O’G’UZNOMA  ( 44370 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 B


Abdullоh  16 May 2009, 18:22:38

XXXVII
1. Senga to‘ruluk bo‘lsung‘il tuzun
2. Benga Ko‘k tangri berdi tushumda keldursun
3. Tala turur yerni urug‘ung‘g‘a berdursun
4. Tep tedi O’g‘uz qag‘an Ulug‘ Turuknung
5. So‘zun yaqshi ko‘rdi, o‘gudun tiladi
6. O’gudugu ko‘ra qildi andin so‘ng
7. Erta bo‘lupta aqalarni, inilarni
8. Charlap kelturdi. Taqi ayttikim: ay, mening
9. Ko‘nglum avni tilap turur

Qayd etilgan


Abdullоh  16 May 2009, 18:23:05

XXXVIII
1. Qari bo‘lg‘umdan mening qag‘azlug‘um yo‘q turur
2. Kun, Ay, Yulduz, tang sarig‘a senlar barung
3. Ko‘k, Tag‘, Tengiz, tun sarig‘a senlar barung
4. Dep dedi. Andan so‘ng uchagusu
5. Tang sarig‘a bardilar. Taqi uchagusu
6. Tun sarig‘a bardilar. Kun, Ay
7. Yulduz ko‘p kiklar, ko‘p qushlar avlag‘ularidan
8. So‘ng yo‘lda bir altun yani
9. Chaptilar, aldilar, atasig‘a berdilar

Qayd etilgan


Abdullоh  16 May 2009, 18:24:01

XXXIX
1. O’g‘uz qag‘an sevindi, kuldi, taqi ani
2. Uch buzg‘uluk qildi. Taqi ayttikim, ay akalar
3. Ya bo‘lsun senlarnung, ya tek
4. O’qlarni ko‘kkacha atung deb dedi
5. Yana andan so‘ng Ko‘k, Tag‘
6. Tengiz ko‘p kiklar, ko‘p qushlar avlag‘ularidan
7. So‘ng yo‘lda uch kumush o‘qni
8. Chaptilar, aldilar, atasig‘a berdilar
9. O’g‘uz qag‘an sevindi, Kuldi, taqi o‘qlarni

Qayd etilgan


Abdullоh  16 May 2009, 18:25:17

XL
1. Uchuta ulashturdi, taqi ayttikim
2. Ay inilar, o‘kdar bo‘lsun senlarnung
3. Ya atti o‘qni o‘qlartek
4. Senlar bo‘lung tep tedi. Yana andan yeo‘ng
5. O’g‘uz qag‘an ulug‘ qurultay chaqirdi
6. Nukarlarni, el-kunlarni charlap chaqirdi
7. Kelip kengaship o‘lturdilar, O’g‘uz
8. Qag‘an beduk o‘rduda
9. (o‘ng yaqida) ... (so‘ng‘ yaqda uch o‘kdar o‘lturdi)

Qayd etilgan


Abdullоh  16 May 2009, 18:25:41

XLI
1. Qiriq quloch yig‘achni tikturdi. Anung
2. Bashida bir altun tag‘uq qo‘ydi, adag‘ida
3. Bir aq qo‘yun bag‘ladi. Cho‘ng
4. Yag‘ida qiriq qulach yig‘achni tikturdi
5. Anung bashida bir kumush tag‘uq qo‘ydi
6. Adaqida bir qara qo‘yunni bag‘ladi
7. O’ng yaqda buzuqlar o‘lturdi
8. Cho‘ng yakda ucho‘qlar o‘lturdi
9. Qiriq kun qiriq kecha ashadilar

Qayd etilgan


Abdullоh  16 May 2009, 18:25:55

XLII
1. Ichtilar sevinch taptilar. Andan so‘ng O’g‘uz qag‘an
2. O’g‘ullariga yurtun ulashtirub berdi. Taqi dedikim:
3. Ay o‘g‘ullar, ko‘p men ashtum, urushg‘ular ko‘p men ko‘rdum
4. Yida bila ko‘p o‘q attim, ayg‘ir bila ko‘p yurudum
5. Dushmanlarni yig‘lag‘urdum. do‘stlarimni men
6. Kuldurdum. Ko‘k Tangriga men o‘tadum
7. Sizlarga beraman yurtum tep tedi
8. ...
9. ...

