Muallif Mavzu: Xoja Ahmad Yassaviy. Devoni hikmat (yangi topilgan namunalar)  ( 54306 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 2 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: DEVONI HIKMAT. Xoja Ahmad Yassaviy
« Javob #60 : 13 Iyul 2006, 04:15:04 »
- 61 -

Haq taolo habibi, yo Mustafo Muhammad,
Dardliklarni tabibi, yo Mustafo Muhammad.
Izhor qildi Odamg'a, Odamdin to Xotamg'a,
Nuri to’ldi olamg'a, yo Mustafo Muhammad.

Mahbubi pok sirdon, matlubi shohi mardon,
Maxdumi kulli inson, yo Mustafo Muhammad.
Me’roj yo’lig'a oshqon,..... dek ulashqon,
Ummat uchun talashqon, yo Mustafo Muhammad.

Yetim qoldi otodin ham mehribon onodin,
Taqdir bo’ldi Xudodin, yo Mustafo Muhammad.
Yetim boshin siladi, teva bo’ldi Muhammad,
Jonni jong'a uladi, yo Mustafo Muhammad.

Yetti yoshar yosh o’g'lon, dur qadrini bildi,
Olti yong'oqqa sotti, yo Mustafo Muhammad.
Teva bo’ldi "af" dedi, ummatini tiladi,
Jabroil yetib keldi, yo Mustafo Muhammad.

Bu dunyoni suymadi, farcha nong'a to’ymadi,
Haq qullug'in qo’ymadi, yo Mustafo Muhammad.
Tilamadi otosin ham mehribon onosin,
Qildi ummat duosin, yo Mustafo Muhammad.

Tangri(si)g'a talabgor, kecha-kunduz yig'lar zor,
Bo’ldi ummatga muxtor, yo Mustafo Muhammad.
Muhit daryoga tushti, Arshi a’lo(ni) oshti,
Mavlosiga rozlashti, yo Mustafo Muhammad.

Shariatni so’zladi, tariqatni izladi,
Haqiqatni ko’zladi, yo Mustafo Muhammad.
Sabr ayladi qanoat, taqvo aylab qilovat.
Kecha-kunduz ibodat, yo Mustafo Muhammad.

Ichib kavsar suyini, uzub jannat gulini,
Izlab ani yo’lini, yo Mustafo Muhammad.
Qul Xoja Ahmad, qil toat, tinmay oytgil salovot,
Rasululloh bo’lg'oy shod, yo Mustafo Muhammad.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: DEVONI HIKMAT. Xoja Ahmad Yassaviy
« Javob #61 : 13 Iyul 2006, 04:15:14 »
- 62 -

Ayo do’stlar, yurak bag'rim bo’ldi kabob,
Ishqsiz odam ishq qadrini bilgon bormu?
Tuni-kuni g'urbat tortib ishq yo’lida,
Bevosita Haq diydorin ko’rgon bormu?

Toshqin turgon daryolardek qaynab yurgon,
Dunyo molin ko’rub, anga mag'rur bo’lg'on.
Hoyu havas, moumanlik da’vo qilg'on,
Qorun yanglig' dunyo molin ko’rgon bormu?

Ishq shiddati boshqa tushsa oshiq bilar,
Begonalar toshlar otib anga kular.
Devona deb boshin yorib qong'a bo’yar,
Mansur yanglig' ishq dorig'a mingon bormu?

Oshiq Mansur "Analhaq" deb yoshi oqti,
Chiltan birla hamroh bo’lub qabug' qoqti.
Yurak bag'ri kabob bo’lub erib oqti.
G'or ichinda chiltanlarni ko’rgon bormu?

Shayx Shibliy samo’ qilib doim yurdi,
Taxtu baxtin tashlab Adham do’kon qurdi,
Parvonadek sham’in ko’rub o’zin urdi,
Parvonadek axgar bo’lub kuygon bormu?

