O’G’UZNOMA  ( 44411 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 B


Abdullоh  23 May 2009, 11:35:23

XXV
1. Ko‘k yolli erkak bo‘ri keldi.
2. Ushbu ko‘k bo‘ri O’g‘uz qog‘onga aytdikim:
3. «Endi lashkaring bilan bu yerdan otlan, O’g‘uz!
4. Otlanib el-yurtlarni, beklarni bo‘ysundir.
5. Men senga yo‘lboshlovchilik qilaman» —dedi.
6. Erta tongda O’g‘uz qog‘on ko‘rdikim,
7. Erkak bo‘ri lashkarning
8. Oldida yurib borardi.
9. (O’g‘uz) sevindi, yana ilgarilab yuraverdi

Qayd etilgan


Abdullоh  23 May 2009, 11:36:04

XXVI
1. O’g‘uz qog‘on ko‘pincha bir chag‘ir ayg‘irni minar edi.
2. Ushbu ayg‘ir otni bek qattiq sevar edi.
3. Yo‘lda ushbu ayg‘ir ko‘zdan yo‘qoldi-ketdi.
4. Shu yerlarda ulkan bir tog‘ bor edi.
5. Uning tepasida sovuq bo‘lib, usti muz bilan qoplangan
6. Uning cho‘qqisi esa, ayozdan oppoq bo‘lib qolgan.
7. Shuning uchun ham uning otini Muztog‘ deydilar.
8. O’g‘uz qog‘onning oti o‘sha Muztog‘
9. Ichiga qochib ketdi. O’g‘uz qog‘on bundan,

Qayd etilgan


Abdullоh  23 May 2009, 11:36:46

XXVII
1. Ancha vaqt azob chekib yurdi.
2. Askarlari orasida bir mard er kishi bor bo‘lib,
3. Hech narsadan qo‘rqmas edi.
4. Yurishlarda, jangda matonatli bir kishi edi.
5. O’sha bek tog‘ning ichiga ketdi, ko‘p yurdi.
6. To‘qqiz kundan so‘ng O’g‘uz qog‘onga,
7. O’sha ayg‘ir otni keltirdi.
8. Muztog‘da sovuq qattiq bo‘lganidan.
9. O’sha bek qorga belanib qolgan va (ust-boshi) oppoq qor edi.

Qayd etilgan


Abdullоh  23 May 2009, 11:38:00

XXVIII
1. O’g‘uz qog‘on suyunib kulib aytdikim:
2. «Ey sen: bu yerlarda beklarga boshliq bo‘l,
3. Mangulikka qag‘arliq senga nom bo‘lsin» dedi.
4. Son-sanoqsiz qimmatbaho narsalarni sovg‘a qildi.
5. Yo‘lda yana ulkan bir uy ko‘rindi. Bu uyga yetib keldilar.
6. Tomi oltindan edi.
7. Mo‘rilari kumushdan, eshiklari temirdan edi.
8. Eshiklari berk bo‘lib, ochqichi yo‘q edi.
9. Lashkarida yana bir chevar usta bor edi.

Qayd etilgan


Abdullоh  23 May 2009, 11:38:30

XXIX
1. Uning oti To‘murdu Qag‘ul degan edi,
2. O’shanga buyruq qildikim: «Sen beri kel, och eshikni.
3. Ochganingdan so‘ng yuqoriga kel» dedi.
4. Shundan so‘ng unga kalach deb ot qo‘ydi. Yana oldinga ketdi.
5. Yana bir kun tukli, ko‘k yolli bo‘ri to‘xtab qoldi.
7. O’g‘uz qog‘on ham turib qoldi. Qo‘rg‘on tikadigan bo‘ldi.
8. Ekin-tikini yo‘q bir yomon yer edi.
9. Bu yerni churchit deb atashardi.

