Boshimdagi tojim - onam!  ( 92830 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 13 B


Foniy  28 Avgust 2009, 15:02:02

:as:

Onamga she'r

Onam uchun she'r so`rar yurak
Ilhom qani? Nega kelmaydi?!.
Onamga mos she'r yozmoq kerak
Hech bir she'rdan ko`ngil to`lmaydi!

Soch tolasin kitob qilaman
Qanday qilib she'rga solaman.
Eh xomkallam, qanday bolaman
Bitta she'rda ma'no bo`lmaydi!

Onajononim shaksiz eng aziz,
Har bir so`zi jonimga laziz.
TA'RIF QILSAM MING KITOB OJIZ,
Yozsam yerda siyoh qolmaydi.

Yozolmayman, qo`ldan kelmaydi!..

She'r muallifi Nodir Muhammad, vallohu a'lam

Barchamiz uchun dunyodagi eng mushtipar, mo`'tabar, QADRDON insonlarimiz - Volidai Muhtarama Onajonlarimizni hamisha Olloh  :jl: subhonahu va taolo o‘z panohida asrasin, umrlarini ziyoda qilsin, Olloh  :jl: subhonahu va taolodan so`raymiz, baxtimizga Ular omon bo`lishsin, :amn:!

Qayd etilgan


Foniy  30 Avgust 2009, 13:09:07

:as:

ONAM

O‘g‘lim bor deb suyungan onam,
Har dardimga kuyungan onam.
Orzusini ko‘rolmay menda,
Armonlarga ko‘milgan onam,
Yurak-bag‘ri o‘yilgan onam.

Dunyo ko‘r deb chetga yo‘llagan,
Har qadamda meni o‘ylagan,
Vaslim kutib zor-zor yig‘lagan,
Hijronlarga ko‘milgan onam,
Yurak bag‘ri o‘yilgan onam.

Dunyo kezib baxtimni izlab,
Jon qurbonim onam yolg‘izlab,
Safarlarga ketsam olislab,
Hijronlarga ko‘milgan onam,
Yurak bag‘ri o‘yilgan onam.

Xur hayotga izn so‘rayman,
Ota-onam izin so‘rayman.
Yaratgandan to‘zim so‘rayman,
Har dardimga kuyungan, onam,
O‘g‘lim bor deb suyungan, onam.

Javlon Abdullo

Qayd etilgan


Foniy  04 Sentyabr 2009, 11:03:04

 :as:

Rasululloh  :sw: (s.a.v.) dedilar: "Avvalo onangga, yana onangga va yana onangga, so’ng otangga yaxshilik qil."

"...Agar ota-ona birdaniga chaqirib qolishsa, avval onaga javob qil!"

Qayd etilgan


Foniy  04 Sentyabr 2009, 11:23:45

 :as:

Seni sevar bo`lsa yoring kutadi,
Qatoringda bo`lsa noring kutadi,
Senga zor narsalar zoring kutadi,
Shunchaki, shunchaki kutmaydi hech kim
ONANG KUTGANCHALIK KUTMAYDI HECH KIM!

Boy bo`lsang boringda boylaring kutar,
Suluv-suluv sanam oylaring kutar,
O`zing ham kutmagan joylaring kutar,
Shunchaki, shunchaki kutmaydi hech kim
ONANG KUTGANCHALIK KUTMAYDI HECH KIM!

Oshig`-u porasan sirdoshing kutar,
Ba’zida qondoshing, ba’zan dildoshing,
Qayga uzatsang ham yetsa quloching,
Shunchaki, shunchaki kutmaydi hech kim
ONANG KUTGANCHALIK KUTMAYDI HECH KIM!

Gar qirq yil qironda qolib ketsang ham,
O`zing o`zligingdan tonib ketsang ham,
Qaydadir darbadar qolib ketsang ham,
Shunchaki, shunchaki kutmaydi hech kim
ONANG KUTGANCHALIK KUTMAYDI HECH KIM!

Bahrom ismli birodarimiz yuborgan edi, muallifi o`zlari bo`lsalar kerak, vallohu a'lam,