Layli teyu sahrolarda Majnun o’tti,
Laylini ko’rgan zamon hushi ketti.
Hayron bo’lub, sarson bo’lub, boshi qotti,
O’tgon oshiq eranlarni ko’rgon bormu?

Shirinni deb tog'lar qazib oshiq Farhod,
Shirinni ko’rgon zamon qildi faryod.
Aqlu hushin taroj qilib berdi barbod,
Oshiq bo’lub o’lmay turub o’lgon bormu?

Zunnun Misriy o’z shahridin chiqib ketti,
Shayx Boyazid yetmish yo’li o’zin sotti.
O’zin bilmay vola bo’lub boshi qotti,
Ondog' erlar da’vosini qilg'on bormu?

Ibrohim o’z o’g'lini qurbon qildi,
Ismoil diydor teyu jonin berdi.
Ko’zin ochib Haq jamolin hozir ko’rdi,
Ismoildek Haq jamolin ko’rgon bormu?

Ko’b oshiqlar bu dunyodin o’tub ketti,
Go’ruston manzilig'a borib yetti.
Ahlu iyol, xonumonin toshlab otti,
Ibrat olib qizil yuzi so’lg'on bormu?

Qul Xoja Ahmad, dardsiz o’tti umrung, angla!
Xizmat qilib, eranlarni so’zin tingla.
Nadomatda yoshing to’kub, tinmay yig'la,
Munda yig'lab oxiratda kulgon bormu?

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: DEVONI HIKMAT. Xoja Ahmad Yassaviy
« Javob #62 : 13 Iyul 2006, 04:15:23 »
- 63 -

Bu g'aribliq dushvor ermish, ayo do’stlar,
Hech kim kelib, g'arib holin so’rg'on bormu?
Tuni-kuni g'urbat tortib ishq yo’lida,
Ichi kuyub, hasrat birla to’lg'on bormu?

G'urbat ichra kechor ermish g'arib holi,
Hech qolmadi ko’ngul ichra qilu qoli.
Har bir kunda o’lor ermish yuz ming yo’li,
Namozu shom, g'arib holin so’rg'on bormu?

G'ariblig'da yurdum man ayshi noxushg'a,
Dushvor ermish takya, yostuq anda boshg'a.
Munglug' bo’lub oto-ono qorindoshg'a,
Rahim qilib, g'arib holin so’rgon bormu?

Qorindoshlar hasratinda bo’ldum xarob,
Yurak-bag'rim kuyub-yonib bo’ldum kabob.
G'ariblarg'a rahm aylasang, ko’btur savob,
Ayo do’stlar, bu dardimg'a davo bormu?

Davom o’rtor ko’ring, mani g'urbat o’ti,
G'ariblig'da topmadim man halovati.
"Man mota g'ariban" deb hadis oytti,
"Faqod mota shahidan" deb o’lg'on bormu?

G'ariblig'da yururdum man g'urbat tortib,
Malomatlar birla xalqdin so’z eshtib.
Tengi to’shum ko’ngul yorutub majol tortib,
Diydor uchun jonin fido qilg'on bormu?

Diydor uchun jonin fido qildi ersa,
Tuni-kuni Haq zikrini aydi ersa,
Qul Xoja Ahmad, bu g'urbatga tushti ersa,
Eshiting, do’stlar, o’lmaslikka imkon bormu?

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: DEVONI HIKMAT. Xoja Ahmad Yassaviy
« Javob #63 : 13 Iyul 2006, 04:15:31 »
- 64 -

Oshiqlarning so’rog'i, sodiqlarning yarog'i,
Anbiyolar charog'i, xoksor bo’lg'on Muhammad.
O’zin solib mehnatga, turluk-turluk zahmatga,
Osiy, jofiy ummatga, kavsar bo’lg'on Muhammad.

