Xoja Ahmad Yassaviy. Devoni hikmat (yangi topilgan namunalar)  ( 75217 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


shoir  13 Iyul 2006, 04:07:28

- 21 -

Ishq tajalli qilsa kimni vujudinda,
Na qilurin bilmay tun-kun hayron bo’lur.
Zikri fikri Haq visoli bo’lur mudom,
Yosh o’g'londek ikki ko’zi giryon bo’lur.

Dunyo birla qolmas ani zarra ishi,
Zikrin oytsa, nurga to’lur ichi, tashi.
Alloh degach, ravon bo’lur ko’zda yoshi,
Ishq o’tida kuyub-yonib, biryon bo’lur.

Moumanni, nafsu havo, hirsni qo’ysa,
Piri murshid mukammilg'a o’zin solsa.
Adhamlayin ko’ngul mulkin sivo qilsa,
Barcha mushkul ishi ani oson bo’lur.

Shariatdin tariqatga qadam qo’ygon,
Dunyo ishin tark aylabon Haqni suygon.
Haqiqatning asroridin ma’no olg'on,
Ma’rifatni maydonida uryon bo’lur.

Mundog' bo’lg'on oshiqlarni nishoni bor,
Haq yodini tun-kun oytib qilmas qaror.
Umid etmas bu dunyodin molu dunyo,
Na so’zlagon so’zi aning imon bo’lur.

Qaysi oshiq halqa ichra jonin bersa,
Jondin kechib, shahodatning to’nin kiysa.
Zuhd aylabon o’z nafsini ko’zin o’ysa,
Eranlarni qatorida mardon bo’lur.

Qul Xoja Ahmad, minay desang qushdek Buroq,
Nodonlardin etgil mudom o’zung yiroq.
Qayg'u birla hajru mehnat, tortgil firoq,
Firoq tortgon oshiq tongla sulton bo’lur.

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 04:07:36

- 22 -

Ey do’stlarim, oriflar xolis suhbat etorlar,
Ul suhbatda ma’rifat durlarini sochorlar.
Suhbat vaqti hozir bo’l, eranlarg'a nozir bo’l!
Ul holatda eranlar, erga nazar qilurlar.

Holat vaqti eranlar daryolarg'a yuzlansa,
Tobonlari nam bo’lmay, daryolarni kechorlar.
Murid bo’lsang murshidg'a, mahkam bo’lg'il, ey tolib,
Muridlarin murshidlar har bob bilan sinorlar.

Himmat tutsa eranlar ko’zni yumub ochquncha,
Daryolarni bukarlar, tog'larni ham kesorlar.
Tangri suygon kishining, ishi aning bilandur,
Har kimni Haq suyubdur, borcha ani suyorlar.

O’zlarining murodin chin oshiqlar tilamas,
Ma’shuqining murodin doim alar tilarlar.
Qul Xoja Ahmad, voqif bo’l, fayzu rahmat eshigin,
Zikru toat vaqtida, farishtalar ochorlar.

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 04:07:44

- 23 -

Ko’ngul ichra kirib javlon qilduq ersa,
Ishq otlig' sultonini ko’rduq ersa.
Soni’ qudrat ilohimg'a boqtuq ersa,
O’shal yerda hol ilmini ko’rung, do’stlar.

Ishq sultoni g'orat qildi aqlimizni,
Ham quvladi nafsu shayton, kibrimizni.
Shukru lillah, bilduk emdi rabbimizni,
Ilhom birla beror ma’no, sezduk, do’stlar.

Ilhom indi Haq taolo rahmatidin,
Xojam sundi ushbu vahdat sharbatidin.
Bo’lduq emdi ul Muhammad ummatidin,
Qol ilmimiz holg'a badal bo’ldi, do’stlar.

Avval fano, oxir fano, bo’lmoq fano -
Ul maqomg'a yetgon oshiq qilmas sano.
Jononimiz jamolini haqdur ko’rduk,
Jon jonga ulandi, bilduk, do’stlar.

Jonimiz jamoli haqdur ko’rduk,
Jon ichra bilinur emdi tahqiq bilduk.
Ilhom yetti Subhonimdin, emdi sezduk,
Na kim kelsa, Haqdin ilhom bilduk, do’stlar.

