Do'stimning gaplari esimga tushib ketdi ,yig'lagim kelsa ,hayot qiyinchiliklaridan charchablar ketsam bir zumgina onamga boshim qo'yib ,erkalansam unutaman ....
Goho sizning borligingiz unutdim,
Yo’llarimga zorligingiz unutdim ,
Umidlari kesilgan bu dunyoda ,
Yolg’iz umidvorligingiz unutdim,
G’animatim ,Omonatim -onajon.
Oshno topdim va lekin do’st topmadim ,
Oq ko’ngilli bir qorako’z topmadim ,
Shamollarga sovurdim gul so’zlarni ,
Lekin sizga birshirinso’z topmadim .
G’animatim ,Omonatim -onajon.
Ba’zan falak menga bag’ri tosh keldi ,
Ishonganim g’animga yo’ldosh keldi .
Omad ketsa hamma kuldi ustimdan ,
Faqat sizning ko’zingizga yosh keldi ,
G’animatim ,Omonatim -onajon.
Fursat o’tib sochga qirov qo’narkan ,
Sevgi otashlari asta so’narkan ,
Barcha tuyg’u aldamchi va o’tkinchi ,
Ona mehri yolg’iz sobit qolarkan ,
G’animatim ,Omonatim -onajon.
Hoki poyingizni ko’zimga syray ,
O’zim yarim ko’nglingizni to’ldiray ,
Bir chekkaga surib qo’yib dunyoni,
O’g’il bo’lib yoningizda o’tiray ,
G’animatim ,Omonatim -onajon.
Iqbol Mirzo .