Otodin yetim qolib, o’zini g'amga solib,
Xadicha molin olib, chokar bo’lg'on Muhammad.
Rozi bo’lgon qazoga, rozin oytgon Xudoga,
Ko’kdin kelgon baloga, sobir bo’lg'on Muhammad.

Himmat qurini bog'lab, yurak bag'rini dog'lab,
Sahar vaqtida yig'lab, bedor bo’lg'on Muhammad.
Haqni qullug'in qilib, Haq amrini xalqqa oytib,
Kofir, juhudni qo’rqutub, ajdar bo’lg'on Muhammad.

Anbiyolar xotami, sir-asrori mahrami,
Miskinlarni hamdami, yodgor bo’lg'on Muhammad.
Kunduz ro’zayu namoz, kechasi ajzu niyoz,
Tilab ummatni qish-yoz, muztar bo’lg'on Muhammad.

Shomu sahar yig'lar zor, ummat uchun dilafkor,
Xalqi olamg'a yodgor, yaksar bo’lg'on Muhammad.
Miskinlarg'a yor bo’lg'on, (ummat) tilab zor bo’lg'on,
Bolsizlarg'a (bol) bo’lg'on, shahpar bo’lg'on Muhammad.

Munglug' bo’lg'on muztarga, hozir bo’lg'on gumrohga,
Yetim bo’lg'on g'aribga, sarvar bo’lg'on Muhammad.
Qul Xoja Ahmad miskindur, miskinlardin ma’no so’r,
Miskinliq koni huzur, basar bo’lg'on Muhammad.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: DEVONI HIKMAT. Xoja Ahmad Yassaviy
« Javob #64 : 13 Iyul 2006, 04:15:44 »
- 65 -

Tong otquncha g'aflatdaman hayron qolg'on,
Yo Mustafo! Ilgim oling yo’lda qoldim.
Vo hasrato ichu tashim isyon to’lg'on,
Yo Mustafo! Ilgim oling, yo’lda qoldim.

Ummat bo’lub ummat ishin qilolmadim,
Bedor bo’lub Haq yo’lig'a kirolmadim.
Yalg'on ummat xizmatida bo’lolmadim,
Yo Mustafo! Ilgim oling, yo’lda qoldim.

Saharlarda jonim qiynab, qon yig'lamay,
Alloh oytub, qonlar yutub, zor ingramay.
Yelib-yugurub, eranlardin sir anglamay,
Yo Mustafo! Ilgim oling, yo’lda qoldim.

Yo Muhammad, yomon qulni mahrum qo’ymang,
Osiy, jofiy ummatlarni yo’lda qo’ymang.
Ro’zi mahshar osiylardin yuz o’girmang,
Yo Mustafo! Ilgim oling, yo’lda qoldim.

Banda bo’lsam, yalg'uz Haqni suymasmudim?
Ummat bo’lsam, yo’lg'a qadam qo’ymasmudim?
Qonlar to’kub, ko’zlarimni o’ymasmudim?
Yo Mustafo! Ilgim oling, yo’lda qoldim.

Ummat debon hech uxlamay o’tti rasul,
Osiy, jofiy ummat uchun bo’ldi malul.
Haq taolo qilg'oymu deb bizni qabul,
Yo Mustafo! Ilgim oling, yo’lda qoldim.

Qiyomatda termulturg'oy ummat degil,
Mag'zi sirrim qoynag'onda qo’lum olgil.
Ojiz qulung yo’l odoshsa, yo’lg'a solgil,
Yo Mustafo! Ilgim oling, yo’lda qoldim

Gunohimg'a tog'u toshlar toqat qilmas,
Tarso, juhud, kofir mandek gunoh qilmas.
Haq qoshinda sharmandaman hech kim bilmas,
Yo Mustafo! Ilgim oling, yo’lda qoldim.

Ro’za, namoz qazo qilib, Haqni bilmay,
Yaxshilarni xoki poyi bo’lub yurmay.
Eranlarni duosini munda olmay,
Yo Mustafo! Ilgim oling, yo’lda qoldim.