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 04:07:51

- 24 -

Ayo do’stlar, xabar berib shariatdin,
Tariqatda Alloh yodin oyting, do’stlar
Orif jonlar xabar berur haqiqatdin,
Alloh teyu Haq zikrini oyting, do’stlar.

Er - ul turur, qulman teyu qulluq qilsa,
Qo’rqub Qahhor otidin ul farmon tutsa.
Yetti tamug' uchqunig'a qarshu kelsa,
Alloh desa andin qaytar, biling, do’stlar.

Kimki Alloh dedi, anda o’zin tobti,
Haqiqatning so’zin so’zlar o’lar vaqti.
Necha yillar Shaddod, ko’rung, uchmoh yopti,
Kirolmadi, andin ibrat oling, do’stlar.

Bormu eran, ondog' ishdin rozi bo’lsa?
Inonmasun dunyosig'a Qorun bo’lsa.
Ming yashag'on Luqmon hakim o’lar bo’lsa,
Yo’qtur o’lmay qolg'on munda, biling, do’stlar.

Uchmoh ichra o’run bergay qayu jong'a,
Kimki toat birla ishlab chiqsa tongg'a.
Isrofilni suri kirsa qayu jong'a,
Biz Muhammad ummatimiz, biling, do’stlar.

Qul Xoja Ahmad, Haq zikrini oysang mudom,
Rahmat yog'or boshing uzra alad-davom.
Eranlarning xizmatida bo’lsang mudom,
Ozod qilsa, dorus-salom borur, do’stlar.

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 04:08:01

- 25 -

Oshiqlari qolni o’qub holg'a kirsa,
Hol bahrig'a cho’msa, g'arqob bo’lor, do’stlar.
Qol birla hol bir kemadur, muni bilsa,
Qolsiz, holsiz ul daryodin o’tmas, do’stlar.

Bu hol yo’li nozik yo’ldur, xatari bor,
Olim qolsiz qadam ursa, uqbalar bor.
Piri komil-mukammilsiz o’tmak dushvor,
Qol ilmini bilgon omon o’tor, do’stlar.

Ushbu yo’lda rahbarsizlar bisyor erur,
Shayton lain kashf ko’rsotib ko’b ozg'urur.
Beilm odam bu nisbatga mag'rur erur,
Oning uchun aro yo’lda qolor, do’stlar.

Qulluq uldur Qur’on o’qub amal qilsa,
Qolni o’qub, holni o’zga darbar qilsa,
Piri komil mukammilga xizmat qilsa,
Ikki dunyo charog'i deb oyting, do’stlar.

Beilm odam shayxliq qilsa, rivoj tobmas,
Nozuk yo’ldur, beilm hargiz bilsa bo’lmas.
Ey do’stlarim, shayx bo’lmaqliq oson emas,
Rahbar teyu shar’ yo’lida yurung, do’stlar.

Piri komil har tolibga bermas irshod,
Tolib bo’lsa tun uyqusin qilsa barbod.
Ko’b poygada o’zub kelmas har yaxshi ot,
Riyozatni qottiq chekkon o’zor, do’stlar.

Jumla tolib ibodatqa ojiz kelgoy,
Tahajjudni vaqti birla tuzolmag'oy,
Nisfi shabdin turub virdin qilolmag'oy,
Piri komil anga ruxsat bermas, do’stlar.

Alloh degon bandalarni inoyati,
Talabida yurgon banda Haq rahmati,
"Fazkuruni azkurukum" Haq oyati,
Dam g'animat, Alloh zikrin oyting, do’stlar.

Mardu zanga, o’g'ul-qizga ilm farz dedi,
"Talab ul-ilmi farizatun" deb rasul oydi,
"Ma yajuzu bihis-solat" ilm zaruriy,
Tirik borsiz, to o’lguncha o’qung, do’stlar.

Mullo bo’lub, ma’no o’qub, kitob oytsa,
Yo’lni topib, yamon yo’ldin rostga qoytsa,
Pir etogin mahkam tutub xizmat etsa,
Toatlik qul o’lsa armon qilmas, do’stlar.

