Xoja Ahmad Yassaviy. Devoni hikmat (yangi topilgan namunalar)  ( 75161 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


shoir  13 Iyul 2006, 04:11:24

- 41 -

Bildim emdi hazrating'a ko’b yozmishman,
Qamug' do’st-la bu yo’l ichra (ko’b) ozmishman.
Qulovuzsiz qorong'uga yo’l ozmishman,
Ko’nglum tongi otib, ko’rub qo’bmayinmu?

Ko’ngul tongi otti ersa, qurdi bozor,
Tafakkurni daryosig'a kirib so’zlor,
Shavq sharobin ichsam deyub ko’nglum sezor,
Sir sharobin quyo berdi, qo’ymayinmu?

Qamug' do’stlar, kechti, ko’rung, keldi sazo,
Yurumishman telbalardek yo’ldin ozo.
Sir sharobin ichtim ersa berdi mazo.
Oxiratni asbobini qurmayinmu?

Oxiratni asbobini qurdi yoron,
Haq rasulni sunnatini tutti yoron.
Qani avval sizdin burun o’tgon karvon,
Man alarni izin izlab, yetmayinmu?

Vo darig'o, kechti umrum g'aflat birlan,
Savol so’rsa, javobi yo’q hujjat birlan.
Bermagoysiz o’tru kelsa, mehnat birlan,
Emdi muzlab, qordek erib, oqmayinmu?

Vo darig'o, kechti umrum, qoldi boqo,
Yigitligim yeldek o’tti, suvdek oqo.
Miskinlikni maqomida yirtib yaqo,
Tutub tavba o’ti birlan kuymayinmu?

Qul Xoja Ahmad yetti ishqni bisotina,
Inshaalloh, Haq yetkurgoy niyyatina.
Ishondim man Haq kalomi oyatina,
Bo’ldim rafiq, o’tgulardin o’tmayinmu?

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 04:11:34

- 42 -

Haq rasuli o’lmas burun o’lung dedi,
Diydor uchun o’lmas burun o’lmayinmu?
"Mutu qabla an tamutu" bo’lung dedi,
Diydor uchun o’lmas burun o’lmayinmu?

Ayo do’stlar, diydor uchun ado bo’ldum,
Bu dunyoda mehnat tortib gado bo’ldum,
Fano bo’lub xonumondin judo bo’ldum,
Diydor uchun o’lmas burun o’lmayinmu?

Muhabbatning daryosida cho’mub botib,
G'avvos kabi ul daryodin guhar topib,
Jonim berib shavq sharobin to’yo ichib,
Diydor uchun o’lmas burun o’lmayinmu?

Avval-oxir xo’blar ketti, qoldim yalg'uz,
Nodonlardin eshitmadim bir yaxshi so’z,
Dilim yo’qtur, tilim yo’qtur, quloq ham ko’z,
Diydor uchun o’lmas burun o’lmayinmu?

Anbiyolar o’lmay turub tirik o’ldi,
Bu dunyoda jafo tortib nurg'a botti,
Kofirlardin ko’b malomat, jafo tortti,
O’lmas burun diydor uchun o’lmayinmu?

Avliyolar bu olamda gado bo’ldi,
Kechib ahlu iyolidin, sivo bo’ldi,
Jondin kechib diydor uchun, fano bo’ldi,
Diydor uchun o’lmas burun o’lmayinmu?

Muhabbatning bozorida savdo qilsam,
"Faqru faxri" malomatin anda tortsam,
Ikki olam savdosini ko’zdin solsam,
O’lmas burun diydor uchun o’lmayinmu?

Qul Xoja Ahmad.....
"Mutu qabla an tamutu" o’qub erib,
Haq Mustafo hadisini mahkam tutub,
Diydor uchun o’lmas burun o’lmayinmu?

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 04:11:53

- 43 -

Dedi olim Qur’on o’shal Tangri so’zi,
Qul ko’nglig'a soldi nazar Haq kunduzi.
Ul maqomni har dam ko’rar ko’ngul ko’zi,
Ko’zum ko’rdi, ko’nglim iqror qilmayinmu?

Pir kelgon so’ng o’n sakkiz ming olam muqirr,
Yetti qat yer, yetti qat ko’k tasbeh o’qur.
Zaif qulman, o’zum munglug', miskin, faqir,
Bo’ldum oxir, dunyo orqa solmayinmu?