Yo Muhammad, gunohimdin sharmandaman,
Yo Muhammad, ilgim oling, darmondaman.
Yaxshi toat qilolmadim, armondaman,
Yo Mustafo! Ilgim oling, yo’lda qoldim.

Bu dunyoda qilmishlarim fisqu fujur,
Ummat debon lutf etmasa sadru sudur.
Ul sababdin borsam sori ahli qubur,
Yo Mustafo! Ilgim oling, yo’lda qoldim.

Ummatman deb lof urorman qoni amal?
Alloh uchun man qilmadim hargiz jadal.
Otim ummat, qilg'on ishim jumla zarar,
Yo Mustafo! Ilgim oling, yo’lda qoldim.

Qul Xoja Ahmad, amalim yo’q qayon boray?
Piri mug'on xizmatida ko’ksum yoray.
Taqsir oytib kecha-kunduz hozir turay,
Yo Mustafo! Ilgim oling, yo’lda qoldim.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: DEVONI HIKMAT. Xoja Ahmad Yassaviy
« Javob #65 : 13 Iyul 2006, 04:15:52 »
- 66 -

Ayo do’stlar, tun-kun tinmay zikrin oyting,
Zikrin oytib qullug'inda bo’lmoq kerak.
Qulluq qilib takbir oytib suhbat qursa,
Harna bori bo’lsa Haqdin ko’rmak kerak.

Ishqqa qadam qo’yg'onlari murod tobti,
Kimni ko’rsa sirrin ko’rub aybin yobti.
G'arib bo’lub yaxshilarni izin o’bti,
Shomu sahar xizmatida turmoq kerak.

Muhabbatni sharobini ondin ichib,
Manmanlikni qilg'onlardin yiroq qochib.
Har kim kirsa ushbu yo’lg'a jondin kechib,
Xoki poyin ko’zlariga surmoq kerak.

Yo’lg'a kirgon eranlardin yo’lni so’rmay,
Harna kelsa rozi bo’lub Haqdin ko’rmay.
Ijozatsiz yo’lg'a qadam qo’yub yurgay,
Ishq do’konin yozib anda qurmoq kerak.

Ushbu yo’lg'a kirgon tolib bo’ldi oqil,
G'aflat birla kuyub-yonib bo’lmas oqil.
Umrin zoe’ kechurgonlar bo’ldi johil,
Ishq lashkarin tutub mudom qarmoq kerak.

Sahrolarda chorzarb urub zikrin boshla,
Hoyu havas, moumanlik yiroq tashla.
Kecha-kunduz takbir oytib tinmay ishla,
Zikrin oytib sidqi birla turmoq kerak.

Bahr ichinda odam nafsi javlon qilur,
Ochlig'idin..... tursa afg'on qilur.
Dunyo tilab din ishini vayron qilur,
Yilon yanglig' halqumidin qirqmoq kerak.

Qul Xoja Ahmad, nafsdin ulug' balo bo’lmas,
Yeru ko’kda to’’ma bersang hargiz to’ymas.
Tufroq bo’lub yo’lda yotsang, kofir o’lmas,
Piri mug'on xizmatida turmoq kerak.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: DEVONI HIKMAT. Xoja Ahmad Yassaviy
« Javob #66 : 13 Iyul 2006, 04:16:01 »
- 67 -

Orif uldur, Haq amrini pos aylasa,
Mosivodin nafsin yig'ib xos aylasa.
Shariat hama besh hurufdur rost aylasa,
Ondin so’ngra tariqatga kirmoq kerak.

Tariqat hama besh hurufdur, agar bilsang,
Ta’ayyun bilib, sharoitin ado qilsang.
Besh ko’chasin sayron qilib, yeldek o’tsang,
Ondin so’ngra haqiqatga kirmoq kerak.

