Assalomu alaykum qadirdomlar!!!
Sovet davlati buzulib unga hos bayramlar: 1-may, 7-noyabr, 23-fevral kabilar ham unut bu'lib ketdi, yangi avlod vakillari bular qanday sanalar ekanini bilishmasa kerak. Qiziqqanlar uchun eslatib u'taman, 1 -may halqaro mehnatkashlar kuni, 7- noyabr Ulug' oktyabr revolyutsiyasi kuni, 23- fevral Sovet armiyasi va harbiy dengiz floti kuni. Bu bayramlar u'sha davrning eng katta bayramlari edi. Mayli bularni nishonlashdan hozir hech qanday mantiq yu'q. Lekin usha davrda 9-may Galaba kuni degan ajoyib kun, butun insoniyatni fashizmdan ozod bu'lgan kuni keng nishonlanar edi. Bu kun uchun Sovet Ittifoqni 23 million kishi hayotini bergan, bu kunni millionlar 7 yil kutgan. Va bu kunga etishgan!!! Bu bayramni hozirgi kunda butun er yuzida, hatto shu urushni bosh sababchisi Germaniyada ham "Galaba kuni" deb nishonlashadi. Lekin U'zbekistonda negadir bu bayram nomi u'zgartirilgan! Hotirlash va qadrlash kuni!!! qiziq nega bu kunni hamma singari Galaba kuni deyishga "orlanamiz" ? Nima 1941 yilda su'zsiz kapitulatsiyaga U'zbekiston qu'l qu'yganmi?!! menimcha Germaniya qu'ygan edi. Endi u'ylab qolaman Galaba kunini u'z nomi bilan nomlash nimaga halaqit berdi. Ahir bu kun uchun oz muncha U'zbek u'g'lonlari jon berishdimi, u erdan tirik qaytib kelganlar biz g'alaba qozongan kun deyishga haqqi yu'qmi??
Bu ku'pchilikni fikricha ahamiyatsizdek narsa. Lekin yana 5-10 yildan keyin yangi avlod bu kunni aslida qanday kun ekanligini bilmaydi, u'ylashadiki bu kun faqat u'tganlarni hotirlash va qadrlash kuni ekan deb.
Bir nemis menga : sizlar nemislar ustidan g'alaba qozongansizlar degandi, u'shanda millatimdan, biz uchun jonini bergan ajdodlarimdan fahrlangandim. Ha bu bizning g'alaba, bizning shonli tarihimiz, uni avlodlarga borligicha etkazishimiz kerak, toki ular ajdodlari nafaqat u'zaro urushlarda balki bosqinchilarga, evropaliklarga, fashistlarga qarshi urushlarda ham shonli yurushlar qilishganini bilishsin!!!