Xoja Ahmad Yassaviy. Devoni hikmat (yangi topilgan namunalar)  ( 75146 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 8 B


shoir  13 Iyul 2006, 03:41:53


DEVONI HIKMAT

Xoja Ahmad Yassaviy

- 1 -

Ayo mo’min, kirgil yo’lg'a murod istab,
Jon bahridin o’tgin Rahim Rahmon uchun.
Gunohingga pushaymon bo’l sidqing birla,
Tavba qilg'il rahm etguvchi G'ufron uchun.

Tanda joning mehmon erur necha kunlar,
Qon yig'lag'il qayg'u birla uzoq tunlar.
Nechuk bo’lg'oy holim debon yiroq yo’llar,
Shoyad qabul qilg'oy sandek hayron uchun.

Lutf aylasa, mushkul ishlar bo’lur oson,
Ug'on Izim bandam desa qolmas armon,
Ne’mat berur dunyo ichra turluk alvon,
Bino qildi sakkiz behisht mehmon uchun.

Zohid qullar taqvo qilib namoz o’qur,
Nasib qilsa anda borib hurlar quchur,
Oshiq qullar Mansur yanglig' jondin kechur,
Qurbon bo’lur dor ustida jonon uchun.

Harom erur oshiqlarg'a g'ayr az Xudo,
Xato erur talab qilsa har du saro.
Muhabbatsiz toatlaring - bodi havo,
Mag'rur bo’lma dunyo, uqbo, rizvon uchun.

Yo Rabbano, xo’b bilursan jumla asror,
Ko’btur munda jurmu isyon, qilma izhor,
Qahr aylama man osiyga Izim Jabbor,
Bag'ishlag'il ul hurmati Furqon uchun.

Qul Xoja Ahmad, lof urubon ayding muni,
Lof urursan muhabbatdin, ahding qani?
Na eranlar bu dunyodin bo’ldi foniy,
Nafs ilgida o’ldung misli hayvon uchun.

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 03:42:03

- 2 -

Oshiqlari zikrin oytib hormas ermish,
Borg'on sori yigit bo’lur, qormas ermish.
Halqa topsa, oshiq ishga hormas ermish,
Kahf itidek orif so’ngidin qolmas ermish.

Orif so’ngig'a erishgonlar mazo topti,
Mazo topib, Haq yo’lida rizo topti.
Jismu jonin fido qilib g'izo topti,
Chin oshiqlar ursa-so’ksa tonmas ermish.

Qitmir itdin ibrat olg'il oshiq ersang,
Oqsoqlanib yo’ldin qolma sodiq ersang.
Erlar sevur yaxshi qulg'a loyiq ersang,
Loyiq bo’lg'on qullar yo’lda qolmas ermish.

Tavfiq tilab eranlarg'a yovuqlang'il,
Ko’ngul uzub taalluqdin sovuqlang'il.
Dunyo qo’yub, oxiratg'a ozuqlang'il,
Ozuq olg'on aro yo’lda qolmas ermish.

Oshiq qullar jafo tortsa, qonlar yutar,
Harna jafo tegsa, oni rohat tutar,
Mehnat tortmay, jafo chekmay qachon yetar,
Bu holatda bo’lg'on oshiq qolmas ermish.

Oshiq qullar ingroyurlar tun-kun tinmay,
Zor ingrabon na’ra uror bag'ri tolmay,
Zokir qullar arra tortor doim hormay,
Suhbat topsa jon o’ynotib hormas ermish.

Ergashgonlar yaxshilarg'a zoe’ qolmas,
Sidqi birla chin ixloslig' topmay qolmas,
Chin yo’llarg'a qadam qo’yg'on ursa qoytmas,
Tolib qullar matlubidin qolmas ermish.

Qul Xoja Ahmad, oriflarg'a moyil bo’lgil,
Harna desa, bo’yunsunib qoyil bo’lgil,
Xizmat qilib yugrub yurub soyil bo’lgil,
Xizmat qilg'on murodina yetor ermish.