Qayd etilgan


Abdullоh  23 May 2009, 11:15:14

O’G’UZNOMA (mazmuni)

I
1. Bo‘lsin, dedilar. Uning nishoni ushbudir:
2. Toki bundan keyin sevinch topgaylar.
3. Yana kunlardan bir kun Oy qog‘onning ko‘zi yorib ko‘paydi (bo‘lindi).
4. Erkak o‘g‘il tug‘dirdi.
5. O’sha o‘g‘il yuzining rangi ko‘k edi.
6. Og‘zi otash kabi qizil edi. Ko‘zlari qo‘yko‘z,
7. Sochlari, qoshlari qop-qora edi.
8. Nozik farishtalardan ham ko‘hliroq edi.
9. O’shal o‘g‘il onasining ko‘kragidan og‘iz sutini emib,

Qayd etilgan


Abdullоh  23 May 2009, 11:15:59

II
1. Bundan ortiq (hech ham emmadi) ichmadi; xom et, osh-ovqat sharob so‘randi.
2. Tilga kira boshladi. Kirq kundan so‘ng ulg‘aydi (katta bo‘ldi).
3. Yuridi, o‘ynadi. Oyog‘i ho‘kizning oyog‘idek,
4. Bellari bo‘ri bellaridek, yag‘rini kish (silovsin) yag‘ridek,
5. Ko‘ksi ayiq ko‘kragidek edi.
6. Badanini butkul qalin tuk qoplagan edi.
7. Yilqi boqib yurar edi.
8. Otlarga minardi, kiyik (yovvoyi hayvon)larni ov qilib ovlar edi.
9. Kunlar o‘tgandan so‘ng, kechalar o‘tgandan so‘ng yigit bo‘ldi.

Qayd etilgan


Abdullоh  23 May 2009, 11:16:47

III
1. Bu chog‘ga bu yerda bir ulug‘ o‘rmon bor edi.
2. Ko‘plab irmoqlar, ko‘p daryolar bor edi.
3. Bu yerda kelganlar ko‘pdan ko‘p bo‘lgani kabi, bunda uchgan qushlar ham ko‘pdan ko‘p edi.
4. O’sha o‘rmon ichida katta bir qiat (karkidon) bor edi.
5. Yilqilarni, kishilarni yer edi.
6. Juda katta yomon bir mahluq edi.
7. Qiynoq va mashaqqatlar keltirib elu yurtni azob-uqubatga botirgan edi.
8. O’g‘uz qog‘on botir, xoksor, bir mard kishi edi. Bu qiatni ovlamoq istadi.
9. Kunlardan bir kun ovga chiqdi.

Qayd etilgan


Abdullоh  23 May 2009, 11:17:39

IV
1. Cho‘qmor olib, yoy-o‘q olib otlandi.
2. Yana qilich bilan qalqon olib bir bug‘uni ovladi.
3. Ushbu bug‘uni tol chivig‘i (novdasi) bilan,
4. Daraxtga bog‘ladi va ketdi. Shundan so‘ng tong otdi.
5. Tong erta bilan keldi. Qiat bug‘uni yeb qo‘yganligini ko‘rdi.
6. Yana bir ayiqni tutib keltirdi.
7. Oltin belbog‘i bilan o‘sha daraxtga bog‘ladi va ketdi.
8. Shundan so‘ng yana tong otdi, tong erta yana keldi.
9. Ko‘rdikim, qiat ayiqni ham yeb qo‘yibdi.

Qayd etilgan