Qayd etilgan


Abdullоh  23 May 2009, 11:38:51

XXX
1. Buyuk bir mamlakat, el-yurt edi.
2. Yilqilari ko‘p, sigir-buzoqlari ko‘pdan-ko‘p.
3. Oltin-kumushlari behisob, qimmatbaho narsalari sanoqsiz edi.
4. Bu yerda churchit qog‘oni, el-yurti O’g‘uz qog‘onga qarshi keldilar.
5. Urush, jang boshlandi: o‘qlar otishdi.
6. Qilichlar chopishdi. O’g‘uz qog‘on bostirib bordi va yengdi.
7. Churchit qog‘onini bosdi, o‘ldirdi.
8. Boshini kesdi. Churchit el-yurtini.
9. Boqintirib, o‘ziga qaram qildi. Jangdan so‘ng O’g‘uz qog‘onning,

Qayd etilgan


Abdullоh  23 May 2009, 11:40:01

XXXI
1. Askarlariga, lashkariga, el-xalqiga
2. Shunchalik ko‘p o‘lik o‘lja tushdikim,
3. Yuklamakka, tortmoqqa ot, xachir, xo‘kiz.
4. Ozliq qildi. Shunda O’g‘uz qog‘onning.
5. Askarlari orasida bir uddaburron, tiyrak, chevar kishi bor edi.
6. Uning oti Barmoqlug‘ Yo‘sin Billik edi.
7. Ushbu chevar bir arava yo‘ndi. Arava ustiga
8. O’lik o‘ljani yukladi, arava boshiga tirik o‘ljani qo‘shdi.
9. Tortib ketdilar. Navkarlarning,

Qayd etilgan


Abdullоh  23 May 2009, 11:40:21

XXXII
1. El-yurtning barchasi buni ko‘rdilar.
2. Yana (boshqa) aravalar yo‘nishga shoshildilar. Shunda arava yurganda,
3. «Qang‘a-qang‘a» degan ovoz chiqarar edi.
4. Shuning uchun bu narsaga «Qang‘a» deb ot qo‘yishdi.
5. O’g‘uz qog‘on aravalarni ko‘rdi, kuldi.
6. Yana aytdikim: «Arava! Arava
7. Bilan o‘lik (molni) tirik (mol) tortib ketsin
8. «Qang‘aliq» senga ot (nom) bo‘lmoqligi lozim. Qang‘a
9. (Arava) nishon bo‘lsin, deb aytdi va ketdi.

Qayd etilgan


Abdullоh  23 May 2009, 11:42:26

XXXIII
1. Shundan so‘ng yana o‘sha ko‘k tukli, ko‘k yolli,
2. Erkak bo‘ri yetagida Sindu tog‘i, Tangut tog‘i,
3. Shag‘am(Shom) trmonlari bo‘ylab ketdi.
4. Juda ko‘p urush va janglardan so‘ng,
5. U yerlarni oldi, o‘z yurtiga birlashtirdi.
6. Zafarlar qozondi, bosib oldi. Yana esdan chiqmasin.
7. Ma’lum bo‘lsinkim, janub tomonda,
8. Barqan degan bir yer bordir.
9. Juda boy bir yurtdir. Rosa issiq o‘lkadir.

Qayd etilgan


Abdullоh  23 May 2009, 11:43:30

XXXIV
1. Uning yerlari kiyik va qushlarga boydir
2. Oltini ko‘p, kumushi ko‘p, qimmatbaho narsalari ko‘p
3. (Insonlarning) rangi, yuz-bashalari qop-qoradir
4. O’sha o‘lkaning qog‘oni Masar degan bir qog‘on edi
5. O’g‘uz qog‘on o‘shaning ustiga yurish qildi
6. Qattiq, shiddatli urush bo‘ddi
7. O’g‘uz qog‘on yengdi. Masar qog‘on qochdi
8. O’g‘uz qog‘on uni bosdi, yurtini oldi, ketdi. Uning do‘stlari
9. Juda sevindilar, uning dushmanlari esa ko‘p

Qayd etilgan