Boshimdagi tojim - onam!  ( 92957 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 13 B


Robiya  15 Iyun 2009, 15:26:23

Onamdan ayrilganimga o’n sakkiz yil bo’ldi. Ammo onamning xuddi o’zini chizib beradiugan o’n sakkiz qator narsa yoza bilmadim, yoza olmadim! Meni shoir qilib tuqqan onam odamlarning og’zida qoladigan bitta yoniq kitobga yo otashin bir she’rga arzimasmidi!? Shoirligim necha pulligu, yolg’iz qiz saylanganimning bahosi qancha?!

   Birodar, men ham sizning biringizman. Hammaga vaqt topib, onamga vaqt topmagan, bolalarimni o’n qator kiyintirganda, onamni bir qator kiyintirishni ham yolchitmagan, katta yig’in — davralarda, dala — tuzlarda, meni bir ko’rib qayta ko’rmaydigan yetti yot begonalar huzurida qumriday sayrab, ko’ngillarini olib, ammo onamni yarim soat eshitishga, uning quloqlariga besh daqiqagina tilangan so’zlarini aytishga yaramagan farzandi g’ofil men bo’laman-da!! O’zbekistoning hamma burchagiga poyezdu samolyotlarda yetib, yonginamda yashaydigan, piyoda yuribgina o’tib qo’ysam bo’ladigan joyda ko’z nurlarini yo’limga to’kib o’tirguchi onam jonimni sog’intirib o’tgan arzon dilband men bo’laman-da!

   Siz mening xatoyimni takrorlamang. Farzand bo’lishga shoshiling! Onangizni rozi qilib saodatmand bo’lishga shoshiling! Bu yorug’ dunyoni onamiznnig etaklaridan tushib topdik. Asalu bolini totdik. Onamiz xorib qolsa, onamiz tolib qolsa, biz ham darhol etaklarimizga solib olaylik  uni!

Yelkalarimizga qo’ndirib olaylik! Armonlarimiz ko’payib ketmasin, gunohlarimiz to’planib ketmasin, onangizga shoshiling — ey, onangizga shoshiling"¦

Tursunoy Sodiqova "œJannatim onam".

Qayd etilgan


Robiya  15 Iyun 2009, 15:29:40

Ona

Ozoda Nursaidova ijrosida

Yolg’izlikka tanho hamxona bo’lib,
Taqdirdan ne kelsa, mardona bo’lib
Turasiz boshimda parvona bo’lib,
Yolg’izim, azizizm onajonginam

Qismat sizga g’amni ravo ko’rgandi,
Shuni ham ko’rolmay kimlar o’rtandi,
Qoyalar bardoshni sizdan o’rgandi,
Munisim anisim onajonginam.

Yolg’izim, yolg’izginas onam,
Azizim, munisgina onam,
Bir Ollohim, va siz panohim
G’animatim borim onam.

Shakkoklik emasdir kechirsin Olloh,
Ammo inson uchun ona chin panoh.
Onani ranjitmoq eng og’ir gunoh
Yolg’izim azizim, onajonginam.

Sochingiz oqida Olloh nuri bor,
Kamolim istaysiz duoda bedor
Bu dunyoda sizdan boshqa kimim bor
Yolg’izim, azizim onajonginam.

Yolg’izim, yolg’izgina onam,
Azizim, munisgina onam,
Bir Ollohim, va siz panohim
G’animatim borim onam.

Qayd etilgan


Robiya  15 Iyun 2009, 15:30:25

Ona

Ozoda Nursaidova ijrosida

Mehr to’la dunyo, mehriboning ko’p
Mehringga hech kimsa zor bo’lib qolmas.
Men uchun olamda bir zot bo’lsa bas,
Onajonim o’rnini hech kim bosolmas.

Onamsiz keng hovlim g’aribdan g’arib,
Jovdirab qolarman, uni axtarib,
Ko’ksiga bosh qo’ysam oldiga borib,
Onajonim o’rnini hech kim bosolmas.

Onajonim"¦

Onajonim o’rnini, mehribonim o’rnini
Jonajonim o’rnini, hech kim bosolmas.