Zaif o’zum yonarqudek qudrat bila,
Majoz o’zum qushdek uchar himmat bila.
Kechti umrum, keldi, ko’rung, navbat bila,
Do’stlarimg'a so’zum yodgor qo’ymayinmu?

Oytadurman Izim Alloh yodi birlan,
Ichim-tashim nurga yorur yodi birlan.
Ehson qildi Alloh kunduz fazli birlan,
Tashim guhar xaridorga sotmayinmu?

Zaif o’zum Izim Haqni kalomina,
Ko’z ochibon boqma dunyo haromina.
Kekurdilar mayi ishqing o’tog'ina,
Kirib anda hazor doston oytmayinmu?

Na berurlar oxiratda qurug' so’zga,
Qilmish fe’ling uyrulmasun yordin o’zga.
Uzoq safar kelib turur emdi bizga,
Keyin qoldim ul karvong'a yetmayinmu?

Xulqliq qilib yig'lag'uncha kuysang kerak,
Egri bo’lub yuruguncha o’lsang kerak.
Qul Xoja Ahmad, tavba birla o’lsang kerak,
Asal yanglig' ul dam zahrin totmayinmu?

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 04:12:03

- 44 -

Subhon Izim xos ishqini qildi in’om,
Oshiq bo’lub pok ishqida kuymayinmu?
O’zdin o’zga talablarni qildi harom,
Banda bo’lsam yalg'uz o’zin suymayinmu?

Qayu banda yalg'uz suysa podshoh qilay,
O’n sakkiz ming olam ichra ifsho qilay,
Xaloyiqlar toji, saroy insho qilay,
Bu so’z eshitib onga jonim bermayinmu?

Haq taolo oshiqlarg'a berdi xil’at,
Jon berorda yog'ib o’tti obi rahmat,
Oshiqlarni har mo’yida ming xosiyat,
Mehnat tortib xosiyatlar ko’rmayinmu?

Alloh aydi: "Rahmatimdin ishq yarattim",
Oning uchun oshiqlarni ko’b yig'lattim,
Dardu balo, mehnatlarga bel bog'lattim,
Belim bog'lab ishq yo’lida o’lmayinmu?

Oshiqlarg'a va’da qildi diydorini,
O’zi bilur diydor uchun bemorini,
Tunlar qotib ko’b yig'lag'on bedorini,
Bedor bo’lub Haqqa qulluq qilmayinmu?

Dunyo talab harislarni bandam demas,
Ro’zi mahshar yo’ldin ozsa yo’lg'a solmas,
Suvsab, chanqab dod aylasa, qo’lin olmas,
Dunyo tebib oxiratni suymayinmu?

Xojam aydi: "Chin bandaga beroy ulush,
Sharti uldur manga sori qilsa yurush,
Nafsdin kechib shayton bilan qilsa urush...
Nafsdin kechib riyozatda so’lmayinmu?

Rahmatimdin umid tutsang, sahar turg'il,
Kecha yotmay, kunduz yig'lab Haqni tobqil,
Ondin so’ngra arig' bo’lub nafsni tebgil...
Nafsni tebib Haqqa qulluq qilmayinmu?

Sirot kechmay banda bo’lsang, qah-qah kulma,
Jannat kirmay bu dunyoda xurram yurma,
Diydor ko’rmay yig'lamaqni zinhor qo’yma",
Munda yig'lab oxiratda kulmayinmu?

Essiz umrum Haqqa yonmay bejo ketti,
Muhabbatning jomin ichmay vaqtim yetti,
Kimga oytib, kimga yig'lay, boshim qotti,
Nadomatda sochu soqol yulmayinmu?

Osiy, jofiy qulung ichra man gunahkor,
Gunohimni afu aylasang, o’zung G'affor!
Rahmat bilan aybim yobsang, oting Sattor,
Umid tutub dargohinga kelmayinmu?

Haq taolo rahmat birlan manga boqti,
Rahmat suyi ko’zlarimdin tinmay oqti,
Oshiqlarg'a ishq chaqmoqin yoqib choqti,
Ishqin o’qub xaloyiqg'a yoymayinmu?