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 04:04:12

- 3 -

Oxir zamon shayxlaridin so’zloyin,
Iymon-islom bilmay shayxliq qilor ermish,
Ilm o’rganmay, amal qilmay, ma’ni uqmay,
Oxiratda qaro yuzluk bo’lor ermish.

Shayxman teyu mehrob ichra o’lturg'oylar,
Halqa ichra xalqg'a zahmat yetkurgoylar,
Hoyu Hu deb sarmastlig'in bildurgoylar,
Ondog' johil qandog' shayxliq qilor ermish.

Mundog' shayxning qiyomatda yuzi qaro,
Nodonliqda shayxliq qilur — ishi riyo,
Ro’zi mahshar rasvo bo’lur, ko’zi a’mo,
Avval-oxir zalolatda bo’lor ermish.

Shayx bo’lmoqg'a jam’ ul-jam’ adno maqom,
Hozir bo’lub, ogoh bo’lsang alad-davom,
Pir xizmatin necha yillar qilsa tamom,
Yo’q ersa, zolu muzill bo’lor ermish.

Omi shayxlar quloq, dumsiz himor bo’lg'oy,
Himmatlari dunyo molin yig'or bo’lg'oy,
Xaloyiqni yo’l ozg'urub ketor bo’lg'oy,
Ondog' shayxlar bahoyimdin batar ermish.

O’zlarini xalqlar aro tutqoy ulug',
Botinlari ichra yo’qtur zarra furug',
Man ortuq, deb yurgonlarni joyi tamug',
Do’zax ichra qottiq azob tortor ermish.

Aybin oytsa, ochchig'lanib urushqoylar,
O’zi bilmay yamon ishga yurushgoylar,
Qaro yuzluk mahshar kuni turushqoylar,
Nadomatda boshi qotib yurur ermish.

Ey mo’minlar, o’shal shayxni bayonini,
Man oytoyin, yaxshi tinglang ayonini,
Qiyomatda yuklar murid gunohini,
Sirot uzra titrab-qaqshab turor ermish.

Mundog' shayxning oqilini degil ahmoq,
Omiliqda shayxliq qilur ermish mutloq.
Botin ichra anga tegor doim to’qmoq,
Qiyomatda hasrat qilib yuror ermish.

Chin shayx bo’lsa, dunyo molin suymas, biling,
Tongla borsa, do’zax ichra kuymas, biling,
Alloh debon kechalarda uymas, biling,
Yuzin ko’rsang, to’lg'on oydek bo’lor ermish.

Qo’lin tutsang dunyo mehri dildin ketor,
Halqasida moumanlik jumla ketor,
Nazar qilsa, ikki olam ishing bitor,
Ondog' murshid lomakonda yuror ermish.

Shayxliq otin anga qilmoq erur vabol,
Jon berorda iymonig'a xavfu zavol.
Oxiratda anga bo’lur har dam nakol,
Rahmon egam mundog' quldin bezor ermish.

Odam ersang, to’g'ri yo’lda yuro ko’rgil,
Payg'ambarni qilmishlarin qilo ko’rgil,
Jonu dilda tabiatin oyto ko’rgil,
Bu yo’l yurgon maqsudig'a yetor ermish.

Qul Xoja Ahmad, agar bo’lsa aqling salim,
Quruq otqa takya qilmoq xuni azim.
Tavba qilsang, shoyad qabul qilg'oy Rahim,
Tavba qilsang, Xudo rahmat qilor ermish.

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 04:04:30

- 4 -

Aqlim ketti, boshim qotti, nechuk oytoy?
Rahmon egam, aro yo’lda qoldim mano.
Umrum o’tti, vaqtim yetti, qoyda boray?
Rahmon egam, aro yo’lda qoldim mano.

Vo darig'o, tong otquncha ko’pub yottim,
Shayton bilan ishrat qilib, dinim sottim,
Bu olamda Haqni suymay beg'am o’tdim,
Rahmon egam, aro yo’lda qoldim mano.

Gunohimdin tog'u tuzlar hazar qildi,
Na yer ketoy, yozuqlarim malak bildi,
Kotiblari shohid bo’lub, xatg'a oldi,
Rahmon egam, aro yo’lda qoldim mano.