Yetmay unga ohim, yetmay zorim ham,
Tushunmasa hatto sevgan yorim ham.
Ko’zimdagi yoshim artadi onam,
Onajonim o’rnini hech kim bosolmas.

Gohida gullarga ko’milib qoldim,
Kuyladim,hammani ko’nglini oldim.
Faqat bir narsaga men amin bo’ldim,
Onajonim o’rnini hech kim bosolmas.

Nochor qolganda qo’l uzatdim o’zim,
Ba’zida bilmayin yig’latdim o’zim.
Qalbimda bor mening shu bitta so’zim:
"œONAJONIM O’RNINI HECH KIM BOSOLMAS!"

Onajonim"¦

Onajonim o’rnini, mehribonim o’rnini
Jonajonim o’rnini, hech kim bosolmas.

Qayd etilgan


Robiya  15 Iyun 2009, 15:31:49

Onajonim

Yulduz Usmonova ijrosida

Har qancha kuylamay zo’r berib ovoz,
Tushgan sochingizga arzimaydi, rost.
Sizga muhabbatim bayon etish uchun,
Onajonim kuylar ojiz, so’zlar esa oz.

Orzuyim ne qilsam, sizga o’xshasam,
Qovog’im o’ysam ham, o’ylansam, kulsam
Hayoti o’rnagim,luqmoni hakimim,
Ham Nodirabegim,ham Bibixonim


Olamdagi eng go’zal ayol,
Nigohingiz nur sochar zilol,
Kaftingizda tuproq ham halol.
Azizim onajon, yorug’ yulduzim,
Sog’inchim, quvonchim,ovozim sozim.

Sizning bir ismingiz hazrati inson
Ko’nglingizni olish osondan — oson
Osmondagi oyni olib bersamda oz
Qo’limdan kelgani go’zal qo’shiq xolos

Lekin"¦
Har qancha kuylamay zo’r berib ovoz,
Tushgan sochingizga ham arzimaydi, rost.
Sizga muhabbatim bayon etish uchun,
Onajonim kuylar ojiz so’zlar esa oz.

Jajji qo’lchalarim ol yuzingizda,
Bismilloh o’rgandim, jo’r bo’lib sizga.
Tarbiyalab mendek shaddod, qaysar qizni,
Onajonim ona bo’lib tushundim sizni.

Olamdagi eng go’zal ayol,
Nigohingiz nur sochar zilol,
Kaftingizda tuproq ham halol.

Azizim onajon, yorug’ yulduzim,
Sog’inchim, quvonchim,ovozim sozim.

Qayd etilgan


Kumush  19 Iyun 2009, 17:08:48

Olis qishloq...Tuproq yo'l...Mana uyim,
Huvillab yotadi g'aribgina honam.
Ayvonda,oshhonada,duch kelgan yerda,
Tinmay meni duo,qiladi onam!
Men esa beparvo, men esa osiy
Kechir meni ona,kechir meni ona...

Qayd etilgan


Zamiraxon  14 Iyul 2009, 12:55:30

                                                 Tushlarimga kiring, onajon!
 