Ushbu yo’lg'a riyozatlik tolib kerak,
Nafs-havoni qo’yub toat qilmoq kerak,
Jafo tortib pir nisbatin tutmoq kerak,
Riyozatsiz Haqqa vosil bo’lmas, do’stlar.

Beilm shayxliq da’vosini qilib bo’lmas,
Aso bo’lmay qarong'uda yurub bo’lmas,
Ko’rmas bo’lsa, chuqur yerni ko’rub bo’lmas,
Quduq ichra tushgon omon qolmas, do’stlar.

Piri murshid qilsa mudom amri ma’ruf,
Muruvvatlik, shirin so’zlik, yaxshi xo’yluk,
Kecha-kunduz riyozatni cheksa ul xo’b,
Ondog' pirni xizmatida yurung, do’stlar.

Haqqa oshiq bo’lub aydi Qul Xoja Ahmad,
Alloh kafil dardimizga, qil ibodat,
Qolu holni jondin tortib qil riyozat,
Toatlik qul jamolini ko’ror, do’stlar.

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 04:08:09

- 26 -

Qaro otiga minmaguncha, qaro ko’rmas,
Qaro lochin qo’nmaguncha, sirni ko’rmas.
Sirni ko’rgon oriflari munda turmas,
Sahar vaqtda jonni qiynab turung, do’stlar.

Qaro lochin qayrilibon qanot qoqar,
Oshiq uldur, tan-jonini o’tqa yoqar.
Piri mug'on nazar qilib anga boqar,
Shunqor yanglig' qanot qoqib uchar, do’stlar.

Davlat yanglig' shunqor qushi kimga qo’nar,
Lochin yanglig' halqa ichra o’zin urar.
Jonni qushi parvoz qilib hozir turar,
Hozir bo’lub tavba qilib yurung, do’stlar.

Ayo do’stlar, oxir bo’ldi zamonamiz,
Hech qolmadi bu dunyoda nishonamiz.
Xabar berdi "aduvvan" deb jononamiz,
Alloh zikrin tinmay oytib yurung, do’stlar.

Ro’zi "nahnu qasamno"da ulush berdi,
Ulush olg'on bandalari yo’lg'a kirdi.
Sham’in ko’rub parvonadek o’zin urdi,
Jonni jong'a payvand qilib yurung, do’stlar.

Haq rasulning oyg'onlari keldi, bo’lg'oy,
Oxir zamon nishonasi bo’ldi, bo’lg'oy.
Fisqu fasod dunyo ichra to’ldi, bo’lg'oy,
Turluk-turluk da’vo ishni ko’rung, do’stlar.

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 04:08:17

- 27 -

Olimni tutqil izzat, qilg'il ikrom,
Olimni Qur’on ichra o’gor, do’stlar.
Olimlar ochor jumla mushkulotni,
Johillar jahlini kim to’kor, do’stlar.

Haq-nohaq(ni) bayonini olim bilur,
Halol-harom farqin omi qoydin bilur?!
Olimlardin omilar ko’b foyda olur,
Bu dunyoda yaxshi otin qo’llar, do’stlar.

Johil avom olim so’zin hech tinglamas,
Tekma johil o’zini hech o’nglamas.
Olimni Alloh omig'a teng aylamas,
Har olim yuz ming omig'a yetor, do’stlar.

Bo’lmasa olim avom nega yaror,
Qilmas erdi yeru ko’k, olam qaror.
Qilmishi uchun olim yozuq ko’ror,
Ko’k tabo oshmas yerda turor, do’stlar.

Dinu dunyo olim bilan bo’lur hosil,
Ibodat qilsa qabul, Haqqa vosil.
E’tiqod qil, kerak bo’lsa arig' nasl,
Chin oshiq bir so’zga bosh egor, do’stlar.

Avom tandur olim erur tanda jontek,
Shoh Husayn bo’lsa olim kerak ham tek,
Insu jinda olim-malak omi jintek,
Tutmangiz ishkal zinhor inkor, do’stlar.

Olimlarni xor ko’rmak ermas ravo,
Xor ko’rmagoy ul ham yana yer-ko’k, havo.
Nechakim faqir, miskin ul benavo,
Olimni xor ko’rmangiz zinhor, do’stlar.