Gunohim ko’b yolboroyin dargohinga,
Yaqom tutub, yig'lab boroy borgohinga,
Sattor egam, yo’l ko’rsatgil gumrohinga,
Rahmon egam, aro yo’lda qoldim mano.

Tavfiq bersa bo’ynum egib yo’lg'a kiray,
Xizmat qilib eranlardin yo’lni so’ray.
Sensan meni panohimsan, qoyda boray?
Rahmon egam, aro yo’lda qoldim mano.

Yo Qodiro, gunohimdin sharmandaman,
Ilgim olib afv etmasang, darmondaman,
Ojiz qulman, harna qilsang - farmondaman,
Rahmon egam, aro yo’lda qoldim mano.

Gunohim bor benihoyat, sanga ma’lum,
Lab tashnaman, qiyomatda qilma mahrum,
Qo’l qovshurub uzrim oytoy g'arib, mazlum,
Rahmon egam, aro yo’lda qoldim mano.

Yuz ming-yuz ming gunohimdin lutfung baland,
Shayton lain yo’ldin ursa, qilmam pisand,
Ming bir oting tasbeh qilsam, og'zimda qand,
Rahmon egam, aro yo’lda qoldim mano.

Gunohimdin uyotlig'man, oting Rahim,
Rahmatingdin qatra bersang, oting Karim,
Dargohinga yig'lab keldim, Hayyu Qadim,
Rahmon egam, aro yo’lda qoldim mano.

Qul Xoja Ahmad, gunohkorman boshim quyi,
Ro’zi mahshar pok etmasa kavsar suyi,
Osiy, jofiy, tarso, juhud fe’li xo’yi,
Rahmon egam, aro yo’lda qoldim mano.

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 04:04:39

- 5 -

Ishqim toshti, bag'rim shishti, ruhum qochti-
Yig'lamaymu, jon mahramin tobmasmano?
Aqlim shoshti, o’pkam shishti, haddin oshti-
Yig'lamaymu, jon mahramin tobmasmano?

Muhabbatning jomin ichib devonaman,
Majnunsifat xelu xeshdin begonaman.
Ey yoronlar, sham’in ko’rub parvonaman,
Yig'lamaymu, jon mahramin tobmasmano?

Yurak pora, ko’nglum yora, aqlim hayron,
Diydor izlab fano bo’lg'on xonavayron,
Qoyda borsam, motam tutub ko’zum giryon,
Yig'lamaymu, jon mahramin tobmasmano?

Ishq o’tig'a kuygon oshiq bilmas o’zin,
Behush yurar, xaloyiqg'a oytmas so’zin.
Haqqa boqar, dunyo sori solmas ko’zin,
Yig'lamaymu, jon mahramin tobmasmano?

Tong otquncha yoshim oqor, holim xarob,
Ko’nglum sinuq, rangim sorig', bag'rim kabob,
Haq sorig'a banda bo’lsang qilg'il shitob,
Yig'lamaymu, jon mahramin tobmasmano?

Baxtim qaro - bir qatra may totolmadim,
Ahlu iyol, xonumondin o’tolmadim,
Jondin kechib pir etogin tutolmadim,
Yig'lamaymu, jon mahramin tobmasmano?

Shum tole’man, tegmas qo’lg'a mani jomim,
Toatim yo’q, a’mo sifat tobmam yo’lum,
Bulbul sifat nola qildim, kelmas gulim,
Yig'lamaymu, jon mahramin tobmasmano?

Vo darig'o, shavq o’tig'a kuymay o’tdum,
Dunyo tilab yalg'uz Haqni suymay o’ttum,
G'aflat birlan pir etogin tutmay o’tdum,
Yig'lamaymu, jon mahramin tobmasmano?

Turluk-turluk alomatlar bo’ldi, do’stlar,
Rostliq ketib, yalg'on da’vo to’ldi, do’stlar,
Haq Mustafo oyg'onlari keldi, do’stlar,
Yig'lamaymu, jon mahramin tobmasmano?

Haq Mustafo oyg'onlarin bil nasihat,
Hayf odam, bir-birini qilmas izzat.
Masjid kirib, toat qilmay qilur g'iybat,
Yig'lamaymu, jon mahramin tobmasmano?