   Onaginam... Har safar kelinlik mashaqqatlariga duch kelganimda, to'lg'oq azobini boshdan kechirayotganimda, ayollik sirlarini aytishga mahrami asror izlaganimda, yaxshi kunimda ham, yomon kunimda ham sizni o'ylayman, onajon! Hozir onam yonimda bo'lganlarida nima bo'lardi, nabiralarini ko'rib sevinchdan yuraklari yorilib ketarmidi, deb o'ylayveraman. Har gal "onajon" so'zi qalbim tubidan tilimga ko'chishi bilan sizning kulib turgan chehrangiz, bolalikdagi uzuq-yuluq xotiralar, biz bilan bo'lgan so'nggi damlaringiz ko'z oldimga kelaveradi...
  Onamdan erta yetim qolganman. Oyim yig'lab kasalxonada yotganlari, bizlarga buvim bilan kichik xolam qarab turishgani esimda, keyin bilsam, oyim ko'krak saratoniga chalingan ekanlar. Kasallik avj olmasin, deya jarrohi qilishgan, lekin afsus, shifokorlar adashishgan, kasallik allaqachon onam sho'rlikning tanini yemirayotgan ekan. Davolovchi shifokor dadamga "Uyga olib ketib, tayyorgarlik ko'raveringlar, biz qo'ldan kelganini qildik, endi faqat qilasizlar" deb aytganlaridan so'ng, oyim uyga qaytganlar. Buvim bilan xolam hanuz bizlarnikida bo'lib, dadam bilan mening, ukamning issiq-sovug'iga qarashar, oyimning dori-darmonlarini berishar edi. Dadam erta ketib, kech qaytadigan, oyim esa xomush bo'lib qolgandilar.
  Buning sababini esa tasodifan eshitib qoldim. Bir kuni maktabdan qaytsam, oyim xolamga " Men endi pochchangga kerak emasman, yarim jon ayol kimga  ham kerak", deb yig;lab o'tirgan ekanlar. Rostdan ham dadam uyda kam bo'lardilar. Kelganlarida ham onam bilan tuzukroq gaplashib o'tirganlarini ko'rmaganman. Avvallari bunday emas edi. Oyim bilan dadam uzoq vaqt suhbatlashib, kulishib o'tirishardi. Oyim kasalxonadan qaytganlaridan so'ng bunday munosabatlar barham topdi.
  Avgust oylari edi. Anchadan beri hayvonot bog'iga olib borishni va'da qilgan dadam, shu kuni "kiyininglar ketdik" deb qoldilar. Oyim esa ahvollari og'irlashgan, biz bilan bora olmasdilar. Shuning uchun xo'rsinib qo'ydilar. Xolamga bizni kiyintirishda ko'maklashdilar, xatto mening sochlarimni turmaklab ham qo'ydilar.
  Bog'dan qaytayotib uchchalamiz suratga tushdik. Oyim bu rasmni ko'rib: "Dadasi, onasi yo'qlarga o'xshab qolishibdi bolalarim, tuzalsam birga tushardik", - deya xafa bo'ldilar.
  Onam bechoraning ko'ngli sezgan ekanmi, shu voqeadan uch-to'rt oy o'tib, biz haqiqatdan ham onasi yo'q yetim bo'lib qoldik. Bo'zlagancha qolaverdik. Ko'proq buvam bilan buvim biz haqimizda qayg'urishar, g'am-hasratlarining adog'i yo'q edi. Bizga  har qaraganlarida ko'zlariga yosh olishardi, bechoralar.
  Yil o'tib, dadam uylandilar. Mening qarshiliklarim, "yangi oyi kerakmas", deb yig'laganlarim kor ham qilmadi. Yillarni yillarni quvalab o'taverdi. Men ham ulg'aydim. O'tgan yillar qalbimda alamli izlar, o'chmas armonlar qoldirdi. O'gay onam bilan qiz orasida qanday muammmolar bo'lsa bariga duch keldim.
  Hamshiralik kollejini tugatgan yilim turmushga chiqdim. Shundan keyin onamni yanada ko'proq eslaydigan bo'lib qoldim. Vaqt o'tib o'zim ham ona bo'ldim. Ilk bor to'ngichimni qo'lga olganimda ona so'zining asl ma'nosini angladim. Balki onam yo'qligi bois, uni yanada chuqurroq anglagandirman. Onamning nega dadam e'tiborsiz bo'lib qolganlarida yig'laganlarini, nega so'nggi nafaslarida faqat bizni o'ylaganliklarini, xolalarimdan bizga g'amxo'r bo'lishlarini so'raganlarini... hammasini endi tushunayapman. Ayol uchun hamisha kamlik qiladigan, yetishmaydigan narsa mehr, e'tibor ekanligini, agar u ona bo'lsa uning uchun dunyodagi eng qimmatli narsa farzandlarini bo'lishini ham tushundim.
 ...Lekin bir nars hanuz meni o'ylantiradi, armonli dilimga armon bo'lib joylanadi. Nimagadir, onam tushimga kam kiradilar. Balki oilaviy hayotda tinchligim, g'amxo'r qaynona, mehribon oila a'zolari davrasida ekanligimdan xotirjam bo'lib, bezovta qilgilari kelmas. Ammo men ularni doim ko'rgim, hech bo'lmasa tushlarimda diydorlariga to'ygim keladi...
                       