Qulluq ichra odat qilay qilsang qabul,
Yo’qluq ichra ado bo’lsam misli rasul,
Bu olamda hech kim yo’qtur mandek malul,
G'arib bo’lub ostonangda o’lmayinmu?

Lutfu karam ehson qildi, bilolmadim,
Shokir bo’lub aning shukrin qilolmadim,
Parvonadek ming tasadduq bo’lolmadim,
Parvonadek kuyub axgar bo’lmayinmu?

Tun saharlar bedor qildi yig'lasun deb,
Yoshin to’kub ishqqa belin bog'lasun deb,
O’rtab-kuyub yurak bag'rin dog'lasun deb,
Dog'in olib Haq qoshig'a bormayinmu?

Vahdoniyat daryosidin xabar berdi,
Alloh o’zi Hodiy bo’lub yo’lg'a soldi,
Do’zax ichra qolmasun deb qo’lum oldi,
Jonu dilim ondog' Haqqa bermayinmu?

Alloh aydi: "Jonni berdim toat qilg'il,
Yuz ming balo sanga solsam toqat qilg'il",
Mani izlab yig'lamaqni odat qilg'il,
Balosig'a sobir bo’lub yurmayinmu?

Haq taolo salom aydi kuygonlarga,
Qonlar to’kub ikki ko’zin o’yg'onlarg'a,
Jonni jong'a payvand qilib yurgonlarga,
Xanjar olib ko’zlarimni o’ymayinmu?

Haq partavi kimga tushsa, dono qilur,
Ko’ngli yorub botinlarin bino qilur.
Ma’rifatni oytib o’zin go’yo qilur,
Go’yo bo’lub Haq yo’llarin oymayinmu?

Salom aydi do’stlarig'a Haq mehribon,
"Munda yig'lang, oxiratda qilay xandon".
Haq yo’lida oshiqlarni joni qurbon,
Bu so’z eshtib yuz ming jonim bermayinmu?

Man daftari soniy oydim dardga darmon,
Biru borim bandam desa qolmas armon.
Harna qilsa, O’zi qilur, Haqdin farmon,
Farmonida hozir bo’lub yurmayinmu?!

Qul Xoja Ahmad, bu dunyoda beg'am o’tdung,
Haqdin qo’rqmay tong otquncha ko’pub yotding.
Dunyo tilab Haq zikrini toshlab otding,
"Tubu ilayh" o’quy-o’quy o’lmayinmu?!

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 04:12:22

- 45 -

O’lum elchisi keldi,
yarog'ing nega qilmassan?
Soqol-soching oqorub,
yarog'ing nega qilmassan?

Taningda qolmadi quvvat,
vujuding borchasi zahmat,
Alardin olmayin ibrat,
yarog'ing nega qilmassan?

O’lumni elchisi keldi,
sango emdi xabar berdi,
Sango na bo’ldi, kelib
yarog'ing nega qilmassan?

Qamug' yoronlaring ketti,
ko’rsatti bo’yini tutti,
Kelib yer qo’ynida yotti,
yarog'ing nega qilmassan?

Bu dunyoni nega suydung,
g'alat qilding, xato qilding,
Qani uqbog'a na qilding,
yarog'ing nega qilmassan?

Bu tandin joning olmoqqa,
malak keldi oyirmoqqa,
Sani qo’ymas dam urmoqqa,
yarog'ing nega qilmassan?

Qul Xoja Ahmad, na ish qilding,
o’zung asragu qilding,
Bu dunyo jirkanib yig'ding,
yarog'ing nega qilmassan?

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 04:12:33

- 46 -

Shaki yo’qtur, qiyomat kun kelur, do’stlar,
"La uqsimu bi yavmil-qiyamah" deb oytmadimu?
O’zin boqiy, o’zgalarni foniy biling,
"Kullu shay’in halikun" deb oytmadimu?

Jumla jonlar yer qo’ynig'a oxir kirgoy,
Mangu, boqiy Ug'on Izim o’zi qolg'oy.
Zamona oxir bo’lsa, ko’k yorilg'oy,
"Izas-sama’un-shaqqat" deb oytmadimu?

Qiyomatning alomati bisyor kechgoy,
Kalomulloh ma’no ketib, xati o’chgoy.
Bulut kukrab, yer tebronib, tog'lar ko’chgoy,
"Yavma tarjifur-rojifah" deb oytmadimu?

