Biz qaysi birini to‘g‘riroq deb hisoblasak, o‘sha shaklni matnga kiritdik.
Bundan tashqari, bizning nusxada V.V. Radlof foydalangan nusxadagi «ch/j» o‘rnida «y» ishlatilishi, -din o‘rnida -dan ko‘llanishi ham kuzatiladi. Bular O’g‘uz qog‘on haqidagi afsonaning yana bir nusxasi borligi fikrni yoqlash uchun keltirildi. Bu afsonani qiyoslash va o‘rganish jarayonida ushbu matnda turkiy xalqlar og‘zaki adabiyotiga xos bo‘lgan dostonlar nazarda tutilmoqda, nasr va nazmni aralash qo‘llash xususiyati ham aniqlandi. Buning ustiga undagi nazm asar XIII asrga tegishli bo‘lishiga qaramay, she’rlari turkiy vaznda bitilganligi, boz ustiga og‘zaki adabiyotimizga xos saj unsuridan keng foydalanilgani ma’lum bo‘ldi. Shu xususiyatlar aniqlanganidan keyin biz she’rning yaxlitligi, sajning ohangini saqlab yuzaga chiqarish uchun va hozirgi o‘quvchiga oson yetib borishini ko‘zlab, satrlarni matnda berilganidan bir oz o‘zgartirishga botindik.
Bu epik asar tilimiz tarixi yuzasidan muhim bir yodgorlik bo‘lishi bilan bir qatorda, turkiy qavmlar mifologiyasi (demak dunyoqarashi) asoslarini o‘rganish bo‘yicha ham tadqiqotchilar e’tiborini tortib ulgurgan (Qarang, J. Dyumezil. Skifс‹ i Nartс‹, M., «Nauka», 1979 g.). Afsuski, turkiy mifologiya bilan bizning mutaxassilarimiz jiddiy shug‘ullanmaganligi, mazkur asarni ham tahlil nimarsasiga aylantira olmagani bois bo‘lsa kerak, aynan mana shu yodgorlik guvohligidan kelib chiqib, bizning idrokimiz — dunyoqarashimiz boshqa qavmlarning (bu o‘rinda xitoycha fikrlash haqida gap ketmoqda) dunyoni anglashidan andozalar olgandan ko‘ra, turk ertaklari o‘z xalqining ijodiy quvvasi mahsulidan ko‘ra, begonalardan o‘zlashtirilgan (asosan, forslardan) xossalari ko‘proq namoyon bo‘ladi (V.D. Smirnov. Turetsko-osmanskie skazki, Tyurkologicheskiy sbornik. 1973 g. 228-6.) degan iddaoga chidashimizga to‘g‘ri kelmoqda. Lekin «Yuqorida Ko‘k, quyida Yer» degan xitoycha dunyoqarashning O’rxun bitiklaridagi ifodasiga chuqurroq qaralsa va u ushbu yodgorlikdagi «ey», «o‘q» kabi oltin va kumush ramzlari vazifasi turkiy qavm dunyoqarashi asosida tahsil etilsa, xitoycha emas, balki dunyoga turkiyga qarash, idrok etish namoyon bo‘lishi shubhasizdir. Maqsad mazkur matnni o‘tmish dunyoqarashimiz — islomdan oldin olamni tasavvur qilishimiz qanday bo‘lganligini o‘zimiz anglashimiz darkor va uni ommaga qanday yetkazishimizga ham bog‘liq. Yoy, o‘q unsurlaridan tashqari, tush ko‘rish va tushni yo‘yuvchi yoki uni sotuvchi — ushimal — Ulug‘ Turuk va uning ramziy ma’nosiga diqqat qilmoq ham lozim ko‘rinadi hamda bu uch unsurni yaxlit ko‘rish ham darkorga o‘xshaydi.
Xulosa qilib aytganda, ushbu 375 misrali bitikdan V.V. Radlofning «Qadimgi turki lug‘at» asarida turkiy so‘zlar va tushunchalar ma’nosini ochishda «Devonu lug‘ati turk», «Qutadg‘u bilik», O’rxun toshbitiklari, «Xibatul haqoyik» kabi ulug‘ bitiklar qatorida foydalanganligi uning tilimiz tarixini ochishdagi mavqeini ko‘rsatadi. Ushbu, asarni tilshunoslar, adabiyotshunoslar, tarixchilar har tomonlama o‘rganib tahlil etsalar etnografiyamiz, mifologiyamiz borasidagi ancha-muncha muammolarimizning yechimini topishda katta ahamiyat kasb etishi aniq.