   Sokin tebranadi oppoq belanchak,
   Unda sokin uxlaydi o'g'lon.
   Yolg'iz mening yuragim notinch,
   Bugun tushlarimga kiring, onajon!
   Kirin tushlarimga, sizni ko'rayin,
   Hech bo'lmasa tushda to'yib qolayin.
   Aytib dardlarimni, quvonchlarimni,
   Sizga dil daftarim ochib berayin.
   Mana yonginamda toychog'im-o'g'lim,
   Siz ko'ra olmagan nabira go'dak,
   Lekin ne uchundir, to'lmaydi bag'rim,
   Armondan yaradir ming pora yurak.
   Nega, nega meni tuqqansiz, onam?!
   Nega keyin tashlab ketgansiz meni.
   Axir mehringizga to'ymay qoldimku,
  Yer to'ydimi olib bag'riga sizni...
  Sukunat... Tebranar sokin belanchak,
  Tamshanib uxlaydi bir go'dak,
  Siz...faqat...tushimga kiring, onajon!
  To'xtab qolmasidan manguga yurak.

                                                                                                                     Nilufar Abdurahmonova

Qayd etilgan


Robiya  15 Iyul 2009, 14:23:25



Меҳрибоним, бутун борлиқ ҳаётим. Яхши кунимда авайлаб, ёмон кунимда тиргагим, сзи у-н смас, болам деб югурган жон-у жаҳоним, жонкуср муштипарим, снг қадрли меҳрибоним, барча фарзандларига меҳрини улаша олган меҳрибоним...
Кечиринг, қадрингизга етмаганимда "œжон қизим ҳамиша бошинг тошдан бслсин, Аллоҳ барча схши кунларни сизларга берсин" —деб, дуо қилгувчи дуогсйим. Ҳатто дуоларингизда ҳам сзингиз у-н ақалли бир неьмат ссрамаган, фақатгина болам деб дуо қилган дуогсйим, Кечиринг бор-у йсғимсиз, ҳеч ким ҳеч қачон срнингизни боса олмайдиган бошимдаги снг катта бахтим ОААМ. Сиз қилганларнинг мингдан бирини қайтара ололмайдиган безори қизингизни КЕЧИА ИАГ... Боласини бахтини тилаган, бахтини ксрганда сса ксз ёшини тис олмаган борлиғим КЕЧИА ИАГ... Борлигингизни сзи БАХТ...
Аллоҳим буюк А оббим, онадек инсонни сратганинг учун мингдан минг бора шукур. Улар бор-ки меҳр тафтини тусди инсон...
ОААЖОАИМ, сизнинг СЕҲА ЛИ ҚУЧОҚингиз ҳам сзгача бир меҳрни тафтини беради, пешонамдаги спичингиз қуёш тафтиданда минг чандон иссиқ ОААЖОА... Борлигингиз учун ташаккур, Дунё тургунча туринг ОААЖОА...
Сизни бутун борлиғи билан севгувчи, бу дунёни сизнинг ксзларингиз билан ксргувчи ФАА ЗААДларингиз ва сркатой қизингиз...

ЖИЙДА ГУЛИМ!!!

Жийда гулим, жийда гулим, жилвалари майда гулим
Онам бағрин соғиндим ман Онамдай бир суйда гулим...

Йслимга ксз тикар сди, пойимга дил тсшар сди
Онам райҳон скар сди, кснглим сша сйда гулим...
Жийда гулим, жийда гулим, жилвалари майда гулим
Онам бағрин соғиндим ман Онамдай бир суйда гулим...

Кснглим чскса ҳозир сди, сркалаши ҳузур сди
"œОАА" десам "œЖОА" дер сди, снди ЖОАлар қайда гулим
Жийда гулим, жийда гулим, жилвалари майда гулим
Онам бағрин соғиндим ман Онамдай бир суйда гулим...

Куйгилики кундай сди бир "œоҳ" десам шундай сди,
ОААМ ДАА ДИ МААДА А­ДИ, МААИАГ ДАА ДИМ КИМДА ГУЛИМ?!...
Жийда гулим, жийда гулим, жилвалари майда гулим
Онам бағрин соғиндим ман Онамдай бир суйда гулим...