Alloh bilur kimga rohat, kimga azob,
Ug'on Izim qozi bo’lub so’rg'oy hisob.
Vo hasrato, banda nechuk bergoy javob,
"Yavma yaqumul-hisab" deb oytmadimu?

Qul Xoja Ahmad oytur tun-kun, yo Rab, sani,
Zor yig'lag'il ishqing bilan tuni-kuni.
Topar banda yursa doim istab sani,
"Fatlubni tajidni" deb oytmadimu?

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 04:12:45

- 47 -

Dunyo suymak xatolarni boshi turur,
Ul Mustafo bizni ogoh qilmadimu!?
"Al-faqru faxri" teyu Tangri rasul(i),
Ug'onidin darvishlikni olmadimu?..

Qo’ymadi Mustafodek necha yoron,
Abu Bakr, Umar, Ali, bilgil, Usmon.
Taxti birla uchor erdi ul Sulaymon,
Bu o’lum changaliga olmadimu?

Umar erdi dini islom yo’lin ochg'on,
Ali erdi kofirlarning bo’ynin chobqon.
Sheron ilgi birlan (Xaybar) bobin ochqon,
Ul ham ajal sharobidin totmadimu?

"Fatubu ilalloh"g'a bo’yunsung'il,
Ma’siyatg'a boqmag'il, ko’zing yumg'il.
Nasuhdek olam ichra oting qo’yg'il,
Tilaklik qul tilagini olmadimu?

"Alastu birabbikum" demish vaqtda,
Ahd qilib "qolu balo" dedim Haqqa.
Agar sen tonar bo’lsang al-miysoqa,
O’rnung saning jahannamda bo’lmadimu?

Ug'onim fosiqlarg'a urdi masal,
"Ulaika kal an’om balhum azall".
To’rt ayog'liq chorpolardek yurur alar,
Telim erlar andin ibrat olmadimu?

Olam faxri Kabutarga masjid degon,
Muhammadning hazratidin bol tilagon.
Ushru zakot bergil desa xo’b ko’rmagon,
Dunyo uchun dinin yelg'a sotmadimu?

Sig'mas Qorun mol(i) aning yobon yozi,
Olam ichra mashhur turur aning so’zi.
Dunyo molin yig'ib olsa to’ymas ko’zi,
Bir ovuch tufroq birla to’ymadimu?

Er ul bo’lur o’lmas burun molin bersa,
Qorun turur o’shal kishi g'ofil tursa.
Yalg'uzgina shumlug'idin o’shal Iso,
To’rtu(la)nchi ko’kda yalg'uz qolmadimu?

Qul Xoja Ahmad, bedor bo’lg'il toat qilib,
Telim yozuq ishlaringdin ibrat olib.
Ishonmag'il yigitlikka fasod qilib,
Telim ochilib qoytib yana suymadimu?

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 04:12:55

- 48 -

Ayo do’stlar, ketmak uchun munda kelduk,
Kelib ketmak boisini bildingizmu?
Asli vatan uldur, munda musofirsan,
Savdo uchun kelib savdo qildingizmu?

Karvonboshi xabar berdi kulli jong'a,
Savdo qil deb buyurdilar har qayong'a,
Savdosini qildi ziyon ko’b nodong'a,
Sudu ziyon qilg'onini bildingizmu?

Oqil qullar savdosini qildilar taxt,
Savdosini qilg'on qullar bo’lur nekbaxt.
Bozorini qilib bog'lar yuklarin saxt
Tayyor bo’ldi, siz ham tayyor bo’ldungizmu?

Sardori karvonboshi qilsa xabar,
Savdo qilg'on, ozuq olg'on qilur safar,
Yuk tongug'lig' shodu xandon (yo’lg'a tushar),
Jahdu jadal qilib yukni tongdungizmu?

Ba’zi nodon kirdi bozor oldi do’kon,
Hamroh bo’ldi ul nodong'a anda shayton,
To qurug'lig' o’lturdilar shodu xandon,
O’shal do’kon dunyo erur, bildingizmu?

Savdo qiloy desa shayton qo’ymas, bilgil,
Oytur anga qo’yg'il bugun, tongla qilg'il.
Umrung uzoq, dam g'animat, ishrat qilg'il,
Oytur anga, ishrat qilib to’ydungizmu?

