O’G’UZNOMA  ( 44392 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 B


Abdullоh  23 May 2009, 11:27:29

XV
1. Shaharlari ham ko‘p edi.
2. O’sha Urum qog‘on O’g‘uz qog‘onning buyrug‘iga bo‘yinsunmas edi.
2. Unga safdosh bo‘lmas edi,
3. U O’g‘uz qog‘onning so‘ziga e’tibor bermas,
4. Manmanlik qilib, uning yorliqlarini pisand qilmadi.
5. O’g‘uz qog‘on g‘azablanib unga qarshi otlandi.
6. Qo‘shin bilan otlanib, tug‘larini ko‘tarib yurish qildi.
7. Qirq kundan so‘ng,
8. Muztog‘ degan tog‘ning etagiga keldi.
9. O’rdasini tikdi.

Qayd etilgan


Abdullоh  23 May 2009, 11:27:47

XVI
1. Bamaylixotir bo‘lib yotib uxladi.
2. Erta tong otarda,
3. O’g‘uz qog‘onning qo‘rg‘oniga (o‘rdusiga) kun nuridan bir yog‘du kirdi.
4. O’shal yog‘du ichidan,
5. Ko‘k tukli, ko‘k yolli katta bir erkak bo‘ri chiqdi.
6. O’sha bo‘ri O’g‘uz qog‘onga,
7. So‘z qotib,
8. Aytdiki, «Ey, O’g‘uz!
9. Urum ustiga sen yurish qilasan.

Qayd etilgan


Abdullоh  23 May 2009, 11:28:30

XVII
1. Hay, hay O’g‘uz!
2. (Lashkaring) oldida men yuraman», deb aytdi.
3. Yana shundan so‘ng O’g‘uz qog‘on,
4. O’rdasini yig‘ishtirdi va ketdi.
5. Ko‘rdikim, lashkari oldida,
6. Ko‘k tukli, ko‘k yolli,
7. Katta bir bo‘ri ketmoqda.
8. O’sha bo‘rining orqasidan ergashib,
9. Yurar edilar-mo‘l yurdilar.

Qayd etilgan


Abdullоh  23 May 2009, 11:30:52

XVIII
1. Bir necha kundan so‘ng ko‘k.
2. Tukli, ko‘k yolli bu katta erkak bo‘ri to‘xtadi.
3. O’g‘uz ham, qo‘shini ham to‘xtadi.
4. Ana shu yerda Itil daryo degan bir katta daryo bor edi,
5. Daryoning qirg‘og‘ida,
6. Bir daraxtning yaqinida,
7. Jang bo‘ldi.
8. O’q bilan, gurzilar bilan, qilichlar bilan urushdilar.
9. Ikki lashkar oralarida qattiq va uzoq jang bo‘ldi,

Qayd etilgan


Abdullоh  23 May 2009, 11:31:44

XIX
1. El-yurtning ko‘nglini qattiq va chuqur qayg‘u qopladi.
2. Jang-jadal juda yomon bo‘ldi.
3. Hatto Itil daryosining,
4. Suvi ham qip-qizil qon singari bo‘ldi,
5. O’g‘uz qog‘on hujum qildi. Urum qog‘on qochdi.
6. O’g‘uz qog‘on Urum qog‘onning,
7. Qog‘onlig‘ini oldi, elini, yurtini oldi.
8. O’rdasiga juda ko‘p o‘lik o‘lja,
9. Ko‘p tirik o‘lja qo‘lga kiritildi.

Qayd etilgan


Abdullоh  23 May 2009, 11:32:38

XX
1. Urum qog‘onning bir qarindoshi bor edi.
2. Oti O’rusbek degan edi.
3. O’sha O’rusbek o‘g‘lini,
4. Tog‘ boshida chuqur daryo oralig‘ida,
5. Yaxshi mustahkamlangan kentga yubordi,
6. Dediki, «Kentni qo‘riqlash kerak bo‘ladi.
7. Senga ushbu janglardan so‘ng ham.
8. (ushbu qal’ani) saqlab qolishing kerak» dedi.
9. O’g‘uz qog‘on o‘sha kentga qarshi otlandi.

Qayd etilgan


Abdullоh  23 May 2009, 11:32:53

XXI
1. O’rusbekning o‘g‘li unga juda ko‘p oltin kumush yubordi.
2. Yana dedikim  «Ey, sen mening qog‘onimsan,
3. Otam menga bu kentni berar ekan,
4. Dedikim: bu kentni qo‘riqlamoq kerakdir.
5. Sen ushbu janglardan
6. So‘ng ham kentni menga sakdab berishing kerak dedi.
7. Agar otamning g‘azabi tutgan bo‘lsa ham
8. Bu mening istagim emas-ku!
9. Senda (ayni chog‘da) hokimiyat, boylik va bilimdonlik bor deb bilaman.

Qayd etilgan


Abdullоh  23 May 2009, 11:33:11

XXII
1. Bizning saodatimiz — sening saodating.
2. Bizning urug‘imiz — sening urug‘ing
3. Shajarasining bir tarmoq urug‘idir.
4. Tangri senga (mamlakat) in’om etgan.
5. Men senga boshimni, baxtim-saodatimni bag‘ishlayman.
6. Soliqlaringni to‘lab.
7. Sodiq do‘sting bo‘lib qolaman» — deb aytdi.
8. O’g‘uz qog‘on bu yigitning so‘zlarini
9. Yaxshi ko‘rdi, sevindi, kuldi.

Qayd etilgan


Abdullоh  23 May 2009, 11:33:30

XXIII
1. Va yana aytdikim: «menga ko‘p oltin yuboribsan,
2. Hamda shaharni yaxshi saqlabsan,» deb aytdi.
3. Shuning uchun unga saqlab deb ot qo‘ydi, do‘stlik qildi.
4. Yana O’g‘uz qog‘on askarlari bilan,
5. Itil degan daryoni kechdi.
6. Itil buyuk bir daryodir. O’g‘uz qog‘on buni ko‘rdi.
7. Yana aytdiki, «Itilning to‘lqinlari
8. Uzra nechuk kecha olamiz» —dedi. Lashkari orasida
9. Bir yaxshi bek bor edi. Uning oti O’rdubek edi.

Qayd etilgan


Abdullоh  23 May 2009, 11:34:26

XXIV
1. Idrokli, bilag‘on bir inson edi.
2. U nazar tashlab ko‘rdiki, qirg‘oqda tollar ko‘p va turfa.
3. Daraxtlar o‘sib yotardi. Ushbu bek o‘sha yog‘ochlarni
4. Kesdi, yog‘ochlar bilan
5. (Daryoni) suzib kechib o‘tdi. O’g‘uz qog‘on sevindi va kuldi.
6. Yana aytdikim: «Ey, sen bunda
7. Qipchoq degan yurt qil va uning begi bo‘l» deb aytdi.
8. Yana ilgari yurdi. Shundan so‘ng
9. O’g‘uz qog‘onga yana ko‘k tukli,

Qayd etilgan