Жийда гулим, жийда гулим, жилвалари майда гулим
Онам бағрин соғиндим ман Онамдай бир суйда гулим...


(ОААМ севган қсшиқ)

Мунис ва муштипар ОААжонлар, бу дунёдаги снг БАХТли одамларсиз, чунки сиз ОААдек шарафли номга сгасиз сй Меҳрибонлар
...

Qayd etilgan


IXLOS  22 Iyul 2009, 17:27:47

Avvalambor shu mavzuni boshlagan insonga katta raxmat
aytmoqchiman va u kishini bu qilgan ishlari uchun Olloh 
ajr ato etishini so'rab qolaman!
Zikr qilindi, bir kishi Payg'ambarning(s.a.v) xuzurlariga kelib:"yo Rasulullox, onam mening oldimda
esi yarimta bo'lib qoldi, men qo'lim bilan uni ovqatlantiraman, suv ichiraman,taxorat qildiraman,
yelkamda ko'taraman. Uning xaqqini ado qila oldimmi?"
Payg'ambar (s.a.v) aytdilar: "yo'q yuztadan bittasini xam ado qilganing yo'q! Lekin sen yaxshi ish
qilyapsan, Allohga qasamki, ozgina narsaga ko'p savob olgaysan!"

Darxaqiqat xech kim xech qachon Onani xaqqini ado qila olmas.Chunki Ollohni izni bilan Ona sababli
biz bu yorug' dunyoni ko'ramiz va uning yuksak tarbiyasi tufayli bizlar komil inson bo'lib yetishamiz.

Shu o'rinda Xojiboy Tojiboyning (Raxmli Olloh u kishini o'z raxmatiga olsin va jannatdan mevalaridan
baxramand etsin) bir gaplarini aytishni lozim ko'rdim:
Bir donishmanddan so'rashgan ekan nega ayollardan donishmand chiqmagan
u javob bergan ekan bizni ayollar donishmand bo'lishdan ko'ra donishmandlarni dunyoga keltirishni
yaxshi ko'rishadi!

Karami keng Ollox barchamizni Ota-Onamiz xizmatidan chiqarmasin!!!
  :)

Qayd etilgan


siddiqa  29 Iyul 2009, 04:35:53

dunyoda eng bebaho ammo benazr tarqalgan bir tuyg'u bor bu ona mehri
                                                         O'tkir Hoshimov .(daftar hoshiyasidagi bitiklaridan)



]

Qayd etilgan


Hadija  28 Avgust 2009, 13:18:00

O'g'lim(Ota-onalar tomonidan farzandga murojaati)

Meni hursand qil o'g'lim,
Sendan boshqa kimim bor?!
Shundog'am yarim ko'nglim,
Sendan topmasin ozor...

Bemor bo'lsam yonimga
Otam bo'lib kel bolam.
Jonin qo'shguvchi jonimga
Onam bo'lib kel bolam

Aka desam, -xa, degin
Tergab qo'y goh-gohida
Gul ko'tarib kel bolam
Bir ukamning o'rnida...

Meni hursand qil o'g'lim...

Singillaring mehmondur,
Qaydadir topar qo'nim,
O'g'lim meni yupantir
Senga qolgaydir kunim

Baxtli ko'rsat o'zingni
Senga qarab suyunay
Suyub o'g'il-qizingni
Senga tog'day suyanay

Osmon birdur yer birdur
Bu Yurtda g'arib bo'lmas
Yarim ko'nglim musofir,
Baribir ko'nglim to'lmas...

"-Yaxshi siz"-deb, maqtagil
Yomondurman ehtimol
Yaxshi so'z dilga yaqin
Yomoni kelar malol....

Meni hursand qil o'g'lim
Sendan boshqa kimim bor?!
Shundog'am yarim ko'nglim
Sendan topmasin Ozor...


P|S: Baxtimizga boshimizning toji Onajonlarimiz, suyanchig'imiz va tirgagimiz Otajonlarimiz sog'-omon bo'lishishsin...

Qayd etilgan