Boshimdagi tojim - onam!  ( 92860 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 13 B


Hadija  28 Sentyabr 2009, 18:44:48

                        ОАА

Кимдир савол берди: — Айтгил, Муҳаммад,
Алғиз сен А асулсан буткул оламга.
Кимга ксп схшилик айлай, сзинг айт,
Ота-онамгами? Ахуд боламга?

А асул жавоб қилди: — Тингла биродар,
Гапимни уч бора қулоққа илгил.
Имкон топа олсанг дунёда агар
А­нг аввал онангга схшилик қилгил. »

Бу ҳикмат шарҳини сйладим узоқ
А остдан она срур қиблаи олам.
Гарчи барчамиз ҳам падармиз, бироқ
Онадан туғилган пайғамбарлар ҳам.

Qayd etilgan


Foniy  08 Oktyabr 2009, 20:21:27


ONAM

Dasturxonga Onam suygan osh keladi,
Mening esa ko`zlarimga yosh keladi.
Olay desam bo`g`zimga bir tosh keladi,
Qandoq yaxshi bo`lar edi, bo`lganda Onam!

Bahor gulga to`ldiradi uylarimni,
Kapalaklar olib qochar o`ylarimni.
O`zi orzu qilib yurgan to`ylarimni,
Qandoq yaxshi bo`lar edi, ko`rganda Onam!

Telba dunyo sirlarini bilolmayman,
Sog`inganim duolarin ololmayman.
Nahot endi Onamni bir ko`rolmayman,
Qandoq yaxshi bo`lar edi, bo`lganda Onam!

Onam bilan bolaligim o`tib ketdi,
Faryodlarim yuraklarni tutib ketdi.
Meni shunday kunlarimni kutib ketdi,
Qandoq yaxshi bo`lar edi, ko`rganda Onam!

Tosh bag`rimga toshlar yog`di, yumshadim men,
Yolg`on dunyo deganlarga uchmadim men.
Dunyoda eng buyuk g`amga uchradim men,
Qandoq yaxshi bo`lar edi, bo`lganda Onam!

Qandoq yaxshi bo`lar edi, bo`lganda Onam!
Qandoq yaxshi bo`lar edi, bo`lganda Onam!
Qandoq yaxshi bo`lar edi, ko`rganda Onam!
Qandoq yaxshi bo`lar edi, yurganda Onam!


(Audio formatda tinglashingiz mumkin)

Qayd etilgan


Abdulhafiz  09 Oktyabr 2009, 05:12:22

                  Ona.
Bizga mansab rohat baxsh etolmadi,
Ayol zavqi dilga naqsh etolmadi,
Dod solishda go'dak ham yetolmadi
Onajonim sizni yig'lab sog'insam!
Qoshingizda go'dak bo'lur yovqur mard,
Xushbo'y edi hatto sizdan yuqqan gard,
Do'stlar diydori ham aritolmas dard
Onajonim sizni yig'lab sog'insam!
Yig'layverar, ko'zim aslo hormaydi,
Qalbim biror zotga ko'ngil yormaydi,
Sarhil taomlarga qo'lim bormaydi
Onajonim sizni yig'lab sog'insam!
Bu dam og'ir, oz oni ham cho'zilar,
Oxirgi rishta ham chirt-chirt uzilar...
Bolam yig'lasa ham tinchim buzilar
Onajonim sizni yig'lab sog'insam!
Hayriyatki, hayotimning ahdi bor,
Devonaning sog'inch degan taxti bor,
Ko'rpaga berkinib yig'lash baxti bor
Onajonim sizni yig'lab sog'insam!

