- 8 -
Avval saning hamding oytoy, Qodir Xudo,
San zabonim joriy qilg'il hozir iloh.
Gunah dardi bemor qildi, bergil davo,
Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.
Gunohimni bayon qilsam, yerga sig'mas,
Sandin o’zga kimga boroy, qo’lum olmas,
Hodiy o’zung, sansiz hech kim yo’lg'a solmas,
Gunohimdin yig'lab sanga keldim mano.
Gunahkorman, harna bo’lsam sanga bo’ldum,
Rahmon egam, yuz o’gurma, sig'nib keldim.
Ayo mahbub, lutf etmasang, yo’lda qoldim,
Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.
Yo Iloho, gunohimdin darmondaman,
Sanga loyiq amal qilmay armondaman.
Harna qilsang, o’zung qilg'il, sharmandaman,
Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.
Gunohimni har kim ko’rsa, mandin bezor,
Lutfu karam o’zung qilsang, hama bekor.
Giyoh unmas yerga boqsang, bo’lur gulzor,
Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.
San ozodlig' barotini bersang oson,
Rahmat daryo qatra tomsa, holim xandon.
Fayzu futuh to’lo bersang jonim qurbon,
Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.
Tavba qilib, gunohimdin sanga yig'lay,
Muhabbatni o’ti birlan yurak dog'lay.
Haq yo’lida boshim berib, iymon o’ynay,
Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.
Banda bo’lsang, tavba qilg'il holo fursat,
Yigitlikda riyozat qil, dam g'animat.
Qarib-cho’kub qilolmassan Haqqa toat,
Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.
Ikki olam bandangdurman, G'afforimsan,
Shayton lain yo’ldin ursa, g'amxorimsan.
Yerga sig'mas gunoh qildim, Sattorimsan,
Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.
Bu yo’llarni uqbasi ko’b boshim qotti,
Yig'lamaymu, g'ariblikni o’qi o’tti.
Mandin burun borcha tolib Haqqa yetti,
Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.
Jonim guvoh - jismim gunoh, dilim gunoh,
Na til birlan munda man dey sanga, iloh.
Man yig'lamay kim yig'lasun, holim taboh?!
Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.
Tanim isyon, so’zum yalg'on, korim xato,
Gunohim ko’b behad erur, vo hasrato.
Rahmat lutfung qamug' qilsang bizga ato,
Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.
Rahmon egam nafsni berding manga, lo-lo,
Na til birlan oytoy sanga hamdu sano.
Dargohingga yig'lab keldim, bergil davo,
Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.
Ey yoronlar, kofir nafsga oltmish bosh bor,
Har boshida yuz ming shayton lashkari bor.
Xos buzurglar nafs ilgida tufroqdin xor,
Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.
Riyozatni qirq kun chekib bir bosh ketti,
Subhi sodiq boqib ko’rdi: unub chiqti.
G'arib Adham nafs ilgida turfa shoshti,
Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.
Ilgin ochib, munojotin Haqqa qildi,
Jonu dilda tavba qilib, bexud bo’ldi.
Nadomatda sochu saqol yulub oldi,
Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.
G'arib Adham nafs ilgida dod ayladi,
Taxtdin kechib, Rahmonini yod ayladi.
G'arib, yetim ko’nglin ovlab, shod ayladi,
Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.
Dargohingga yig'lab keldi Qul Xoja Ahmad,
Umidim ko’b, qiyomatda qilsang rahmat.
Parvoyim yo’q shayton lain qilsa zahmat,
Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano.