tabiiy holat emas. Men majbur bolayotganday bo’laveraman. To’g’risini aytsam, men xalq deganda, millat deganda, hatto Vatan deganda ham birinchi o’rinda onam ko’z oldimga keladi. Hatto o’zbek tili nima deganda ham avvalo onamning gapirishi, talaffuzi, shevasi, ohangi ko’z oldimga keladi. Men onamning gapirishini o’zbek tili shu bo’lsa kerak deb bilaman. Qohiraga ketayotganimda, magnitofonni lentasiga onamning gaplarini o’zbek tilini sog’inganimda, eshitib yuraman, - deya yozib olganman.

   Ishonaman, agar onam Sirdaryodan Toshkentga ko’chib kelsalar, Toshkent men uchun kindik qonim to’kilgan yer bo’lib qoladi. Ishonaman, agar men adabiyotga onamning obrazini olib kirsam, men adabiyotga yana bir o’zbek ayolining obrazini olib kirgan bo’laman. Lekin bu men uchun yulduzlardan-da yiroqdagi erishib bo’lmaydigan orzu bo’lib tuyuladi. Ona xalqimning birinchi vakili bo’lgan onamga yoqadigan asar yozmaydigan bo’lsa, yozishning umuman keragi yo’qdek tuyuladi. To’g’ri, men ham asarlarim butun dunyo xalqlari o’qishini, mening asarlarim ham jahon adabiyoti namunalaridan bo’lishini istayman. Lekin o’sha adabiyot sari olib boriladigan yo’l, har bir yo’lning boshi bo’lganidek, me uchun bu yo’l, xalqimning eng katta xazinasi — onamning yuragidan boshlanadi. Albatta, men bu yurakka quloq tutar ekanman, yozuvchi sifatida, sizlarga juda ko’p javohirlar tuhfa etaman, mangu qolguvchi duru gavharlarni hadya etaman.

   Onam aytadilar:

-   Dunyoni so’z yaratgan! Olloh taolo, "œYaral", - dedi, Yeru osmon paydo bo’ldi. dunyoda birinchi yaralgan narsa so’z bo’ladi. Shuning uchun so’zdan ehtiyot bo’l. So’z xuddi afsungarga o’xshaydi. O’zi ko’rinmasa-da, aytilgan narsa yaralaveradi. Agar "œmen yaxshiman", desang yaxshi bo’lib ketaverasan. Mening atrofimdagi odamlar yaxshi odamlar desang, atrofingga yaxshi odamlar to’planaveradi. Teskarisini aytsang, teskarisi bo’laveradi. Kasbing so’z ekan, faqat yaxshi narsalarni niyat qil, faqat yaxshi so’zlarni so’zla. Odamlar yaxshi so’zlaringni yod olib, dunyoga yaxshiklik urug’ini sochsinlar. Dunyoni faqat yaxshilik qutqaradi.

-   Men, onamning bu so’zlarini eslab, xuddi gapirishni onasidan o’rganayotgan go’dakdek, chug’urlayman"
-   - Ey Xudo, onaginamning umrini uzoq qil, o’z panohingda asra, elim tinch, yurtim farovon bo’lsin!

 

Qayd etilgan


Robiya  15 Iyun 2009, 15:24:06

Birodar, onangiz qo’lingizga omonat qo’nib turgan kabutaringizdir. Onangiz sizning sultonligingiz, shohligingizdir. U sizning butun yuragingiz, muvozanatingizdir. U — dunyoning jami og’riqlarini badaningizga o’tkazmaydigan immunitet, duolari sizga kelgan balolarni qaytarib turadigan qo’rg’oningizdir! Onalar — siz simirib ko’rgan havolarning eng tozasi, U — suv, eng shirin, eng shaffof, eng tilanilgan suv! Onadan so’ng vujudingizda shunaqangi qurg’oqchiliklar boshlanadiki! Izlab qolasiz — ov, bo’zla qolasiz — ov!..
   Bir tomondan ota — onang keksayaverar ekan, bir tomondan tirik ota — onangdan maza qilish o’rniga kechalari seni uxlatmaydigan titroq xavotir paydo bo’larkan. Kulganing, yurganing, hatto bola — chaqang ko’nglingga sig’may turadi, yegan — ichganing ichingga tushmaydi, ularga mo’ralayverasan, termilaverasan: "œAna qarib qoldi-ya, mana qarib qoldi-ya" deyaverasan!

Qo’sh kaptarim, otam — onam
G’u-g’ulashib o’ltirar.
Ko’zlarimda esa mudom
Xavotirim mo’ltirar.

Mo’ltiragan xavotirni
Yozay desam, so’zim yo’q.
Bu qo’shaloq javohirga
Jim boqmoqqa to’zim yo’q!

Ortiq boqsam ko’zim tekkay
O’z ko’zim ham o’gayday.
Ishonmasman yeru ko’kka
Endi qayga qo’ygayman!

Olib yursam qani edi
Qo’ndirvolib bo’ynimga.
Yashirayin qayga endi
Berkitaymi qo’nimga.

Qo’ynimdagi kaptarlarga
Jon iplarim boylangan.
Uchib ketsa, tushgum jarga
Dunyo chohga aylangay!

Kumush patli kaptarlarim
Xazinamdir yonimda.
Surur ortar ko’rgan sarim
Bir xavotir jonimda!

Qo’shalog’im otam — onam,
G’u-g’ulashib o’ltirar"¦         

1982 yil


Tursunoy Sodiqova

Qayd etilgan


Robiya  15 Iyun 2009, 15:24:40

Onangizning umrini tilang, onangizning umrini uzaytiradigan dori bo’ling! Bu charxi falak aylanaveradi, atrofingizda qizu o’g’il, boyligu pul aylanaveradi, faqat Onangiz, Otangiz davradan bir chiqsa, qaytib kirmaydi! Yo’lini qiling, dilini toping, tilini toping: ularning ko’proq yashashiga Alloh sizni sababchi qilsin! Ayolparast, erparast bo’lmang, bolaparast, ro’zg’orparast, molparast bo’lmang, qarang, qarang axir, bittagina onangiz, bittagina otangiz sizdan ketib boryapti! Bir oyga bo’lsa ham, bir yilga bo’lsa ham to’xtating ularni, qaniydi o’n yilga to’xtata olsangiz, qaniydi! Keyinchalik armonlarda kuyib kul bo’lmayin desangiz, quyida aytajaklarimni qulog’ingizga oling, ularga himmatingizni, mehringizni jadallating.

Qayd etilgan