Ul ham besh harf yaxshi bilsa Haqqa yetar,
Moumanlik zamiridin beshak ketar.
Bilsa qilsa, ibodatga yo’qtur xatar,
Ma’rifatning maydoniga kirmoq kerak.

Ul besh huruf maydonida javlon qilur,
Zohir botin betavaqquf nolon qilur.
Yetti a’zo ko’zlarini katon qilur,
Murshid bo’lub, irodatga kirmoq kerak.

To’rt maydonni bo’stonida na ishlar bor,
Oytsang, ado bo’lmas anda demishlar bor.
Har damida yuz ming shayx(din) yemishlar bor,
Mundog' in’om lazzatini bilmoq kerak.

Bu yo’llarni tay qilmayin murshid bo’lsa,
Fosiq, johil murid bo’lub, qo’lin olsa.
Mundog' af’ol tongla anda mardud bo’lsa,
Mahshargohni xalqi tamom kulmoq kerak.

Besh kun o’tar dunyo uchun qo’lin olsa,
Ko’rub-bilib nafsi uchun o’tqa solsa,
Yo’l tobmag'on nazrin olib qo’lin olsa.
Vo hasrato, nadomatlar demoq kerak.

Qul Xoja Ahmad, bu hikmatni nechuk ayding,
Bir harfini bilmay o’zung xalqqa yoyding.
Rost yo’llardin botil yo’lg'a erta yonding,
Xavf-xatar ichra nechuk etmoq kerak.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: DEVONI HIKMAT. Xoja Ahmad Yassaviy
« Javob #67 : 13 Iyul 2006, 04:16:09 »
- 68 -

Oshiqlar maydonida ilmi hikmat bilinur,
Eranlarni domig'a shunqor, lochin ilinur,
Ming nafasni bir nafas, qilsa himmat qilsa shavq,
Sir eshigi ochilib, jumla arvoh ko’runur.

Sahar bo’lsa yo’l olar, sir ichinda sir ko’rub,
Ondog' suhbat qilg'onlar, beixtiyor bilinur,
Qutb ul-aqtob darvishlar, xos suhbatga kelurlar,
Alar bo’lg'on suhbatda shavq bisyor bo’lunur.

Suhbat baror tobqoylar ul darvishlar kelgonda,
Kimga nazar solsalar, qulfi dili ochilur,
Halqa ichra Haq yodin, oytib tildin qo’ymaslar,
Tug'yon qilib ruhlari lomakong'a ulanur.

Ul suhbatda eranlar halqa (ichra) o’lturur,
Kimga nazar qilsalar, qulfi dili ochilur,
Harchand alar o’lukdur, zohir ko’zga ko’rinmas,
G'oyibdurlar va lekin botin ko’zga ko’runur.

Sen saqlasang odobni, eranlarni oldida,
Bilgil, alar qoshida sonsiz ma’no bilinur,
Darvishlarga ixlos qil, bergil alarg'a qo’lung,
Har kim kirsa bu yo’lg'a, tahqiq domg'a ilinur.

Ishq domig'a tushmag'on, sir ma’nosin bilmagon,
Dunyo mehrin qo’ymag'on, tongla rasvo bo’lunur.
Qul Xoja Ahmad Yassaviy, tinmay emdi yig'lag'il,
Ko’z yoshingni oquzsang, tongla borsang, bilinur.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: DEVONI HIKMAT. Xoja Ahmad Yassaviy
« Javob #68 : 13 Iyul 2006, 04:16:19 »
- 69 -

Malul bo’ldi bu ko’ngullar, ayo do’stlar,
Tinglasangiz rozin sizga ochorbizo.
Vafosi yo’q yalg'onchidur ushbu dunyo,
Ko’ngul kezib boqiy so’zni ochorbizo.