Qul Xoja Ahmad, qulman dersan, so’zung yalg'on,
Bu dunyoda sendek yo’qtur yo’lda qolg'on,
Haqdin kechib, shayton bilan ulfat bo’lg'on,
Yig'lamaymu, jon mahramin tobmasmano?

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 04:04:49

- 6 -

Tavba qilib Haqqa yonsam bo’lormukin,
Tavbasizdin o’lub ketsam, netgum mano.
Piri mug'on mani yo’lg'a solormukin,
Yo’lg'a kirmay o’lub ketsam, netgum mano?

Yamon so’zdin bu tilimni emdi yig'sam,
Egri yo’lg'a kirgonlarni urub-so’ksam.
Namoz o’qub, riyozatda belim buksam,
Belim bukmay o’lub ketsam, netgum mano?

Tavba qilsam, piri mug'on tortormukin?
Kundin-kunga toatlarim ortormukin?
Nafsim mani yomon yo’ldin qoytormukin,
Qoytormayin o’lub ketsam, netgum mano?

Tavba qilsam, Xojam qabul etormukin?
Hama nodon bu dunyodin o’tormukin?
Hasrat bilan g'aflat tongi otormukin,
Tong otmayin o’lub ketsam, netgum mano?

Azroil bir kun kelsa jon olg'oli,
Ul holatda majol bo’lmas so’z oyg'oli.
Azroil qo’ymas sani dam urg'oli,
Dam urolmay o’lub ketsam, netgum mano?

Ahlu iyol, xonumoning turub qolur,
Barchasini hisobini sandin olur.
Holing nechuk kechor ermish - Tangrim bilur,
Bu holatda o’lub ketsam, netgum mano?

Imonliq qul o’lub borsa, jannat kirgoy,
Jannat kirib, hurlar bilan ishrat qilg'oy.
Har yonidin Rizvon kelib salom qilg'oy,
Javob oytmay o’lub ketsam, netgum mano?

Haq bandasin nomalarin qo’lg'a berur,
Xos bandalar qo’lg'a olib ani o’qur.
Uchor qushdek parvoz qilib qanot to’qur,
Parvoz qilmay o’lub ketsam, netgum mano?

Qul Xoja Ahmad, tavba qilg'il o’lmas burun,
Haq taolo so’ro’g'-savol qilmas burun.
Ro’zi mahshar tarozusin qurmas burun,
Amal qilmay o’lub ketsam, netgum mano

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 04:04:58

- 7 -

Oriflarni suhbatidin bahra olg'on,
Xudoyig'a yaqin bo’ldi, bildim mano.
Piri komil mukammilga xizmat qilib,
Ixlos bilan sir-asrorin bildim mano.

Sir-asrorin bilgonlarga - rahmat in’om,
Xos bandam deb Haq yubormish ming yo’l salom,
Ondin so’ngra Haqdin kelgoy anga payom,
Hozir turub Arsh ustida ko’rdum mano.

Arsh ustida namoz o’qub, tizim buktum,
Rozim oytib, Haqqa boqib yoshim to’ktum,
Yalg'on oshiq, yalg'on so’fiy ko’rdum, so’ktum,
Ma’shuqimg'a ming bir savol qildim mano.

Savolimg'a Haqdin keldi yaxshi javob,
Ro’zi mahshar a’molingni qilmam hisob,
Qudrat birlan kotib bitib berdi xitob,
Haq "kul!" dedi, ta’zim bilan kuldum mano.

Yo’lsiz erdim, ulug' bobom qildi madad,
Duo qilib, xos buzruglar berdi quvvat,
Xizr bobom hozir bo’lub, qildi shafqat,
Shafqatidin xosiyatlar ko’rdum mano.

Xosiyatni sizga oytoy xalqi jahon,
Bandasig'a nido keldi, Haqdin pinhon,
"Kel abdi!" deb sahar chorlar Haq mehribon,
Yelib-yugrub, eranlardin so’rdum mano.