Olimni xor ko’rsa ul kufru nifoq,
Nass hadis bor insu jin bil-ittifoq,
Olimni suygon mo’min yuzi offoq,
Savoli yo’q yozuqidin inkor, do’stlar.

Xoja Ahmadga ilhom berdi oysun teyu,
(Har) olimni e’zozini bilsun teyu,
Har kim bilsa, muni amal qilsun teyu,
Olim izzatin qilg'on jannat kiror, do’stlar.

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 04:08:28

- 28 -

Sahar sayrar bulbullar, gul yodidin har zamon,
Sen sayrasang na bo’lg'oy, Haq yodidin har zamon.
Har qurtu qush oytodur har nav’ birla sanoni,
Qurtu qushcha bo’lmading, Hu demading har zamon.

Subhidamda turg'oylar, roz oytushur Haq bilan,
Senda himmat bo’lmadi, roz oytmading bir zamon.
Dunyog'a g'arqob bo’ldung, kufru isyong'a to’ldung,
Emdi o’zungga kelding, fikr qilg'il har zamon.

Qo’yg'il dunyo fikrini, qilg'il Haqni zikrini,
Buzgil shayton mulkini, zokir bo’lg'il har zamon.
Chin o’larsan begumon, buzulur bu xonumon,
Necha o’qusang Qur’on, imon etgil bir zamon.

Qul Xoja Ahmad, belingni ikki yerdin bog'lagil,
Kelsa ajal qo’ymasdur, joning olur shul zamon.

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 04:08:57

- 29 -

Keling, do’stlar, pir xizmatin bayon aylay,
Eshitib, uqung, xizmat qiling, do’stlarimo.
Xorliq-zorliq, mashaqqatni ayon aylay,
Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.

Ursa-so’ksa pir etogin mahkam tutgil,
Ayo tolib xizmat ichra qonlar yutgil.
Jon ber desa ixlos birla jondin o’tgil,
Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.

Tolib bo’lsang, yo’l ostida bo’lg'il tufroq,
Vaqti kuzda daraxtlardin tushgon yafroq.
Oshiq bo’lsang, diydorig'a bo’lg'il mushtoq,
Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.

Chin tolibg'a pirdin tegar kunda sonchiq,
Zohir sonchiq botin ichra boldin totliq.
Jazbi holat in’om qilg'oy ishqi qottig',
Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.

Ingronmag'il pirdin teksa har dam jafo,
Diydor talab ikki olam so’rmas vafo.
Ro’zi mahshar dillarini qilg'oy safo,
Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.

Piru komil mukammilni taniy desang,
Xuni jigar yegil, agar tolib bo’lsang.
G'oziy der(lar) bul maqomda o’lub borsang,
Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.

Piru komil mukammilni farqi bo’lg'oy,
Piru komil xulqlar birla qo’lung olg'oy.
Mukammal (pir) botin ichra yo’lg'a solg'oy,
Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.

Pir amrini tutmagonni valloh ko’rdim,
Do’zax ichra nechuksan deb holin so’rdim.
Maloiklar ura berdi, men ham urdim,
Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.

Bu olamda yaxshilardin qochib o’ttum,
Haqdin kechib shayton so’zin mahkam tuttum.
Ey noinsof, dunyo uchun qonlar yuttum...
Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.

Pir xizmatin qilg'on kishi nuri ravshan,
Diydoriga Alloh o’zi va’da qilg'on.
Shak kelturub, yalg'on tolib yo’lda qolg'on,
Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.

Pir xizmatin qilg'onlarni bo’yni sinuq,
Xizmat qilg'on toliblardin qochg'oy tamug'.
Pir ta’rifin hech tuganmas, oytsam qamug',
Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.

Pir xizmatin qilg'on kishi dasti daroz,
Ul sababdin dunyo birla doim aroz.
Ashki surxi, rangi, zardi Haqqa niyoz,
Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.

Xizmat qilg'on yetor oxir Xudoyiga,
Piri mug'on zomin bo’ldi gunohiga.
Pir yetkurgoy Haq taolo panohiga,
Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.

Pir xizmati, ey toliblar, oson emas,
Toliblari pir oldida misli magas.
Adab saqlab, pir oldida taom yemas,
Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.