Ug'on Izim ushbu jong'a qildi farmon,
Bo’yunsunmay taqdirga, anga nadur darmon,
Oqshom tushub sahar bo’lsa ko’chor karvon,
Ul karvonni so’ngin olub ko’chorbizo.

Bizdin burun barcha karvon ko’chub turur,
Boqib tursak bizga navbat yetib turur,
Malak ul-mavt qadah sharbat tutub turur,
Navbat kelsa ul sharbatdin ichorbizo.

Telim nodon erman teyu tuzdi bo’rklik,
Er ul bo’lur iymonini qilsa ko’rkluk,
Qildin yingichka, qilichdin tez Sirot ko’fruk,
Ug'on Izim ro’zi qilsa kechorbizo.

Necha yoqsang, yonmas chirog' yog'in yerda,
Jonlar chiqib tanlar yotur qaro yerda.
Dil chirog'i shu’la uror oshiqlarda,
Ruh bo’lubon bilmam qayon uchorbizo.

Yaqin erur ushbu o’lim ermas yiroq,
Er ul bo’lur oxiratg'a minsa Buroq,
Necha boqsang, oqibat ul o’chor chirog',
Ul chirog'dek bir dam yonib o’chorbizo.

Vo darig'o, o’tti umrum o’ynab-kulub,
Oh urarmen nadomatda qonlar yutub,
Qul Xoja Ahmad, bu hasratdin jonim kuyub,
Ko’z yoshini sorig' yuzga sochorbizo.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: DEVONI HIKMAT. Xoja Ahmad Yassaviy
« Javob #69 : 13 Iyul 2006, 04:16:27 »
- 70 -

Ayo do’stlar, shunqor qushum uchurdum man,
Qanot qoqib qaysi taraf ravon bo’ldi.
Gahi gahi orqasidin unday qoldim,
Davr olibon ko’zlarimdin nihon bo’ldi.

Ayoq bog'in mahkam tutmay qochurdum man,
Silab-siyfab tobin tobmay uchurdum man.
Nadomatda qoldi umrum kechurdum man,
Emdi maning ishim ohu fig'on bo’ldi.

So’rog' so’rsam topilg'oymu o’shal qushum?
Topilmasa dushvor erur maning ishim,
Hasratinda tinmay oqor ko’zda yoshim,
Emdi maning qilg'on sudum ziyon bo’ldi.

Pirim madad qilsa, qayta qo’lg'a olsam,
Har bir yungin ko’zlarimg'a surma qilsam.
Yaxshi toblab qoz, o’rdakka qorshu solsam,
Bihamdilloh emdi sohib Qur’on bo’ldi.

Mundog' tuhfa ilgingdadur, qo’yma zinhor,
Ayoq bog'in mahkam tutub turg'il bedor.
Oxir bir kun ko’rsatgusi sango diydor,
Diydor ko’rgon qulni o’rni jinon bo’ldi.

"Allohumma yo molik ar-riqob" o’qub,
Ozodlig' baroatini izlab topib.
Tavba debon egri yo’ldin rostqa qoytib,
Tavba qilg'on qullar anda mehmon bo’ldi.

Qul Xoja Ahmad, o’zung g'ofil, aqling zoyil,
Amaling yo’q, dunyo sori ko’nglung moyil.
Bul ayoqing ostidadur chohi Hobil,
Yiqilurin bilgon kishi omon bo’ldi.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: DEVONI HIKMAT. Xoja Ahmad Yassaviy
« Javob #70 : 13 Iyul 2006, 04:16:38 »
- 71 -

To’ldi umr paymonasi,
man yig'lamay kim yig'lasun?!
Shayton ko’ngul hamxonasi,
man yig'lamay kim yig'lasun?!

Qilmas nasihat hech kishi,
isyon bila bo’ldi ishim,
Mundog' kechib yozuq ishim,
man yig'lamay, kim yig'lasun?!