Qayd etilgan


Robiya  10 Oktyabr 2009, 15:08:45

Bir go'dakni ko'z oldingizga keltiring.
U bir narsadan o'ksindi, qattiq o'ksindi. Shu xolatida unga eng yaqindan yordam berishi mumkin bo'lgan inson - uning onasi quchog'iga olib, bag'riga mahkam bossa, boshini, yelkasini silasa, hali gapirishni ham bilmaydigan, endigina tili chiqayotgan bu go'dak onasiga qanchalik "singib" ketadi. Undan buyuk bir mehr, shafqat va sevgi haroratini his etadi.
Bularning hammasi faqat u uchun qaratilgan, faqat u uchun maxsus.
Shu xolatida bu go'dak nimalarni his etadi va qanchalik?
O'zining tamoman xavfsiz joyda ekaniga 100 da 1000 ishonadi va o'zini butunlay xotirjam his etadi.
Bu o'sha beminnat va shu bilan birga qusursiz mehrning, hamda onasiga bo'lgan cheksiz ishonchning evaziga emasmikan..?
Buning qanday tuyg'u ekanini bolalikni, go'dakliklni yashaganmiz, hammamiz o'zmi-ko'p bilamiz. Biroq onalar yaxshiroq bilasalar kerak, chunki ular ham bola bo'lib his etishgan, endi esa ona bo'lib ham his etishyapti.

Endi biz ulg'aydik, aqlu-idrokimiz rivojlanib, ma'lum darajada bilim va tajribaga ega bo'la boshladik, shunga yarashir mas'uliyat ham yelkamizga tusha boshladi.
Lekin ruhimiz, qalbimiz, balki butun vijudimiz hamon, har vaqt o'sha sokinlikni, o'sha xotirjamlikni, o'sha beg'uborlikni  qo'msaydi.
Vo ajab, o'sha bizning boshimizni silagan mehri daryo onajonimiz ham qo'msaydi uni,
ham bola bo'lib..
ham ona bo'lib...
Qani endi u halovat? Qayerda qoldi?
Dunyoga sho'ng'iganimiz sari ishonchimizni, diqqatu-e'tiborimizni, mehrimizni parchalab boshqa arzimas matolarga ulashdikmi, yo?!

Yaqindagina bu go'dak uchun dunyo faqat ona rahmidangina iborat edi. Endi u yangi, ajib bir dunyoga qadam qo'ydi.
Vaqt o'tgan sari o'zining qanday dunyoda ekanini, o'zining imkoniyatlari-yu, cheksiz extiyojlarini idrok eta boshladi.
Nega shuncha imkoniyat? Nega shuncha extiyoj? Bularga kim javob beradi?

Endi u ham o'zidagi onasidan olgan mehrni hamda uning uchun mehr qaynog'i bo'lgan onasining ham undan kam bo'lmagan bir mehrga muhtoj ekanining farqiga bora boshlagan edi.

Ona bolasini bag'riga bosib, u mehrni yo'qolmaganidan, o'sha o'zi qo'msayotgan mehrni endi o'zining bir parchasi bo'lgan yangi insonga berayotganidan, bu mehrning haroratini birgalashib his etayotganidan o'zini dunyodagi eng baxtiyor inson kabi his etadi. Ha, bu mehr bolani qanchalik baxtiyor etgani kabi, onani ham shunchalik baxtiyor qilishga yetadi. Hatto ularni chetdan turib kuzatayotgan insonlarga ham.
Ex , aslida insonlik naqadar go'zal-ku, lekin biz ...

Ha, bu manzaraning qarshisida har bir inson yuragining tub-tubida yotgan hislari jumbushga keladi, farqiga borib yoki bormay ONAdagi bu mehrdan oziqlanadi.
Bu shunday muqaddas, musaffo bir mehrki, ona buning evaziga hech narsa kutmaydi. Hatto o'zidagi bu mehrning buyukligini his qilganda, aqli shoshadi, ta'bir joiz bo'lsa, o'zi ham hayronu-lol qoladi.
Ex, ONAJON naqadar muboraksan-a! Mo'tabarsan!
Qaniydi shunga yarasha javobim bo'lsa...  Onajonim mani!

Bu qadar mehrni, shafqatni har bir onaga bergan, boladagi ojizlikka bunchalar go'zal suvratda javob bergan ey Robbim, Sen marhamati keng, go'zal Yaratuvchisan!