Pirni lutfi Haqni lutfi tariqatda,
Haq in’omi pirga yetar haqiqatda.
Hodiy bo’lub yo’lg'a solg'on ma’rifatda,
Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.

Pir xizmati - Haq xizmati adab qilung,
Sahar vaqtda nazar qilur, ogoh bo’lung.
Ey toliblar, bedor bo’lub yo’lg'a kiring,
Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.

Xizmat qilg'on toliblari Haqqa yaqin,
Kimni ko’rsa tavoze’liq, so’zi hazin.
Inshaalloh, ondog' tolib Haqqa yaqin,
Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.

Piring - g'assol, murid - murda so’zlayolmas,
Ko’ngul bergon pirdin o’zga ko’zlayolmas.
Haqni tobgon Haqdin o’zga izlayolmas,
Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.

Pirsizlarning bayonini oytoy sizga,
Ro’zi mahshar rangi ro’yi bo’lg'oy o’zga.
Tolib bo’lsang, quloq soling yaxshi so’zga,
Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.

Zori qilib kimga borsa, qo’lin olmas,
Hidoyatda dod aylasa, yo’lg'a solmas.
Ondog' qulda iymon-islom dini bo’lmas,
Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.

Hodiyman deb shayton lain yo’lg'a boshlar,
It suratlik bo’lub ani qopib tishlar.
Haybat qilib, do’zax ichra eltib tashlar,
Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.

Do’zax ichra vo vaylato, nadomato,
Nola qilg'on, qachon bo’lg'oy qiyomato.
Haqqa qullug' qilmadim deb nadomato,
Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.

Xuni jigar yutub aydim sizga hikmat,
Duo qilay, sizlarni ham qilg'oy rahmat.
G'ayrat qilib, Haq soriga bog'lang himmat,
Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.

Qul Xoja Ahmad, sodiq bo’lub pirga borgil,
Etagiga yuzing surub, ulush olg'il.
Ilig-ayog' qoim qilib hozir turgil,
Eshitib, uqub, xizmat qiling, do’stlarimo.

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 04:09:09

- 30 -

Yig'lamaymu tavba qilmay haddin oshtim?!
Shayton lain makri birla turfa shoshtim.
Nazar qildi piri mug'on sori qoshtim,
Tavba qilib, diydor ko’rung, do’stlarimo.

Haq rasulning inoyati bo’ldi mango,
Oyat-hadis so’zin bayon qildim sango,
Tobe’ bo’lub, oytgonlarin qilg'il anga,
Tobe’ bo’lub, diydor ko’rung, do’stlarimo.

Ummat bo’lsang, durud oytib tobe’ bo’lg'il,
Oti chiqsa, durud oytib ta’zim qilg'il,
Rizqu ro’zi harna bersa qone’ bo’lg'il,
Qone’ bo’lub, diydor ko’rung, do’stlarimo.

Haqiqatlik bandalarga ro’zi berur,
Yeyib-ichib ne’matlarin yodin oytur.
Otin eshitib, adab qilib ta’zim qilur,
Ta’zim qilib, diydor ko’rung, do’stlarimo.

Haq taolo bo’yin olgon munda turmas,
Johil qullar o’zin ko’rar-aybin ko’rmas.
Jinsi odam oshiqliqda dam urolmas,
Oshiq bo’lub, diydor ko’rung, do’stlarimo.

Chin ummatlar jondin kechib diydor ko’rdi,
Nav tolibdek halqa ichra o’zin urdi,
Qoyda borsa ishq do’konin anda qurdi,
Do’kon qurub, diydor ko’rung, do’stlarimo.

Ummatman deb tilda oytur, dilda - yalg'on,
Nafsi uchun o’z jonini o’tga solgon.
Shayxman teyu kishi molin zo’r(la) olgon,
Nazrin olmay diydor ko’rung, do’stlarimo.

Qul Xoja Ahmad, dunyo ko’rsang, qocho ko’rgil,
Qanot qoqub havo sori ucho ko’rgil.
Ahlu iyol dushman sango, kecho ko’rgil,
Judo bo’lub, diydor ko’rung, do’stlarimo.

Qayd etilgan