Qottig' gunoh bo’ldi ishim,
jahannamda bo’ldi yerim,
Oxir g'azab qilsa Karim,
man yig'lamay, kim yig'lasun?!

Qur’on xatin ko’rmas ko’zum,
oyat-hadis ermas so’zum,
Qulman desam, yalg'on o’zum,
man yig'lamay, kim yig'lasun?!

Na mundadur ro’za-namoz,
na xayr, ehsonu niyoz,
Yo’q haqiqat, xayri niyoz,
man yig'lamay, kim yig'lasun?!

Nafsim mani o’tqa solur,
har lahza tandin jon olur,
Dardim davo tobmay qolur,
man yig'lamay, kim yig'lasun?!

Shayton g'animdur mango,
nechuk aylay yo Rabbano,
Yo Rab, sig'inurman sango,
man yig'lamay, kim yig'lasun?!

Yigitlik quvvati ketti,
qariliq navbati yetti,
Keldi yaqin margi ajal,
man yig'lamay, kim yig'lasun?!

Tutqoy o’lum jomi sharob,
xonumon qilg'on xarob,
Yo hasrato, alal-abad man yig'lamay,
kim yig'lasun?!

Agar yuz yil muhlat berur,
ajal oxir qorshu kelur,
Jong'a qaro kunlar solur,
man yig'lamay, kim yig'lasun?!

Dunyo ishi(dur) bir sori,
nafsim erur (dushman) bori,
Uqbo erur hasrat yeri,
man yig'lamay, kim yig'lasun?!

Qildim base, fisqu fujur,
qoldim netay mahrumu dur,
Ko’nglumda yo’qtur zarra nur,
man yig'lamay, kim yig'lasun?!

Haqdur Karim yo akram,
Qul Xoja Ahmad, yema g'am,
Darmondalik dambadam,
man yig'lamay, kim yig'lasun?!

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: DEVONI HIKMAT. Xoja Ahmad Yassaviy
« Javob #71 : 13 Iyul 2006, 04:16:47 »
- 72 -

Ka’ba sori ketor bo’lduq inshaalloh,
Ey yoronlar, yaxshi qoling, to ko’rguncha.
Qoyda borsoq Alloh yodi bizga hamroh,
Ey yoronlar, yaxshi qoling to ko’rguncha.

Ketoy dermiz xonumondin judo bo’lub,
Ahlu iyol, xonumondin sivo bo’lub,
Dunyo uqbin toshlab, bahri Xudo bo’lub,
Ey yoronlar, yaxshi qoling to ko’rguncha.

Yo’lg'a qadam qo’yoy dermiz Haqni izlab,
Yeru ko’kda, oyu kunlar Haqni izlab,
Arshu Kursiy, Lavhu Qalam Haqni izlab,
Ey yoronlar, yaxshi qoling to ko’rguncha.

Ahlu iyol, xonumondin judo bo’lub,
Sivo etib, xotunlarni mehrin berib,
Safar qilduq vasli uchun jondin bezib,
Ey yoronlar, yaxshi qoling to ko’rguncha.

Arsh istasang, mo’min qulni ko’ngli ichra,
Ishq tilasang, mo’min qulni ko’ngli ichra,
Ko’ror bo’lsang, mo’min qulni ko’ngli ichra,
Ey yoronlar, yaxshi qoling to ko’rguncha.

Ayb etmangiz, Haqni izlab yurodurmiz,
Xosiyatlik Ka’ba sori borodurmiz,
Xo’blar ko’rub, yo’lda ibrat olodurmiz,
Ey yoronlar, yaxshi qoling to ko’rguncha.

Shoyad ko’rsak borib Ka’ba jamolini,
Xizmat qilsak yo’lda sohib kamolini,
Istoydurmiz doim vaslu visolini,
Ey yoronlar, yaxshi qoling to ko’rguncha.