Agar ba'zi oddiy haqiqatlarni yaxshi his eta olganimda, yaxshi idrok eta olganimda edi...,

Balki onasiga Sen yoqtirgan shaklda munosabatda bo'lganlarni, onasi uchun butun imkoniyatlarini sarf etayotganlarni yaxshiroq tushungan bo'larmidim.

Balki bu MEHRning haqiqiy egasi bo'lmish Sen bilan muloqot qilish imkoniyatini beradigan har bir namozimni zoriqib kutgan, sajdalardan bosh uzishni istamay, onasining bag'ridan uzilishni istamagan go'dak kabi yoshlar to'kkan bo'larmidim.

Balki-da, jannatni umrim bo'yi Onajonim oyoqlari ostidan izlagan bo'lardim.

Qaniydi....

Senga hamdlar va shukrlar bo'lsin, Ey Robbim!

Qayd etilgan


Ansora  17 Oktyabr 2009, 14:22:42

Chustiy kechadan beri oshqovoq haqida gapirganlari uchun esimga tushib ketdi. Uyga 2006 yilda borganimda hali oshqovoqlar pishmagandi. Uyda bollarni ichida eng ko'p men yaxshi ko'raman oshqovoqni. Asosan mo'l saryog'li mantisini:)
Qarasam, hovlida oshqovoq bor. "Ehh,- dedim ayamga, oshqovoq pishganda manti qilib berardiz..."
Onaginam bechora, so'zlarim yuragiga ta'sir qildi-mi, menga aytmasdan oshqovoqlardan eng yaxshi pishganini uzibdilar. İchini yorib qarasalar, hali vaqti kelmaganiga qaramasdan, mazasi joyida:)
Xursand bo'lib, darrov mantini boshlab yubordilar kelinayam bilan birga. Mazzza qilib yegandim.
Ona shuda, yuragi chidamaydi, bolasi bir narsa so'raganda, Alloh ham ona shafqatini ko'rib, karomat qildi, hali mavsumi bo'lmasligiga qaramay oshqovoqni, eng shirin shaklda tuhfa qildi bandalariga. Hamdlar bo'lsin:)

Qayd etilgan


Ansora  17 Oktyabr 2009, 14:49:34

Burch

Hatto bulbul ham bola ochganidan keyin sayrashni bas qilib, polaponlariga yemish tashiydi.

O'.Hoshimov. Daftar hoshiyasidagi bitiklar.

Qayd etilgan


Ansora  17 Oktyabr 2009, 14:52:21

Mehr

Quyosh buloq suviga ham, mag'zavaga ham baravar nur sochaveradi.
Yer chuchmo'mani ham, chaqirtikanakni ham baravar o'stiraveradi.

...Ota-onaga bolaning yaxshi-yomoni yo'q...

O'.Hoshimov.

Qayd etilgan


Ansora  17 Oktyabr 2009, 14:56:01

Xazina

Dunyoda eng bebaho, ammo tekinga tarqatiladigan xazina bor. Bu-Ona mehri...

O'. Hoshimov.

Qayd etilgan


Ansora  17 Oktyabr 2009, 15:08:56

Menga yuz marta ozor bersang, kechirishim mumkin. Onangga bir marta ozor bersang, kechirmayman: onang senga mendan ko'ra yuz hissa ko'p mehr bergan.

O'.Hoshimov. Farzandlarimga o'gitlar.

Qayd etilgan


Ansora  17 Oktyabr 2009, 15:18:24

Hamma ona-bir ona

Amerika bilan O'zbekiston orasi o'n besh ming chaqirim. Avstraliya bilan Kanada orasi yigirma ming chaqirim. Ammo Amerikalik senatorning xotini o'z farzandini O'zbekistonlik dehqonning xotinidan kamroq yaxshi ko'rmaydi. Avstraliyalik aborigen ayol o'z farzandini Kanadalik millioner ayoldan ko'proq yaxshi ko'rmaydi.

O'. Hoshimov.

Qayd etilgan