Qayd etilgan


Muhseena  13 Sentyabr 2009, 23:39:54

Oyijonimni judayam yaxshi ko'raman.Oyim bilan chin dugonalardaymiz.Lekin oyim katta ilmiy ishlar qilib,bizga ko'p vaqt ajratolmas edilar.Esimda,juda ishdan kech qaytar edilar.Safarlarga ko'p borardilar.Kelishlarini intiqlik bilan kutardim.Derazadan beri kelmasdim.Oyimni juda sog'inaman.Hozirgacha shu ahvol.Jum'a kuni Nukusdan uchib keldilar.Samalyotda uchsalar doim Allohga duo qilib o'tiraman.Juda ko'p safarga boradilar.Baxtimga buvim borlar.Ularni onamdan ko'proq yaxshi ko'raman.Buni hamma biladi.Men buvimni eng erka nabiralariman.Buvim meni "onashka" deb chaqiradilar.Buvim novvoy bo'lganlar.Hozir non olib borsam,yaxshi yoki yomon pishirilganini shundoq aytib beradilar.Men doim buvim bilan uxlardim.Ko'p narsalarni ulardan o'rganaman.Uy ishlarini,ovqat qilishlarni hatto kirni qanday yuvib,qanday ilish kerakligigacha o'rgatadilar.Eng ko'p qaytargan gaplari "Bolla bilan gaplashmagin.O'g'il bola yomon bo'ladi.Kechqurun ko'chaga chiqma.Yo'lda yo'lni o'yla.Hayol surib mashinalarni ko'rmay qolma deyman-da"-deb qo'yadilar.Har doim duo qiladilar.Siqilgan vaqtim buvimga telefon qilamanda "Duo qilin,buvi"-deyaveraman.Bilaman har kuni duo qiladilar.Intiqlik bilan kutadilar.Bu yil 80 yoshga kirdilar.Allohdan ular uchun uzoq umr so'rayman.Yoshligimda mana bunday duo qilib uxlashimni o'rgatardilar va har tunda shunday duo qilib uxlayman:
Allohim,yotdim yonim bilan
Turg'izgin iymonim bilan.
Yotdim tinch,yostig'im betinch,
Qo'rqinchim do'zax,tilagim behisht...

Hozirgacha she'rlar aytib beradilar:
Allohu,ariqlada suv,
Bolalani yuzini toza suvga yuv...
*****
Oymo'mey hilla,
Qanotlari tilla.
Subhanalloh sizgey,
Umr bersin bizga...
Duolaringizda mening buvimni ham unutmanglar.Qarisi uyning parisi bor-degan gap rost ekan.Ilohim O'zi panohida asrasin...

Qayd etilgan


Muhseena  13 Sentyabr 2009, 23:40:19

Zarifa buvijonim

Qayd etilgan


Muhseena  13 Sentyabr 2009, 23:44:23


Qayd etilgan


Ansora  13 Sentyabr 2009, 23:46:52

Alloh buvingizni umrlarini ziyoda qilsin Muhseena:) Shunaqangi shirin yuzlari borki, oymomoday kulib turibdilar:) Bizlar uchun ham duo qilsinlar ayting.
Meni ham buvim yaqinda olamdan o'tdilar. Menga aytishmabdi, baribiram tushimda ma'lum bo'ldi. Buvim bechoraning umrlari ko'z oldimdan o'tib ketdi. Qachon qaramang biz uchun uzoq uylaridan karobka karobka meva cheva toshinganlari toshigan edi. Ayamga, meni sening qizlaringdan biri uzoqqa turmushga chiqqanda tushunasan, degan ekanlar. Men ham Turkiyaga turmushga chiqdim. Ayam buni to'yda eslab yig'ladilar. Ular boshimizning toji rostdan ham.
Onangizga ham uzoq, sog'liqli umr tilayman. Olloh ularni boshimizdan ayirmasin!

Qayd etilgan


Muhseena  13 Sentyabr 2009, 23:53:36


Doim borsam,telefonimni ko'rishlari bilan "Suratga olasanmi yana"deydilar.Albattade,sizdaka shirin buvimni o'rtolarimga ko'rsatmimanmi..deb hazillashaman :D :D :D,shuning uchun doim kulib turadilar...
"Voy sening suratga oladiganing buncha zo'r.Bir pastda suratni ko'rsatib turadiya...Bunaqang necha pul turadi.Mangayam ober.Silani rasmilarni ko'rib yotaman-deb qo'yadilar.

Qayd etilgan


Ansora  13 Sentyabr 2009, 23:55:35

İnson qarisa ham yuzida nuri bilan qarisinn, iymoni bilan qarisinn, deyishadiku, bu haqda qanchalar jon bor. Bunday kular yuzli buvijonlarga qancha xizmat qilsang shuncha oz :) Muhseena ming marotaba mashallah. Gullari ham tushib qolsiney:) Qo'shnimni qaynonasi bor, ayol ham kasal ham dilbuzar. Qarigan chog'ingda duo bilan o'tirsang aa, nima deysiz. Nima keragi bor, belingdan quvvating ketibdi, onaginam, kelin bechora ham ro'za kunida senga xizmat qilishga harakat qilyabdiku. Shunday kampirlarni ko'rganimda Ollohim bizlarni iymonimiz bilan qaritgin, hech kimga zararimiz tegmasin, deb duo qilaman.

Qayd etilgan