Banda bo’lsoq Xojamizni izlamak xo’b,
Shomu sahar xizmatida kizlamak xo’b,
Yetim qolg'on bo’talardek bo’zlamak xo’b,
Ey yoronlar, yaxshi qoling to ko’rguncha.

Qul Xoja Ahmad, ma’budig'a ko’ngul berib,
Haq vaslini tilar doim javlon qilib,
Ishq yo’lida mandek yo’qtur hech kim g'arib,
Ey yoronlar, yaxshi qoling to ko’rguncha.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: DEVONI HIKMAT. Xoja Ahmad Yassaviy
« Javob #72 : 13 Iyul 2006, 04:16:58 »
- 73 -

Ayo g'ofil, ko’zung ochgil,
ketibdur jumla yor emdi,
Jahon ko’hna rabotidur,
ki bilsang roh guzor emdi.

Ko’zungni ravshani ehson,
dilingni quvvati imon,
Bu dunyo bevafo yalg'on,
ketorsan bemador emdi.

Kecha-kunduz jadal aylab,
bu dunyo izzatin izlab,
Tun-kun behuda so’zlab,
yurursan sharmisor emdi.

Go’ristonlar aro boqg'il,
xaloyiqni tomosho qil,
Bori hasrat qilib yig'lar,
yotibdur xoru zor emdi.

Nidoyi "irji’i!" kelsa,
na kelturdung ayo bandam?
Bo’lursan sarnigun ul dam,
turursan ustuvor emdi.

Jahong'a e’timod etma,
tiling Haq zikridin qo’yma,
Bu dunyo ayshini surma,
bo’lursan nomdor emdi.

Saharlarda turub yig'la,
ibodatg'a beling bog'la,
Imoningni arig' saqla,
bo’lursan obdor13 emdi.

Bu dunyo zavqidin kechgil,
muhabbat jomidin ichgil,
Boridin bir yo’la kechgil,
yurursan shohsuvor emdi.

Xaloyiq barchasi o’tti,
bori yer qo’ynig'a yetti,
O’g'ul-qizin yetim etti,
buzuldi ro’zgor emdi.

Xoja Ahmad Yassaviy, izzat –
tun-kun yutgoni hasrat,
Saharlar tortibon mehnat,
qila ko’r gashti kor emdi.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: DEVONI HIKMAT. Xoja Ahmad Yassaviy
« Javob #73 : 21 Iyul 2008, 08:31:14 »
Devoni hikmat (yangi topilgan namunalar)



Muallif: Ahmad Yassaviy
Hajmi: 228 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
Online o'qish
« So'nggi tahrir: 01 Mart 2010, 08:51:10 muallifi AbdulAziz »
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

 

Ahmad Yassaviy. Devoni hikmat (turkiy yozuvida) خواجه احمد يسوى - ديوان حكمت

Muallif AbdulAzizBo'lim O'zbek mumtoz adabiyoti

Javoblar: 139
Ko'rilgan: 42481
So'nggi javob 24 Fevral 2010, 07:30:14
muallifi AbdulAziz
Sultonul orifiyn Xoja Ahmad Yassaviy

Muallif AbdulAzizBo'lim Tasavvuf

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 15919
So'nggi javob 25 Aprel 2010, 12:43:39
muallifi Ansora
Xoja Ahmad Yassaviy

Muallif AbdulAzizBo'lim Tasavvuf

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 15007
So'nggi javob 25 Aprel 2010, 13:48:53
muallifi Ansora
Ahmad Yassaviy hikmatlari eng zo'r hikmatlar.

Muallif Muhammad AminBo'lim She'riyat

Javoblar: 33
Ko'rilgan: 47768
So'nggi javob 27 Fevral 2012, 11:10:59
muallifi Shuhrat_
Ahmad Yassaviy. Hikmatlar

Muallif AbdulAzizBo'lim O'zbek mumtoz adabiyoti

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 16680
So'nggi javob 17 Dekabr 2010, 11:28:55
muallifi AbdulAziz