Bu so’z birla naqdi umrin qo’ldin bergoy,
Umrung bo’ldi bu do’kondin chiqqil degoy.
Vo darig' deb qo’lin tishlab afsus yegoy,
Savdo uchun emdi afsus yedingizmu?

Bu holatda amir karvon kelgoy yetib,
Yurugil deb asl vatan hukmin oytib.
Savdo qilmay muncha o’tdung netak yotib,
Ozuq olmay yo’lg'a kirib yeldingizmu?

Qul Xoja Ahmad, savdo qilg'il bozor o’tmay,
Umrung kuni bitmas, ajal kuni yetmay.
Nogahon(da) ajal kelib yaqong tutmay,
Ajal kelur vaqtin, do’stlar, bildingizmu?

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 04:13:04

- 49 -

Ayo shayxo, toliblarga yo’lni ko’rguz,
Shariatning bayonini qilmasmusan?
Tariqatda qulovuzsiz yo’lg'a kirsa,
Haqiqatning yo’llarini oytmasmusan?

Shayxman teyu ulug' tutding o’zing doim,
Ko’nglung kibru manlik bilan, tiling soim.
Nafsing uchun uzun tunlar turub qoim,
O’qub Qur’on hech o’zungga kelmasmusan?

Shayxman teyu zolimlarga xizmat qilding,
Mulozamat pesha aylab izzat qilding.
Ne’mat bersa joning birla hurmat qilding,
Johil bo’lub zolim sifat bo’lmasmusan?

Ma’ni Qur’on tuz bilmading havo birlan,
Toat qilding xalq ichinda riyo birlan,
Zangor bosg'on ko’ngul yo’qtur ziyo birlan,
Ma’no o’qub riyo qurin solmasmusan?

Faqir bo’lub malomatni to’sha qilg'on,
Dunyo solur oxiratni pesha qilg'on.
Dil ayvonin xilvat qilib go’sha qilg'on,
Ondog' erning xizmatida bo’lmasmusan?

Qul Xoja Ahmad, kimga oyding ushbu so’zni,
Xo’b bilursan, hech bilmassan rohi tuzni.
Bilur qarib yo’l bilguchi qulovuzni,
Gardi poyin qaro yuzga surtmasmusan?

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 04:13:13

- 50 -

Umrung o’tti, ayo g'ofil, zoe’ munda,
G'aflat ko’zin ochib bedor bo’lmasmusan?
Yotur yering tor lahaddur yalg'uz go’rda,
O’lmas burun fikrin munda qilmasmusan?

Ajab yo’ldur borur yering, xatar bisyor,
Qaroqchilar doim anda turur tayyor,
Himmat qilib bu dunyodin aylab guzor,
Oxiratning yarog'ini qilmasmusan?

Yurdung doim shodu xurram, surur birlan,
Mag'rur bo’ldung hoyu havas, g'urur birlan,
Yeding shubha-haromlarni makruh birlan,
Do’zax ichra jazosini tortmasmusan?

Mo’min degon bo’lur doim tafakkurda,
Fikr aylab zikrin oytur uzoq tunda,
Bo’lmas manlik bir zarrae vujudinda,
Ondog' erni etogini tutmasmusan?

Aro yo’lda paydo bo’lur ikki manzil,
Ondog' qulg'a qilg'il munda joning sabil,
Solg'oy sani yaxshi yo’lg'a yori qobil,
Xizmat qilib jannat mulkin olmasmusan?

Jon olg'oni bir kun kelur malakul-mavt.
O’lmas burun o’lum birla bo’lg'il ulfat,
Uzoq yo’lg'a ozuq olg'il - tort riyozat,
Izzat raxtin sotib, xorliq olmasmusan?

Oshiq bo’lsang, malomatdin qilg'il vatan,
G'am tig'idin zaxm aylasun mulki badan,
Ham ochilsun botiningda turluk chaman,
Jondin kechib diydorini ko’rmasmusan?

Rohat topar mehnat sori qadam qo’yg'on,
Zoe’ qo’ymas xizmat qilsang piri mug'on,
Xizmat qilmay da’vo qilsang bari yalg'on,
Qul Xoja Ahmad, pir oldida o’lmasmusan?

Qayd etilgan