Qayu tolib hikmatimni tutsa aziz,
Qoyda borsa, boshi - aziz, so’zi - laziz,
Yaxshi so’zni fahm aylamas har betamiz,
Ul sababdin dono izlab yurdum mano.

Mayxonag'a kirgon bilur may qadrini,
Ishqdin xabar olg'on bilur nay qadrini,
Har nojinsdin so’rsang bilmas ishq qadrini,
Ishq qadrini bilgonlardin so’rdum mano.

Men daftari soniy oydim, solg'il quloq,
Qon yosh to’kub yig'lamaslar misli buloq,
Banda bo’lsang, dunyo uqbin qilg'il taloq,
Taloq qilib diydorini ko’rdum mano.

Haq taolo oshiqlarg'a berdi ishqin,
Toliblarg'a tuhfa berdi shavqu zavqin,
Kazzoblarg'a shayton berdi riyo dalqin,
Riyoliqni so’zlar bilan urdum mano.

Riyo qilg'on shayxni ko’rdum - bezor bo’ldum,
Zarra bo’yi tegdi menga, bemor bo’ldum,
Haq yo’lida sarmast edim, hushyor bo’ldum,
Oning uchun dushman tutub yurdum mano.

Qul Xoja Ahmad, toat qilsang, pinhon qilg'il,
Lab nomahram, dam nomahram, o’zung bilgil,
Balki dil ham nomahramdur, hozir bo’lg'il,
Haqdin o’zga talablarni surdum mano.

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 04:05:08

- 8 -

Avval saning hamding oytoy, Qodir Xudo,
San zabonim joriy qilg'il hozir iloh.
Gunah dardi bemor qildi, bergil davo,
Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.

Gunohimni bayon qilsam, yerga sig'mas,
Sandin o’zga kimga boroy, qo’lum olmas,
Hodiy o’zung, sansiz hech kim yo’lg'a solmas,
Gunohimdin yig'lab sanga keldim mano.

Gunahkorman, harna bo’lsam sanga bo’ldum,
Rahmon egam, yuz o’gurma, sig'nib keldim.
Ayo mahbub, lutf etmasang, yo’lda qoldim,
Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.

Yo Iloho, gunohimdin darmondaman,
Sanga loyiq amal qilmay armondaman.
Harna qilsang, o’zung qilg'il, sharmandaman,
Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.

Gunohimni har kim ko’rsa, mandin bezor,
Lutfu karam o’zung qilsang, hama bekor.
Giyoh unmas yerga boqsang, bo’lur gulzor,
Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.

San ozodlig' barotini bersang oson,
Rahmat daryo qatra tomsa, holim xandon.
Fayzu futuh to’lo bersang jonim qurbon,
Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.

Tavba qilib, gunohimdin sanga yig'lay,
Muhabbatni o’ti birlan yurak dog'lay.
Haq yo’lida boshim berib, iymon o’ynay,
Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.

Banda bo’lsang, tavba qilg'il holo fursat,
Yigitlikda riyozat qil, dam g'animat.
Qarib-cho’kub qilolmassan Haqqa toat,
Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.

Ikki olam bandangdurman, G'afforimsan,
Shayton lain yo’ldin ursa, g'amxorimsan.
Yerga sig'mas gunoh qildim, Sattorimsan,
Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.

Bu yo’llarni uqbasi ko’b boshim qotti,
Yig'lamaymu, g'ariblikni o’qi o’tti.
Mandin burun borcha tolib Haqqa yetti,
Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.

Jonim guvoh - jismim gunoh, dilim gunoh,
Na til birlan munda man dey sanga, iloh.
Man yig'lamay kim yig'lasun, holim taboh?!
Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.

Tanim isyon, so’zum yalg'on, korim xato,
Gunohim ko’b behad erur, vo hasrato.
Rahmat lutfung qamug' qilsang bizga ato,
Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.

Rahmon egam nafsni berding manga, lo-lo,
Na til birlan oytoy sanga hamdu sano.
Dargohingga yig'lab keldim, bergil davo,
Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.

Ey yoronlar, kofir nafsga oltmish bosh bor,
Har boshida yuz ming shayton lashkari bor.
Xos buzurglar nafs ilgida tufroqdin xor,
Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.

Riyozatni qirq kun chekib bir bosh ketti,
Subhi sodiq boqib ko’rdi: unub chiqti.
G'arib Adham nafs ilgida turfa shoshti,
Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.

Ilgin ochib, munojotin Haqqa qildi,
Jonu dilda tavba qilib, bexud bo’ldi.
Nadomatda sochu saqol yulub oldi,
Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.

G'arib Adham nafs ilgida dod ayladi,
Taxtdin kechib, Rahmonini yod ayladi.
G'arib, yetim ko’nglin ovlab, shod ayladi,
Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.

Dargohingga yig'lab keldi Qul Xoja Ahmad,
Umidim ko’b, qiyomatda qilsang rahmat.
Parvoyim yo’q shayton lain qilsa zahmat,
Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 04:05:17

- 9 -

Ishq dardini oshiqlarg'a tuhfa berdi,
Shavq o’tida o’rtab-yonib kuydum mano.
Muhabbatni sharobini to’yo berdi,
Sarmast bo’lub raqsu samo’ urdum mano.

Ishqi tushti g'arib boshg'a, turolmadim,
Xalq ichinda toqat qilib yurolmadim.
Majnun sifat xelu xeshim ko’rolmadim,
Biyobonni vatan qilib yurdum mano.

Biyobonni qumlarini ko’zga surttum,
"Jondin kech!" deb nido keldi jondin o’ttum.
Bu dunyoda yuz ming turluk jafo torttum,
Bihamdilloh vafosini ko’rdum mano.

Ko’zum ochtim, Layli demay Alloh dedim,
Dunyo demay oxiratni g'amin yedim.
Shak kelturmay birligingga bo’yunsundim,
To o’lguncha bir ahdimda turdum mano.

Ixlosimni ko’rub ma’shuq qo’lum oldi,
Fayzu futuh to’la berib yo’lg'a soldi.
Bo’ynum egib moumanlik yakson qildi,
Tufroq bo’lub o’lmas burun o’ldum mano.

Oshiqlarg'a ishqin berib oshiq qildi,
Rahmon egam o’z yo’lig'a sodiq qildi,
Chin tolibni dargohig'a loyiq qildi,
Loyiq bo’lub tariqatga kirdim mano.

Ishq xanjari ko’ksum teshti, qildi xarob,
Yig'lamaymu, shavq o’tida bag'rim kabob.
Mehnat torttim hech bermadi (mango) sharob,
Cho’llar aro hasrat qilib yurdum mano.

Xos ishqidin bahra olg'on hayron bo’lur,
Rasvo bo’lub, xalq ichinda vayron bo’lur.
Diydorini talab qilib giryon bo’lur,
Yig'lay-yig'lay bo’yi Xudo oldim mano.

Ishq kulbasi bag'rim ichra makon qildi,
G'amu shukri aqlim olib payhon qildi.
Kimdin yig'lay, harna qildi, jonon qildi?!
Jononimg'a arz olg'ali keldim mano.

Qul Xoja Ahmad, oyg'on so’zung boldin shirin,
Ko’zung yoshlig', ko’nglung sinuq, so’zung hazin.
Inshaalloh, bo’lg'ung oxir Haqqa yaqin,
Sajda aylab dargohig'a keldim mano.

Qayd etilgan


shoir  13 Iyul 2006, 04:05:26

- 10 -

Alloh, Alloh, subhanalloh, qayon ketay?
Yozuqlarim yerga sig'mas kimga oytoy?
Sattor egam, aybim yobsang o’lub ketay,
Qaro yerning orosinda qoldim mano.

Sochu soqol xo’b oqordi, ko’ngul qaro,
Tongla borsam yo puchakman yoxud saro.
Kim "alastu bi rabbikum" demish vaqto,
Bilolmasman qayu jam’din bo’ldum mano.

G'ariblikni o’qi tegdi boshim qotti,
Essiz, umrum g'aflat bilan zoe’ o’tti.
Kofir nafsim tug'yon qilib mani yutti,
Vo hasrato, na yuz birla borg'um mano.

Qayd etilgan